Bugun 10 aprel, 2026 yil, juma.

  • Superliga
      • 09.04.2026 19:00
      • Neftchi
      • 0:1
      • Paxtakor
      • 09.04.2026 19:00
      • Buxoro
      • 2:0
      • Qizilqum
  • «A» Seriya
      • 10.04.2026 23:45
      • Roma
      • -:-
      • Piza
      • 11.04.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Cremonese
      • 11.04.2026 18:00
      • Torino
      • -:-
      • Verona
      • 11.04.2026 21:00
      • Milan
      • -:-
      • Udineze
      • 11.04.2026 23:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Yuventus
  • APL
      • 11.04.2026 00:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 11.04.2026 16:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Bornmut
      • 11.04.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Everton
      • 11.04.2026 19:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brayton
      • 11.04.2026 21:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Fulhem
  • La-liga
      • 11.04.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Jirona
      • 11.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Alaves
      • 11.04.2026 19:15
      • Elche
      • -:-
      • Valensiya
      • 11.04.2026 21:30
      • Barselona
      • -:-
      • Espanyol
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Atletiko
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 6 15
2 Paxtakor 6 15
3 Buxoro 6 13
4 Bunyodkor 6 13
5 Navbahor 6 12
6 Nasaf 6 11
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 6 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
6-тур Neftchi 0-1 Paxtakor
6-тур Buxoro 2-0 Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Serxio – jangchi. U sindirmoqchi emas, balki to‘xtatmoqchi edi

Baho:
+1 | -1
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ramos atayin Salohni o‘yindan chiqarib yubordi deb aytayotgan odamlar uch toifaga bo‘linadi. Birinchisi Misr terma jamoasi muxlislari va ular tabiiyki alamzada, boshqalari «Real»da faqat zulmni ko‘radi va bu klubdan qattiq nafratlanadi, uchinchisi futbolni umuman tushunmaydi va tuturug‘i yo‘q gaplarni aytadi.

Serxio Muhammadni o‘ziga xos texnik amal bilan bilan to‘xtatib qoldi - unda «Kel, bu yigitning yelkasiga jarohat yetkazib, kiyinish xonasiga ravona qilaman» degan fikr haqida o‘ylash uchun lahza soniya ham yo‘q edi. Bundan tashqari, Ramos Salohning o‘ng qo‘lini ushlab oldi, jarohat esa chap yelkasiga yetkazildi. Bunday ayyorlikni amalga oshirish uchun Klavdiy Galen darajasidagi biomexanik bo‘lish talab qilinadi.

Muhammad bilan bog‘liq vaziyatni ming martalab qaytadan, har xil rakurslardan ko‘rib chiqish mumkin, ammo bu kurashchilar amali baribir Ramosning eng dahshatli 300ta jinoyatiga ham kirmaydi.

Katta ehtimol bilan Madrid klubi sardori Zidanning topshirig‘ini bajargan - «Liverpul»ning tezkor hujumchilariga iloji boricha o‘yin bermaslik, ularda hayvoniy qo‘rquv uyg‘otish va jarima maydoniga umuman yaqinlashtirmaslik.

Agar bir necha qadam bosgach, oyog‘ingdan zarba yeyishing va atigi jarima zarbasi ishlab olishingni bilsang, to‘g‘ri qaror qabul qilish murakkablashadi, shoshma-shosharlik vujudga keladi, natijada noaniq uzatmalar va boshqa xatolarga yo‘l qo‘yasan. Zizu aynan mana shuni ko‘zlagan edi, maydonni tark etayotgan Muhammadning ko‘z yoshlarini emas.

Bu vaziyatda Ramosni haqorat qilish - katta bema’nilik. U butun umri davomida shunday o‘ynayapti, qo‘polligi uchun kartochkalar bilan jazolanib, diskvalifikasiya qilinyapti, lekin hech qachon uslubini o‘zgartirmaydi. Chunki bu uslub juda samarali. 

Serxio dunyodagi qobiliyatli, tezkor va taktik jihatdan aqlli himoyachi emas, ammo uning ehtirosi, taslim bo‘lmasligi va shijoati yillar davomida top saviyada qolishiga yordam bermoqda.

Salohning qo‘lidan ushlab, yiqitishga o‘xshagan jirkanch qoidabuzarliklar va Kariusni xato qilishga majburlaydigan harakatlar - bu strategiyaning bir qismidir. Ramos hech qachon birorta jentlmencha sovrinni qo‘lga kiritolmaydi, ammo, «Real»ning natijaga erishishi uchun borini beradi. Zolim sifatida gavdalanish uning uchun oddiy hol, muhimi - jamoa g‘alaba qozonsa bo‘ldi.

Qayd qilish joizki, Serxioning gunohlari ancha bo‘rttirib ko‘rsatilmoqda. Masalan, og‘riqdan oh chekayotgan Salohning oldida tilini chiqarib turgan fotosurati uchun u kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilinmoqda, vaholanki, bu fotomontaj. Yon hakam bilan tirjayib suhbat qurayotgan rasmi uchun uni itlarga yem qilish taklif qilinmoqda. Ispaniyalikning instagramiga esa bolalarni yo‘latmagan ma’qul, chunki u haqorat va do‘q-po‘pisalarga to‘lib ketgan.

Change.org saytida esa aqli zaiflar tutaqib ketishdi. Ramosga qarshi petisiyani 170 ming odam imzolagan. Ularning mantig‘idan kelib chiqadigan bo‘lsak, har qanday qo‘pollik uchun dunyoning istalgan himoyachisini umrbod futboldan chetlatish lozim - ko‘rinib turibdiki, bu kasal odamning alahlashidan boshqa narsa emas.

Salohning jarohatlangan yelkasi natijasida dunyo yangi Ramosni ixtiro qilmadi, ispaniyalik har doim qo‘pol o‘ynashini hamma bilardi. Bu voqeani unutish lozim, ayniqsa, Serxioning uzridan so‘ng. Ha, Muhammadning omadi kelmadi, ammo u aynan shunday baxtsizlikka shartli «Bornmut»ga qarshi o‘yinda ham yo‘liqishi mumkin edi.

Salohning finaldagi jarohati, Kariusning xatolari darajasidagi fojiaviy tasodifdir. Shunchaki, bu kecha mersisaydliklar uchun atalmagan edi. Ba’zan shunaqasi bo‘lib turadi, ammo bu «Liverpul» fojiasidir, Ramosning razilligi, Benzemaning ayyorligi yoki Beylning omadi emas.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 01:00, 28.05.2018. O'qildi: 9537 marta. Fikrlar: 33 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик