Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Dani Sebalyos Radio Marca vakillariga bergan intervyusida «Qirollik klubi»dagi hayoti haqida gapirib berdi.
Suhbat chog‘ida jamoaning sobiq ustozi Zayniddin Zidanning munosabatlaridan mamnun bo‘lmaganini aytib o‘tdi.
ZIDAN HAQIDA
- Mavsum davomida Zidanga bo‘lgan munosabatim o‘zgarib bordi. Shunday vaziyat bo‘ldiki, Kroos ham, Modrich ham jarohat oldi. Lekin Zidan o‘yin uslubini o‘zgartirib, mening o‘rnimga boshqa futbolchilarni o‘ynataverdi.
Bu holat qalbga biroz og‘ir botadi. Biz «Barsa»dan 15 ochko ortda qolgandik va Chempionlar Ligasini intizorlik bilan kutardik. Ammo men o‘sha mexanizmning ham bir qismi emasdim.
XULEN LOPETEGI HAQIDA
- U o‘z uslubini singdirishga harakat qilmoqda. Xulen tanlagan yo‘nalish o‘tgan yili foydalanganimizdan keskin farq qiladi. Unga to‘pni yaxshi nazorat qiladigan jiddiy jamoa kerak. Lopetegiga to‘p bilan ko‘proq muomalada bo‘lish va hujumkorlik yoqadi.
O‘ZGARISHLAR HAQIDA
- O‘tgan mavsum men uchun yomon o‘tdi. Biroq yuzaga kelgan vaziyatdan o‘zimga xulosa chiqarib, futbolchi sifatida o‘sdim. Maqsadim - «Real» bilan sovrinlar yutish.
DAVOMI
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.