Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Statistika: «Real»ga muxlismisiz yoki Ronalduga?

Baho:
+ | -1
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Portugaliyalik yulduzini «Yuventus»ga berib yuborgan «Santyago Bernabeu»da tomoshabinlar kamaydi. O‘tgan yilga taqqoslaganda, stadiondagi anshlaglar kamroq kuzatilib, tribunalar to‘lish holati 8 foizga yomonlashgan.

O‘n yillikdagi eng yomon ko‘rsatkich

La Ligada yangi mavsum arafasida mutaxassislar fikri taxminan ikkiga bo‘lindi - kimdir Ronalduning «Real»dan ketishi Madrid jamoasini ayrim ishqibozlaridan ayi­rishini ta’kidlasa, boshqalar mazkur transfer so‘nggi yillarda jahonning eng yaxshi klubi maqomini hech kimga bermayotgan jamoaga bo‘lgan qiziqishga ta’sir ko‘rsatmasligini aytishdi. Dastlabki to‘rt oyda kuzatilgan natijalar hisob-kitob qilinsa, birinchi bildirilgan fikr haqiqatga yaqin ekani oydinlashadi.

«Qaymoqranglilar»ning 19 avgustda o‘tkazilgan «Xetafe»ga qarshi uy uchrashuviga 48446 tomoshabin tashrif buyurdi - «Real»ning so‘nggi 10 yillikdagi eng yomon ko‘rsatkichi. O‘sha oqshom 81044 muxlisni o‘z bag‘riga sig‘diradigan «Santyago Bernabeu» atigi 59 foizga to‘ldi. Oxirgi marta bunday holat 2009 yilning may oyida kuzatilgan, o‘shanda 37-tur doirasidagi «Malyorka»ga qarshi bahsni (1:3) ko‘rish uchun 44270 tomoshabin kelgandi. Bu «Qirollik klubi»ning Ronaldu davridan avvalgi so‘nggi uy o‘yini edi. Portugaliyalik yulduz keyingi to‘qqiz yilni Ispaniya poytaxtida o‘tkazdi va shu muddat ichida «Real» stadionida tomoshabinlar tashrifi bo‘yicha past ko‘rsatkich qayd etilmadi. U ketishi hamono antirekord takrorlandi.

Keskin burilish

Ushbu masalada bir nechta fikrlar yangradi, ulardan eng ommaviylari - Ronalduning ketishi va omma e’tiborini torta oladigan yulduz futbolchining yo‘qligi. Birinchidan, Ispaniyada ta’til jarayoni kuzatilib, poytaxt bo‘shab qoldi. Ikkinchidan, Madriddagi o‘yin noodatiy tarzda mahalliy vaqt bilan soat 22:15da boshlandi.

Umuman, «qaymoqranglilar»ning so‘nggi besh yilda dastlabki uy o‘yinidagi tomoshabinlar tashrifiga nazar tashlansa, avgust hech qachon ishqibozlarning «Santyago Bernabeu»ni to‘ldirib o‘tirishiga to‘sqinlik qilmaganini ko‘rish mumkin. Bu safar keskin burilish guvohiga aylandik.

Derbi yulduzlardan muhimroQ

Ayni payt qish hukm surmoqda va endi muammo borligi yaqqol ayon. «Real»ning so‘nggi uchta o‘yinida Madriddagi asosiy arenaga to‘plangan ishqibozlar soni biror marotaba 56 mingdan oshmadi:

- Kubok bahsida «Melilya»ga qarshi javob o‘yini (6:1) - 55243;

- SSKAga imkoniyat boy berilgan o‘yin (0:3) - 51636;

- La Ligada «Rayo Valyekano» mag‘lub etilgan o‘yin (1:0) - 55229.

To‘g‘ri, aytish mumkinki, Moskva «armiyachilari»ga qarshi bahs hech narsani hal qilmasdi - «Real» baribir, guruhda birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqardi, - «Melilya» va «Rayo Valyekano» esa qiziqarli raqiblar emas. Ammo boshqa bir ahamiyatli jihat shundaki, joriy yilning dastlabki to‘rt oyi mobaynida «Santyago Bernabeu» 12ta o‘yinni qabul qilgan bo‘lsa, ularning faqat bittasini 70 mingdan ortiq muxlis kuzatgan - «Atletiko»ga qarshi Madrid derbisi (0:0, 78642). Azaliy raqobat, baribir, yuluzlardan muhimroq ekan. Boshqa tomondan olganda, aftidan, Ronaldusiz «Real»ning o‘yinini ko‘rishga ishtiyoqmandlar soni kama­yib bormoqda.

Minus 8%

Raqamlarga e’tibor bering. O‘tgan mavsum dekabr oyi o‘rtalariga kelib «qaymoqranglilar»ning uy stadioni 12ta uchrashuvda jami 819569 (bir o‘yinga o‘rtacha 68297 nafar) muxlisni qabul qilgandi. Bu yil tomoshabinlar tashrifi 8 foizga tushib ketdi - 753462 ishqiboz (62788).

O‘tgan yili La Ligadagi sakkizta uy uchrashuvida «Santyago Bernabeu»ga 548986 (o‘rtacha 68623) muxlis kelgandi. Hozirgi ko‘rsatkich: 509976 (63 747) tomoshabin.

Chempionlar Ligasidagi tashrifning tushib ketgani yanada sezilarli. YECHL-2017|2018 guruh bosqichidagi uch o‘yinda: 220972 (o‘rtacha 73657). YECHL-2018|2019 guruh bosqichidagi uch o‘yinda: 188243 (62748). Har bir yevroo‘yinda deyarli 11 ming kamroq tomoshabin!

Faqatgina bitta o‘yin, o‘tgan mavsumdagi bilan o‘zaro solishtirganda tomoshabinlar tashrifidagi o‘sishni ko‘rsatishi mumkin: bu yerda gap o‘tgan yilgi «Fuenlabrada»ga qarshi kubok javob o‘yini (2:2, 49638 muxlis) va joriy mavsumdagi «Melilya»ga qarshi bahs (6:1, 55243) haqida bormoqda. Ammo bu natija «Qirollik klubi» rahbariyatini quvontirganiga ishonish qiyin.

BoshQa sabablar

Mavjud muammoda Krishtianu faktorini ko‘rishni istamaganlar uchun boshqa sabablarni ham keltirib o‘tish mumkin: mavsumiy abonementlar narxining 10 foizga oshirilgani, «Real»ning beqaror starti, bosh murabbiy o‘zgarishi, ortiqcha o‘zgarishlarsiz odatiy tarkib...

Ammo hozircha barchasiga Ronaldu aybdordek ko‘rinmoqda: u «qaymoqranglilar»ning aksariyat ish-qibozlarini «Santyago Bernabeu» tribunalaridan chetlatib, televizor ekrani qarshisida «Yuventus» o‘yinlarini kutishga majburlagandek, go‘yo.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 13:43, 01.01.2019. O'qildi: 15942 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик