Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • 2:0
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • 2:1
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • -:-
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 0 0
2 Kanada 0 0
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 0 0
2 Avstraliya 0 0
3 Paragvay 0 0
4 Turkiya 0 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya

Navbatdagi o'yinlar.

12/06/26 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06/26 AQSh - Paragvay
13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jurnalist tanqidiga uchragan Dilmurod Nabiyev sport kiyimida aholi bilan mashq bajardi

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Rasmiy xabarlar
A A A

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbari Dilmurod Nabiyev Qoraqalpog‘istonda aholi bilan badantarbiya mashqlarini bajardi. Bu haqda sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Qoraqalpog‘iston Respublikasi jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish bo‘yicha namunaviy hudud sifatida tanlab olingan bo‘lib, turli sport tadbirlari, musobaqalar va targ‘ibot ishlari samaradorligi tajriba-sinovdan o‘tkazilmoqda.

Prezident tomonidan joriy yilning 20 sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sport masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda «Yoshlar haftaligi», «Ta’lim muassasalari haftaligi», «Xotin-qizlar haftaligi», «Mahalla haftaligi», «Nuroniylar haftaligi» kabi shiorlar ostida ommaviy tadbirlar o‘tkazish vazifasi berilgan.

Shunday haftaliklardan birinchisi bo‘lgan «Yoshlar sport haftaligi» O‘zbekistan yoshlar ittifoqi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘istonning barcha tumanlarida namuna tarzida tashkil etildi. Haftalik davomida sportning shaxmat-shashka, badiiy gimnastika, mini-futbol, voleybol, stol tennisi, badminton turlari bo‘yicha o‘yinlar tashkil etilib, ularda 200 ming nafarga yaqin yoshlar ishtirok etmoqda.

Haftalik doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev ham ishtirok etib, haftaliklarda ishtirok etuvchilar qamrovini kengaytirish uchun samarali mexanizmlar qo‘llanilishi lozimligi, mazkur hududda to‘plangan tajriba asosida respublikaning barcha hududlarida haftaliklarni tashkil etilishini ta’kidladi.

Aholining barcha qatlamlari o‘rtasida sportni ommalashtirish uchun targ‘ibot ishlari muhim o‘rin tutadi. Shu sabab mahalliy telekanallar bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya va sport masalalariga bag‘ishlab alohida ko‘rsatuv tayyorlanib, unda vazir mahalliy aholini qiziqtirgan savollar javob berdi.

Shuningdek, vazirlik tomonidan qoraqalpoq tilida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan 10 ta ijtimoiy rolik tayyorlanib, mahalliy telekanallar orqali efirga uzatilmoqda.

Dilmurod Nabiyev respublikada aholi uchun mavjud sport inshootlaridan istalgan payti foydalanish imkoniyatining yaratilish holatini ham o‘rgandi.

Jumladan, Nukus shahridagi sport inshootlarida barcha yoshdagi insonlar uchun tashkil etilgan badantarbiya mashqlarini kuzatdi va o‘zi ham ular bilan birgalikda bajardi. Vazir mahallalardagi sport bilan oshno bo‘lgan yoshi ulug‘ insonlar bilan ham suhbatlashib, ularning aholini, ayniqsa, yoshlarni sportga qiziqtirish bo‘yicha fikrlari bilan qiziqdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan respublikaning eng chekka hududlarida ham sport bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoit yaratish, uni ommalashtirish vazifasi qo‘yilgan bo‘lib, tashrif davomida vazir Dilmurod Nabiyev Qoraqalpog‘istonning eng olis hududi bo‘lgan Qo‘ng‘irotdagi «Qoraqalpog‘iston» shaharchasi (Karakalpakiya)ga borib mavjud sport inshootlarining holati bilan tanishdi.

Yakunda mahalliy hokimliklar mutasaddilari, hududiy boshqarma va sport ta’limi muassasalari rahbarlar bilan jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, ommaviy tadbirlar ko‘lamini kengaytirish va eng chekka hududlarda ham inshootlar qurish ham mavjudlarini ta’mirlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sport vaziri Dilmurod Nabiyev Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlari musobaqasining ochilish marosimiga sport kiyimida emas, balki kostyum-shimda chiqqani va Jakarta shahridagi sportchilar bilan vaqtida uchrashmagani uchun jurnalist Akmal Eshonxonovning tanqidiga uchragan edi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:23, 05.10.2018. O'qildi: 3078 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Мексика Xulian Kinyones 1
2 Мексика Santyago Ximenes 1
3 Чехия Ladislav Kreychi 1
4 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
5 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик