Bugun 7 noyabr, 2025 yil, juma.

  • ECHL
      • 06.11.2025 01:00
      • Ayaks
      • 0:3
      • Galatasaroy
      • 06.11.2025 01:00
      • Bryugge
      • 3:3
      • Barselona
      • 06.11.2025 01:00
      • Inter
      • 2:1
      • Qayrat
      • 06.11.2025 01:00
      • Manchester Siti
      • 4:1
      • Borussiya D
      • 06.11.2025 01:00
      • Nyukasl
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 06.11.2025 01:00
      • Marsel
      • 0:1
      • Atalanta
      • 06.11.2025 01:00
      • Benfika
      • 0:1
      • Bayer
  • OChL-2
      • 06.11.2025 15:00
      • Makartur
      • 2:1
      • Kongan Hanoi
      • 06.11.2025 15:00
      • Lion Siti Seylors
      • 1:2
      • Bangkok Yunayted
      • 06.11.2025 15:00
      • Poxang Stilers
      • 1:1
      • Tampines Rovers
  • «A» Seriya
      • 08.11.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Cremonese
      • 08.11.2025 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Kalyari
      • 08.11.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Verona
      • 08.11.2025 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Torino
  • La-liga
      • 08.11.2025 01:00
      • Elche
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 08.11.2025 18:00
      • Jirona
      • -:-
      • Alaves
      • 08.11.2025 20:15
      • Sevilya
      • -:-
      • Osasuna
      • 08.11.2025 22:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Levante
  • APL
      • 08.11.2025 17:30
      • Tottenhem
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 08.11.2025 20:00
      • Everton
      • -:-
      • Fulhem
      • 08.11.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Byornli
      • 08.11.2025 22:30
      • Sanderlend
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 27 60
2 Nasaf 27 58
3 Paxtakor 27 55
4 Dinamo 26 50
5 Bunyodkor 27 46
6 OKMK 27 41
7 Navbahor 27 38
8 So‘g‘diyona 27 34
9 Qizilqum 27 32
10 Andijon 26 29
11 Qo‘qon-1912 27 29
12 Surxon 27 28
13 Mash’al 27 26
14 Buxoro 27 25
15 Xorazm 27 24
16 Sho‘rtan 27 15

O'tgan o'yinlar.

27-тур Dinamo 3-1 Xorazm
27-тур Navbahor 0-0 Nasaf
27-тур Sho‘rtan 4-3 OKMK
27-тур Andijon 1-1 Buxoro
27-тур Neftchi 2-1 Surxon
27-тур So‘g‘diyona 3-0 Qizilqum
27-тур Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
27-тур Paxtakor 4-2 Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 9067 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2974 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 07.11.2025

      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сантос". Прямая трансляция.
      07:30 "Всё о главном". Арам Задоян.
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Васко да Гама".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Мирасол".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сантос".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Фламенго".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Мирасол".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сантос".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Васко да Гама".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Мирасол".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сантос".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Крузейро".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Фламенго".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 07.11.2025

      05:20 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 61 кг.
      06:25 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 71 кг.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Д/ф "КОПА 71".
      09:35 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 1.
      11:10 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 2.
      12:40 "10 лет в спорте". "2019/2020".
      13:10 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Смешанные пары. Прямая трансляция.
      14:25 "Камчатка. Необыкновенные истории на краю земли".
      15:25 "Эволюция спорта".
      15:55 LIVE Бобслей. Кубок России в Сочи. Женщины. Двойки. 1-й заезд. Прямая трансляция.
      16:35 "Страна спортивная".
      16:55 LIVE Самбо. Чемпионат мира в Кыргызстане. День 1. Прямая трансляция.
      18:30 Бобслей. Кубок России в Сочи. Женщины. Двойки. 2-й заезд.
      19:15 "Страна спортивная".
      19:30 LIVE Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 1. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      21:50 "10 лет в спорте". "2019/2020".
      22:20 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Четвёрки. 1-й заезд.
      23:10 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Четвёрки. 2-й заезд.
      00:00 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 1.
      01:40 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 2.
      03:05 "Эволюция спорта".
      03:30 Скелетон. Кубок России в Сочи. Смешанные пары.
      04:50 Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 1. Вечерняя сессия.
  • MATCH-TV
    • Sana: 07.11.2025

      05:00 "Эволюция спорта".
      05:55 Новости.
      06:00 Баскетбол. Winline Basket Cup. "Зенит" (Санкт-Петербург) - УНИКС (Казань).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "География спорта". Астрахань.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Небесная грация".
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:25 Футбол. Fonbet Кубок России. Обзор.
      13:10 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Смешанные пары. Прямая трансляция.
      14:25 Новости.
      14:30 Есть тема! Прямой эфир.
      15:55 LIVE Хоккей. Кубок Будущего. Россия U-20 - Казахстан U-20. Прямая трансляция.
      18:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:25 LIVE Хоккей. Кубок Будущего. Беларусь U-20 - Россия U-18. Прямая трансляция.
      21:55 LIVE Смешанные единоборства. ACA 195 в Санкт-Петербурге. Кирилл Корнилов против Алихана Вахаева, Антон Вязигин против Зумсо Зураева. Прямая трансляция.
      00:50 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Эльче" - "Реал Сосьедад". Прямая трансляция.
      03:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:55 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Четвёрки.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 07.11.2025

      06:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      09:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/4 финала.
      11:00 LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      14:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      15:30 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала.
      16:30 LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      19:30 Парусный спорт. Гран-при. Тележурнал "Гонка на грани".
      20:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. NHK Trophy в Кадоме, Япония. Мужчины. Короткая программа.
      21:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. NHK Trophy в Кадоме, Япония. Женщины. Короткая программа.
      21:55 LIVE BMX-фристайл. Чемпионат мира в Эр-Рияде, Саудовская Аравия. Мужчины. Флэтленд. Финал. Прямая трансляция.
      23:20 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала.
      01:30 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Обзор сезона.
      02:00 Автоспорт. WEC. Этап 7. "6 часов Фудзи" в Ояме, Япония. Лучшие моменты.
      04:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sariq tufli sohibasi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Amayya Gorostisa - kamtarin «Eybar» klubining 77 yillik tarixidagi birinchi ayol prezident. «Bizning shaharda ayollar barcha sohalarda hamisha yetakchi rollarni bajarishgan va mas’uliyati juda baland vazifalarni ham o‘z zimmalariga olishdan sira cho‘chishmagan...», - deydi mag‘rur holda Amayya xonim.

Umuman olganda, Ispaniya La-ligasidagi eng «mitti» klub - «Eybar» boshqaruvidagi ikki yuqori lavozim ayni payt ayollarga tegishli. Jamoa prezidenti bu hol umumiy mezon bilan o‘lchaganda, «g‘alati» ekanligini tan oladi, lekin u shuning barobarida qat’iy ohangda ta’kidlaydi: «Eybar» tizimida ikki yuqori lavozimni ayollar egallab turishganida Baskoniyaning shu nomdagi shaharchasi uchun hech qanday g‘ayritabiiylik yo‘q».

Hujjatli serial qahramoni

Amayya Gorostisa Amazon tomonidan suratga olingan «Olti orzu» hujjatli serialining bosh qahramonlaridan biriga aylandi. Mazkur film jami 6ta lavhadan iborat bo‘lib, ularda La-ligadagi ishlarga «parda ortidan» nazar solingan. Ya’ni har bir lavhaga alohida qahramon tanlangan. Xullas, serialning Gorostisa xonimga bag‘ishlangan qismi juda jonli chiqqan.

Chunonchi, klub prezidentining futbolchilar va xodimlarga munosabati, uning turli tashabbuslari haqida keng hikoya qilingan. Hujjatli filmning yakuniy xulosasi - butun jamoa prezident xonimga to‘liq ishonadi. Shu tariqa keng auditoriya «Eybar»ning yangi qirralaridan xabar topdi. Yana bir alohida fakt shuki, «Eybar» noyabr oyi oxirida o‘z tarixida ilk marta Madridning «Real» jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.

Qarangki, Chempionlar kubogi|CHempionlar Ligasining 13 karra g‘olibi o‘yin bobida kamtarin klub oldida mutlaqo ojiz ko‘rindi va javobsiz 3ta gol qabul qildi. Eybarliklar ushbu tarixiy g‘alabani atigi 7083 muxlisga mo‘ljallangan mo‘’jazgina uy stadioni - «Ipurua»da nishonlashdi. Gorostisa xonim o‘yin tugagani hamono barcha futbolchilar bilan kiyinish xonasiga oshiqdi va jamoa xursandchilikni davom ettirdi. Aytishlaricha, Amayya jamoaning har bir g‘alabasini o‘yinchilar bilan birga nishonlashga odatlangan.

To‘g‘ri, «Real» dog‘da qoldirilgan oqshom shukuhi boshqacha bo‘ldi. Bayramdan olingan videolavhada Gorostisaning butun jamoaga qo‘shimcha dam olish kuni e’lon qilgani ham tasvirlangan. «Tushunarliki, bu tarixiy ahamiyatga ega g‘alaba. Bir kun kelib, shunday yoqimli g‘alabani tantana qilib, orzumizni amalga oshirishimizni bilardik», — deyli ayol rahbar. O‘zi «Eybar» va «Real» to‘qnashuvini mitti hamda bahaybat o‘rtasidagi jangga qiyoslash mumkin. Har holda, «Eybar» aholisi atigi 27 ming kishiga teng mo‘’jazgina shaharcha sharafini himoya qiladi.

Umuman, Ispaniya shimolidagi vodiyda joylashgan Eybar Yevropaning kuchli 5ta milliy chempionatida jamoasi bor shaharlar orasida eng kichigi hisoblanadi - ham aholi soni, ham yer maydoni o‘lchovi bo‘yicha.

Gorostisa hozirgi ishidan bag‘oyat mamnun. Aytishicha, aynan «Real»ga o‘xshagan kuchli klublar ustidan qozonilgan g‘alaba unga jamoani boshqarishda qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Shuningdek, klubda prezident xonimga yelkadosh yana bir ayol bor - Patrisiya Rodriges. Bunisi Ispaniya chempionatida klub bosh direktori sifatida ishlayotgan yagona ayoldir. «Bu biz uchun oddiy hol, chunki jinsga katta e’tibor bermaymiz.

To‘g‘ri, chetda qandaydir boshqacha ko‘z bilan qarashadi. Deylik, boshida klublarning erkak prezidentlari menga bepisand munosabatda bo‘lishdi. Lekin shaxsan o‘zing zimmangdagi ishni uddalay olishingga ishonsang va bunda hech qanday muammo ko‘rmasang, umumiy yondashuv yaxshi tomonga o‘zgaradi, albatta. Mana, endilikda har bir stadionda menga birdek hurmat bilan qarashmoqda. O‘zi doimo odatda erkaklar ustun sanalgan sohalarda ishlaganman va bu tajriba ayni payt rosa qo‘l kelmoqda», — deydi Gorostisa.

Oilaviy muhit - muvaffaqiyat garovi

Kamtarin «Eybar» Ispaniya chempionati elit divizioni - Primeroda ilk marta 2015 yili ko‘rinish berdi. E’tiborlisi, jamoa qisqa davrda ma’lum yutuqlarga ham erishdi. Misol uchun, klub o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, shaxsiy rekordini yangiladi - kuchlilar qatorida 9-o‘rin.

Gorostisaning ta’kidlashicha, «qurolsozlar»ning barcha qo‘shnilar - «Atletik», «Real Sosyedad» va «Alaves»ni ortda qoldirishgani Eybar aholisiga alohida quvonch bag‘ishlagan. Har holda, bu jamoalar «Eybar»dan ancha «katta». «Qo‘shnilardan oldinga o‘tish oson bo‘lgani yo‘q, albatta. Binobarin, «Atletik» ham, «Real Sosyedad» va «Alaves» ham ma’muriy markaz jamoasi sanaladi, bizniki esa shunchaki, provinsiya sharafini himoya qiladi» - bu  Gorostisa xonimning avvalgi mavsum natijasiga bergan bahosi.

Hujjatli serialda prezident xonimning futbolchilar va jamoa bosh murabbiyi Xose Luis Mendilibar bilan juda yaxshi munosabat o‘rnatgani alohida e’tirof etilgan. Xususan, bitta kadrda Gorostisa chap qanot himoyachisi David Junka bilan uning yangi soch turmagini hazilomuz ohangda muhokama qilgan. Boshqa bir lavhada prezidentning jamoa sardori Dani Garsiyaga tasalli berayotgani aks ettirilgan.

Chunonchi, futbolchi ketish haqidagi qarorini e’lon qilar ekan, ko‘z yoshlarini to‘xtatolmagandi. «Bordo» vakili, serbiyalik himoyachi Vukashin Yovanovich ijara kelishuvi asosida «Eybar» safiga qo‘shilganida esa, Amayya 22 yoshli futbolchini ko‘tarinki ruhda qarshi olgandi: «Eybar»ga xush kelibsan. Endi bu sening klubing, sening uying, sening oilang.

Biz xuddi ahil oiladek hamjihat holda ishlaymiz». Gorostisa futbolchilarni maqtashni ham o‘rniga qo‘yadi: «Ular o‘g‘lim tengi yigitlar. O‘z yoshlariga nisbatan olganda, juda dadil ekanliklaridan hayratdaman. Biroq odamlar futbolchilarni yollanma ishchilar o‘rnida ko‘rishadi - bu adolatdan emas». Prezidentning fikricha, oilaviy muhitni eslatuvchi munosabat «Eybar»ning o‘ziga xos xarakteridan nishona, yaqqol belgilaridan biridir. «Ehtimolki, bizni boshqa klublardan ajratib turadigan asosiy farq - aynan ichki do‘stona muhit.

«Eybar»da boshqaruv kengashi vakillari, futbolchilar, murabbiylar, hattoki, pazanda va farroshlar — hamma-hamma bir-biriga juda yaqin. Juda yosh o‘yinchilarimiz ko‘p. Ular ko‘pincha o‘smirlik chog‘iyoq qadrdon uylaridan chiqib ketishadi, ota-onalaridan uzoqlashishadi. Shunday ekan, jamoada avvalo, oilaviy muhitni shakllantirish muhim. Menimcha, boshqa klublarda bizdagi kabi inoqlik bo‘lmasa kerak. Bu yerga kelgan yigitlar futbol bilan shug‘ullanish barobarida osuda hayotdan zavqlanadilar.

Chunonchi, ularga mahsulot emas, inson sifatida qaraymiz! — «Eybar» prezidenti lavozimini 2016 yili egallagan Gorostisa shu aqidaga qat’iy amal qiladi. - Ha, futbolchilar pul uchun o‘ynashadi va bu ham juda muhim jihat. xursand qiladigan tomoni, ko‘plab yigitlarimiz boshqa klublardan manfaatliroq takliflar olishsada, «Eybar»da qolishni ma’qul ko‘rishadi. Chunki bu yerda o‘zlarini qulay his qilishadi va ham inson, ham futbolchi sifatida o‘sishlarini bilishadi. Bordiyu, ketishlariga to‘g‘ri kelgan taqdirda ham, «Eybar»da ko‘rgan qadriyatlar va qoidalarga sodiq qolishadi.

Umuman, o‘yinchilarimiz va murabbiylarimizga mutlaqo ishonaman. Biz ularning gaplariga mudom quloq tutamiz, g‘alabalardan birga quvonamiz, mag‘lubiyat onlarida bir-birimizga tasalli beramiz. Zero, har bir insondan qayg‘urish juda muhim. Futbol masalasida aytsak, qo‘l ostingizdagi o‘yinchilarda hammasi yaxshi bo‘lsa, klub o‘z-o‘zidan rivojlanaveradi».

«Eybar» bosh murabbiyi Xose Luis Mendilibar qo‘shni munisipalitet - Saldivardan. Ayni payt unga jamoaning prinsipial raqiblari tomonidan qiziqish katta. Gorostisa esa mutaxassisning «Eybar»da uzoq muddat ishlashidan umidvor: «Asosiysi, Xose Luis bizning qadriyatlarimizni yuksak baholaydi. Shu nuqtai nazardan olsak, u «Eybar» uchun ideal murabbiy. Shuningdek, futbolchilar ham Mendalibarga o‘rganib qolishdi. Chunki u barcha yigitlarga xuddi o‘z o‘g‘illaridek yondashadi».

Omad keltiruvchi tufli

«Eybar» o‘tgan mavsum «Jirona»ni 4:1 hisobida dog‘da qoldirgandi. Gorostisa o‘shanda o‘z jamoasining birinchi golini ko‘rolmadi. Negaki, ayni darvoza ishg‘ol qilingan lahzada «omadli» tuflisini kiyishga chog‘langandi. Qizig‘i, Amayya o‘yindan so‘ng futbolchilarga mavsum oxiriga qadar poyafzalini o‘zgartirmaslik xususida va’da berdi. Aslida hammasi 2016 yilning oktyabr oyida «Santyago Bernabeu»dagi o‘yin bilan boshlangan edi. O‘sha kuni Gorostisa xonim sariq tusli tufli kiygan va «Eybar» 1:1 hisobidagi durangga imzo chekib, «Real»ni muhim ochkolardan mahrum qilgandi. «Madriddagi bahsdan so‘ng futbolchilar mendan mavsum oxiriga qadar sariq tufli kiyib yurishimni so‘rashdi. O‘ylaymanki, u bizga omad keltirmoqda. Shu-shu yigitlar har bir o‘yin arafasida oyoqlarimga qarashmoqda!» - deydi Amayya sariq tusli tufliga muhabbati haqida.

«Eybar» kelajagi

«Eybar» La-ligada nimaga intilmoqda? Prezident bu borada kamtarona gapirishni ma’qul ko‘radi: «Maqsadimiz - oliy divizionda imkon qadar uzoqroq ushlanib qolish. Lekin har doim Segundaga tushib ketishga ham tayyor turishimiz kerak. Binobarin, shunday kuchli klublar ishtirok etadigan chempionatda omon qolish oson emas. Muhimi, o‘z kuchimizga ishonsak, bas». Ta’kidlash kerak, hozirda «Eybar» qarzdorlik holatidan mutlaqo xoli. Klub asosan ikkinchi divizionda ko‘zga tashlangan futbolchilar bilan shartnoma tuzishga urinadi. To‘g‘ri, transferlar masalasida xorij bozoriga chiqish harakati ham yo‘q emas.

Yaqqol misol: yarim himoyachi Takashi Inui o‘tgan yili «Eybar»ning Yaponiyada mashhurlik bobida 3-o‘ringa chiqishini ta’minladi. Yapon yigiti iyun oyida «Real Betis» safiga qo‘shilgan bo‘lsada, «kunchiqar yurt»da hamon «Eybar»ga qiziqish katta. «Ha, klubimiz Yaponiyada o‘ziga yarasha mavqega ega. Chunki  yaponiyalik homiylar bilan ishlayapmiz. Takashi tarkibdagi asosiy o‘yinchilardan biri edi, lekin klub imidji yanada muhimroq. Endi Xitoy va Hindistonda ham nom qozonmoqchimiz. Umuman, «Eybar»ni butun dunyoda bilishlari yo‘lida bor imkoniyatlarni ishga solamiz» - ha, Amayya Gorostisa xonimning ishtiyoqiga faqat havas qilish mumkin.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 04:49, 18.12.2018. O'qildi: 2574 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 15
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Нефтчи Zoran Marushich 8
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
9 Бунёдкор Luis Kachorri 8
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.