Bugun 7 mart, 2026 yil, shanba.

  • APL
      • 06.03.2026 01:00
      • Tottenhem
      • 1:3
      • Kristal Pelas
  • Superliga
      • 06.03.2026 19:00
      • Bunyodkor
      • 1:2
      • Dinamo
      • 06.03.2026 19:15
      • So‘g‘diyona
      • 0:2
      • Nasaf
      • 06.03.2026 19:30
      • Xorazm
      • 1:0
      • OKMK
  • «A» Seriya
      • 07.03.2026 00:45
      • Napoli
      • 2:1
      • Torino
      • 07.03.2026 19:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Komo
      • 07.03.2026 22:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Udineze
      • 08.03.2026 00:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Piza
      • 08.03.2026 16:30
      • Lechche
      • -:-
      • Cremonese
      • 08.03.2026 19:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Verona
      • 08.03.2026 19:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Parma
      • 08.03.2026 22:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Roma
  • La-liga
      • 07.03.2026 01:00
      • Selta
      • 1:2
      • Real Madrid
      • 07.03.2026 18:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Malyorka
      • 07.03.2026 20:15
      • Levante
      • -:-
      • Jirona
      • 07.03.2026 22:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 08.03.2026 01:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Barselona
      • 08.03.2026 18:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Elche
      • 08.03.2026 20:15
      • Xetafe
      • -:-
      • Betis
      • 08.03.2026 22:30
      • Sevilya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 26 64
2 Real Madrid 27 63
3 Atletiko 26 51
4 Vilyarreal 26 51
5 Betis 26 43
6 Selta 27 40
7 Espanyol 26 36
8 Real Sosyedad 26 35
9 Atletik Bilbao 26 35
10 Osasuna 27 33
11 Xetafe 26 32
12 Rayo Valyekano 26 30
13 Sevilya 26 30
14 Jirona 26 30
15 Valensiya 26 29
16 Alaves 26 27
17 Malyorka 27 27
18 Elche 26 26
19 Levante 26 21
20 Real Ovyedo 26 17

O'tgan o'yinlar.

27-тур Selta 1-2 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

07/03/26 Osasuna - Malyorka
07/03/26 Levante - Jirona
07/03/26 Atletiko - Real Sosyedad
08/03/26 Atletik Bilbao - Barselona
08/03/26 Vilyarreal - Elche
08/03/26 Xetafe - Betis
08/03/26 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03/26 Valensiya - Alaves
10/03/26 Espanyol - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Barakalla, Bezerra!

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Kuzning so‘nggi oyida O‘zbekiston chempionatining navbatdagi mavsumi yakuniga yetdi. Chempion nomi esa oxirgi tur arafasida aniqlandi.

Turnir avvalida biroz barqarorlikni yo‘qotgan «Lokomotiv» hal qiluvchi bosqichda tezlikni oshirib, marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. «Paxtakor» asosiy raqobatchisi bilan bahsda imkoniyatni boy berib, ikkinchi o‘rin bilan kifoyalandi.

Superliga bronza medallari esa «Navbahor»ga nasib qildi. «InterFutbol» an’anaga muvofiq, noyabr oyi laureatlarini aniqladi. Bu galgi ro‘yxatdan, sovrindorlardan tashqari, elita yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan «Andijon» murabbiyi ham joy oldi.

Laureatlar ro‘yxatidagi futbolchilar orasida Tiago Bezerra birinchi o‘rinni egalladi. «Paxtakor»ning braziliyalik legioneri uchun noyabr chin ma’noda sermahsul keldi. «Sherlar» muvaffaqiyati yo‘lida borini berishga tayyor hujumkor yarim himoyachi bu oyda 5ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 6 marta ishg‘ol qildi va shu tariqa to‘purarlari ro‘yxatida klubdoshi Ismoil Gonsalveshni quvib o‘tdi.

Xususan, Tiago so‘nggi turda «Bunyodkor» bilan o‘yinni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazib, «xet-trik» qayd etdi. Natijada mavsum merganlari poygasi g‘olibiga aylandi. Ishonchimiz komilki, OCHL «pley-off» bahslarida ham «Paxtakor» murabbiylari bu futbolchiga katta umid bog‘lashadi va Bezerra muxlisu mutaxassislar kutgan o‘yinni namoyish etib, poytaxtliklarning Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga chiqishiga katta hissa qo‘shadi.

Ikkinchi o‘rin egasi - yakuniga yetgan mavsum qahramonlaridan yana biri Marat Bikmayev. Afsuski, mahoratli hujumchi «Paxtakor»ga qarshi kechgan chempionlik o‘yinidagi nojo‘ya qilig‘i uchun PFL tomonidan jazoga tortildi. Ammo uning «Lokomotiv»ga keltirgan foydasini inobatga olsak, Bikmayev laureatlar ro‘yxatidan chetda qolsa, adolatdan bo‘lmaydi.

Marat noyabrda atigi 3ta o‘yin o‘tkazganiga qaramay, raqiblar darvozasini 3 marta ish-g‘ol qilib, bir bor jamoadoshining goliga assistent bo‘ldi. Milliy termamizning bugungi kundagi asosiy hujumchisi Pepsi Superliga-2018da jami 14ta gol urib, to‘purarlar ro‘yxatida uchinchi pog‘onani egalladi. Endi yanvarda o‘tkaziladigan Osiyo kubogi-2019da ham undan xuddi shunday sermahsullikni kutib qolamiz.

Kuchli uchlikka «Qo‘qon-1912» yetakchisi Murod Xolmuhammedov yakun yasab beradi. Qo‘qonliklar chempionat oxirida bir amallab turnir jadvalining xavfli hududidan chiqib ketishdi. Jamoaning murakkab o‘yinlarda qo‘lga kiritgan g‘alabalarida Xolmuhammedovning roli beqiyos bo‘ldi. Noyabrda 5ta uchrashuvda maydonga tushgan himoyachi 450 daqiqa to‘p surdi va «gol+pas» tizimi bo‘-yicha 3+1 ko‘rsatkichini qayd etdi.

Umuman, bu yil ushbu futbolchi uchun ancha omadli keldi. Har holda, mudofaa chizig‘i vakili bo‘lishiga qaramay, raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qilgani ko‘p narsadan dalolat. To‘g‘ri, uning aksariyat gollari penalti mahsuli bo‘ldi, ammo zamonaviy futbolda standart vaziyatlarni mahorat bilan ijro etish muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olsak, Murod Xolmuhammedovning ko‘rsatkichi e’tirofga loyiq ekani, shubhasiz.

Shuningdek, noyabrda Sardor Rashidov («Lokomotiv»), Farrux Sayfiyev («Paxtakor»), Igor Golban («Navbahor»), Aziz Haydarov («Bunyodkor») hamda Shahboz Jumaboyev («Andijon») kabi futbolchilarning o‘yinlari ham ko‘pchilikka manzur bo‘ldi.

Murabbiylar ro‘yxatida yana Andrey Fyodorov eng yuqori pog‘onani egalladi. Mazkur holatda birinchi navbatda, «Lokomotiv»ning mamlakat chempioni degan sharafli nomga ega chiqqani inobatga olindi. Boz ustiga, «temiryo‘lchilar»ning har bir uchrashuvda uyushqoqlik bilan chiroyli va kombinasion o‘yin namoyish etishgani «Loko» murabbiylar shtabining mehnatlari samarasi, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Albatta, erishilgan yutuqlarda Fyodorovning jamoadagi doimiy hamrohi - Mirko Yelichichning hissasi beqiyos. Darvoqe, noyabrdagi natijalar samarasi o‘laroq, «Lokomotiv» ustozi to‘plagan jami ochkolar soni 14taga yetib, u umumiy ro‘yxatda birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

«Andijon» ikki yillik tanaffusdan so‘ng elita yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu yil yangicha formatda o‘tkazilgan Pro-liga bahslarida kuchli klublar ko‘p bo‘lgani, raqobat ham shunga yarasha kuchayganini inobatga olsak, andijonliklarga asosiy vazifani uddalash oson kechmadi. Mas’uliyatli pallalarda shogirdlarini ruhlantirib, yakunda muvaffaqiyatga erishgan Eldor Sakayevnoyabr laureatlari reytingida ikkinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. Bu mutaxassis oliy divizionda qatnashish tajribasiga ega. Demak, keyingi mavsum Sakayev boshchiligidagi «Andijon»dan ham munosib ishtirokni kutsak bo‘laveradi.

So‘nggi turlarda Superligada qolish huquqini saqlab qolgan «Qo‘qon-1912» klubi yengil tin oldi. Jamoa ustozi esa oyning eng yaxshi murabbiylari ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egalladi. Umuman, qo‘qonliklar No‘’mon Hasanov boshchiligida yomon o‘ynashmadi. Butun mavsum davomida kuchli raqiblarga yetarlicha qarshilik ko‘rsatishdi. Ammo qaysidir pallalarda jamoaga omad yetishmadi. Muhimi, shu omad yakuniy pallada «Qo‘qon-1912»ga kulib boqdi. Endi Hasanov yo‘l qo‘yilgan xatolardan tegishli xulosa yasab, yangi mavsumga shogirdlarini o‘zgacha tarzda tayyorlashiga ishonchimiz komil.

Futbolchilarning oy davomidagi natijalari 

T|r    Futbolchi                       O‘yin       Daqiqa      Gol       Assist        

1.       Tiago Bezerra                5             450            6           2

2.       Marat Bikmayev               3             238            3           1

3.         Murod Xolmuhammedov          5          450       3          1

Futbolchilar

Yanvar

1. Odil Hamrobekov («Nasaf»)

2. Jasur Yaxshiboyev («Paxtakor»)

3. Akrom Komilov («Bunyodkor»)

Fevral

1. Ignatiy Nesterov («Lokomotiv»)

2. Igor Golban («Nasaf»)

3. Ikrom Aliboyev («Lokomotiv»)

Mart

1. Xurshid G‘iyosov («Bunyodkor»)

2. Botirali Ergashev («Navbahor»)

3. Suhrob Nurulloyev («Metallurg»)

Aprel

1. Eldor Suyunov («Paxtakor»)

2. Javlon Ibrohimov («Bunyodkor»)

3. Arslonmurot Amanov («Buxoro»)

May

1. Aziz Turg‘unboyev («Navbahor»)

2. Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»)

3. Sardor Sobirxo‘jayev («Bunyodkor»)

Iyun

Laureatlar aniqlanmagan.

Iyul

1. Marat Bikmayev («Lokomotiv»)

2. Javlon Ibrohimov («Bunyodkor»)

3. Darko Stanoyevich («Navbahor»)

Avgust

1. Ikrom Aliboyev («Lokomotiv»)

2. Jahongir Mehmonov («Navbahor»)

3. Islom Isoqjonov («Metallurg»)

Sentyabr

1. Tiago Bezerra («Paxtakor»)

2. Jasur Hasanov (AGMK)

3. Avaz O‘lmasaliyev («Neftchi»)

Oktyabr

1. Marat Bikmayev («Lokomotiv»)

2. Farrux Sayfiyev («Paxtakor»)

3. Yovan Jokich (AGMK)

Noyabr

1. Tiago Bezerra («Paxtakor»)

2. Marat Bikmayev («Lokomotiv»)

3. Murod Xolmuhammedov («Qo‘qon-1912»)

Murabbiylar

Yanvar

1. Ravshan Haydarov (O‘zbekiston U-23)

2. Ro‘ziqul Berdiyev («Nasaf»)

Fevral

Laureatlar aniqlanmagan.

Mart

1. Mirjalol Qosimov («Bunyodkor»)

2. Andrey Shipilov («Metallurg»)

3. Ilhom Mo‘minjonov («Navbahor»)

Aprel

1. Ulug‘bek Baqoyev («Buxoro»)

2. Sergey Lushan («So‘g‘diyona»)

3. Shota Arveladze («Paxtakor»)

May

1. Ilhom Mo‘minjonov («Navbahor»)

2. Shota Arveladze («Paxtakor»)

3. Mirjalol Qosimov («Bunyodkor»)

Iyun

Laureatlar aniqlanmagan.

Iyul

1. Mirjalol Qosimov («Bunyodkor»)

2. Andrey Fyodorov («Lokomotiv»)

3. Ilhom Mo‘minjonov («Navbahor»)

Avgust

1. Ilhom Mo‘minjonov («Navbahor»)

2. Andrey Shipilov («Metallurg»)

3. Andrey Fyodorov («Lokomotiv»)

Sentyabr

1. Shota Arveladze («Paxtakor»)

2. Baxtiyor Ashurmatov (AGMK)

3. Bahrom Haydarov («Neftchi»)

Oktyabr

1. Andrey Fyodorov («Lokomotiv»)

2. Baxtiyor Ashurmatov (AGMK)

3. Ro‘ziqul Berdiyev («Nasaf»)

Noyabr

1. Andrey Fyodorov («Lokomotiv»)

2. Eldor Sakayev («Andijon»)

3. No‘’mon Hasanov («Qo‘qon-1912»)

Umumiy natija

Murabbiylar

1. Andrey Fyodorov - 14 ochko

2. Ilhom Mo‘minjonov - 12 ochko

3. Mirjalol Qosimov - 11 ochko

4. Shota Arveladze - 9 ochko

5-6. Andrey Shipilov - 6 ochko

5-6. Baxtiyor Ashurmatov - 6 ochko

7-8. Ravshan Haydarov - 5 ochko

7-8. Ulug‘bek Baqoyev - 5 ochko

9. Ro‘ziqul Berdiyev - 4 ochko

10-11. Sergey Lushan - 3 ochko

10-11. Eldor Sakayev - 3 ochko

12-13. Bahrom Haydarov - 1 ochko

12-13. No‘’mon Hasanov - 1 ochko

Futbolchilar

1. Marat Bikmayev - 13 ochko

2. Tiago Bezerra - 10 ochko

3-4. Javlon Ibrohimov - 6 ochko

3-4. Ikrom Aliboyev - 6 ochko

5-9. Odil Hamrobekov - 5 ochko

5-9. Ignatiy Nesterov - 5 ochko

5-9. Xurshid G‘iyosov - 5 ochko

5-9. Eldor Suyunov - 5 ochko

5-9. Aziz Turg‘unboyev - 5 ochko

10-16. Jasur Yaxshiboyev - 3 ochko

10-16. Igor Golban - 3 ochko

10-16. Botirali Ergashev - 3 ochko

10-16. Jaloliddin Masharipov - 3 ochko

10-16. Jahongir Mehmonov - 3 ochko

10-16. Jasur Hasanov - 3 ochko

10-16. Farrux Sayfiyev - 3 ochko

17-25. Akrom Komilov - 1 ochko

17-25. Suhrob Nurulloyev - 1 ochko

17-25. Arslonmurot Amanov - 1 ochko

17-25. Sardor Sobirxo‘jayev - 1 ochko

17-25. Darko Stanoyevich - 1 ochko

17-25. Islom Isoqjonov - 1 ochko

17-25. Avaz O‘lmasaliyev - 1 ochko

17-25. Yovan Jokich - 1 ochko

17-25. Murod Xolmuhammedov - 1 ochko

 

Izoh: 1-o‘rin - 5 ochko, 2-o‘rin - 3 ochko, 3-o‘rin - 1 ochko.

Murabbiylar

1. Andrey Fyodorov - 14 ochko

2. Ilhom Mo‘minjonov - 12 ochko

3. Mirjalol Qosimov - 11 ochko

4. Shota Arveladze - 9 ochko

5-6. Andrey Shipilov - 6 ochko

5-6. Baxtiyor Ashurmatov - 6 ochko

7-8. Ravshan Haydarov - 5 ochko

7-8. Ulug‘bek Baqoyev - 5 ochko

9. Ro‘ziqul Berdiyev - 4 ochko

10-11. Sergey Lushan - 3 ochko

10-11. Eldor Sakayev - 3 ochko

12-13. Bahrom Haydarov - 1 ochko

12-13. No‘’mon Hasanov - 1 ochko

Futbolchilar

1. Marat Bikmayev - 13 ochko

2. Tiago Bezerra - 10 ochko

3-4. Javlon Ibrohimov - 6 ochko

3-4. Ikrom Aliboyev - 6 ochko

5-9. Odil Hamrobekov - 5 ochko

5-9. Ignatiy Nesterov - 5 ochko

5-9. Xurshid G‘iyosov - 5 ochko

5-9. Eldor Suyunov - 5 ochko

5-9. Aziz Turg‘unboyev - 5 ochko

10-16. Jasur Yaxshiboyev - 3 ochko

10-16. Igor Golban - 3 ochko

10-16. Botirali Ergashev - 3 ochko

10-16. Jaloliddin Masharipov - 3 ochko

10-16. Jahongir Mehmonov - 3 ochko

10-16. Jasur Hasanov - 3 ochko

10-16. Farrux Sayfiyev - 3 ochko

17-25. Akrom Komilov - 1 ochko

17-25. Suhrob Nurulloyev - 1 ochko

17-25. Arslonmurot Amanov - 1 ochko

17-25. Sardor Sobirxo‘jayev - 1 ochko

17-25. Darko Stanoyevich - 1 ochko

17-25. Islom Isoqjonov - 1 ochko

17-25. Avaz O‘lmasaliyev - 1 ochko

17-25. Yovan Jokich - 1 ochko

17-25. Murod Xolmuhammedov - 1 ochko 

Izoh: 1-o‘rin - 5 ochko, 2-o‘rin - 3 ochko, 3-o‘rin - 1 ochko.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 04:52, 18.12.2018. O'qildi: 4088 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 17
3 Барселона Lamin Yamal 13
4 Барселона Ferran Torres 12
5 Осасуна Ante Budimir 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 11
8 Райо Вальекано Xorxe De Frutos 10
9 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.