Bugun 9 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 08.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Sassuolo
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • -:-
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Yuventus
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • -:-
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • -:-
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • -:-
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • -:-
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • -:-
      • Real Madrid
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Brentford
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • -:-
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

San’at Sharipov: «Hozir futbolimiz o‘tish davrini boshdan kechirmoqda»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yaqinda taniqli futbol mutaxassisi, Xalqaro sport huquqshunosligi bo‘yicha diplom egasi bo‘lgan San’at Sharipov O‘FAda maslahatchi sifatida ish boshlagani haqida xabar qilib o‘tgandik. O‘FA matbuot xizmati San’at Sharipov bilan o‘zbek futbolida olib borilayotgan islohotlar, xorij tajribasi va boshqa mavzularda suhbat uyushtirdi. Quyida ana shu suhbatni e’tiboringizga havola qilamiz.


- Siz juda ko‘p mamlakatlarda bo‘lgansiz, ko‘plab milliy chempionatlarning bevosita guvohiga aylangansiz. O‘zbekiston Superligasining hozirgi formati haqida qanday fikr bildirasiz? Amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar o‘z samarasini bermoqdami?

- Mustaqillikka erishganimizdan buyon milliy chempionatimizda turli yillarda 20 tadan 16 tagacha jamoalar to‘p surib kelishgan edi. Bunda uyda-mehmonda tizimi qo‘llanar edi. Yurtimizda futbol yildan yilga rivojlanib bormoqda. O‘z o‘rnida PFL ham rivojlanmoqda. PFL rahbariyati 12 ta jamoa qatnashadigan hozirgi formatni tanlashidan asosiy maqsad ham aynan millliy chempionatimizni rivojlantirish bo‘lgan, deb o‘ylayman. Chempionatning qiziqroq o‘tishi, murosasiz bahslarning ko‘payishi, so‘nggi turlarga qadar intrigani saqlab qolish uchun ham ushbu tizim futbol mutasaddilari tomonidan ishlab chiqilganiga shubham yo‘q. Bir narsani aytib o‘tishni istardim. Kim  xato qilmaydi bilasizmi, ishlamagan odam. Ish bor joyda albatta kamchiliklar bo‘ladi. Bu tizimga ayrim futbol mutaxassislarining e’tirozi bo‘ldi. Bu tabiiy hol. Butun dunyo futbolida e’tirozlar mavjud va bu har doim davom etadi. Hozir futbolimiz o‘tish davrini boshdan kechirayotgandek. Vaqt o‘tishi bilan barcha ishlar mukammallashtirib borishiga umid qilaman. Tizimning mukammallashishida rahbariyatdan tortib barcha xodimlargacha tinmay izlanish olib borishmoqda. Shu sabab ham ishqibozlar futbolga qaytishmoqda. Stadionlarimiz ishqibozlar bilan to‘lmoqda. Namangan, Buxoro, Qo‘qondagi stadionlarni misol qilib keltirishim mumkin. Chempionatning 12 jamoali tizimga o‘tishi yaqin kelajakda o‘z mevasini beradi albatta. Vaqt o‘tishi bilan bu formatda qolamizmi, yoki boshqa mukammalroq format o‘ylab topiladimi bilmadim. Ammo asosiy maqsad, ya’ni futbolni rivojlantirish doimo asosiy maqsad bo‘lib qolaveradi. Shu o‘rinda qo‘shimcha qilib o‘tishni istardim. Dunyoga mashhur “Pepsi” brendining Superliganing titul homiysiga aylangani bejiz bo‘lmasa kerak. Fikrimcha,   bu futbolimiz rivojlanayotganidan, chempionat uchun to‘g‘ri format tanlanganidan darak beradi.  Men O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga yaqinda ish boshladim. Oldin bo‘lib o‘tgan ishlarga baho bera olmayman. Ammo hozirda o‘z ko‘zim bilan ko‘rgan bir narsani aniq aytishim mumkin – O‘zbekiston futbol assosiasiyasida barcha futbolni rivoji yo‘lida astoyidil mehnat qilmoqda.

 
- Futboldagi shaffoflikni ta’minlash, qing‘irliklarga qarshi kurashish maqsadida O‘FAda yangi boshqarma tashkil qilindi. Ushbu boshqarmaning faoliyati davomida e’tibor qaratish bo‘lgan eng asosiy jihatlar nimalardan iborat?

- O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan futboldagi shaffoflikni ta’minlash, qing‘irliklarga qarshi kurashish boshqarmasi tashkil qilindi. Bu juda ham yosh bo‘lim bo‘lganligi sababli oldinda o‘rganishi kerak bo‘lgan ishlar talaygina. Avvalo ushbu boshqarmaning huquqiy tarafdan vakolati qanday ekanligini aniqlashtirib olishimiz zarur. Tajriba orttirib, barcha tashkiliy-huquqiy ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng albatta bu bo‘lim futbolimizga juda katta foyda berishni boshlaydi.

