Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 17.08.2025 00:30
      • Alaves
      • 2:1
      • Levante
      • 17.08.2025 00:30
      • Valensiya
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 17.08.2025 20:00
      • Selta
      • 0:2
      • Xetafe
      • 17.08.2025 22:30
      • Atletik Bilbao
      • 3:2
      • Sevilya
      • 18.08.2025 00:30
      • Espanyol
      • 2:1
      • Atletiko
      • 19.08.2025 00:00
      • Elche
      • -:-
      • Betis
      • 20.08.2025 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Osasuna
  • APL
      • 17.08.2025 18:00
      • Chelsi
      • 0:0
      • Kristal Pelas
      • 17.08.2025 18:00
      • Nottingem Forest
      • 3:1
      • Brentford
      • 17.08.2025 20:30
      • Man. Yunayted
      • 0:1
      • Arsenal
      • 19.08.2025 00:00
      • Lids
      • -:-
      • Everton
  • Superliga
      • 17.08.2025 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • 2:0
      • Surxon
      • 17.08.2025 19:00
      • Mash’al
      • 1:0
      • Andijon
      • 17.08.2025 20:15
      • Bunyodkor
      • 2:1
      • Buxoro
      • 18.08.2025 19:00
      •   Xorazm
      • 0:1
      • Qizilqum
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 19 40
2 Neftchi 19 39
3 Dinamo 19 37
4 Bunyodkor 19 34
5 OKMK 19 34
6 Paxtakor 19 33
7 Navbahor 19 31
8 Surxon 19 23
9 Qizilqum 18 22
10 Andijon 19 21
11 So‘g‘diyona 19 20
12 Xorazm 18 19
13 Qo‘qon-1912 19 18
14 Mash’al 19 18
15 Buxoro 19 14
16 Sho‘rtan 19 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Paxtakor 2-0 So‘g‘diyona
19-тур Navbahor 0-1 Neftchi
19-тур Dinamo 1-0 OKMK
19-тур Nasaf 2-0 Sho‘rtan
19-тур Qo‘qon-1912 2-0 Surxon
19-тур Mash’al 1-0 Andijon
19-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
19-тур Xorazm - Qizilqum

Navbatdagi o'yinlar.

18/08/25 Xorazm - Qizilqum

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1711 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 648 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 18.08.2025

      06:35 Новости футбола.
      06:40 Д/ф "Дэвид Бекхэм. Одиозный".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Эюпспор".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Фламенго".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Палмейрас".
      14:00 Новости футбола.
      14:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Фатих Карагюмрюк".
      16:05 Новости футбола.
      16:10 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Эюпспор".
      18:10 Новости футбола.
      18:15 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Фламенго".
      20:15 Новости футбола.
      20:20 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Палмейрас".
      22:20 Новости футбола.
      22:25 Д/ф "Лионель Месси".
      23:25 LIVE Чемпионат Турции. "Касымпаша" - "Трабзонспор". Прямая трансляция.
      01:25 "Третий тайм". Артём Молодцов.
      01:50 Новости футбола.
      01:55 Чемпионат Турции. "Гёзтепе" - "Фенербахче".
      03:50 Новости футбола.
      03:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Крузейро". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 18.08.2025

      05:10 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 2.
      05:40 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 2.
      06:15 Д/ф "Жизнь - подарок!".
      07:00 Автоспорт. Ралли. Чемпионат России.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве.
      09:35 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Этап 5 на автодроме "Красное кольцо".
      10:30 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Акробатические группы.
      13:15 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      13:55 Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 3 на автодроме "Moscow Raceway".
      16:15 "Культовые".
      16:45 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Мемориал Иштвана Дьюлая в Будапеште, Венгрия.
      19:00 Дзюдо. "Большой шлем" Улан-Батора в Монголии. День 1.
      20:45 "Тайны звёзд спорта".
      21:15 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве. 1/2 финала.
      23:20 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Дуэты. Произвольная программа. Финал.
      00:25 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Смешанные дуэты. Произвольная программа. Финал.
      01:30 "Культовые".
      02:00 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      02:40 Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 3 на автодроме "Moscow Raceway".
      04:50 "География спорта". Норильск.
  • MATCH-TV
    • Sana: 18.08.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Всё о главном".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Виктория Комова.
      11:25 "Культовые".
      11:55 LIVE Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Прямая трансляция.
      15:00 Специальный репортаж.
      15:20 Новости.
      15:25 Есть тема! Прямой эфир.
      16:50 "География спорта". Норильск.
      17:20 "Лучшие из лучших".
      17:55 Новости.
      18:00 Смешанные единоборства. UFC 319 в Чикаго, США. Дрикус Дю Плесси против Хамзата Чимаева.
      19:10 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      20:10 LIVE Громко. Прямой эфир.
      21:25 LIVE Футбол. Лига Пари. "Торпедо" (Москва) - "Урал" (Екатеринбург). Прямая трансляция.
      23:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:50 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Эльче" - "Реал Бетис". Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 "Культовые".
      03:30 Матч! Парад.
      04:00 Футзал. Суперкубок России. "Ухта" - КПРФ (Москва).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 18.08.2025

      05:15 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 3.
      06:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      07:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      09:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      10:00 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 2.
      10:45 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 3.
      11:30 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MXGP. Гонка 1.
      12:00 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MX2. Гонка 2.
      12:30 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MXGP. Гонка 2.
      13:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      14:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      16:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 6. Херес-де-ла-Фронтера - Юнкера.
      18:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 10. Пуэнтеареас - Байона.
      20:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      22:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 7. Pitz Alpine Glacier Trail в Пицтале, Австрия. Обзор.
      22:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 8. Sierre Zinal Trail в Вале, Швейцария. Обзор.
      23:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      01:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 10. Пуэнтеареас - Байона.
      03:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 6. Херес-де-ла-Фронтера - Юнкера.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbek jamoalarining yangi mavsum taraddudi qanday o‘tmoqda?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston chempionatining yangi mavsumi boshlanishiga ham roppa rosa bir oyvaqt qolmoqda. Xo‘sh, jamoalarda tayyorgarlik jarayoni qanday davom etmoqda? Tarkibda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi.

Quyida barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

«Lokomotiv»

Amaldagi chempion BAAning Dubay shahrida tashkillashtirilgan yig‘inini yakunladi. «Lokomotiv» u yerda 9-23 yanvar oralig‘ida tig‘iz jadval asosida mashg‘ulot o‘tkazish barobarida 3ta nazorat o‘yinida maydonga tushdi. «Temiryo‘lchilar» dastlab, 16 yanvar kuni «Spartak» (Moskva) bilan kuch sinashib, 2:5 hisobida yengilishdi. 18 yanvarda esa Slovakiyaning «Jilina» jamoasi dog‘da qoldirildi - 2:0. 21-sanada Daniyaning amaldagi chempioni - «Brondbyu»ga qarshi kechgan bahsda esa 1:5 hisobi qayd etildi. Navbatdagi yig‘in 30 yanvar - 13 fevral kunlari Turkiyada olib boriladi. Darvoqe, «Lokomotiv» rahbariyati Davron Hoshimov transferini e’lon qildi. So‘nggi yillarda «Paxtakor» va «Navbahor» jamoalarida munosib o‘ynab, O‘zbekiston milliy termasining asosiy tarkibiga kirgan himoyachi «Loko» bilan 2 yillik shartnoma tuzdi. Jamoa ayni payt yana bir qator futbolchilar bilan muzokara olib bormoqda. Kutilishicha, yaqin kunlarda «qaynoq» transferlar haqida rasman xabar beriladi.

«Paxtakor»

«Sherlar» rejadagi xorij yig‘ini uchun BAAning Abu-Dabi shahriga yo‘l olishgandi. Marriott Forsan mehmonxonasiga joylashgan jamoa mashg‘ulotlarida 24 nafar futbolchi qatnashmoqda. Hozircha asosiy tarkibda bitta yo‘qotish bor: darvozabon Eldor Suyunov jarrohlik amaliyotidan keyin tiklanish jarayoni bilan bandligi sabab, BAA safaridan chetda qoldi. «Paxtakor» kecha Daniyaning «Brondbyu» jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. 4 fevral kuni esa «sherlar» Shvesiyaning «Erebro»si bilan kuch sinashadilar. Eslatma, O‘zbekiston vise-chempioni OCHL-2019 saralashi ikkinchi bosqichi doirasida 12 fevral kuni Iroqning «Eyr Fors» klubini qabul qiladi. Saralash bahslari ancha erta boshlanishi bois, «Paxtakor» rahbariyati o‘yinchilarni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini boshlab yubordi. Xususan, BAA safari oldidan bir qator yangi futbolchilarni ro‘yxatga kiritish uchun ariza topshirdi. Deylik, o‘tgan mavsum «Lokomotiv» o‘ynagan Marat Bikmayev hamda Sadriddin Abdullayev «Paxtakor» a’zosiga aylanishdi. Shuningdek, Doston Hamdamov va Sanjar Quvvatov ham «sherlar» safidan joy olishdi. «Paxtakor» rasmiylari 4 nafar futbolchi bilan tuzilgan shartnomani ham taqdim etishdi. PFL endi ro‘yxatni OFKga yuboradi. «Paxtakor» tarbiyalanuvchisi sanalgan Jamshid Iskanderov esa erkin agent sifatida «Lokomotiv» bilan shartnoma tuzdi. Shuningdek, braziliyalik Tiago Bezerra Qatarning «Al-Xor» klubi safiga qo‘shildi. Portugaliyalik Ismoil Gonsalvesh esa «Istiqlol» (Tehron)ga  transfer qilindi. Akmal Shorahmedov va Jasur Hakimov OCHLda qatnashadigan AGMK safini to‘ldirishdi. Darvozabon Aleksandr Lobanovning «Metallurg» a’zosiga aylanganini ham ta’kidlash lozim.

«Navbahor»

Namangan klubida yangi vise-prezident ish boshladi. «Navbahor» prezidenti Shavkat Abdurazzoqov buyrug‘iga asosan, bu lavozimga Namangan viloyat futbol assosiasiyasi vise-prezidenti sifatida ishlagan Shamshod Ergashovich Sarikov tayinlandi. Yangi vise-prezident zimmasiga sovrinli o‘rinlar uchun kurashishga qodir raqobatbardosh tarkib shakllantirish vazifasi yuklatildi.

Qrimda yig‘in olib borayotgan «Navbahor» esa Yevpatoriyada «Tavriya» bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazib, 3:2 hisobida ustun keldi. Jamoa gollariga Zafar To‘rayev, Bahodir Nasimov va Igor Golban mualliflik qilishdi. 

«Navbahor»: O‘tkir Yusupov, Jahongir Mehmonov, Igor Golban, Obid Jo‘raboyev, Mirzohid G‘ofurov, Shahzod Shaymanov, Abdujamol Isroilov, Aziz Tur­g‘unboyev, Zafar To‘rayev, Ulug‘bek Oqnazarov, Aleksandr Kasyan.

Zaxiradan maydonga tushganlar: G‘iyos Komilov, Ivan Solovyev, Hojiakbar Yunusov, Bahodir Nasimov, Slavko Lukich.

«Navbahor» yig‘iniga 2 nafar eronliklik futbolchi jalb qilingandi. Biroq murabbiylar kuni-kecha Neisarikoli Muhsin va Javadigalingeshlagi Sajadga javob berishdi.

«Bunyodkor»

Vadim Abramov boshchiligidagi jamoaga navbatdagi nazorat uchrashuvida «Dinamo» qarshilik qildi. O‘yin «Bunyodkor»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Toshkent jamoasi gollariga Oybek Hamidov va Nozim Rustamov mualliflik qilishdi.

«Metallurg»

PFL tomonidan klublar oldiga qo‘yilayotgan asosiy talablardan biri - futbol akademiyalari faoliyatini takomillashtirish, tarbiyalanuvchilarga zarur shart-sharoitlarni yaratib berish. Bu borada «Nasaf» klubi qoshidagi akademiyani namuna sifatida ko‘rsatish mumkin. «Metallurg» matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, shu kunlarda Bekobod klubi futbol maktabi rahbarlari Qarshida tajriba o‘rganishmoqda. Bekobodlik mutaxassislar safar davomida «Nasaf» akademiyasi tizimini yaqindan o‘rganishyapti. Bevosita «Metallurg» jamoasiga to‘xtalsak, tarkib «Paxtakor»ning bir qator futbolchilari bilan kuchaytirildi. Aniqrog‘i, Kamoliddin Tojiyev, Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreev, Akbar Ismatullayev va Abbos Otaxonov yangi mavsumda bekobodliklar sharafini himoya qilishadi. Bundan tashqari, Suhrob Nurulloyev va Ibrohim Yo‘ldoshev ijara kelishuvi asosida olindi. «Metallurg» hafta oxirida tayyorgarlikning uchinchi bosqichi uchun Turkiyaga jo‘nab ketdi. Bekobodliklar rejaga muvofiq,  Antaliya shahrida 2 hafta shug‘ullanishadi. Yig‘in davomida jismoniy tayyorgarlikni tiklash barobarida nazorat uchrashuvlari o‘tkazish ham rejalashtirilgan. Kelishuvga binoan, «Metallurg»ga Armaniston, Qozog‘iston hamda Turkiya klublarining sparring-raqib vazifasini o‘tashi kutilmoqda. Bekobodliklar safarga ketish arafasida Zafar Safoyev, Muhammad Isayev, Zohid Abdullayev kabi tajribali o‘yinchilar bilan o‘rtadagi shartnoma muddatini uzaytirishdi. Turkiya yig‘ini 11 fevralga qadar davom etadi.

«Buxoro»

Buxoroliklar Toshkent yig‘ini doirasida «Surxon»ga qarshi nazorat o‘yinida maydonga tushib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Baxtiyor Ashurmatov jamoasining yagona goliga Akobir To‘rayev mualliflik qildi.

«Buxoro» (boshlang‘ich tarkib): Nodir Ashurmatov, Bobur Omonov, Laziz Ubaydullayev, Salamat Qutiboyev, Akobir To‘rayev, Mirjalol Jumayev, Robbim Hasanov, Tohir Shamsiddinov, Rahmatulla Berdimurodov, Jamoliddin Ubaydullayev, Mirfayz Muhiddinov.

«QizilQum»

Toshkentda shug‘ullanayotgan Navoiy jamoa­si yig‘in doirasida 3-nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. «Qizilqum»ga bu safar Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi «Buxoro» raqib bo‘ldi. «Chig‘atoy» sport bazasi sun’iy qoplamali maydonida tashkilashtirilgan bellashuvda navoiyliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. «Qizilqum» shu o‘yin bilan Toshkent  yig‘iniga yakun yasashdi. Futbolchilar qisqa tanaffusdan keyin Navoiyda to‘planishadi. Fevral oyida esa Turkiyada o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini olib boriladi.

«Qo‘Qon-1912»

No‘’mon Hasanov Toshkentdagi yig‘in chog‘i jamoa tarkibini kuchli futbolchilar bilan to‘ldirishga harakat qilmoqda. «Qo‘qon-1912» mashg‘ulotlariga hozircha 2 nafar xorijlik o‘yinchi qo‘shildi. Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bular  - Marko Milich va yarim himoyachi Nenad Stankovich. Marko o‘tgan mavsum ham jamoa safida to‘p surgandi. Nenad esa ko‘rikda bo‘lib turibdi. U 1992 yilning 19 sentyabr kuni tavallud topgan. Bo‘yi - 179 sm., og‘irligi - 70 kg., amplua bo‘yicha - yarim himoyachi. Stankovich oxirgi jamoasi - «Sindelik» safida Serbiya birinchi ligasi doirasidagi 20ta uchrashuvda maydonga tushgan. Umuman olganda, Nenad so‘nggi 4 mavsumni aynan shu klubda o‘ynagan. «Qo‘qon-1912» Toshkent yig‘ini yakunida «So‘g‘diyona»ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushib, 0:2 hisobida yutqazdi.

«Qo‘qon-1912» (boshlang‘ich tarkib): Sarvar Karimov, Bahodir Akramov, Jamshid Hasanov, Nosir Otaqo‘ziyev, Suhrob Ne’matov, Avaz Mamatxo‘jayev, Suhrob Berdiyev, Murod Xolmuhammedov, Nenad Stankovich, Marko Milich, Shahboz Erkinov.

AGMK

Dastlabki o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini 3-22 yanvar kunlari oralig‘ida Toshkentda olib borgan klub Dubay shahriga jo‘nab ketdi. AGMKning ushbu yig‘ini 4 fevralga qadar davom etadi. Jamoa u yerda 4ta nazorat bahsi tashkillashtirishni rejalashtirgan. «Maktum bin Rashid» stadionida kechgan dastlabki «o‘rtoqlik»da olmaliqliklarga Dubayning «Shabab Al-Ahli» jamoasi raqib vazifasini o‘tadi. BAA chempionati 13-turidan so‘ng turnir jadvali 4-pog‘onasida borayotgan klubga qarshi kechgan nazorat bahsida Zafar Polvonov tomonidan birinchi bo‘limda urilgan gol Mirjalol Qosimov drujinasiga g‘alaba keltirdi. Olmaliqliklar yana 3ta nazorat o‘yinidan so‘ng qaytib, OCHL saralashiga qaratilgan hozirlikni yurtimizda yakunlashadi. Ta’kidlash joiz, AGMK 12 fevral kuni o‘z maydonida OCHL-2019 saralashi ikkinchi bosqichi doi­rasida Tojikiston chempioni - «Istiqlol»ga qarshi bahs olib boradi. Darvoqe, Mirjalol Qosimov tarkibga yana bir yangi  futbolchini qo‘shib oldi. Gap avvalgi mavsum «Nasaf»dan «Paxtakor»ga o‘tgan Akmal Shorahmedov haqida ketyapti. Eslatish o‘rinli, Shorahmedov avval ham Mirjolol Qosimov qo‘l ostida o‘ynagandi.

«So‘G‘diyona»

Sergey Lushan boshchiligidagi jamoa «Andijon»ga qarshi kechgan o‘rtoqlik  uchrashuvida g‘alaba qozondi - 2:1. «So‘g‘diyona» gollariga Murod Rajabov va Doston Toshmatov mualliflik qilishdi.

«So‘g‘diyona» (boshlang‘ich tarkib): Shirinboy Abdullayev, Sherzod Shokirov, Iskandar Shoyqulov, Sardor Qulmatov, Shahboz Jo‘rabekov, Siroj Meliyev, Sanjar Rashidov, Murod Rajabov, Nuriddin Hasanov, Izzatilla Abdullayev, Oybek Nurmatov.

Keyingi uchrashuv «Qo‘qon-1912»ga qarshi kechdi. Bu safar «So‘g‘diyona» Doston Toshmatov va D. Kamolov urgan gollar evaziga 2:0 hisobida ustun keldi.

«So‘g‘diyona» (boshlang‘ich tarkib): Shirinboy Abdullayev, Sardor Qulmatov, Sanjar Rashidov, Oybek Nurmatov, Doston Toshmatov, Sherzod Shokirov, Daniyel Nasriddinov, Siroj Meliyev, Iskandar Shoyqulov, Nikola Milinkovich, Murod Rajabov, D.Kamolov.

«Andijon»

Superliga debyutanti navbatdagi nazorat uchrashuvini «So‘g‘diyona»ga qarshi o‘tkazib, 1:2 hisobida yutqazdi. «Andijon»ning yagona goliga Davron Isoqov mualliflik qildi. 

«Andijon» (boshlang‘ich tarkib): Akmal Tursunboyev, Xushnud Avilov, Davron Mamatov, Ruslan Melzitdinov, Abror Husinov, Abdurahmon Abdulhaqov, Alisher Mirzayev, Farhod Bekmurodov, Abdulloh Olimov, Davron Isoqov, Sardor Sulaymonov.

«Neftchi»

Farg‘onaliklar hamon Qirgulida shug‘ullanishmoqda. Mazkur yig‘inda bosh murabbiy Bahrom Haydarovga Diyor Alijonov (katta murabbiy) hamda Abdusamad Do‘rmonov (yoshlar murabbiyi) yordam berishmoqda. «Neftchi» a’zolarini jismoniy holatini yaxshilash ustida esa Ilhom Zaylobiddinov ish olib bormoqda. Xislat Chilmatov doimgidek, darvozabonlarni shug‘ullantirmoqda. Xullas, murabbiylar shtabi futbolchilarni kuniga ikki mahal chiniqtirishmoqda. Shartnomasi yakuniga yetgan bir qator o‘yinchilar «Neftchi» bilan xayrlashishdi. Shuningdek, ijara kelishuvi muddati tugagan futbolchilar ham o‘z jamoalariga qaytishdi.

«Mash’al»

Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rayotgan jamoa Muborakdagi  yig‘inini davom ettirmoqda. «Mash’al» bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov hozirda futbolchilarning jismoniy holatini maromiga yetkazishga alohida e’tibor qaratmoqda. Ya’ni kuniga kuchaytirilgan tarzda 2 mahal mashg‘ulot olib borilmoqda. Muborakliklar yangi futbolchilarni ham ko‘rikdan o‘tkazishni mo‘ljallashgan. Shuningdek, bu bosqichda 2ta nazorat uchrashuvi tashkil etiladi.

«Surxon»

Termiz klubi Toshkent yig‘ini doirasida nav­batdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. O‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan jamoa bu gal «Buxoro» bilan kuch sinashdi. Har ikki klub murabbiylari o‘yin davomida tarkibda shug‘ullanayotgan deyarli barcha futbolchilarga imkoniyat berishdi. Natijaga kelsak, «Surxon» yakunda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ilhom Mo‘minjonov boshqaruvidagi Surxondaryo viloyati jamoasi gollari Ayubxon No‘’monov va Sherzod Karimov hisobiga yozildi.

«Surxon» (boshlang‘ich tarkib): Asilbek Omonov, Najmiddin Normurodov, Abbos Maxstaliyev, Sherzod Karimov, Ilhom Boydedayev, Abdulaziz Yusupov, A’zam Aliyev, Sunnatilla Mamadaliyev, Azamat Allaniyozov, Muzaffar Abdullayev, Ayubxon No‘’monov.

«Dinamo»

Yangi mavsumga puxta hozirlik ko‘rayotgan Samarqand jamoasi 22 yanvar kunidan e’tiboran hisob bo‘yicha uchinchi o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘iniga kirishdi. Tayyorgarlik rejasiga muvofiq, 25 yanvar kuni «Metallurg»ga qarshi dastlabki nazorat o‘yini o‘tkazildi. Unda «Dinamo» 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. «Bunyodkor»ga qarshi kechgan ikkinchi o‘yinda ham Davron Fayziyev shogirdlari mag‘lubiyatga uchrashdi - 1:2. «Dinamo»ning yagona goli Anvar Murodov hisobiga yozildi.

«Dinamo» (boshlang‘ich tarkib): Shohruh Raimov, Komil Sharofutdinov, Obid Hakimov, Jasur Hamroyev, Mehroj Xudoyberdiyev, Humoyun Tolibov, Jasur Ashurov, Muhiddin Odilov, Sunnatilla Abdullajonov, Anvar Murodov, Daler Almosjonov.

«SHO‘RTAN»

Jamoa mashg‘ulotlarni G‘uzorda davom ettirmoqda. Akmal Saitqulov shogirdlari asosan jismoniy va taktik tayyorgarlikka e’tibor qaratishmoqda. Mashg‘ulotlar kuniga ikki mahal tashkillashtirilmoqda. G‘uzordagi «Bolalar futbol markazi» sport majmuasida «Sho‘rtan» va «Sherdor» o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini tashkil etildi va unda mezbonlar 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi. Jamoaning yagona goli muallifi - Ma’ruf Murodov.

«Sho‘rtan» (boshlang‘ich tarkib): Akmal Rahimov, Nurali Padarov, Olimjon Karimov, Akrom Bahromov, Sherbek Eshmurodov, Farhod Namozov, Samandar Shodmonov, Sirojiddin Rahmatullayev, Islom Shodmonov, Ma’ruf Murodov, Yusuf Bo‘riyev.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 23:26, 03.02.2019. O'qildi: 3520 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Насаф Husayn Norchayev 9
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 8
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 6
9 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
10 Андижон Rustam Turdimurodov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.