Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma.

  • ECHL
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Napoli
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • -:-
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Patrik Viyera: «Fransiya termasi kamida yarim finalga chiqadi»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Fransiya milliy jamoasi tarixida yorqin iz qoldirgan Patrik Viyeyraning ishonch bilan aytishicha, hamyurtlari Rossiya mundialida kamida kuchli to‘rtlikdan joy olishadi.

Mamlakat termasi safida 100tadan ortiq o‘yin o‘tkazib, jahon va Yevropa chempioni maqomiga erishgan sobiq yarim himoyachi RTga bergan intervyusi davomida fransuzlarning 1998 yilgi katta g‘alabalarini ham esga oldi, o‘sha jamoadoshlariga to‘xtaldi va murabbiylik faoliyatiga doir mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

— Futbolchilik faoliyatiga nuqta qo‘yganingizdan keyin murabbiylik ishiga bosh suqdingiz va ayni payt «Nyu-York Siti» klubini boshqaryapsiz. Sizni ushbu murakkab kasb etagini tutishga aynan nima undadi?

— Hammasi ancha qiziqarli tus oldi. Aslida butsalarimni mixga ilganimdan keyin qanday yumush bilan shug‘ullanishim haqida o‘ylab ham ko‘rmagandim.

Faoliyatimni yakunlashimni e’lon qilishdan avval «Manchester Siti» rahbarlari bilan o‘zaro gaplashdik. Ular klubda qolib, biror vakolatni qo‘lga olishimni istashdi. Biroq o‘sha vaqt qaysi yo‘nalishni tanlashni ham bilmasdim. Xullas, rahbariyatning taklifiga binoan, 2 yil davomida futbol elchisi vazifasini bajardim.

Garchi bu vakolat juda muhim sanalsada, mohiyatan olganda, elchi katta rolga ega emas. Muhimi, o‘z lavozimimdan kelib chiqib, ma’lum muddat klub akademiyada zarur tajriba to‘pladim. Har holda, yosh yigitlar davrasida ishlash asnosida ularga nimanidir o‘rgatish avvalo, o‘zimga rohat bag‘ishladi.

Eng asosiysi, shu tajriba orqali futbolchilar bilan osongina munosabat o‘rnata olishimni his qildim va murabbiylik yo‘nalishida ish boshlashga jazm etdim.

Keyinchalik «Manchester Siti»ning zaxira tarkibini shug‘ullantirish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Vaqt o‘tishi bilan esa bu aynan menga mos ish ekanligini teran angladim.

— Klubning o‘z kelajagingiz haqida mustaqil o‘ylab ko‘rishingiz uchun vaqt bergani nechog‘li muhim ahamiyat kasb etdi? Har holda, zamonaviy futbolda bunaqasi kam uchraydi.

— Ha, darhaqiqat, shunday. «Manchester Siti» vakillari va o‘sha vaqt atrofimda bo‘lgan barcha insonlardan hamisha minnatdorman. Negaki, ular futboldan keyin o‘z yo‘limni aniqlab olishimga katta yordam berishdi.

Bu munosabat azaldan ma’lum haqiqatni yana bir bora tasdiqladi: agar maydonga tushib, hammaga hurmat bilan yondashsang, zimmangdagi ishlarni vijdonan bajarishga urinsang, keyinchalik senga shunday g‘amxo‘rlik qilishadi, albatta. Mana, futbol oilasining qo‘llab-quvvatlashi natijasida bamaylixotir o‘rgandim, o‘qidim.

2016 yilga kelib esa, «Nyu-York Siti»ni boshqarish taklifini qabul qildim. Chorlov juda qiziqarli ekanligi bois, aslo ikkilanmadim. Bundan tashqari, AQSHda o‘z ishlarining haqiqiy ustalari qurshoviga tushdimki, ular yo‘nalish bo‘yicha yanada o‘sishimga ko‘maklashishadi.

— Yangi sohada o‘z oldingizga qanday maqsadlarni qo‘ygansiz? Kelajakda salohiyatingizni Yevropaning top-klublaridan biri yoki Fransiya termasida sinab ko‘rishingiz ham mumkinmi?

— Futbolchilik faoliyatim boshida o‘z mamlakat sharafini JCHda himoya qilish va nomdor klubda to‘p surishni orzu qilganman. Murabbiylik yo‘nalishida ham shunday. Lekin avvalo, «Nyu-York Siti» murabbiyi sifatida o‘zimni ko‘rsatishim kerak, qolgani vaqt hukmidagi masala.

— Hozir o‘tmishdagi yosh Patrik Viyeyraga qanday maslahatlar berishni istardingiz?

— Birinchi navbatda, jamoa almashtirishdan cho‘chimaslikni. Yirik klublar chorlovi yosh yigitlarni g‘oyat ruhlantiradi, biroq ular shuning barobarida ancha ikkilanishadi.

Sportda esa qat’iylik muhim. Demoqchimanki, futbolchi qaysidir klubga o‘tish yoki o‘tmaslikni mustaqil hal etishi zarur. Bordiyu, yangi joyda ishlari yurishmagan taqdirda ham, aslo tushkunlik asiriga aylanmasligi kerak. Agar olg‘a intilishda davom etsa, ertami-kech o‘z maqsadiga erishadi.

— Shunday futbolchilar ham borki,  top-klublar zaxirasida o‘tirishsada, muhitni o‘zgartirish-     ni istamaydilar. Negaki, ularga yaxshigina maosh kafolatlangan, baribir.

— Sportchiga bunday yondashuv aslo yarashmaydi. Xususan, futbolda mudom yangi darajaga intilish talab etiladi. Jamoa sizga o‘ynash imkonini berayotgan bo‘lsa ham, yanada yaxshiroq klublar nazariga tushish maqsadida bor mahoratingizni ishga soling. Oddiy aytganda, o‘sishni xohlaysizmi, unda bir joyda qotib qolmang.

— Fransiya termasi tarkibida 1998 yili jahon chempioni bo‘lgansiz, keyin Yevro-2000da ham zafar quchgansiz. O‘sha g‘olib jamoani qanday eslaysiz?

— Maydonda har bir futbolchining o‘z o‘rni bo‘ladi. Jahon va Yevropa birinchiligidagi o‘sha g‘alabalar butun bir avlodning katta zafari hisoblanadi. Jamoada jangovar ruh va o‘zgacha xarakter shakllangan edi.

Hozir ehtimolki, yanada iqtidorliroq futbolchilar safi kengdir, biroq o‘sha tarkib alohida ustunlikka ega edi - biz aynan nimani xohlashimizni yaxshi bilganmiz va maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun yagona kuchga aylangan edik. Shuning barobarida har birimiz muayyan rolni sifatli bajarganmiz.

— 1996 yili Fransiya termasining Atlanta Olimpiadasiga bergan «zayavka»sidan joy olgansiz, ammo maydonga tushmagansiz. Bundan rosa ranjigandirsiz...

— Yo‘q, aslo! Axir o‘sha vaqt terma jamoaning bir bo‘lagiga aylanishni orzu qilganman va 23 nafar sara futbolchi qatoriga kirganimning o‘zi katta natija edi.

Qolaversa, bolaligimdan milliy jamoa taklifiga munosib bo‘lishni o‘ylaganman. Maydonga tusha boshlaganingda esa, murabbiyga nimalarga qodirligingni darhol ko‘rtasa olishing shart. O‘ylaymanki, 1996 yili bunga to‘liq tayyor emasdim.

1998 yilga kelib esa, mendan aynan nimalar talab qilinishini aniq bilardim. Yana bir tomoni, Didye Desham, Kristian Karambyo, Alen Bogossyan va Emmanuel Peti kabi ijrochilar yordamida erkin to‘p surish imkoni bor edi.

— Ha, ularning o‘yinlari rohat bag‘ishlardi.

— Shunday. Terma jamoamiz futbolchilari Yevropaning kuchli klublarida faoliyat yuritishardi. Ehtimolki, JCHdagi g‘alabamizda yigitlarning katta uchrashuvlarga bog‘liq tajribalari eng hal qiluvchi omil vazifasini o‘tagandir.

Qisqasi, o‘sha vaqt zaxirada o‘tirib ham, nimanidir o‘rganish mumkin edi. Misol uchun, men ayniqsa, Deshamni alohida kuzatardim.

— U terma jamoada sizga ustozlik qilgani rostmi?

— Didye yonida bo‘lishni nihoyat qadrlardim - har bir daqiqani. Imkon tug‘ilishi bilan uni suhbatga tortib, zarur maslahatlar so‘rardim. Shunday ekan, futbolchi sifatida shakllanishimda Deshamning ham o‘rni katta. OAVda terma jamoada Didye emas, Viyeyra o‘ynashi kerakligi haqidagi gap-so‘zlar rosa qaynagani esimda.

Biroq o‘zim hech qachon uning roliga ko‘z tikmaganman. Chunki Didyeni futbolchi sifatida qattiq hurmat qilardim va asosiysi, uning terma jamoada naqadar muhim rol o‘ynashini bilardim. Qolaversa, men uchun hammasi oldinda edi, va Deshamdan imkon boricha ko‘proq o‘rganib, har tomonlama kuchayishni istaganman.

— JCH finalida Petining goliga hammualliflik qilganingiz, ke-yin g‘alabani Yelisey maydonida muxlislar bilan birga nishonlaganingizni bir umr unutmasangiz kerak...

— Eh, o‘sha voqealar haqida so‘z boshlanishi bilan o‘tmish lahzalari ko‘z o‘ngimda shundoq namoyon bo‘ladi. So‘z bilan ifodalash qiyin taassurotlar... Senegalda tug‘ilgan va Parij atrofidagi shaharchada ulg‘aygan yigitning jahon kubogini boshi uzra baland ko‘tarishi.... Futbol masalasidagi orzum ushalgandi, bunday holatda g‘ururlanmaslikning iloji yo‘q.

Haligacha yaxshi eslayman: avvaliga zaxira o‘rindig‘ida edim, keyin maydonga tushib, samarali uzatmani amalga oshirganman. Aytgancha, Peti bilan o‘zaro munosabatlarimiz zo‘r, axir «Arsenal»da birga o‘ynaganmiz. Yelisey maydonida qanday manzara yuzaga kelganini eslash ham maroqli - bunda etim jimirlab ketadi.

Vaholanki, o‘sha vaqtlar muxlislar terma jamoaning asli afrikalik futbolchilarini xushlamasdilar. Shuning uchun ayniqsa, Parij Zafar arkida Zayniddin Zidan tasvirini ko‘rish yoqimli bo‘lgandi.

— Ha, gohida siyosatchilar uddalolmagan ishni futbol orqali bajarish mumkin.

— 1998 yilgi g‘alaba jahonga haqiqiy Fransiyani ko‘rsatib berdi. O‘sha zafar birinchi navbatda, tanasining rangi turli bo‘lgan yigitlardan tuzilgan jamoaning birdam ishlagani ortidan keldi. Shuning o‘zi futbol katta kuch ekanligiga dalolat, menimcha.

— Hozirgi Fransiya termasi o‘sha avlod muvaffaqiyatini takrorlay oladimi?

- Tarkibda yig‘ilgan yigitlarda bu vazifani uddalashga yetadigan iqtidor bor, harqalay. Qolaversa, jamoani Desham boshqarmoqda - ajoyib murabbiy, chinakam professional. U yigitlarni qanday ilhomlantirish va jipslashtirishni juda yaxshi biladi.

Axir o‘zi ham yuqori saviyali futbolchi bo‘lgan. Xullas, Fransiya termasi shunday murabbiy va iqtidorli yigitlar bilan JCH-2018da kamida yarim finalga chiqishi kerak.

MA’LUMOT UCHUN

Patrik Donale VIYEYRA

Tug‘ilgan sanasi va manzili: 1976 yil 23 iyun (41 yosh), Dakar (Senegal)

Laqabi:La Pieuvre («sakkiz-oyoq»)

Fuqaroligi: Fransiya

Bo‘yi: 192 sm.; vazni:82 kg.

Pozisiya bo‘yicha: yarim himoyachi

Futbolchilik faoliyati: «Kan» (Fransiya) - 1993—1995 (49ta o‘yin, 2ta gol); «Milan» (Italiya) - 1995—1996 (2ta o‘yin); «Arsenal» (Angliya) - 1996—2005 (279ta o‘yin, 29ta gol); «Yuventus» (Italiya) - 2005—2006 (38ta o‘yin, 5ta gol); «Inter» (Italiya) - 2006—2010 (67ta o‘yin, 6ta gol); «Manchester Siti» (Angliya) - 2010—2011 (28ta o‘yin, 3ta gol

Klub futbolidagi umumiy statistikasi (faqat milliy chempionatlarda): 463ta o‘yin, 45ta gol

Fransiya terma jamoalarida: U-21 (1995—1996) - 7ta o‘yin; milliy jamoa (1997—2010) - 107ta o‘yin, 6ta gol

Murabbiylik faoliyati: «Manchester Siti» yoshlar tarkibi (Angliya) - 2011—2013; «Manchester Siti» zaxira tarkibi (Angliya) - 2013—2015; «Nyu-York Siti» (Angliya) - 2016 — ...

Terma jamoadagi yutuqlari: jahon chempioni -1998; jahon chempionati kumush medali sohibi - 2006; Konfederasiyalar kubogi sohibi - 2001; Yevropa chempioni – 2000

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:34, 20.05.2018. O'qildi: 2732 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.