 
- Bizga ma’lumki, sentyabr oyida Rossiyaga safar uyushtirilib, ushbu mamlakat futbol uyushmasi, Rossiyadagi sport huquqshunosligi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan kompaniyalar faoliyati o‘rganiladi hamda hamkorlik o‘rnatiladi. Oktyabrda esa mazkur soha bo‘yicha FIFA sammiti o‘tkaziladi. Bu haqida nima deya olasiz?

- Sentyabrda Rossiyaga uyushtiradigan safarimiz davomida Rossiya futbol uyushmasi va professional futbol ligasi vakillari bilan “Lokomotiv” va “Spartak” jamoalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazamiz. Uchrashuvlar davomida futboldagi audit va yuridik ishlarning professinal yo‘lga qo‘yilishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha tajriba orttiramiz. Normativ hujjatlar bilan tanishish imkonimiz bo‘ladi. Kelishilgan o‘yinlarning oldini olish, futbolchilar bilan tuziladigan mehnat shartnomalari bo‘yicha savollarimizga javob olishga harakat qilamiz. Keyingi mavsumlardan boshlab professional futbol ligamizda yagona mehnat shartnomasini amalga kiritishni PFL rahbariyatiga taklif bilan chiqmoqchimiz. Bunda klublar mehnat shartnomasini o‘zlaricha tuza olishmaydi. Bu yo‘lda biz Shveysariya, Italiya va Rossiyaning sport huquqshunosligi bo‘yicha yetakchi mutxassislari bilan muzokaralar olib borishni rejalashtirganmiz. Agar rejamiz amalga oshsa, unda Superliga va Proligadagi klublarimiz PFL tomonidan ishlab chiqiladigan shartnomalarni tatbiq qilishga majbur bo‘ladi. Kelishilgan o‘yinlar borasida ham to‘xtalib o‘tishni istardim. Bunday o‘yinlarni isbotlash oson narsa emas. Bunda faqatgina gumonga asosan qaror qabul qila olmaysiz. Qo‘lingizda aniq dalil-isbotlar mavjud bo‘lishi shart. Bu illat futbol bozorida juda ham uzun ildiz otib ketgan. Bunday o‘yinlarni isbotlash eng qiyin masalalardan biridir. Bu illatga yaqqol misol qilib 2006 yilda Italiyada bo‘lgan mojarolarni keltirib o‘tishimiz mumkin. O‘shanda Italiya futbolida ro‘y berayotgan qing‘irliklar huquq-tartibot idoralari tomonidan aniqlangan edi. Bizda ham bunday idoralar bilan aloqa o‘rnatishimiz uchun reglamentni qayta ko‘rib chiqqan holda, ularga ayrim vakolatlarni berishimizga to‘g‘ri keladi.

 
-   Noyabr oyida Toshkentda maxsus seminar tashkil qilinar ekan. Ushbu seminarga kimlar taklif etiladi hamda asosiy mavzu nimalardan iborat bo‘ladi?

- Xaqiqatda noyabr oyida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi sport huqushunoslari uchun Toshkentda katta seminar o‘tkazishni rejalashtirgan. Ushbu seminarga Rossiyaning eng mashhur sport sohasida ish olib boradigan yuridik kompaniyani taklif etamiz. Ushbu seminar O‘zbekiston Superligasi va Pro-ligasi yuristlari, mutaxassislari va biz bilan birga futbolni nazorat qilishda hamkorlik qiladigan huquq tartibot organlar, soliq inspeksiyasi vakillari uchun so‘zsiz foydali bo‘ladi. Ushbu seminarda futbolimizdagi bir qator og‘riqli masalalar ko‘tarilib, uni huquqiy tomondan yechimini topish muhokama qilinadi. Ulardan biri  o‘tgan yillarda bizda doimiy ravishda klub va o‘yinchilar orasidagi mehnat shartnomalari bilan bog‘liq muammolar vujudga kelgan. Klub rahbarlari o‘z vakolatlarini suiste’mol qilib, o‘yinchilarning shartnomalariga istagan narsalarni qo‘shib qo‘l qo‘yishgan. Yakunda shartnoma faqat bir tomon manfaatini himoya qilib kelgan. Yana bir narsa, shu vaqtgacha klublar rahbarlari agent degan tushunchaga juda salbiy qarab kelishgan. Agentlar futbolning ajralmas qismidir. Qachonki, huquqshunoslar va futbolchilarning vakillari bemalol ishlasa, shunda o‘sish bo‘ladi va mehnat shartnomalarida turli kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmaydi. Maqsadimiz klublarda ishlaydigan huquqshunoslarning sport direktorlari bilan teng huquqli ovozga ega bo‘lishlarini ta’minlashga erishishdir. Shu kungacha klub prezidenti yoki sport direktori nimani lozim topsa shartnomaga qo‘shib qo‘yilgan. Xullas rossiyalik yetakchi sport huquqshunoslariO‘zbekistondagi hamkasblariga malakalarini oshirishda yordam beradilar. Bunday seminar o‘zbek futboli tarixida birinchi marta tashkil etiladi. Seminar davomida yuqorida aytib o‘tilgan xorijiy yuridik kompaniyalarning vakolatxonalarini O‘zbekistonda tashkil etish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi. Bu ishlarni amalga oshiradigan vaqt yetib keldi deb hisoblayman.

 
- Futbolda yosh kichraytirish muammosiga qarshi kurashish uchun qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak?

- Bu og‘riqli muammoga qarshi kurashish uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga guvohnoma berish tartibini to‘liq elektron tartibga o‘tkazish kerak deb hisoblayman. Bunda markazlashgan yagona sistema tashkil qilish kerak bo‘ladi. Ammo bu ham mukammal tizim bo‘la olmasligi va bu tizimni o‘zgartirish, chetlab o‘tish holatlari kuzatilishi mumkin. Lekin har holda ancha foyda berishiga ishonaman. Avvalambor bu sohada ishlovchilarga buning qanchalar yomon ishligini, vatan manfaatlari har bir inson uchun birinchi o‘rinda turishi kerakligini tushuntirishimiz, ularning ongiga singdirishimiz shart. Bu juda ham ayanchli holdir. 2011 yilda Meksikada, 2013 yilda Turkiyada, 2015 yilda Yangi Zelandiyada o‘ynagan yoshlarimizni eslang. Biz kelajakda yana ham kuchayishini kutgan o‘yinchilarimiz futbol olamida nom nishonsiz yo‘q bo‘lib ketishdi.

 
- Futbolda halollik bo‘yicha chet ellardagi ofiserlar faoliyati bilan yaqindan tanishsiz. Mana shu haqida fikr bildirib o‘tsangiz.

-  Hozirda futboldagi halollik bo‘yicha ofiser juda ham kerak. Bu soha vakillari FIFAning o‘zi tomonidan nazoratga olingan. Kuzda futboldagi halollik masalalari bo‘yicha FIFA tomonidan katta kongress tashkil qilinmoqda. Bu kongressda o‘zbekistonlik vakillar ham ishtirok etishi kutilmoqda. Bu bo‘lim ham O‘FAda yangi tashkil qilinganini hisobga oladigan bo‘lsak, kongress vakillarimiz uchun katta tajriba taqdim qilishi shubhasiz.


 - Milliy terma jamoamizga Ektor Kuperning bosh murabbiy etib tayinlanishiga o‘z munosabatingizni bildirib o‘tsangiz.
- O‘zbekistonlik futbol muxlislari, jumladan, o‘zim ham oddiy ishqiboz sifatida terma jamoamizga tajribali xorijlik mutaxassis kelishini kutgan edik. Ayrimlar tomonidan terma jamoamizda bir yil davomida bosh murabbiylar orasida uzilish bo‘lganini noto‘g‘ri tushunishdi. Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan tajribali murabbiy hech qachon oldiga qo‘ygan maqsadi sari intilarkan, jarayon nihoyasiga yetgunga qadar boshqa terma jamoalar bilan muzokaraga kirishmaydi, ya’ni maqsadidan chalg‘imaydi. Shu sabali ham Kuperning jahon chempionatidan so‘nggina muzokaralar stoliga o‘tirishini professionallik deb hisoblayman.

 
Hozirda argentinalik mutaxassis o‘z yordamchilari bilan birgalikda allaqachon ishni boshlab yubordi. Turli chet davlatlarida o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rganlarimdan kelib chiqib aytishim mumkinki, hatto jahon chempionatida qatnashgan Misr terma jamoasida ham O‘FA tomonidan Ektor Kuperga yaratilgan sharoitlar yo‘q edi. Qatar, Xitoy kabi futbolga katta mablag‘lar sarflayotgan terma jamoalar ham hozircha Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kirita olishmayapti. Aytmoqchi bo‘lganim, mundialga yo‘l olish uchun barcha ishlar professional tarzda tashkil etilishi kerak. Buni Kuperning o‘zi ham bir necha marotaba ta’kidlab o‘tdi. Umid qilib qolamizki, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan olib borilayotgan islohotlar o‘z samarasini berib, terma jamoalarimizni Olimpiada va Jahon chempionatlarida ko‘rish barchamizga nasib qiladi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 20:08, 25.08.2018. O'qildi: 2933 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик