Bugun 13 noyabr, 2018 yil, seshanba.

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 12 24
2 Sevilya 12 23
3 Atletiko 12 23
4 Alaves 12 23
5 Espanyol 12 21
6 Real Madrid 12 20
7 Valyadolid 12 17
8 Levante 12 17
9 Jirona 12 17
10 Real Sosyedad 12 16
11 Xetafe 12 16
12 Betis 12 16
13 Eybar 12 15
14 Selta 12 14
15 Valensiya 12 14
16 Vilyarreal 12 11
17 Atletik Bilbao 12 10
18 Leganes 12 10
19 Rayo Valyekano 12 7
20 Ueska 12 6

O'tgan o'yinlar.

10/11/18 Levante 1-3 Real Sosyedad
10/11/18 Valyadolid 0-0 Eybar
10/11/18 Xetafe 0-1 Valensiya
10/11/18 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
11/11/18 Jirona 0-0 Leganes
11/11/18 Alaves 2-1 Ueska
11/11/18 Barselona 3-4 Betis
11/11/18 Rayo Valyekano 2-2 Vilyarreal
11/11/18 Sevilya 2-1 Espanyol
12/11/18 Selta 2-4 Real Madrid

So'rovnoma

  • Sizningcha, «Oltin to‘p-2018»ni qo‘lga kiritishga qaysi futbolchi munosib?

  • Natijalar | Jami ovoz: 15688 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tomas Tuxel: «Uslubim oddiy – vaziyatga qarab ish tutamiz»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar

U matbuotda aytilganidek, Yurgen Kloppning «egizagi» emas, diktatorlikdan yiroq, lekin demokrat ham deb bo‘lmaydi. Uning qo‘l ostidagi jamoa turli uslublarda o‘ynab, har doim «g‘alabali» futbol ko‘rsatishi lozim.

Hozircha Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyat haqida gapirishga erta... «PSJ»ning yangi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Fransiyaning L’Equipe nashriga bergan intervyusida shu va boshqa mavzular yuzasidan fikr bildirdi.

«PARIJ - BU TAQDIR TUHFASI»

- 2018 yilning boshida «PSJ» taklif bilan chiqqanda, hayron bo‘ldingizmi?

- Ha. Buning qanchalik jiddiyligini bilishga intildim, zero ular katta ehtimol bilan men haqimda yetarlicha ma’lumotga ega emasdilar.

- Sizni «Bavariya» ham o‘ziga chorlagandi-ku?

- Shunday, lekin myunxenliklar bilan faqat suhbatlashgandik, xolos. Konkret vazifalarga o‘tganda esa kech bo‘lgandi, men «PSJ» taklifiga ko‘ngandim.

Nega? Hammasi oddiy: «Borussiya D»dan keyin ishlaydigan klubim mutlaqo yangicha ko‘rinishda bo‘lishi lozim deb hisobladim, avval xorijda faoliyat yuritmagandim - bunday imkoniyatdan foydalanib qolishim shart edi. Parij men uchun haqiqiy taqdir tuhfasi bo‘ldi.

- «PSJ» taklifini qabul qilishdan avval kim bilandir maslahatlashdingizmi?

- Albatta. Jamoa ichida nimalar bo‘layotgani bilan qiziqdim, chunki klub rahbariyatining menga qiziqish bildirgani biroz g‘alati tuyuldi. U yerdagilar barcha talablarga javob berishimni aytishganida, xursand bo‘ldim.

- Liga 1 saviyasi haqida nima deysiz?

- Bu yerda barcha jamoalar jismonan kuchli. Har bir klubda to‘xtatish qiyin bo‘lgan futbolchilar bor. Ammo Fransiyada ko‘pchilik chempionlik cho‘ntagimizda ekanini aytmoqda. Germaniyada ham shunga o‘xshash holatni ko‘rish mumkin. «Bavariya»ning asosiy maqsadi Chempionlar Ligasi bo‘lsada, ichki chempionatni muhimroq hisoblashadi.

«IKKI FRONTDA ISHLADIM»

- «PSJ» bilan shartnoma imzolayotganda, klub haqida qanday tasavvurga ega edingiz?

- Hammasi yozda (2017 yil) o‘zgardi: «Buni qarang! Hujumda - Neymar, Kavani va Mbappe! Ular Yevropada to‘p surayotgan eng kuchli hujumchilarni to‘plashibdi! Ajoyib jamoa!»

- Transfer oynasi ochiqligida kimni taklif etishni klub sport direktori Antero Enrike bilan hal etdinglarmi yoki bunday boshqa ishlaringiz ham bormidi?

- «Ikki frontda» mehnat qildim. Ammo «PSJ»dek jamoadagi seleksiya oson ish emas, nafaqat iqtidorli, balki kuchli xarakterga ega futbolchilarni topish kerak. Shundagina jamoa uni qabul qiladi. Seleksiyadan tashqari, yozda yumushlarim ko‘payib ketdi: yangi sharoitga moslashish, til o‘rganish, futbolchilar bilan tanishish...

«BOR E’TIBORNI YECHLGA QARATISH SHARTMAS»

- Parijda hamma Chempionlar Ligasidagi g‘alaba haqida gapir-yapti. Jamoa shunga qodirmi?

- Shu mavsumning o‘zidami?

- Ha.

- Nima bo‘lishini hech kim bilmaydi... Agar jamoadagi ichki muhit yaxshi bo‘lsa, har kuni astoydil ishlasak, muhim o‘yinlarda g‘alaba qozonamiz. Hozir esa bor e’tiborni Chempionlar Ligasiga qaratish shart emas.

- O‘tgan yili «PSJ»ga YECHLda nima yetmadi, deb o‘ylaysiz?

- Umuman, hamma narsa yetarli edi. Bu mening shaxsiy fikrim, axir jamoa ichida qanday holat hukm surganini bilmayman-ku. Ayniqsa, «Real» bilan o‘yinda futbolchilar o‘zlariga ishonmagandek tasavvur uyg‘otishdi.

«O‘YINCHILAR BILAN FRANSUZ TILIDA GAPLASHAMAN»

- Neymar, Buffon, Kavani va Mbappelarga katta umid bog‘lagansiz. Umuman, yulduzlar jamoada alohida o‘rin tutishlari mumkinmi?

- Muhimi - jamoa. Shubhasiz.

- Demak, «PSJ» ahil jamoa sifatida shakllansa, Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish mumkin?

- (Kuladi) Yana YECHL haqida gapir-yapsiz. Ha, albatta, Chempionlar Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritish uchun futbolchilar muayyan daraja, mentalitetga ega bo‘lishlari lozim. O‘ylashimcha, jamoamizda «Oltin to‘p»ga munosiblar bor. Boshqa tomondan, futbolchi klubdan ustun turmaydi. Aynan klub kimning o‘zini qanday tutishi kerakligini belgilaydi.

- Kiyinish xonasida ham fransuzcha gaplashasizmi?

- Imkon qadar shunga intilaman. Ba’zan inglizcha qo‘shaman, tushunishadi degan umiddaman. Bu yerda har bir murabbiy fransuzcha gapirishi kerak - ham shaxsiy obro‘si, ham klubga bo‘lgan hurmati uchun. Yigitlar o‘zaro portugal, ingliz, nemis tillarida gaplashishlari mumkin, ammo men ularga hamisha fransuzchada murojaat etaman.

- Joriy mavsum YECHLda kim favorit? «Liverpul»mi?

- Boshqa jamoalar ham bor. Imkoniyat juda yaqin turgan bo‘lishi mumkin, uni o‘z vaqtida ko‘rib, boy bermaslik kerak. Qolaversa, yetarli tajribaga ega bo‘lish ham lozim. «PSJ»ga aynan shu tajriba yetishmayapti.

Jamoadagi mentalitetni o‘zgartirish darkor. Albatta, bu yerda ajoyib futbolchilar to‘planishgan, ularning saviyasi «Borussiya»dagilarnikidan yuqoriroq. Ammo YECHLda avvalroq ushbu turnirda g‘olib chiqqan klublarga qarshi o‘ynashga to‘g‘ri keladi. Biz esa g‘alaba sari bosqichma-bosqich intilyapmiz.

«BIRGINA SXEMAGA BOG‘LANIB QOLMASLIK KERAK»

- Qanday futbolni ma’qul ko‘rasiz?

- Muhimi, futbol g‘alabali bo‘lsin. Menga hamisha Lui Van Galning «Ayaks»i, Karlo Anchelottining «Milan»i, Arsen Vengerning «Arsenal»i juda yoqqan. O‘yinchilik davrimda TV orqali uchrashuvlarni ko‘rardim, bu jamoalar to‘p bilan ko‘p muomala qilishdan tashqari, juda ko‘plab golga tortadigan vaziyatlarni yaratishardi.

Shuningdek, ular oddiygina himoyalanmay, buni hujumkor uslubda amalga oshirishardi. Bu borada Gvardiolaning «Barselona»si deyarli ideal holatda edi.

- Dortmundda jamoangiz pressingni oldinroqdan boshlardi. «PSJ» ham xuddi shunday o‘ynaydimi?

- Ha, agar uddasidan chiqsak... Hammasi futbolchilar, ularning imkoniyatiga bog‘liq. Maydondagi har bir o‘yinchi futbolni chin dildan o‘ynashi lozim, aks holda urinishlarimiz foyda bermaydi. Shu bois, menimcha, murabbiyning birinchi qiladigan ishi - futbolchilarga to‘g‘ri baho berib, ularni tushunish kerak. Shunga monand o‘yin sxemasini tuzish mumkin.

- Sizningcha, «PSJ»ning hozirgi futbolchilariga siz taklif qilayotgan uslub ma’qulmi? Axir bunga qadar ular boshqacharoq tarzda to‘p surishgan.

- Asosiy vaqtimiz raqib tomonda o‘tayotgan ekan, demak himoyalanishni ham oldinroqdan boshlash kerak. G‘oyaga ko‘ra, to‘p yo‘qotilgach, jamoa 3-4-7 soniya pressing ishlatib, to‘pni qaytarib olishi lozim.

Raqib qarshi hujum uyushtirish, bo‘sh hududlarni ochishga ulgurmasligi darkor. «PSJ» futbolchilari to‘pga egalik qilishni yoqtirishadi, biroq zamonaviy futbolda har bir jihatni inobatga olish muhim. Birgina sxemaga bog‘lanib qolish yaramaydi. Vaziyat va raqibga qarab o‘ynash kerak.

«JAMOA - MISOLI ORKESTR»

- Fransiya termasini Rossiyada o‘tgan JCHda o‘ta yopiq futbol namoyish etganlikda ayblashdi. Sizning bu boradagi fikringiz...

- Bu qisqa muddat davom etadigan muhim turnir. Menimcha, har bir raqib finalga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lgan musobaqada bunday uslub qo‘llash mantiqan to‘g‘ri. Didye Deshamni juda hurmat qilaman. U jamoasi qanday vaziyatda g‘alaba qozonishi mumkinligini yaxshi biladi.

- Futbolchilar bilan taktika xususida ko‘p gaplashasizmi?

- Boshqachasiga mumkinmas, axir futbol to‘laligicha taktikadan tashkil topgan. Uzatmani amalga oshirgandan so‘ng bir necha metr oldinga siljish - bu endi taktika hisoblanadi... Raqib o‘yinlari yozilgan videoyozuvlarni ko‘rib, himoyaviy yoki hujumkor taktika tanlash bo‘yicha bir to‘xtamga kelamiz.

Uch-to‘rt kun oralig‘ida o‘yin o‘tkazadigan bo‘lsak, futbolchilarga mash-g‘ulotlarda katta yuklama bermaymiz, ular ekran qarshisida o‘tirishadi. Ko‘p emas, 10-15 daqiqa. O‘yin paytida esa jamoa xuddi orkestrdek bo‘lishi lozim. Ularning «taronasi» bir maromda eshitilishi, hech kim xatoga yo‘l qo‘ymasligi maqsadga muvofiq.

«FUTBOLCHILAR BILAN DO‘STONA ALOQA O‘RNATISH TARAFDORIMAN»

- Karlo Anchelotti L~Equipe nash-riga bergan intervyusida futbolchilar taktika masalasida u so‘rayotgan narsalarning 30 foizini eslab qolishsa, bundan xursand bo‘lishini aytgandi.

- 30 biroz kam... Tatikani oz-ozdan, bosqichma-bosqich tushuntirish, imkon qadar konkretlikka urg‘ush berish kerak. O‘z navbatida, futbolchilar fikri bilan qiziqish muhim. Yo‘q, bizning o‘yinchilar tushuntirayotgan narsalarimizning 30 foizdan ko‘prog‘ini eslab qolishadi.

- Parijga kelishdan avval diktator-murabbiydek ko‘rinardingiz. Bu yerda esa ochiqko‘ngil, ko‘p kuladigan, og‘ir-bosiq bo‘lib qoldingiz. Aslida qandaysiz?

- Shu ikkisining o‘rtasidaman. Futbolchilar bilan aloqa o‘rnatmasdan turib natija kutish befoyda. «Mayns» va «Borussiya»da ajoyib muhit hukm surardi, ammo ba’zan jiddiy choralar ko‘rishga to‘g‘ri kelardi. Umuman, men o‘yinchilar bilan do‘stona aloqa o‘rnatish tarafdoriman. Mashg‘ulot jarayonida esa muayyan qattiqqo‘llik ziyon qilmaydi.

«KLUBNI ALMASHTIRISHGA SHOSHILMANG!»

- «Borussiya»da Yurgen Klopp-ning o‘rnini egallaganingizda, sizlarni «egizak» deb atashgandi. Haqiqatan ham o‘xshashliklar bormi?

- Bunday deb o‘ylamayman. Biz ko‘rishib turamiz, do‘stona aloqalarimiz bor. Yurgen ajoyib shaxs, tabiatan yetakchi. Ammo futboldagi qarashlarimiz mutlaqo o‘zgacha. «Mayns» yoshlar jamoasiga kelganimda, u aynan o‘sha yerdan «Borussiya»ga o‘tgandi. Shunday ekan, uning qanday ishlaganini ko‘rmaganman.

Biroq odamlar bizni ko‘p solishtirishadi. Qandaydir o‘xshashlikni topishsa, bizning bir xil ekanligimizni yanada ko‘proq ta’kidlashadi. Aslida bunday emas.

- Lekin xuddi Klopp singari siz ham asosiy e’tiborni yoshlarga qaratasiz.

- Navqiron futbolchilarga imkon berayotgan bo‘lsam, bunga alohida munosabatning aloqasi yo‘q. O‘sha o‘yinchiga: «Mana sening vazifang, shu hududni yopishing kerak, mana bu joydan hujum uyushtirasan. Hammasini bajarasan. Qanday yoshda ekanliging menga qiziq emas», deyman. U 17 yoshdami yoki 35mi, ahamiyatsiz.

Ha, biz yoshlarga ishonishimiz lozim. Aks holda, ular qanday qilib tajriba to‘plashadi? Ammo o‘z navbatida, ularning yonida tajribali futbolchilar bo‘lmasa, jamoa vazifani uddalay olmaydi. Saviyasi yuqori jamoalar, shu jumladan «PSJ»da ham yoshlarni kashf etish osonmas.

Qo‘yiladigan talablar katta, chunki sheriklari - yulduzlar. Qolaversa, motivasiya ham yuqori. Ularga maslahatim shunday: «Agar «PSJ»da o‘yiningiz qovushsa, har qanday jamoada shu yo‘sin davom ettira olasiz. Demak, boshqa klub qidirishni o‘ylamay, bizning safimizda o‘ynashga intiling». 

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:16, 10.11.2018. O'qildi: 1021 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Lionel Messi 9
2 Luis Suares 9
3 Yago Aspas 8
4 Kristian Stuani 8
5 Andre Silva 7
6 Borxa Iglesias 7
7 Roxer Marti 6
8 Maksi Gomes 6
9 Vissam Ben-Yedder 6
10 Karim Benzema 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.