Bugun 10 yanvar, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 09.01.2026 00:45
      • Milan
      • 1:1
      • Jenoa
      • 10.01.2026 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Piza
      • 10.01.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Bolonya
      • 10.01.2026 22:00
      • Roma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 11.01.2026 00:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Torino
      • 11.01.2026 16:30
      • Lechche
      • -:-
      • Parma
      • 11.01.2026 19:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Milan
      • 11.01.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Lasio
  • APL
      • 09.01.2026 01:00
      • Arsenal
      • 0:0
      • Liverpul
  • AFC U-23
      • 09.01.2026 19:00
      • Qirg‘iziston
      • 1:2
      • Vyetnam
      • 09.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • 3:2
      • Saudiya Arabistoni
      • 10.01.2026 16:30
      • BAA
      • 0:3
      • Yaponiya
      • 10.01.2026 16:30
      • Livan
      • 2:4
      • Janubiy Koreya
      • 10.01.2026 19:00
      •   Eron
      • 0:0
      • O‘zbekiston
      • 10.01.2026 21:30
      • Suriya
      • -:-
      • Qatar
      • 11.01.2026 16:30
      • Xitoy
      • -:-
      • Avstraliya
      • 11.01.2026 19:00
      • Tailand
      • -:-
      • Iroq
  • La-liga
      • 10.01.2026 01:00
      • Xetafe
      • 1:2
      • Real Sosyedad
      • 10.01.2026 18:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Betis
      • 10.01.2026 20:15
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Alaves
      • 10.01.2026 22:30
      • Jirona
      • -:-
      • Osasuna
      • 11.01.2026 01:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Elche
      • 11.01.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Malyorka
      • 11.01.2026 20:15
      • Levante
      • -:-
      • Espanyol
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 21 49
2 Manchester Siti 21 43
3 Aston Villa 21 43
4 Liverpul 21 35
5 Brentford 21 33
6 Nyukasl 21 32
7 Man. Yunayted 21 32
8 Chelsi 21 31
9 Fulhem 21 31
10 Sanderlend 21 30
11 Brayton 21 29
12 Everton 21 29
13 Kristal Pelas 21 28
14 Tottenhem 21 27
15 Bornmut 21 26
16 Lids 21 22
17 Nottingem Forest 21 21
18 Vest Xem 21 14
19 Byornli 21 13
20 Vulverhempton 21 7

O'tgan o'yinlar.

21-тур Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
21-тур Bornmut 3-2 Tottenhem
21-тур Brentford 3-0 Sanderlend
21-тур Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
21-тур Everton 1-1 Vulverhempton
21-тур Fulhem 2-1 Chelsi
21-тур Manchester Siti 1-1 Brayton
21-тур Byornli 2-2 Man. Yunayted
21-тур Nyukasl 4-3 Lids
21-тур Arsenal 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

17/01/26 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01/26 Tottenhem - Vest Xem
17/01/26 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01/26 Liverpul - Byornli
17/01/26 Lids - Fulhem
17/01/26 Chelsi - Brentford
17/01/26 Nottingem Forest - Arsenal
18/01/26 Vulverhempton - Nyukasl
18/01/26 Aston Villa - Everton
20/01/26 Brayton - Bornmut

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APLning yangi yulduzi faoliyatiga nazar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bu yigit «Bornmut»ni olg‘a boshlashga qodirdek ko‘rinmoqda. Kamtarin jamoa yangi mavsumni ancha tetik boshladi: dastlabki 2 turda «Kardiff Siti» va «Vest Xem»ni mag‘lubiyatga uchratib, qimmatli 6 ochkoni qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alabali o‘yinlarda hujumchi Kallum Uilson 2ta gol urdi, bitta samarali uzatma muallifiga aylandi.

Shuning barobarida raqiblarga aslo tinchlik bergani yo‘q. Natijada Uilsonni hozirdan angliyalik eng istiqbolli va xavfli hujumchilar qatoriga qo‘sha boshlashdi. Vaholanki, u 26 yoshda. Taxminlar nechog‘li to‘g‘ri chiqishini vaqt ko‘rsatadi, albatta.

Lekin  «Bornmut» o‘yinlariga o‘zgacha jilo bag‘ishlayotgan yigit bilan yaqindan tanishish uchun mavsum yakunini kutish shart emas, chunki u keng omma e’tiborini o‘ziga qaratishga ulgurdi.

Qo‘yi divizionlardan APLga

Uilson faoliyatining boshlang‘ich qismida 2010 yili Chempionshipda ishtirok etgan «Koventri» tizimida ancha uzoq qolib ketdi. Biroq aytishga arzirli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgani yo‘q. Muhimi, yigitchaga murabbiy Markus Lou vaqtida yordam qo‘lini cho‘zdi va u chin iqtidorini saqlab qoldi.

Kallum avvaliga ijara asosida «Kettering», keyin esa «Temuort» klublarida to‘p surdi. Gap Angliya futbol piramidasi 5-divizioni vakillari haqida ketmoqda. Xullas, murabbiy ilk mashg‘ulotlardan ke-yinoq Uilsonni yarim himoyaning o‘ng qanotidan hujumga surdi va bu ish berdi.

Lou keyinchalik o‘z qarorini shunday izohlagandi: «Maydon markazida harakatlanuvchi yigitlarga har doim to‘pni orqaroqda qabul qilib olishga urinishlari va uzatma uchun qulay fursat kelishini kutishlarini tayinlayman. O‘yinning oxirgi daqiqalarida esa jamoa to‘pni o‘z jarima maydonidan imkon qadar uzoqroqda ushlab turishi shart.

Nafaqat jamoadoshlar, balki raqiblar psixologiyasini tushunish - bu futbol ta’limotining muhim jihati. Kallum shunday ta’limotga ega. Har holda, u jismoniy kuch va tezkorlikdan effekt chiqarish uchun nima qilish zarurligini tezda tushundi. Hujumda samaradorlikni oshirish uchun esa aqlni ishlatish zarur».

Kallumni qadrlamagan yoki uning iste’dodini ko‘ra bilmagan «Koventri» tez orada uchinchi diviziongacha «quladi». Qahramonimiz esa jamoa safida aynan shu ligada tinmay gol urishni o‘zlashtirdi - 37ta o‘yinda 21ta.

Qisqasi, kechagi «noshud» yigit birdaniga o‘zgarib, uchinchi divizion to‘purarlari poygasida 3-o‘rinni band etdi, garchi yelkasi chiqib qolgani tufayli 2 oy davomida maydonga tusholmagan bo‘lsada. 2014 yilga kelib, Uilson «Bornmut» safiga qo‘shildi.

E’tiborli jihati, bornmutliklar uning transferi uchun Chempionship mezoni bo‘yicha aytsak, juda yaxshi haq to‘lashdi - 3 million funt sterling. Hujumchi shuncha xarajatga javoban birinchi mavsumdayoq jamoaning APL yo‘llanmasini yutishiga katta hissa qo‘shdi. Deylik, u «Bornmut» safida klub ishtirok etgan barcha turnirlarda gol urgan yagona futbolchi bo‘ldi.

Aynan o‘sha mavsumdan keyin mutaxassislar Kallumning atletik mahoratini maqtay boshlashdi. Markus Lou esa uning bu xususiyatiga ancha oldin e’tibor qaratgandi: «Uilson juda chidamli futbolchi, shuningdek, o‘ta tezkor. Ayni shu xususiyatlari evaziga to‘p uchun kurashda aslo charchamaydi.

Uning o‘zigagina xos quroli ham bor - yerlatib beriladigan o‘tkir va kuchli zarba. Bunda to‘pni yo‘llashdan oldin odatda 2-3ta chalg‘ituvchi aldamchi harakatni amalga oshiradi. U shu tariqa himoyachilarni o‘z yo‘lidan chetga suradi. Shuning barobarida har qanday pozisiyadan to‘pni to‘xtatmay darvoza tomon tepishi ham mumkin».

To‘g‘ri, Kallum shu vaqtga qadar Premyer-ligada 3 mavsum to‘p surgan bo‘lsada, o‘rtachadan pastroq statistika qayd etdi (har birida 5-8ta gol). Lekin kamtarona natijaning salmoqli sababi yo‘q emas - jarohatlar.

Jarohatlar marafoni

Kallumni o‘sha «Temuort»dayoq yoqimsiz jarohatlar ta’qib ostiga olgandi - avvaliga oyog‘i sindi, keyin yana bir qator ko‘ngilsizliklar... Muhimi, unga «Koventri»ga qaytish qo‘l keldi. Aslida-ku klubning o‘zi mohiyatan futbolchining salohiyatiga uncha ishonmagan, faqat moliyaviy qi-yinchiliklar tufayli yangi hujumchi taklif etolmaganidan Kallum variantida to‘xtagandi.

Shunda ham murabbiylar avvaliga unga katta umid bog‘lashmadi. Bu munosabat esa irodasi mustahkam yigitga xotirjam tiklanish imkonini yaratdi. Keyinchalik jamoa Kallumni majburlikdan tarkibga qo‘sha boshladi (murabbiylar shtabi ixtiyorida maydonga tushadigan boshqa hujumchi qolmagandi).

Qisqasi, Uilson taqdir taqozosiga ko‘ra, faoliyatining yangi davriga qadam tashladi. Ammo hujumchi eng dahshatli ko‘ngilsizliklarga «Bornmut» safiga qo‘shilgach, aniqrog‘i, APLda duch keldi. Deylik, 2015 yilning sentyabr oyida «Stok Siti»ga qarshi kechgan o‘yinda o‘ng tizzasi jiddiy lat yedi - suyak sinishi.

Qisqasi, Uilson Premyer-ligadagi debyut mavsumida naq yarim yilga safdan chiqdi. O‘shanda jamoa muxlislari hujumchidan umid uzib, uning faoliyatiga o‘zlaricha «nuqta» ham bosishgandi. Lekin Kallum bukilmas xarakteri tufayli uzoq tiklanish jarayonidan keyin safga qaytishni uddaladi.

2017 yil fevral. Uilson yana xuddi shunday jarohatga yo‘liqdi. Bitta farqi shuki, bu safar o‘ng emas, chap tizzasi suyagi sindi. Har ikki tizzasi (!)ning jiddiy shikastlanishidan keyin yana yuqori saviyaga ko‘tarilgan futbolchini kim eslay oladi? Kallum Uilson shunday qismatni yengib o‘tgan futbolchini biladi - bu o‘zi.

Xullas, u o‘tgan yilning dekabrida og‘ir jarohatdan keyin ilk marta maydonga tushdi va «Xaddersfild» darvozasiga birin-ketin 3ta gol urdi. «Bornmut»ning uy arenasi - «Din Korte» tribunalari shu kuni hayratdan dong qotdi. Bunday omadli qaytish ikki asosga ega - kuchli ruhiyat va jismoniy quvvat.

Birinchi faktor haqida Sky Sports eksperti Devid Pratton ancha oldin so‘zlagandi: «Faoliyatim davomida ko‘plab futbolchilar bilan birga ishlaganman, biroq bunday ochiqko‘ngil va kuchli xarakterga ega yosh yigitni hech qachon uchratmagandim. Kallum chindan ham, tabiati yoqimli, xushfe’l o‘yinchi.

Uning o‘z ustida qanday ishlaganini to‘liq ta’riflashga ojizman. Faqat pozitiv qarashlarga ega kuchli iroda sohibi! Misol uchun, Kallum yuzida hamisha samimiy tabassum barq urib turadi». Ikkinchi asos - uning atletik salohiyati. Ochig‘i, nisbatan katta gavda sohibining tez-tez jarohatlanishi tushunarlidir, ammo har safar qanday qilib sifatli tiklanishi tushunarsiz... Britaniya OAVda bunday qismatni ochiq omadsizlikka yo‘yishadi.

Kallumning har ikki oyog‘i turli vaziyatlarda deyarli bir xil darajada singanini e’tiborga olsak, barchasi darhaqiqat, omadsizlik oqibatidir. Ammo tiklanishdan keyin jarohatining qayta bezovta qilmagani - bu aynan atletik jussasiga bog‘liq bo‘lsa kerak.

Kallumdan nima kutish mumkin?

Ha, Uilson dramatik taqdir oldida bosh egmagan, muxlislarga yoqadigan, gol urishni xush ko‘radigan va bu ishni yaxshi uddalaydigan hujumchi. Bahordayoq uni ko‘pchilik Angliya milliy jamoasida ko‘rishni xohlagan va hattoki, ayrimlar shu mazmunda talab bilan chiqishgandi.

Lekin Kallum hozircha mamlakatning faqat yoshlar termasida o‘ynadi, xolos «Bornmut» bosh murabbiyi Eddi Xau esa hujumchi bosh jamoadan taklif olishga munosib ekanligini bot-bot tilga olib, muhokamalarga qo‘shimcha turtki bermoqda. Biroq Angliya milliy  jamoasi murabbiylar shtabi hozircha jim. Uilson ayni payt 26 yoshda va APLda 4-mavsumini boshladi. Mutaxassislarning aytishlaricha, «Bornmut» vakili uchun jiddiy sakrash vaqti keldi.

Qisqasi, Kallum samaradorlikni bir maromda ushlab, yangi saviyaga ko‘tarilishi, shu asnoda qaysidir top-klubdan taklif olishi kerak. Aks holda, Angliya milliy jamoasi safidan joy olishi qiyin.

Eng asosiysi esa - jiddiy jarohatlarga qayta yo‘liqmaslik. Mavsum startiga qarasak, Kallumning o‘zi ham «Bornmut» darajasidan yuqorilash payti kelganini tushungan va jiddiy harakatni boshlagan ko‘rinadi...

MA’LUMOT UCHUN

Kallum UILSON

To‘liq ism-sharifi: Kallum Eddi Grem Uilson (Callum Eddie Graham Wilson)

Tug‘ilgan sanasi va manzili: 1992 yil 27 fevral (26 yosh), Koventri (Angliya)

Fuqaroligi: Angliya

Bo‘yi: 180 sm., vazni: 66 kg.

Amplua bo‘yicha: hujumchi

Klubi: «Bornmut»

O‘yinchilik raqami: 13

Faoliyati

2009—2014 - «Koventri Siti» (Angliya), 49ta o‘yin, 22ta gol

2011 - «Kettering Taun» (Ang-liya), 17ta o‘yin, 1ta gol

2012 - «Temuort» (Angliya), 3ta o‘yin, 1ta gol

2014—... - «Bornmut» (Angliya), 106ta o‘yin, 39ta gol

2014 yili Angliya U-21 terma jamoasining 1ta o‘yinida ishtirok etgan

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:22, 15.09.2018. O'qildi: 5411 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 20
2 Брентфорд Igor Tiago 16
3 Борнмут Antuan Semenyo 10
4 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 9
5 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
6 Ньюкасл Bruno Gimaraes 8
7 Брайтон Denni Uelbek 8
8 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
9 Астон Вилла Olli Uotkins 7
10 Астон Вилла Morgan Rodjers 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.