Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
      • 23.04.2026 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 23.04.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Sevilya
      • 23.04.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Espanyol
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 32 43
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 33 33
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

E’tiroz – xalq «jamoa(si)ga xayf!».

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Fanatlar «Flamengo» futbolchilariga tashlanib, ularni siquvga olishdi.

Aniqrog‘i, braziliyalik qoni qaynoq muxlislar Rio-de-Janeyro aeroportida jamoa vakillarini safar o‘yiniga juda «iliq» kuzatib qo‘yishdi - salbiy natijalar uchun izoh talab qilishdi va yakunda tarkibdagi bosh yulduz Diyego Ribasni do‘pposlashlariga ozgina qoldi.

Quyida shu voqea va uning sabablari haqidagi maqola bilan tanishishingiz mumkin.

Muxlislar armiyasi nimadan norozi? Ha, «Flamengo» muxlislari jamoani Braziliya chempionati 3-turidan o‘rin olgan «Seari»ga qarshi safar uchrashuviga noodatiy holatda kuzatib qo‘yishdi - ular futbolchilarni rosa haqoratlashdi, murabbiylarni sust o‘yin uchun jiddiy ayblashdi, popkorn uloqtirishdi va hattoki, ba’zi yigitlarni kaltaklashga urinishdi.

Vaholanki, Braziliyada chempionat endi start oldi va jamoaga bunday keskin e’tiroz bildirish o‘rinli emasdek. Biroq fanatlarda xavotirlanish uchun bosh-qa sabablar ham bor.

Birinchidan, mashhur «Flamengo» yana bir turnir - Libertadores kubogida ishonchni uncha oqlayotgani yo‘q. To‘g‘ri, jamoa guruh bosqichining dastlabki 4ta turida 1ta g‘alaba va 3ta durang qayd etdi, ammo futbol sifati fanatlar kutgan darajadan ancha past.

Eng asosiysi, shonli tarixga ega klub bir oy muqaddam shtat chempionati yarim finalida «Botafogo»ga yo‘l bo‘shatib, o‘z muxlislari nafratini qo‘zg‘atdi.

O‘shanda «Flamengo» vise-prezidenti Rikardu Lomba futbolchilarni ayblab («Yigitlar raqiblarimizga nisbatan kam yugurishgani uchun yut-qazdik» qabilida), muxlislar g‘azabiga g‘azab qo‘shgandi.

Ikkinchidan, fanatlar rahbariyatni noshudlikda ayblashmoqda. Misol uchun, klub prezidenti Eduardu Bandeyra de Mellu mavsum boshi, ya’ni fevraldan buyon nafaqat murabbiy Paulu Karpejiani, balki sport direktori Rodrigu Kaetanuni ham ishdan bo‘shatdi.

Boshqaruv tizimida bo‘shagan joyga nomzodlar navbat hosil qilishdi, ammo prezident hali yangi munosib murabbiy topganicha yo‘q. U bu borada bir oydan buyon muzokara jarayoni davom etayotganini ta’kidlashdan nariga o‘tmayapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliya futbolidagi 4 nafar top-mutaxassis (Fabiu Karili, Renatu Gaushu, Kuka va Luiz Felipe Skolari) qandaydir tushunarsiz holatga tushib qolgan jamoani shug‘ullantirishdan bosh tortgan.

Uchinchidan, Braziliyada «xalq jamoasi» hisoblanadigan «Flamengo» uzoq yillardan buyon sovrinsiz qolyapti. Vaholanki, tarkibida taniqli futbolchilar ko‘p va ularga binoyidek mablag‘ sarflangan, sarflanmoqda. Ayni holatga qarasak, Diyego Ribas bor, yana «Valensiya»ning sobiq darvozaboni Diyego Alves va «Real» tomonidan xarid qilingan Vinisius Juniorni aytish mumkin.

Muxlislarning norozilik aksiyalari aeroportda xunuk manzara ro‘y berishidan 2 kuncha oldin boshlangan edi. Ular avvaliga klub bazasi devorlarini turli tah-qirlovchi rasmlar va bannerlar bilan to‘ldirib chiqishgandi. Keyin popkorn hamda banan po‘stloqlari uloqtirishdi, hattoki, klub qo‘riqchilariga hujum uyushtirishdi.

«Sharmandalik» va «Diyego - qo‘rqoq». Xullas, ish tajovuzkor kayfiyatdagi muxlislarning aeroportdagi «tomosha»lariga ulandi. «Flamengo» rahbariyatining jamoani «yashirin yo‘lak»dan olib o‘tishga qaror qilgani ham naf bergani yo‘q - alamzada fanatlar buni payqab qolib, futbolchilar joylashgan avtobusni qurshab olishdi.

Natijada qo‘riqlash xizmati g‘azab o‘tida yonayotgan muxlislarni to‘xtatish yo‘lida ancha ter to‘kdi. Eng katta nafrat esa yarim himoyachi Diyego Ribasga qaratildi. Aynan uni popkorn bilan nishonga olishdi, bearmon haqoratlashdi, oxir-oqibat, hammasi mushtlashuvga aylanib ketish arafasiga keldi.

Diyegoning baxtiga, uni qo‘riqchilar va aeroportning oynavand eshigi qutqarib qoldi. O‘yinchilar xavfsiz joyga o‘tib olishgan payt esa, Diyego Alves haqoratlarga chiday olmadi va tajovuzkor fanatlardan biri ustiga qaynoq qahva to‘kib yubordi. Oqibatda muxlislar armiyasi dushmaniga aylandi-qo‘ydi.

Har holda, ular ijtimoiy tarmoqlar orqali darvozabonga ochiq jang e’lon qilishdi: «Alves uchun xotirjam kunlar tugadi. U qo‘rqoq! Shunga qaramay, ustimizdan kulmoqda». Ha, Ispaniyada nom qozongan golkiper o‘ziga g‘animlar orttirib oldi.

Rasmiy bayonot. «Flamengo» rahbariyati yuz bergan ko‘ngilsizliklar yuzasidan bayonot berib, muxlislar harakatini keskin qoraladi: «Biz ayrimlarning mutlaqo mantiqsiz ishlarini sira oqlamaymiz.

Aeroportga futbolchilarni haqoratlash uchun borish... Bu hech qanday qolipga sig‘maydi. «Flamengo» doimo muxlislar huquqlariga hurmat bilan qaraydi, ularning tanqid va e’tirozlarini eshitadi. Lekin hech qachon aeroportdagi kabi tajovuzkorlikni qabul qilmaydi.

Bu butun Braziliya futboli uchun ayanchli voqea». Darvoqe, jamoa futbolchilari Fortalezeda biroz yengil tin olishdi. Har holda, shaharda ularni iliq kutib olishdi va faqat dastxat olish yoki birga suratga tushish uchungina bezovta qilishdi, xolos.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.
Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:20, 13.05.2018. O'qildi: 4112 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
6 Брайтон Denni Uelbek 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик