Bugun 12 noyabr, 2025 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 9930 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3085 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 12.11.2025

      05:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      06:05 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Палмейрас".
      08:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Баия".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:05 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
      15:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ред Булл Брагантино".
      17:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Флуминенсе".
      19:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:05 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Палмейрас".
      00:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Баия".
      04:00 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 12.11.2025

      05:25 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки. Прямая трансляция.
      09:10 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки. Прямая трансляция.
      13:30 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 6. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      21:00 "Непобедимый".
      21:30 Скелетон. Кубок России в Сочи. Мужчины. 1-й заезд.
      22:10 Скелетон. Кубок России в Сочи. Мужчины. 2-й заезд.
      22:55 Бобслей. Кубок России в Сочи. Женщины. Монобоб. 1-й заезд.
      23:35 Бобслей. Кубок России в Сочи. Женщины. Монобоб. 2-й заезд.
      00:20 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае.
      03:05 "Эволюция спорта".
      03:35 Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 6. Вечерняя сессия.
      04:55 "Непобедимый".
  • MATCH-TV
    • Sana: 12.11.2025

      05:20 Новости.
      05:25 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки. Прямая трансляция.
      09:10 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки. Прямая трансляция.
      13:30 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Прямая трансляция.
      16:55 LIVE Волейбол. Чемпионат России. Мужчины. Суперлига. "Локомотив" (Новосибирск) - "Белогорье" (Белгород). Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 6. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      21:00 LIVE Футбол. BetBoom матч сборной. Россия - Перу. Прямая трансляция.
      00:15 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:00 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Габриэль Бонфим против Рэнди Брауна.
      03:25 Баскетбол. Winline Basket Cup. "Игокеа" (Босния и Герцеговина) - "Уралмаш" (Россия).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 12.11.2025

      05:30 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      08:00 Зал славы. Олимпиада 2012 в Лондоне.
      09:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Мужчины. Супергигант.
      10:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      12:30 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      15:00 Зал славы. Олимпиада 2016 в Рио-де-Жанейро.
      16:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      17:30 Велоспорт. Женщины. Мировой тур. Обзор сезона.
      18:30 Велоспорт. Мировой тур. Обзор сезона.
      20:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      21:30 Зал славы. Олимпиада 2016 в Рио-де-Жанейро.
      22:30 Олимпийский канал. "Монументы", 1 эп.
      23:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Вероне, Италия.
      00:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      02:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      04:00 Автоспорт. WEC. Этап 5. "6 часов Сан-Паулу" в Бразилии. Лучшие моменты.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yulduzyoqar «professor» - Nestor Pekerman

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«SE» nashri Cordiant bilan hamkorlikni davom ettirib, «Komfort-klass murabbiylari» rukni ostida taniqli mutaxassislar faoliyatini yoritmoqda.

Sahifaning bu galgi qahramoni - argentinalik Xose Nestor Pekerman.

UKRAINADAN ARGENTINAGA

XIX asr oxirlarida temir yo‘l sohasining magnati bo‘lmish baron Maris Girsh shaxsiy mablag‘i evaziga yakuniy koloniya jamiyati(YAKJ)ni ta’sis etdi. 1891 yilda jamiyat Argentinaning 3ta provinsiyasi - Buenos-Ayres, Entre-Rios va Santa-fe hududlaridan 500ming gektardan ko‘proq maydonni sotib oldi.

1910 yilga kelib, u yerlardagi chor Rossiyasi va Ukrainadan kelgan muhojirlar soni 20 mingdan oshib ketgandi. Ularning biri bo‘lmish Pekermanlar oilasi Entre-Rios provinsiyasining Vilya Dominges shaharchasidan panoh topdi. Yangi sharoitga moslashib olish yangi oila uchun qiyinchilik tug‘dirmadi - dehqonchilik yumushlari hamma yerda bir xil.

