O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan joriy yilning aprel- may oylarida maktab o‘quvchilari ishtirokida “Charm to‘p” musobaqasi tashkil qilinganidan futbol ixlosmandlarining xabarlari bor.
Endilikda ushbu futbol estafetasi mahalla yoshlari o‘rtasida davom ettiriladigan bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 iyuldagi 13-sonli yig‘ilishiga asosan, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan mahalla yoshlari o‘rtasida futbol bo‘yicha "Charm to‘p" musobaqalarini mintaqaviy va Respublika bosqichini o‘tkazish yuzasidan chora tadbirlar ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra 17-22 yoshdagi mahalla yoshlaridan iborat jamoalar iyulb-avgust oylarida 4 bosqichli tizimda kuch sinashadilar:
1-bosqich: mahallalararo;
2-bosqich: tuman (shahar) miqyosida;
3-bosqich: viloyat miqyosida;
4-bosqich: respublika miqyosida (final).
Final bosqichi Toshkent shahridagi “Milliy” stadionida tashkil qilinadi.
Musobaqa O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.