Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bugun futbol: «Bunyodkor» - «Nasaf»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / O‘yinlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun muhtasham «Bunyodkor» stadionida mamlakatimizning ikki yetakchi klubi «Nasaf» hamda «Bunyodkor» jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

PEPSI Superliga, 10-tur

«BUNYODKOR» – «NASAF»

04.05.2018. «Bunyodkor» arena, soat 18:00da

Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent)

Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent)

Zaxira hakami: Dmitriy Klepikov (Toshkent).

Nazoratchi – Marat Ismoilov (Toshkent).

Komissar – Ma’mur Saidqosimov.

Bu jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlasak, bu ikki jamoa milliy chempionatimizda shu paytgacha 22 marta kuch sinashgan. O‘tkazilgan o‘yinlarning 11 tasida «Bunyodkor»ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 8 uchrashuvda kuchlar teng kelgan. «Nasaf» futbolchilari 3 o‘yinda g‘alaba nashidasini surishgan. To‘plar farqi – 30:12 «qaldirg‘ochlar» foydasiga.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘zaro 11 uchrashuvning faqat 1tasida «ajdarlar» g‘alabaga erishishgan. «Bunyodkor» esa Toshkentda 8 marta g‘alaba qozongan. Qolgan 2 uchrashuvda g‘olib aniqlanmagan.

«Nasaf» so‘nggi bor «Bunyodkor»ni Toshkentda 2014 yili mag‘lub etgan.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi har qanday uchrashuv qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan. Bugun ham stadionga tashrif buyurgan futbol ishqibozlari ana shunday uchrashuvga guvoh bo‘lishlari mumkin.

«Bunyodkor» jamoasi bu yilgi chempionatning o‘z maydonida o‘tkazgan 3 uchrashuvda g‘alaba qozongan. «Nasaf» shu paytgacha safardagi uchrashuvlarining faqat bittasida g‘alabaga erishgan. Jamoa safardagi uchrashuvlarni mag‘lubiyatsiz davom ettirmoqda.

«Bunyodkor» so‘nggi bor 6-turdagi o‘z maydonida bo‘lgan «Metallurg»ga qarshi uchrashuvda g‘alabaga erishgan. Keyingi uchta turda ketma-ket mag‘lubiyatga uchradi.

«Ajdarlar» bugun joriy chempionatdagi 6-safar uchrashuvini o‘tkazadi. «Bunyodkor» esa, 6-uy uchrashuvida maydonga tushadi.

Quyida futbol ishqibozlari uchun qo‘shimcha qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Uchrashuvning tanaffus vaqtida, muxlislar uchun o‘zbek estradasi yulduzlari ijrosidagi konsert dasturi taqdim etiladi. Bu gal go‘zal va latofatli Rayxon G‘aniyeva sizlarning xizmatingizda bo‘ladi.

Bundan tashqari stadionga kelgan tomoshabinlardan ikki nafari uylariga iPhone8 smartfoni bilan qaytishga muvaffaq bo‘ladilar. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan ta’sis etilgan sovg‘alar sifatida muxlislar uchun lotereyada aynan shu 2ta iPhone8 smartfoni o‘ynaladi.

Shunday ekan imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, stadionga keling.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 09:24, 04.05.2018. O'qildi: 3847 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик