Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
      • 23.04.2026 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 23.04.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Sevilya
      • 23.04.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Espanyol
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Brayton 34 50
7 Chelsi 34 48
8 Brentford 33 48
9 Bornmut 33 48
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 32 43
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 33 33
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

G‘ulomhaydar G‘ulomov: «Men o‘ynagan jamoalarda kelishilgan o‘yinlar bo‘lishini tashqaridan eshitganman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

Olmaliqning AGMK jamoasi o‘zbek futboli tarixida ilk bor O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘ldi va OCHLga chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Jamoaning bunday yutuqlariga G‘ulomhaydar G‘ulomov ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Biz futbolchi bilan bog‘lanib Superliganing bu yilgi bahslari va faoliyati borasida suhbatlashdik.

Bu yilgi Superliga bahslari AGMK uchun qanchalik omadli bo‘ldi?

-AGMK jamoasi uchun chempionat bahslari omadli o‘tdi, deb ayta olmayman. Sababi, chempionat bahslarida ko‘plab ochkolarni yo‘qotdik va pley-off bosqichida Superligada qolish uchun Pro-liga jamoasiga qarshi bahs olib bordik. O‘zbekiston kubogida g‘alaba qozonib OCHLning pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan jamoaga bunday natija yarashmaydi. Agarda pley-off bosqichida mag‘lub bo‘lganimizda Pro-ligaga tushib ketar edik. O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritganimiz bizni xursand qildi. O‘zbekiston kubogi final bosqichida “Paxtakor“ jamoasiga qarshi ruhan tayyor edik. “Paxtakor” bizga qarshi o‘yinda bizni mensimay o‘ynadi, deb aytmagan bo‘lardim. Biz ushbu o‘yinga borimizni bergandik. Chunki ortga yo‘l yo‘q edi.

Jamoada qanday o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin?

-Jamoada o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Meni klub bilan tuzgan shartnomam yil so‘ngida yakunlanadi. Jamoada qolamanmi yo‘qmi, bilmayman. Barchasini rahbariyat hal qiladi.

12 fevral kuni Tojikistonning “Istiqlol” jamoasiga qarshi OCHL pley-off bosqichida maydonga tushasizlar. Ushbu uchrashuv oldidan qanday fikr bildirasiz?

-“Istiqlol” jamoasi bizdan kuchsizroq, deb aytmagan bo‘lardim. Sababi, “Istiqlol“ har doim OFK chempionatlarida qatnashib keladi. Bilsangiz, hamyurtimiz Jahongir Abdumo‘minov “Istiqlol” jamoasida faoliyat olib boradi. Jahongir bilan aloqada bo‘lib turamiz. “Istiqlol” jamoasi bilan kuchimizni teng deb baholashim mumkin. Ko‘pchilik, “Istiqlol“ni bemalol mag‘lub etamiz, deb o‘ylaydi. Aksincha unday emas. Jahongir Abdumo‘minov “Istiqlol” klubi qanday kuchga ekanligi va jamoada kimlar o‘ynashi haqida ancha oldin aytgandi.

Bu yilgi chempionat avvalgilaridan nimasi bilan farq qildi?

-Bu yilgi chempionatda u darajada katta o‘zgarish bo‘lmadi. Chempionat tizimida tezkor o‘zgarishlar bo‘lganligi sababli biroz tushunmovchiliklar yuzaga keldi. Yangi tizim joriy etish uchun sekin-asta tayyorgarlik ko‘rish kerak. Chempionat o‘rtasida reglament o‘zgartirildi. Klublar soni kamligi hisobiga 2ta jamoa o‘zaro 4 marotaba to‘qnash keldi. Kuchli chempionatlarda bunday emas. 2ta jamoa o‘zaro 4 marotaba o‘yin o‘tkazganini qayerda ko‘rgansiz? Hech qayerda yo‘q. Bizning maqsadimiz ichki chempionatimizni kuchaytirish. Ektor Kuper ham o‘z intervyusida ichki chempionatni kuchaytirish haqida aytib o‘tgandi. Bu yilgi Superliga bahslari menga unchalik yoqmadi.

Bu yilgi Superliga Qanchalik foyda bo‘ldi?

-Foyda bo‘ldi deb ayta olmayman. Chunki yuqorida aytib o‘tganimdek, chempionat o‘yinlarida hech qanday o‘zgarish sezmadim. Superliga bahslari yomon bo‘lgani yo‘q, lekin o‘zgarish ham bo‘lmadi. Chempionat boshida barcha jamoalar kuchli oltilikka kirib olish uchun bor kuchi bilan kurash olib bordi. Uchrashuvlar ham muxlislar uchun qiziqarli bo‘layotgan edi. Lekin, chempionlik kurashi va Superligada jon saqlab qolish uchun jamoalar ajratilganida Superliga o‘yinlariga qiziqish biroz pasaydi. Quyi ligada pastgi o‘rindagi jamoalar Superligada qolish uchun bor kuchi bilan harakat qildi. Lekin Kuchli oltilikda esa umuman boshqacha vaziyat bo‘ldi. 5-6 pog‘onani egallagan jamoalar barcha uchrashuvlarda mag‘lubiyatga uchrasa ham quyi ligaga tushib ketmaydi. Shunday ekan ular hech nimadan qo‘rqmasdan harakat qilishdi. Jon saqlab qolish uchun kurash olib borgan jamoalar esa Superligada qolish uchun bir-birini go‘shtini yedi.

Viktor Kumikov va Baxtiyor Ashurmatov qanday murabbiylar sirasiga kiradi, Ashurmatovning o‘yin uslubiga ko‘nikib ketish qiyinchilik tug‘dirmadimi?

-Futbolda har bir murabbiy qatiq qo‘l bo‘lishi kerak. Kumikov ham qatiq qo‘l murabbiylar sirasiga kiradi. Kumikov asosan himoyaviy futbolni yaxshi ko‘rardi. Birinchi navbatda himoya bo‘lsa hujumda barchasi risoladagidek bo‘ladi, deb aytardi. Ashurmatov esa himoyadan tashqari hujumda ko‘proq ishlashimizni talab qilardi. Final bosqichida mana shu narsa bizga qo‘l keldi.

Baxtiyor Ashurmatov kelganidan so‘ng jamoa o‘yinida qanday o‘zgarish bo‘ldi?

-O‘yin tomondan o‘zgarish bo‘ldi. Bir murabbiy mavsumning yarmida kelib jamoani o‘zgartirishi qiyin. Xosep Gvardiola, jamoani yuksak darajaga olib chiqish uchun 4 yil vaqt kerak bo‘ladi, deb aytgandi. Bundan avvalgi bosh murabbiyimiz Viktor Kumikov ko‘proq himoyaviy taktikada o‘ynatardi. Baxtiyor Ashurmatov kelib to‘p bilan ko‘proq muomala qilishimizni aytdi. O‘yinimiz yomon emas edi. Eng asosiysi natija ko‘rsata oldik. Agarda oltitalik bo‘lmaganida “Nasaf“, “Qizilqum“, “Qo‘qon-1912“ AGMK kabi jamoalar yuqori o‘rinlar uchun kurash olib borardi.

O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritishda kimning hissasi katta, murabbiynimi yoki futbolchilarnimi?

-Har bir sportchi o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yadi. O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritishimizda barchaning hissasi bor. Futbol jamoaviy o‘yin. Kubokni qo‘lga kiritishimizda oshpazlarimizning ham hissasi bor. Barchasi bir-biri bilan bog‘liq.

AGMK jamoasi bilan tuzgan shartnomangiz yil o‘ngida o‘z yakuniga yetadi. Boshqa jamoalardan takliflar bormi?

-Hozircha hech qanday takliflar yo‘q. Klub bizga dam bergan. Ayni paytda oilam davrasidaman.

Superligadagi eng murabbiy o‘yin siz uchun qaysi biri bo‘ldi?

-Qarshida “Nasaf”ga qarshi bo‘lgan o‘yin men uchun juda ham og‘ir bo‘ldi. Chunki ushbu o‘yindagi ochko bizga suv va havodek zarur edi.

Bu yilgi chempionatimizda hakamlik qilgan hakamlar haqida qanday fikrdasiz?

-Hakamlar ko‘p xato qildi. Hakamlar maydonda xato qilsa ular biz uchun dushman bo‘lib qoladi. Ular ham inson, robot emas. Hakamlar ham xato qilishadi. Agarda hakamlar ataylab xato qilsa bo‘lsa, bu ularning vijdoniga havola.

Bu yil kelishilgan o‘yinlar deyarli sezilmadi. Siz avval “Mash’al”, “Qizilqum” va “Sho‘rtan” jamoalarida faoliyat yuritgansiz. O‘sha paytda kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etganmisiz?

-“Mash’al”, “Qizilqum” va “Sho‘rtan” jamoalarida o‘ynagan paytlarim yosh bo‘lganman. Kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etmaganman. Men o‘ynagan jamoalarda kelishilgan o‘yinlar bo‘lishini tashqaridan eshitganman. Isbotingiz bo‘lmasa buni hech kimga isbotlab bera olmaysiz. Lekin o‘zim hech qachon bunday o‘yinlarga aralashmaganman.

Balki kelishilgan o‘yinlarning birortasida ishtirok etgan bo‘lsangiz kerak?

-O‘zim bilmagan holda qaysidir kelishilgan o‘yinda ishtirok etgan bo‘lishim mumkin.

Abdulloh suhbatlashdi.

Manba: Penalti
Kiritildi: 22:28, 11.12.2018. O'qildi: 2617 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик