Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 15 33
2 Dinamo 15 29
3 Bunyodkor 15 27
4 Neftchi 14 27
5 OKMK 15 27
6 Paxtakor 15 26
7 Navbahor 15 26
8 Surxon 15 18
9 Andijon 15 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 15 15
13 Xorazm 14 14
14 Buxoro 15 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

15-тур Sho‘rtan 1-2 Qizilqum
15-тур So‘g‘diyona 2-1 Qo‘qon-1912
15-тур Surxon 0-0 Buxoro
15-тур Andijon 0-1 Bunyodkor
15-тур Mash’al 0-1 OKMK
15-тур Paxtakor 2-0 Navbahor
15-тур Dinamo 2-2 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

07/07/25 Neftchi - Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 07.07.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Фенербахче".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Кубок Испании. 1/32 финала. "Сант-Андреу" - "Реал Бетис".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Самсунспор".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Кубок Италии. 1/32 финала. "Салернитана" - "Специя".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      15:30 Новости футбола.
      15:35 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бешикташ".
      17:35 Новости футбола.
      17:40 Кубок Испании. 1/32 финала. "Саламанка" - "Сельта".
      19:40 Новости футбола.
      19:45 Кубок Италии. 1/32 финала. "Фрозиноне" - "Пиза".
      21:45 Новости футбола.
      21:50 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Фенербахче".
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Кубок Испании. 1/32 финала. "Сант-Андреу" - "Реал Бетис".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Самсунспор".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Кубок Италии. 1/32 финала. "Салернитана" - "Специя".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 07.07.2025

      06:05 Автоспорт. DTM. Этап 4 на трассе Норисринг, Германия. Гонка 2.
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 4 в Тюмени, Россия.
      09:40 "Камчатка. Необыкновенные истории на краю земли".
      10:35 "Формула-1. Гаснут огни".
      11:05 BMX. Альфа-Банк Чемпионат России. Фристайл-парк.
      13:00 Спортивная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Мужчины. Многоборье.
      16:15 Д/с "Век нашего спорта".
      16:45 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Трамплин 1 м.
      17:55 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Трамплин 1 м.
      19:20 Д/ф "Царица Тамара. Быкова".
      20:30 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 2 в Ижевске, Россия.
      22:30 "Вопреки всему".
      23:00 "Сюрпляс".
      23:30 LIVE Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Д/с "Век нашего спорта".
      01:35 Спортивная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Мужчины. Многоборье.
      04:35 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Трамплин 1 м.
  • MATCH-TV
    • Sana: 07.07.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Спортивная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Век нашего спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Д/с "Сила воды".
      11:25 "Культовые".
      12:30 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Деррик Льюис против Сергея Спивака.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:20 "География спорта". Зеленоград.
      16:50 "Лучшие из лучших".
      17:20 Новости.
      17:25 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. "Динамо" (Беларусь) - "Салават Юлаев" (Россия). Прямая трансляция.
      18:10 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:20 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. "Металлург" (Магнитогорск) - "Авангард" (Омск). Прямая трансляция.
      19:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:15 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. "Ак Барс" (Казань) - "Трактор" (Челябинск). Прямая трансляция.
      20:00 LIVE Громко. Прямой эфир.
      21:15 Д/ф "Двенадцатый игрок".
      23:30 LIVE Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Бокс голыми кулаками. Bare Knuckle FC on DAZN Hollywood в США. Джаред Уоррен против Майка Ричмана.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:55 "Культовые".
      03:55 Д/ф "Четыре мушкетёра".
      04:55 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Деррик Льюис против Сергея Спивака.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 07.07.2025

      07:00 Снукер. Players Championship в Телфорде, Великобритания. Финал.
      10:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 8 в Монако.
      11:30 BMX-фристайл. Urban Sessions в Брюсселе, Бельгия. Женщины. Финал.
      12:30 BMX-фристайл. Urban Sessions в Брюсселе, Бельгия. Мужчины. Финал.
      13:30 Снукер. Players Championship в Телфорде, Великобритания. Финал.
      15:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 2. Ловен-Планк - Булонь-сюр-Мер.
      16:00 LIVE Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 3. Валансьен - Дюнкерк. Прямая трансляция.
      21:00 Велоспорт. Женщины. "Джиро д'Италия". Этап 2. Обзор.
      22:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 5. Broken Arrow Skyrace в Олимпик-Вэлли, США. Обзор.
      22:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 6. Tepec Trail в Уаска-де-Окампо, Мексика. Обзор.
      23:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 8 в Монако.
      01:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 3. Валансьен - Дюнкерк.
      03:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Майами, США. День 3.
      04:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 3. Валансьен - Дюнкерк.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Shaskix, Baqoyev va Gevorkyan yoxud sobiq ittifoq hududidagi eng yaxshi to‘purarlar

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

BU FUTBOLCHILAR SOBIQ ITTIFOQ HUDUDIDAGI ENG YAXSHI TO‘PURARLAR QATORIDAN JOY OLISHDI

«InterFutbol»ning ukrainalik maxsus sharhlovchisi Viktor Yeryomin-Xoxlyuk bu safar o‘quvchilarimizni o‘zining mualliflik loyihasi - Oleg Protasov nomidagi to‘purarlar klubi bilan tanishtiradi. U ushbu faxriy klubga sobiq ittifoq hududidan chiqqan va xorij chempionatlarida eng ko‘p gol urgan futbolchilarni kiritgan.

Sport sohasida katta tajribaga ega Viktor Xoxlyuk goleadorlar klubiga 2017 yilning fevralida asos solgan va uni xorijda birinchi bo‘lib 100ta gol marrasini bosib o‘tgan ukrainalik Oleg Protasov sharafiga atagan.

Diqqatga sazovor tomoni, ilk ro‘yxatga o‘zbek futbolining ikki dongdor vakili - Maksim Shaskix va Ulug‘bek Baqoyev kirishgan.

Shuningdek, elit klub laureatlari safida anchadan buyon  O‘zbekiston milliy chempionatida to‘p surayotgan Turkmaniston terma jamoasi yarim himoyachisi Artur Gevorkyan ham bor.

Oliy ligamizning 2013 yilgi mavsumida eng yaxshi to‘purar maqomiga erishgan ukrainalik Oleksandr Pishur esa ramziy reytingdan joy olishga real nomzodlardan biri edi.

Demak, endi g‘oya muallifining shu 4 nafar futbolchi haqida nimalarni bayon etganiga e’tibor qaratamiz. Chunonchi, u har bir goleadorga taalluqli qiziqarli faktlarni ham keltirgan.

Maksim Shaskix

Shaskix - Ukrainaning 6 karra chempioni (2000-2001, 2003-2004, 2007 va 2009 yillar), Ukraina kubogining 5 karra sohibi (2000, 2003, 2005-2007 yillar) va mamlakat superkubogining 2 karra egasi (2004 va 2006 yillar). O‘zbek futboli tarbiyalanuvchisi shuningdek, Ukraina chempionatida 3 marta (2002, 2005 va 2006 yillar) va Qozog‘iston birinchiligida 1 bora (2009 yil) kumush medal yutgan.

Maks 2005 yil yakunida Osiyoning eng yaxshi futbolchilarini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovda 2-o‘rinni egallagan (aslida o‘shanda uni bosh laureat sifatida e’tirof etishlari kutilgandi). O‘zbekistonda esa nishondor hujumchini naq 4 marta mamlakatning eng kuchli futbolchisi sifatida tan olishgan - 2003, 2005, 2006 va 2007 yillarda.

Qolaversa, «Dinamo» (Kiyev)da porlagan hujumchi 2000 va 2003 yillarda Ukraina chempionatining eng yaxshi to‘purariga atalgan sovrin egasiga aylangan. Umuman, Maksim Shaskix haligacha Ukraina chempionati tarixidagi eng yaxshi goleador bo‘lib turibdi. Uning hisobida Premyer-ligada urilgan 124ta gol bor.

Tushunarliki, Shaskix xorij klublari safida urgan gollaridan katta qismini Kiyev «Dinamo»si libosida nishonlagan. Aniqroq aytsak, jami 328ta o‘yinda raqiblar darvozasini 142 marta nishonga olgan (1ta o‘yinda o‘rtacha - 0,43ta gol).

Maks bundan tashqari, oliy darajada «Arsenal» (Kiyev) uchun 100ta o‘yinda 23ta, «Lokomotiv» (Astana) uchun 16ta o‘yinda 9ta, «Goverla» (Ukraina) uchun 29ta o‘yinda 6ta gol urgan. Rossiya quyi divizionida esa Kaliningradning «Baltika» klubi safida 29ta o‘yin o‘tkazib, mamlakat kubogi uchrashuvlaridan birida «xet-trik»ka erishgan.

Xullas, umumiy hisobda aytsak, o‘zbek futbolining eng yaxshi hujumchilaridan biri hisobida Oleg Protasov nomidagi to‘purarlar klubi reytingida 183ta gol bor. U bu natijasi bilan o‘ziga xos jadvalning 4-qatorida turibdi. Qisqasi, Shaskix - xorij klublarida urgan gollari soni bo‘yicha sobiq ittifoq hududidagi 4-yaxshi to‘purar!  

Alohida ta’kidlash o‘rinli, Ukrainada legioner to‘p-urarlar faxriy klubi aynan O‘zbekiston milliy jamoasi tarixidagi bosh goleador sharafiga atalgan. Umuman, Maksim hali-hamon Ukrainada to‘p surgan xorijliklar orasida eng sermahsul o‘yinchi hisoblanadi - jami 171ta gol.

Uning ukrain diyorida 100ta gol marrasini bosib o‘tgan birinchi legioner bo‘lganini ham eslatish joiz. Sobiq hujumchi ayni payt sobiq klubi - Kiyev «Dinamo»sining murabbiylar shtabida faoliyat yuritmoqda. Kiyevliklar mavsum-2017|2018 yakuniga ko‘ra, mahalliy Premyer-ligada 2-o‘rin bilan cheklanishganini ko‘pchilik bilsa kerak.

Ulug‘bek Baqoyev

O‘zbek futbolining yana bir dongdor hujumchisi. Futbol bobida dunyo kezib chiqqan Ulug‘bek 2004 yili Kustanayning «Tobol» klubidan qo‘nim topdi va birinchi mavsumdayoq 22ta gol urib, Qozog‘iston chempionati to‘p-urarlari poygasida g‘olib bo‘ldi. To‘g‘ri, o‘shanda Arsen Tlexugov ham raqiblar darvozasini aynan 22 marta nishonga olgandi.

Baqoyev keyinchalik yana bir necha  bora chempionatning eng yaxshi goleadori maqomiga erishdi. Xususan, 2010, 2011 va 2012 yillar mavsumida asosiy snayperga atalgan sovrinni begona qilmadi. Tabiiyki, bu alohida natija. Zero, Qozog‘istonda boshqa hech kim ketma-ket 3 marta poygada g‘olib bo‘lish missiyasini takrorlay olgani yo‘q.

Yana bir e’tiborga molik fakt shuki, 2012 yili mamlakatdagi obro‘li nashrlardan biri - Gol o‘zbekistonlik mohir goleadorni Qozog‘iston chempionatining eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etgandi.

Baqoyev xuddi hamyurti Shaskix kabi hamon rekordchi bo‘lib turibdi. Aniqrog‘i, Maks Ukrainada eng ko‘p gol urgan legioner bo‘lsa, Ulug‘bek Qozog‘iston chempionatida faoliyat yuritgan xorijliklar orasida eng yaxshi natijaga ega - 237ta o‘yinda 111ta gol.

Bu natija butun faoliyatlari davomida Qozog‘iston elit ligasida o‘ynagan ko‘plab mahalliy hujumchilar uchun ham qo‘l yetmas dovonligicha qoldi. O‘zbek futboli vakili qozoq o‘lkasidagi ilk gollarini 2004 yilning 2 may kuni Rudniyda nishonlagandi.

E’tiborlisi, Ulug‘bek o‘shanda qandaydir 2 daqiqa ichida «Vostok» darvozaboni Gennadiy Kirikni ikki bora ranjitib, «dubl» rasmiylashtirgandi. Baqoyevning Qozog‘iston birinchiligida 100 gol marrasidan o‘tishi uchun esa 190ta o‘yin kifoya qildi. Uning o‘rtacha mahsuldorligi - 1ta o‘yinga 0,53ta gol. 

Baqoyev Qozog‘iston chempionati tarixida 100ta gol marrasiga yetgan 6-futbolchidir. O‘zbekistonlik hujumchiga qadar Andrey Miroshnichenko, Oleg Litvinenko, Nurken Mazbayev, Nurbol Jumaskaliyev va Murat Tleshev shunday natijaga erishgandilar. Umumiy hisobda aytsak, Baqoyev nomiga Oleg Protasov to‘purarlar klubida 123ta gol yozilgan va u jadvalning 8-o‘rnida.

Artur Gevorkyan

O‘zbekiston chempionatining ikki karra eng yaxshi xorijlik futbolchisi. Turkmanistonlik legioner 2013 va 2014 yillar mavsumida shunday maqomga erishgan. Arturni shuningdek, 2013 yili chempionatning eng foydali futbolchisi sifatida e’tirof etishgan. 2014 yili esa u O‘zbekiston oliy ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.

Sovrinlari ham yetarli. Deylik, Gevorkyan milliy chempionatda bir qator sovrinlar sohibiga aylanishdan tashqari, 2011 yili Qarshining «Nasaf» jamoasi safida OFK kubogini boshi uzra baland ko‘tardi. Umuman, Turkmaniston termasi yetakchilaridan biri fao-liyatining katta qismini aynan Qarshi klubida o‘tkazdi.

Ayni payt esa «Qizilqum» (Navoiy) sharafini himoya qilmoqda. Artur yaqinda, aniqrog‘i, 22 may kuni O‘zbekiston chempionati Superligasi doirasida Toshkentning «Lokomotiv» jamoasiga qarshi kechgan bahsda Oleg Protasov nomidagi to‘purarlar klubi uchun 125-golini urdi.

Gevorkyan o‘ziga xos faxriy klub tuzilganidan xursand. Ya’ni u Oleg Protasov nomidagi to‘purarlar klubi haqida ijobiy fikrda: «Albatta, afsonaviy futbolchilar ro‘yxatiga tushganimdan xursandman. To‘purarlar ramziy klubi shunday imkoniyat taqdim etdi. Rahmat! Ochig‘i, har bir gol men uchun juda muhim va qadrli. Tabiiyki, u jamoamga g‘alaba keltirsa, qiymati ikki hissa ortadi. Umid qilamanki, hali o‘z nomimdagi gollar sonini oshiraman. Zero, hozircha faoliyatimni tugatish haqida o‘ylayotganim yo‘q».

Oleksandr Pishur

O‘zbekiston chempionati g‘olibi va kubogi sohibi (2013 yil). Ukrainalik legioner o‘zbek diyorida keyingi yili mamlakat superkubogi sohibiga aylandi. Shuningdek, 2013 yilgi mavsumda 19ta gol urib, O‘zbekiston chempionati oliy ligasida eng yaxshi to‘purar bo‘ldi.

Oleksandr o‘zbek futbolidagi faoliyatining eng yaxshi damlarini «Bunyodkor» (Toshkent)da o‘tkazdi. U bunga qadar Ukraina va Slovakiyada ham binoyidek mahsuldorlik ko‘rsatgandi. «Goleadorlar» kitobi (uning muallifi -  Viktor Xoxlyuk)da Oleksandr Pishurning o‘yin uslubi shunday ta’riflangan: «Bo‘ydor va baquvvat hujumchi o‘yin uslubi bo‘yicha gavdasidan unumli foydalanadi.

Maydonda asosan markaziy hujumchi pozisiyasida harakatlanadi. Ayniqsa, «ikkinchi qavat»da ustun. Ya’ni doimiy ravishda himoyachilar bilan «duel»ga kirishadi va bunda ko‘pincha g‘olib chiqib, bosh bilan aniq zarba yo‘llaydi. Bunday holatda to‘p tez-tez darvoza to‘riga «ilinadi».

Pishur O‘zbekistonda «Navbahor» (Namangan) va «Sho‘rtan» (G‘uzor) jamoalarida ham o‘ynadi, biroq «Bunyod-kor»dagi mahsuldorligini takrorlay olmadi.

Xullas, Oleksandr hisobida Oleg Protasov nomidagi klubga tortadigan 83ta gol bor. U shundan 41tasini O‘zbekiston chempionatida nishonlagan  - «Bunyodkor»da 35ta va «Navbahor»da 6ta. Oleksandr Pishur hozirgi vaqt Kiyevda murabbiylik kurslarida o‘qimoqda. Demakki, uning Oleg Protasov klubiga to‘laqonli a’zo bo‘lmasligi ta-yin. 

Aytgancha...

Oleg Protasov - sobiq ittifoq terma jamoasi, «Dnepr» va Kiyev «Dinamo»si klublarining afsonaviy to‘purari. U ham ramziy klub tuzilganidan xursandligini yashirmadi: «Viktor, qiziqarli tashabbus bilan chiqqaning uchun katta rahmat. Juda ta’sirlandim. Ushbu to‘purarlar klubi butun sobiq ittifoqda mashhur bo‘lishidan umidvorman. Chunonchi, futbolchilar shu kabi e’tiroflarga munosiblar. Bu boradagi izlanishlaringizga omad!»

Oleg Protasov nomidagi to‘purarlar ramziy klubi (2018 yil iyun oyi holati)

T|r.            Futbolchi                         Mamlakati       Jami Chem.   Kubok    Xal. kubok

1.               Shota Arveladze                Gruziya               265       199     38          28

2.               Andrey Shevchenko             Ukraina             197       136     19          42

3.               Valeriy Popovich             Rossiya               193       175     8            10

4.               Maksim Shaskix        O‘zbekiston        183       132     28          23

5.               Dmitriy Lipartov           Rossiya               161       152     9            -

6.               Temuri Kesbaya                  Gruziya               143       113     23          7

7.               Artur Gevorkyan               Turkmaniston  125       98       18          9

8.               UluG‘bek BaQoyev           O‘zbekiston        123       111     10          2

9.               Aleksandr Katasonov       Rossiya               122       105     7            10

10.             Genrix Mxitaryan            Armaniston      119       80       16          23

11.             Akmal Xolmatov             Tojikiston      118       89       21          8

12.             Vladimir Dvalishvili   Gruziya               117       91       13          13

13.             Vladislav Ivanov          Rossiya               114       95       18          1

14.             Georgiy Demetradze         Gruziya               113       102     8            3

15.             Muhsin Muhammadiyev      Tojikiston      112       97       13          2

                  Igor Nichenko                 Ukraina             112       97       14          1

                  Edgaras Yankauskas            Litva                 112       90       9            13

18-19.       Yevgeniy Kabayev                 Rossiya               108       97       9            2

                  Yura Movsisyan                 Armaniston      108       96       5            7

20.             Igor Chumachenko              Ukraina             106       93       12          1

21-22.       Ruslan Lyubarskiy            Ukraina             105       80       18          7

                  Nikita Andreev               Rossiya               105       86       16          3

23.             Oleg Protasov                  Ukraina             103       89       13          1

24.             Zakariya Beglarishvili   Gruziya               100       80       19          1

 

Nomzodlar

1.              Sergey Kornilenko          Belarus            86         75       5            6

2.             Oleksandr Pishur Ukraina  83            69            10            4

Izoh: faoliyatlari davom etayotgan futbolchilar qalin qora yozuvda ko‘rsatilgan.

MA’LUMOT UCHUN

Oleg Protasov nomidagi to‘puparlar ramziy klubi

Klub sobiq ittifoq davridagi afsonaviy hujumchi Oleg Protasov sharafiga atalgan. Binobarin, u sobiq ittifoq hududidagi futbolchilar orasida xorij jamoalari safida yuqori saviyada 100ta gol urgan birinchi to‘purardir.

To‘purarlar klubiga kirish kriteriya-lari

***  Oleg Protasov nomidagi to‘purarlar klubiga sobiq ittifoq hududida tug‘ilgan futbolchilar kirish huquqiga egalar.

*** O‘yinchilarning xorij jamoalari (jumladan, sobiq ittifoq hududidagi mustaqil respublikalar klublari) safida oliy darajali rasmiy turnirlarda urgan gollari hisobga olinadi.

Oliy darajali rasmiy turnirlar - milliy chempionat va kuboklar (boshqa kubok musobaqalari), shuningdek, FIFA (xalqaro futbol uyushmasi), AFK (Osiyo|Avstraliya futbol konfederasiyasi), AFK (Afrika futbol konfederasiya-si), KONMEBOL (Janubiy Amerika futbol konfederasiyasi), KONKAKAF (SHimoliy, Markaziy Amerika va Karib havzasi mamlakatlari futbol konfederasiyasi), OkFK (Okeaniya futbol konfederasiyasi) hamda UYEFA (Evropa futbol assosiasiyalari ittifoqi) bayrog‘i ostida klub miqyosida o‘tkaziladigan xal-qaro musobaqalar.

Viktor YERYOMIN-XOXLYUK, Toshkent shahri

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda. 
Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:48, 01.07.2018. O'qildi: 3994 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 11
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
3 Бунёдкор Luis Kachorri 8
4 Насаф Husayn Norchayev 8
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 5
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.