Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Superliga. «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Paxtakor» bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / O‘yinlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugungi uchrashuv har ikki jamoa uchun muhim ahamiyat kasb etardi. Bugungi bahs har ikki jamoa uchun hayot-mamot jangiga aylangandi. Shuning uchun mezbonlar bugungi bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishgandi.

Uchrashuvdan avval PFL tomonidan iyul oyida eng yaxshi darvozabon deb topilgan Eldor Suyunov sovrinni qabul qilib oldi. O‘yin kutilganidek shiddatli hujumlar ostida boshlandi. Mezbonlar ilk daqiqalardan oldinga tashlanishdi. Birinchi bo‘limning yarmiga qadar har ikki jamoa vakillari shiddatli hujumlarni tashkil etishdi.

Biroq vaziyatlardan foydalana olmadilar. 34-daqiqada yana mezbonlarda yaxshi imkoniyat vujudga keldi. Asadov ildamroq harakat qilganida raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi. 37-daqiqada Merzlyakov-Berdiyev-Asadov kombinasiyasi chiroyli ko‘rinish oldi. Oxirgi vaziyatda Asadov biroz to‘pga yeta olmadi.

42-daqiqada “Qo‘qon-1912” burchak to‘pi tepish huquqiga ega bo‘ldi. Burchakdan oshirilgan to‘pdan keyin raqib darvozasi oldida xavfli vaziyat vujudga keldi. So‘nggi pallada Iqbol Malikjonovning zarbasi noaniq bo‘ldi. Tanaffusga jamoalar nursiz durang bilan chiqib ketdi.

Ikkinchi bo‘limni maydon egalari hujumkor ruhda boshlashdi. 52-daqiqada mehmonlar hisobni ochdilar. “Paxtakor”ning navbatdagi hujumidan keyin Milich o‘z darvozamizni ishg‘ol etib qo‘ydi.

Gol o‘tkazib yuborgach, “Qo‘qon-1912” katta kuch bilan hujumga o‘tdi. 58-daqiqada Murod Xolmuhammedovning jarimadan tepgan to‘pi jonli devorga tegib qaytdi. 60-daqiqada Quvondiq Ro‘ziyev chiroyli tarzda jarima maydonchasiga kirib borib, to‘pni qulay vaziyatda turgan sherigiga oshirdi. Zarbadan keyin esa Suyunov “Paxtakor”ni muqarrar goldan saqlab qoldi.

75-daqiqada “Qo‘qon-1912” hisobni tenglashtirdi. Qanotdan boshlangan hujumni Nosir Otaqo‘ziyev raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Bu yerda Quvondiq Ro‘ziyevning harakatlarini ta’kidlash joiz.

Umuman olganda, uchrashuvning oxirgi daqiqalari shiddtali va keskin kurashlar ostida o‘tdi. Ammo muxlislarga boshqa gol kurish nasib etmadi. Shu tariqa, ushbu jamoalarning Qo‘qonda o‘tgan ketma-ket to‘rtinchi uchrashuvida durang natija qayd etildi. Avvalgi o‘yinlarning uchtasi ham 1:1 hisobida yakunlandi.

Superliga, 21-tur.

“Qo‘qon-1912” –  “Paxtakor” – 1:1 (0:0)

Hakamlar: Sherzod Qosimov, Rasul Fozilov, Mo‘min Majidov, Jasur Muxtorov.

Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov.

Komissar: Ma’mur Saidqosimov.

Gollar: Nosir Otaqo‘ziyev – 75. - Marko Milich – 52 (avtogol).

“Qo‘qon-1912”: 1. O‘tkir Yusupov, 5. G‘iyos Komilov, 11. Firdavs Asadov (4. Bahodir Akramov - 88),  15. Oybek Rustamov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev, 19. Suhrob Berdiyev (9. Nosir Otaqo‘ziyev – 69), 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Darko Gojkovich (96. Muhammadanas Hasanov-57), 65. Marko Milich, 79. Iqbol Malikjonov.

Zaxira: 71. Sarvar Karimov, 41. Saveliy Abramov, 78. Bexruz Sadilloyev, 97. Muslim Qurbonov.

“Paxtakor”: 25. Eldor Suyunov, 4. Sherzod A’zamov, 7. Azim Ahmedov (10. Jamshid Iskanderov – 59), 8. Dilshod Rahmatullayev, 11. Ismael Gonsalvesh (18. Bahrom Abdurahimov – 82), 29. Vladimir Kozak, 34. Farrux Sayfiyev, 55. Marko Simich, 69. Dragan Cheran, 77. Tiago Bezerra (21. Kamoliddin Tojiyev – 70), 88. Igor Sergeev.

Zaxira: 12. Aleksandr Lobanov, 2. Akmal Shorahmedov, 6. Jahongir Ahmadov, 15. Yegor Krimes, 27. Doston Ibragimov, 40. Alisher Salimov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:25, 12.08.2018. O'qildi: 3779 marta. Fikrlar: 15 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик