Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 18.02.2026 01:00
      • Benfika
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 18.02.2026 01:00
      • Monako
      • 2:3
      • PSJ
      • 18.02.2026 01:00
      • Borussiya D
      • 2:0
      • Atalanta
      • 18.02.2026 22:45
      • Qorabog‘
      • 1:6
      • Nyukasl
      • 19.02.2026 01:00
      • Olimpiakos
      • -:-
      • Bayer
      • 19.02.2026 01:00
      • Bryugge
      • -:-
      • Atletiko
      • 19.02.2026 01:00
      • Bude-Glimt
      • -:-
      • Inter
  • OChL-2
      • 18.02.2026 23:15
      • An-Nasr (SA)
      • -:-
      • Arkadag'
      • 18.02.2026 23:15
      • Al-Ahli Doha
      • -:-
      • Sepohon
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 15 8 10 33
2 Italiya 9 4 12 25
3 AQSh 7 11 6 24
4 Fransiya 6 7 4 17
5 Shvesiya 6 6 3 15
6 Niderlandiya 6 6 1 13
7 Germaniya 5 8 8 21
8 Avstriya 5 8 4 17
9 Yaponiya 5 6 11 22
10 Shveysariya 5 4 3 12
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 46
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 19
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sarobga aylangan orzu yoki yana Ueyn Runi haqida...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Di Si Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi yaqinda afsonaviy «Uembli»da so‘nggi marta Angliya terma jamoasi libosida maydonga tushdi. «Uch sherlar» safidagi faoliyatini hujumchi o‘tgan yilning kuzida, JCH-2018 saralashining yakuniga 4 tur qolganida to‘xtatgandi. Shu bois, jamoaning uzoq tanaffusdan so‘ng erishgan ijobiy natijasiga hissa qo‘shish unga nasib etmadi. «Everton», keyinchalik «MYU»dagi yorqin o‘yinlari evaziga buyuk futbolchilar qatoriga qo‘shilgan yosh Runi termada ham muvaffaqiyatga erishdi, milliy jamoaning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Biroq doimo favorit hisoblangan inglizlar barcha yirik turnirlarda omadsizlikka uchrashdi. E’tiboringizga Runining «Uch sherlar» tarkibidagi faoliyatini havola etamiz.

Ilk uchrashuv. Ilk rekord

Ueyn Runi 2003 yilning 12 fevralida Angliya terma jamoasidagi debyutini Avstraliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida nishonladi. O‘shanda tanaffusdan keyin maydonga tushgan hujumchi 17 yosh-u 110 kunlik edi. Shu kunga qadar inglizlar sharafini bunday yoshdagi futbolchi himoya qilmagandi. Runining rekordi 3 yil «umr ko‘rdi» - Teo Uolkott Ueyndan 36 kun avvalroq maydonga tushdi. Lekin u kabi ishonchli o‘yinni ko‘rsata olmadi. Avstraliya bilan kechgan bahsga qaytsak, «Shrek» jamoa 0:2 hisobida imkoniyatni boy berayotgan pallada jangga kirishib, 69-daqiqada hisobning qisqarishiga olib kelgan kombinasiyada ishtirok etdi - u to‘pni qanotdagi Jenasga uzatgandi, yarim himoyachining uzatmasini Frensis Jeffers golga aylantirdi.

Debyut goli

Runining debyuti mag‘lubiyat bilan yakunlangan bo‘lsada, keyin jamoa qatorasiga 6 marta g‘alabaga erishdi. 2003 yilning 6 sentyabrida Ang­liya termasi Yevro-2004 saralashi doirasida Makedoniya maydoniga tashrif buyurdi. Bu Runi uchun 6-bellashuv bo‘lib, uning uchinchi marta boshlang‘ich tarkibdan joy olishi edi. Maykl Ouen «Shrek» bilan hujumkor duet tashkil etgandi.

O‘yinning 30-daqiqasida o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yuborgan inglizlar tanaffusga qadar muvozanatni tiklay olmadilar. 2-bo‘limda murabbiy Ouen va Runiga ko‘maklashish uchun Emil Xeskini maydonga tushirdi. 8 daqiqadan keyin esa hujumchi to‘pni boshi bilan yosh hamkasbiga oshirdi, Ueyn uni raqib darvozasiga yo‘lladi. Shu tariqa Runi terma jamoa tarixidagi eng yosh to‘purar maqomini oldi. Qiziq, o‘shanda mazkur gol «Angliya terma jamoasining rekordchi to‘purari» nomli qasrga qo‘yilgan dastlabki g‘isht ekanligi biror-bir kishining xayoliga kelganmikan?!

Yevro-2004

18 yoshli hujumchi qit’a birinchiligiga asosiy tarkib o‘yinchisi sifatida yo‘l oldi. U turnirdagi barcha uchrashuvlarni boshlang‘ich tarkibda boshladi. Start bellashuvida inglizlar Fransiyadan yengilishdi, keyin Shveysariyani 3:0 va Xorvatiyani 4:2 hisoblarida mahv etishdi. Runi esa ikkala uchrashuvda «dubl»ga erishdi, shuningdek, navbatdagi rekordini rasmiylashtirdi - Yevropa chempionatlari tarixidagi eng yosh to‘purarga aylandi. To‘g‘ri, bu rekordni 4 kundan ke­yin shveysariyalik Yoxan Fonlanten yangiladi.

Afsuski, Portugaliya bilan bo‘lgan chorak final bahsida yosh hujumchi jarohat olib, o‘z o‘rnini Emil Xeskiga bo‘shatib berdi. Oqibatda hisobda oldinda borayotgan «Uch sherlar» penaltilar seriyasiga ko‘ra imkoniyatni boy berishdi.

JCH-2006

Faoliyatidagi dastlabki mundialni Runi tomoshabin sifatida kuzatishga yaqin turgandi. Biroq turnir arafasida jarohat olgan hujumchiga Sven-Yoran Eriksen tarkibdan joy berdi. Start uchrashuvida Ueyn maydonga tushmadi, Trinidad va Tobagoga qarshi yarim soat to‘p surdi. Shvesiya bilan kechgan bahsda 69-daqiqada zaxiraga olindi. Ekvadorga qarshi uchrashuvda to‘liq o‘ynadi, ammo u ham, jamoa ham samarali o‘yin ko‘rsata olmadi. Chorak finalda esa yana Portugaliya «Uch sherlar» uchun o‘tib bo‘lmas «jungli» bo‘ldi.

O‘ta omadsiz Yevro-2008 va JCH-2010

Yevro-2008 futbol kashfiyotchilarining ishtirokisiz o‘tganligini chinakam fojiaga qiyoslasak, lof bo‘lmaydi. Keyingi yirik musobaqa - JAR mundialiga Fabio Kapello jamoani olib chiqdi, Ueyn saralash bosqichida 9ta gol urdi. Lekin turnir Runi va uning jamoasi uchun o‘ta omadsiz o‘tdi.

Dastlabki ikki uchrashuvda inglizlar AQSH va Jazoirni yenga olmadilar, oxirgi turda Sloveniyani taslim etib, guruh bosqichini 2-o‘rinda yakunladilar. Natijada jamoa nimchorak finaldayoq «Bundesmashina»ga duch keldi va ishtirokni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Ueyn bu mundialni ham golsiz tark etdi.

Yevro-2012

O‘zining terma jamoadagi 29-golini Runi «Donbass Arena»da, musobaqa mezbonlari darvozasiga urdi. Bellashuv muxlislar xotirasidan «Viktor Kashshai matchi» nomi bilan joy oldi. Chunki hakam Marko Devichning golini inobatga olmagandi. Ammo o‘yin taqdirini hal qilgan Runining yagona golini mahalliy ishqibozlar allaqachon unutib ulgurishgan.

100-uchrashuv, 50-gol

Yevro-2008dan chetda qolganini hisobga olmasak, JCH-2014 Angliya uchun eng omadsiz turnir bo‘ldi. Unda Runi mundiallardagi dastlabki va so‘nggi golini urishga erishdi. Biroq «Uch sherlar» birorta g‘alabaga erisha olmasdan, guruhda oxirgi o‘rinda qolib ketishdi.

Mazkur sharmandalikdan hamiyati toptalgan jamoa Yevro-2016 saralashi doirasidagi barcha 10 uchrashuvni g‘alaba bilan yakunladi. Zafarli yurishning ikkitasi Runi uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. 2014 yilning 15 noyabrida «Shrek» 100-marta Ang­liya terma jamoasi libosida maydonga tushdi va Sloveniya darvozasiga o‘zining 44-golini urdi. Oradan 10 oy o‘tgach, San-Marino darvozasini ishg‘ol etib, gollar soni bo‘­yicha afsonaviy Bobbi Charltonga (49) yetib oldi. Yana 3 kundan keyin u Shveysariya terma jamoasi darvozasiga belgilangan penaltini golga aylantirib, «Uch sherlar» tarixida 50ta gol urgan dastlabki futbolchiga aylandi.

Yevro-2016

Angliyaning navbatdagi omadsiz ishtiroki. Jamoa guruh bosqichida faqat Uelsni taslim eta oldi, Rossiya va Slovakiya bilan bitim imzolashga majbur bo‘ldi. Nimchorak finalda Runi jamoasini turnirga katta shov-shuv bilan kelgan, lekin aynan shu uchrashuvdan keyin uyga ravona bo‘lishi taxmin qilingan Islandiya kutib turgandi. Ueyn bu bahsda tezkor gol muallifiga aylandi - 4-daqiqada penalti evaziga amalga oshirilgan aniq zarba uning 115-o‘yinidagi oxirgi goli bo‘lib qoldi. Terma jamoadagi ishtiroki bo‘yicha Runi afsonaviy Devid Bekxemga tenglashib oldi.

Keyinchalik hujumchi yana 5 marta «Uch sherlar» tasvirini ko‘ksida ko‘targan holda maydonga tushdi. Hozirda u terma jamoa sharafini eng ko‘p himoya qilgan futbolchi maqomiga ega.

Ha, buyuk futbolchilardan tashkil topgan yulduzlar jamoasining so‘nggi vakili endi tarixga aylandi. Afsuski, ana shu yulduzlik maqomini jamoaga meros qilib qoldirish bu afsonalar, jumladan, Runiga ham nasib etmadi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 23:18, 05.12.2018. O'qildi: 3432 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.