Farqi shuki, Zaporojye cho‘llari o‘rnini Janubiy Amerika dashtlari egallagandi. Vaqt o‘tishi bilan avlodlar almashdi, otalar ishini o‘g‘lonlar davom ettirishdi. 1949 yilning 3 sentyabrida esa oilani Ukrainadan Argentinaga olib kelgan katta Pekerman (ismi tarixda qolmagan) evara ko‘rdi. Chaqaloqqa Xose Nestor ismi berildi.

GREGORI PEKNINGQARINDOSHI

Intervyularning birida Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi shunday degandi: «Bobom tarixdan hikoya qilishni yaxshi ko‘rardi. Uning aytishicha, bobokalonim Ukrainadan akasi bilan safarga otlangan, biroq u Argentinaga, akasi esa AQSHga ketib qolgan ekan.

Argentinalik Pekermanning jiyanlaridan biri ke­yinchalik Gregori Pek nomi bilan mashhur aktyor darajasiga ko‘tarildi. Aslida, u Pek emas, Pekerman».

Gollivud yulduzining argentinalik qondoshi esa 6 yoshidan boshlab choychaqa topishga kirishgandi: avvaliga muzqaymoq sotdi, oila Buenos-Ayresga ko‘chib o‘tgach, otasi Oskarning tamaddixonasida oshpazlarga dastyorlik qildi.

Qolgan vaqtini esa Xose Nestor futbol va o‘qishga sarfladi. Ana shu izlanuvchanlik evaziga bir necha yildan keyin kolumbiyalik muxlislar uning nomiga «professor» iborasini qo‘shgan holda murojaat qiladigan bo‘lishdi.

«ARGENTINOS XUNIORS» VA MARADONA

Poytaxtning ovloq maydonchalarida to‘p ortidan chopib yurgan mallasoch bolakay tez orada «Argentinos Xuniors» skautlari e’tiboriga tushdi. O‘shanda jamoa akademiyasining 15-20 yil ichida «Dunyo ko‘chatzori» maqomiga erishishi hech kimning xayoliga kelmagandi.

Pekerman ana shu noyob iqtidorlar konida tahsil oldi va 16 yoshida asosiy tarkibdagi debyutini nishonladi. Samarali o‘yinlar unga avval U-19, keyin asosiy terma jamoa eshiklarini ochdi. To‘g‘ri, Pekerman JCH-74da kengaytirilgan tarkibdan joy olish bilan kifoyalandi - Argentina nemis mundialiga Pekermansiz yo‘l oldi.

1971 yilda «Argentinos Xuniors»­ning navbatdagi bellashuvi arafasida futbolchilar bilan maydonga tushgan bolakaylar esdalik uchun suratga tushishni iltimos qilishdi. Suratkash ishini yakunlagach, ko‘zlari chaqnab turgan qorako‘z yigitcha Pekermanga yuzlandi:

- Yaqinda siz bilan yonma-yon turadigan futbolchi bo‘laman!

- Albatta, shunday bo‘lasan! Isming nima?

- «Diyego.

1976 yilning oktyabrida 15 yoshli Maradona «Argentinos Xuniors» safida ilk marta maydonga tushdi, noyabrda esa katta futboldagi debyut golini amalga oshirdi. Afsuski, tarixiy voqeaga guvoh bo‘lish «Professor»ga nasib etmadi - bu paytda u Kolumbiyada to‘p surayotgandi.

MEDELIN DERBISI VA 8ta O‘PKA

1960-1970 yillarda Kolumbiya ko‘plab argentinalik futbolchilarni o‘z bag‘riga olgandi. Pekerman ham 1975 yilda Gabriel Garsiya Markes yurtiga yo‘l oldi. Xose Nes­torni Medelinning «Independyente» klubi o‘z bag‘riga oldi.

Shaharning boshqa bir jamoasi - «Atletiko Nasyonal» bilan bo‘ladigan «Paysa Klasiko» (hudud aholisining umumiy nomi) hozir ham Kolumbiyaning eng murosasiz derbisi maqomiga ega. Pekermanning dastlabki «klasiko»si hanuzgacha muxlislar xotirasidan o‘chmagan.

1975 yilning 20 aprelida «Atanasio Xirardo» stadionida o‘tgan bellashuvning birinchi bo‘limidan so‘ng «Independyente» 0:3 hisobida ortda borayotgandi. Ikkinchi bo‘lim Xose Nestorning benefisiga aylandi. O‘ng qanot himoyachisi Karlos Gaviriya bilan nafaqat jamoadosh, balki chinakam do‘stga aylangan yarim himoyachi o‘z qanotini dahshatli zambarakka aylantirdi.

Oqibatda sermahsul juftlik bittadan gol urib, farqni qisqartirdi. Tabiiyki, «Atletiko» o‘yinchilari asabiylasha boshladilar. Uchrashuvning so‘nggi daqiqasida «Independyente» jarima zarbasi berish huquqiga ega bo‘ldi. Kuchli zarbadan so‘ng jonli devordan qaytgan to‘pni argentinalik «professor» darvoza burchagiga joylab qo‘ydi.

«O‘sha oqshom Xosening xuddi yosh boladek irg‘ishlaganiga guvoh bo‘ldim. Odatda, u o‘ta vazmin, kamgap yigit edi. Lekin maydonda xuddi serg‘ayrat chumolidek tinib-tinchimasdi, charchash nimaligini bilmasdi. Menga uning 8ta o‘pkasi bordek tuyulardi», - degandi Gaviriya keyinchalik.

VANESSA VA JAROHAT

Xose Nestorning to‘ng‘ich farzandi - qizi Vanessa Kolumbiyada dunyoga keldi. Shu tufayli Medelin uning uchun suyukli shahar bo‘lib qoldi. Gaviriya esa qizaloqqa tutingan ota bo‘ldi. Xullas, argentinalik yarim himoyachining maydondagi va uydagi ishlari risoladagidek ketayotgandi.

Lekin 1977 yilda kutilmagan falokat yuz berdi: tushlikdan so‘ng o‘rnidan ko‘tarilgan futbolchi qoqilib ketdi va oyog‘ini noto‘g‘ri qo‘yishi oqibatida jarohat oldi. Shu tariqa 28 yoshda faoliyatini yakunlashga majbur bo‘ldi - 40 yil avval tibbiyot bu jarohat oldida ojiz edi.

JCH-1978 VA TAKSI

Argentinada Pekermanning tushkun kayfiyati yanada tushib ketdi. Mamlakat o‘z tarixidagi ilk JCHni kutib olish tadorigini ko‘rayotgan, «professor» esa tomoshabinlikdan boshqa hech nimaga yaramasdi. Bir yoqda tirikchilik tashvishi - rafiqasi Matildaning maktabda boshlang‘ich sinf­larga saboq berish uchun olayotgan maoshi qo‘lga tegishi bilan ado bo‘lardi.

Qisqasi, mundial bahonasida Buenos-Ayresga ko‘plab mehmonlar kelishini hisobga olgan ishsiz futbolchi akasining mashinasini qora-sariq rangga bo‘yab, taksi haydashga ahd qildi. Yo‘llarda tiqilinchga duch kelmaslik uchun barvaqt o‘rnidan turar, har kuni 8-10 soatlab poytaxt ko‘chalarida yelib-yugurardi.

10-15 daqiqalik bo‘sh vaqtida xotini unga tayyorlab bergan yegulik bilan tamaddi qilib olardi. Lekin shunday tig‘iz pallada ham ba’zan ko‘cha futboli avj olgan mahallalarga tashrif buyurar, bolakaylar o‘yinlarini kuzatib, tegishli maslahatlar berardi. Asta-sekin bo‘lajak faoliyatini aniq tasavvur qila boshlagan Pekerman 1 yildan so‘ng kirakashlikni yig‘ishtirdi.

«ARGENTINOS XUNIORS» MAKTABI

Taksichilikdagi qisqa tanaffus daqiqalarini jismoniy tayyorgarlikka oid qo‘llanmalarga sarflagan Pekerman futboldagi tanishlari ko‘magida «Chakarita Uniors» akademiyasiga ishga kirdi. Tez orada jonajon «Argentinos»ga o‘tib, yana Maradona bilan uchrashdi. Bu paytda Diyego «Boka» tarkibiga kirgan, 1982 yilda esa «Barselona»ga yo‘l olgandi.

«Argentinos» prezidenti Pekerman zimmasiga yosh futbolchilar tarbiyasini yukladi, Xose Nestor esa 10 yillik faoliyatida ko‘plab yulduzlarni kashf etdi. Fernando Redondo, Esteban Kambyasso, Serxio Batis­ta, Klaudio Borgi va Xuan Roman Rikelmelar aynan uning rahbarligida kamolotga erishishdi.

Akademiya «Dune ko‘chatzori», Pekerman esa «professor» taxallusini oldi. «Argentinos» va Chilining «Kolo-Kolo» akademiyalaridagi muvaffaqiyati bilan mamlakat futbol assosiasiyasi prezidenti Xulio Grondonani lol qoldirgan Pekerman 1994 yilda U-20 yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Natijada Argentina bu yosh toifasida yetakchi bo‘lib oldi - jamoa hisobidagi 6ta jahon chempionligining 3tasi «professor»ga tegishli. Xuan Pablo Sarin, Pablo Aymar va Xavyer Saviolalar esa uning navbatdagi yulduzlari.

JCH-2006 VA TARIXIY XATO

Argentinaning bosh jamoasidagi faoliyatini Pekerman JCH-2002da koordinator lavozimida boshlagandi. 2004 yilda u Marselo Byelsa o‘rniga bosh murabbiy etib tayinlandi. Nemis zaminidagi dastlabki bahs­lar Argentina uchun omadli bo‘ldi: Kot-d~Ivuar 2:1, Serbiya-CHernogoriya 6:0 hisoblarida mahv etildi, Messi JCH tarixidagi eng yosh (18 yil, 11 oy, 11 kun) futbolchiga aylandi.

Ammo keyinchalik jamoa Gollandiya bilan durang (0:0) o‘ynadi, nimchorak finalda Meksikani «over-taym»da taslim (2:1) etdi. Mezbonlarga qarshi chorak finalda esa «professor» tarixiy xatoga yo‘l qo‘ydi: jamoa 1:0 hisobida oldinda borayotgan o‘yinning 79-daqiqasida Krespo o‘rniga Xulio Krusni maydonga tushirdi.

Messi esa zaxirada qolib ketdi. Murabbiy baland bo‘yli Krusning bosh bilan ishonchli o‘yiniga umid qilgandi. Biroq Kloze muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. «Lotereya»da esa Ayyala va Kambyassolar gol ura olmadilar - 2:4. Shundan keyin Pekerman iste’foga chiqarildi.

KOLUMBIYA ORZUSI

Omadsizlikning tushkun kayfiyatidan forig‘ bo‘lish maqsadida Meksikaga yo‘l olgan «professor» bor diqqat-e’tibori va malakasini «Toluka» va «Tigres» jamoalari ravnaqiga qaratdi. 2012 yilning yanvarida Kolumbiya futbol federasiyasi prezidenti Luis Befiya mahalliy muxlislar talabiga ko‘ra, uni terma jamoaga taklif etdi.

Yangi bosh murabbiy o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlab, Kolumbiyani JCH-2014ga olib chiqdi. Ungacha bu terma qatorasiga 3ta JCHni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgandi.

O‘z qit’asidagi musobaqada jamoa yetakchisi - Radamel Falkaosiz (qizig‘i, u ham mundial arafasida Pekerman bilan bir xil jarohat olgandi) o‘ynagan bo‘lsada, o‘z tarixida ilk marta nufuzli turnirning chorak finaliga chiqdi.

Endi Pekerman ajdodlari yurtiga tutash bo‘lgan Rossiyada «Kolumbiya orzusi»ni ro‘yobga chiqarishga urinib ko‘radi. Ehtimol, JCH-2018da «professor» va uning yangi yulduzlari Kolumbiyaning eng yaxshi natijasini qayd etishar? Axir, Pekerman - yulduzyoqar murabbiy-da!

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:03, 08.05.2018. O'qildi: 5630 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.