Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Pullar plastik kartada turibdi» – «Bunyodkor»dan nega 6 ochko olib tashlandi?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Bunyodkor
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Avvalroq FIFA Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubini 6 ochkodan mahrum qilgani haqida xabar bergandik. Stadion.uz O‘zPFL manbasiga asosan FIFAning “Bunyodkor”ga qo‘llagan sanksiyasi sabablarini ma’lum qiladi.

Dastlab, “Bunyodkor” ukrainalik futbolchi Sergey Simonenko oldidagi qarzdorlik masalasini shu vaqtgacha ochiq qoldirgan. Aynan mana shu sabab “Bunyodkor” joriy mavsum to‘plagan 6 ochkodan mahrum qilindi va o‘z-o‘zidan Namanganning “Navbahor” klubi Superliga-2018 musobaqasida bronza medallariga ega chiqdi.

“PFL bu boradagi talabi bajarilgani yuzasidan O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga bildirishnoma taqdim etadi. O‘z navbatida O‘FA bu haqda Xalqaro futbol uyushmasi FIFAni xabardor qiladi. Professional futbol ligasi o‘z musobaqasida ishtirok etuvchi “Bunyodkor” klubini oxirigacha himoya qilishga qaror qildi. Aslida FIFA talabi shu yilning sentyabr oyidayoq bajarilishi shart bo‘lsa-da, PFL vaziyatni to‘g‘rilash uchun “Bunyodkor”ga ikki oyga yaqin vaqt berdi. Biroq Toshkent jamoasi bu ishni yopa olmadi.

Sergey Simonenko 2015 yilgi mavsumning birinchi davrasida “Bunyodkor” sharafini himoya qilgan. Ammo u O‘zbekistonni tark etgan vaqtda ham klub futbolchi bilan to‘liq-hisob qilmagan. Keyinroq ukrainalik futbolchi FIFAga shikoyat arizasi yozgach, “Bunyodkor” ikki marta — 2016 va 2017 yillarda Sergey Simonenko uchun O‘zbekiston banki orqali ochilgan plastik kartaga ma’lum miqdorda pul tushirgan. Biroq bu pullar futbolchiga qadar yetib bormagan.

“Bunyodkor” iddaosiga ko‘ra, o‘sha plastik karta ichida Simonenkoning pullari turibdi. Istasa, futbolchi Toshkentga kelib, uni olib ketishi mumkin. Yo‘qsa, o‘zining ishonchli vakilini yuridik kuchga ega bo‘lgan ishonchnoma bilan jo‘natishi kerak. Jamoaning o‘zi futbolchi uchun ochilgan plastik karta ishiga aralasha olmaydi. “Bunyodkor” va Simonenko bu borada bir yechimga kela olmadi. Masalaning hal bo‘lishi FIFA uchun ham, PFL uchun ham muhim. Biroq fakt shuki, FIFA tomonidan aybdor deb topilgan “Bunyodkor” vaziyatni yumshata olmadi.

Qolgan davr davomida PFL “Bunyodkor”ni himoya qila olmaydi. Birinchidan, chempionat yakuniga 2 ta tur qoldi. Ikkinchidan, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi FIFA oldidagi majburiyatlarini bajarishi shart”, deyiladi O‘zPFL xabarida.

Ma’lumot o‘rnida, PFL komissiyasi ayni vaqtda futbol klublarini 2019 yilgi mavsum uchun lisenziyalash tizimi aks etgan reglament ishini deyarli yakunladi.  Unga ko‘ra, 2019 yilgi mavsumda legioner futbolchilar xizmatidan foydalanadigan futbol klublari mana shu futbolchilar bilan hisob-kitobni O‘zbekiston so‘mida emas, o‘zaro kelishilgan xorijiy valyutada amalga oshiradi.

Shuningdek, legioner futbolchilar uchun qo‘yilgan talablar ham ancha yuqori bo‘lib, bunga qadar legionerlar bilan ishlash masalasida qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan futbol klublariga nisbatan sanksiyalar qo‘llaniladi va ular legioner futbolchi xizmatidan foydalana olmaydi. Qo‘shimchasiga, stadioni, bazasi, futbol akademiyasi talab darajasida bo‘lmagan jamoalar ham legionerlar bilan shartnoma imzolash huquqidan mahrum qilinadi.

Manba: Stadion
Kiritildi: 15:32, 18.11.2018. O'qildi: 9493 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик