Bugun 15 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Barselona» nima uchun Frenki de Yong uchun 75 mln yevro to‘laydi?

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ha, «Barselona» kutilganidek, yevro-arenadagi eng iqtidorli futbolchilardan biri - Frenki de Yongni o‘z tomoniga og‘dirdi. «Ayaks» safida porlayotgan yarim himoyachi faoliyatini yangi mavsumdan e’tiboran Ispaniya Primerosida davom ettiradi. Tomonlar 21 yoshli iste’dod transferini 75 million yevroga baholashdi. Frenki 2024 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma ostiga imzo chekdi va 1 iyul kuni Kataloniya klubi safiga qo‘shiladi. O‘rtadagi kelishuv bandlariga muvofiq, «Ayaks» 11 million yevro miqdorida bonus olishi ham mumkin. Buning uchun Frenki «Barselona»da muvaffaqiyatli o‘ynab ketsa, bas. Aytgancha, gollandiyalik futbolchi «PSJ», «Manchester Siti» va «Yuventus» kabi grandlar e’tiborini ham tortgandi. Xo‘sh, «Barselona»da o‘ynashni ma’qul ko‘rgan «Ayaks» yarim himoyachisi haqida nimalarni bilish kerak? Rossiyaning «SSF» nashri ko‘pchilikni qiziqtirgan transfer munosabati bilan Frenki de Yongga daxldor ma’lumotlarni alohida maqola shaklida taqdim etdi.

Gollandiyadan rekord transfer. Mamlakat Eredevizioni klublari vakillaridan hech biri bu qadar baland bahoda sotilmagandi. Oddiy aytganda, «Ayaks» safida hali 50ta o‘yin o‘tkazishga ham ulgurmagan 21 yoshli Frenki de Yong «Barselona» beradigan 75 million yevro tufayli Gollandiya chempionati rekordchisiga aylanadi.

Tarixdagi eng qimmatbaho gollandiyalik. Frenki «Barselona» safida muvaffaqiyatli o‘ynab ketgan taqdirda kataloniyaliklar Amsterdam jamoasiga bonus tariqasida yana 11 million yevro to‘lashadi. Qisqasi, de Yong yaqin orada futbol tarixidagi eng qimmatbaho gollandiyalikka aylanish imkoniyatiga ega. Eslatish o‘rinli, ayni payt bu maqom «Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk (transfer bahosi - 78,8 mln. yevro)da.

«Ayaks» de Yongni 1 yevroga sotib olgandi. Niderlandiya futboli bosh umidining transfer bahosi qisqa vaqt ichida million martalab qimmatlashdi. Darvoqe, bunday «mazali pirog»dan hattoki, Gollaniya ikkinchi ligasi ishtirokchisi ham tatib ko‘radi. Aqlga sig‘dirish qiyin: «Ayaks» 2015 yili 17 yoshli de Yongni «Villem II» klubidan atigi 1 yevro (!)ga sotib olgandi. Sof ramziy baho. To‘g‘ri, «Ayaks» o‘zaro kelishuvga muvofiq, Lesli de Sa, Ruben Ligeon, Rixayro Jivkovich va Lukas Andersen kabi tarbiyalanuvchilarini ijara asosida Tilburgga yuborgan. Biroq ularning hech biri bugun keng doirada tanish emas.

Birinchi klubi ham ulushdor. «Villem II» Frenki de Yong transferi amalga oshgani munosabati bilan bayram qilishga haqli. Chunonchi, «Barselona» tomonidan to‘lanadigan yirik mablag‘ning ma’lum foizi Tilburg jamoasiga tegadi. Shuningdek, «Valveyk» (Frenkining ilk klubi, ikkinchi liga ishtirokchisi) ham o‘z nasibasini oladi. Aniqroq aytsak, «Ayaks» jami summadan 10-15 foizini «Villem»ga beradi. O‘z navbatida, «Valveyk» tilburgliklarga tekkan pulning 40 foiziga ega chiqadi. Xullas, taxminiy hisob-kitobga ko‘ra, «Valveyk» chamasi 5 million yevrodan umid qilishga haqli. Taqqoslash uchun aytsak, bu klubning yillik byudjet 3 million yevroni tashkil etadi. Ajoyib tizim, shunday emasmi?

Hozir o‘ynayotganlar orasida to‘rtinchi de Yong. De Yong - Niderlandiyada eng ko‘p tarqalgan familiya. De Yonglar orasida mashhur siyosatchilar, rassomlar, yozuvchilar va sportchilar ko‘p. Xususan, bu familiya egalari orasida taniqli chang‘ichilar va voleybolchilar qatori futbolchilar ham bor. Misol uchun, ayni payt 4 nafar de Yong yuqori saviyada o‘ynamoqda. Bular - Frenki, shuningdek, Nayjel («Al-Ahli»), aka-uka - Sim («Sidney») va Lyuk (PSV). Diqqatni tortadigan tomoni, shulardan 3 nafari «Ayaks» tizimidan o‘tgan, birgina Lyuk begona, xolos.

Frenki deyarli 1 yil o‘ynamagandi. De Yong aslida «Villem»da deyarli o‘ynamagan, ya’ni butun vaqtini zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazgan. Aytishlaricha, klub bosh murabbiyi Yurgen Streppel o‘ziga xos xarakterga ega yigitchani sira yoqtirmagan, shuning uchun unga juda kam imkoniyat bergan. Umuman olganda, Frenki «Villem II»ning 3tagina rasmiy o‘yinida qatnashgan. Shunga qaramay, 2015 yilning yozidayoq katta klublar o‘rtasida iqtidorli yigit uchun kurash boshlandi. Yakunda Amsterdam klubi 2016 yilning yanvarida maqsadiga erishdi. Keyingi voqealarni nazarda tutsak, «Ayaks» haqiqiy «brilliant»ni «yovuz» murabbiy changalidan ozod qilgan ekan. Frenki buning uchun avvalo, klubning texnik direktori Mark Overmarsdan minnatdor bo‘lishi kerak. Chunonchi, u bir necha yillik kuzatuvlari asosida yigitchaning istiqboliga baho berishda adashmadi.

Foydali amaliyot. «Ayaks» rahbariyati yosh futbolchini «sindirib» qo‘ymaslik va ishonchini kuchaytirish maqsadida uni avvaliga ikkinchi ligada o‘ynaydigan yoshlar jamoasi - «Yong Ayaks» ixtiyoriga jo‘natdi. Muhimi, bu tajriba katta naf berdi - Frenki yil davomida barqaror to‘p surib (46ta o‘yinda 8ta gol va 11ta samarali uzatma), diqqat-e’tiborni o‘ziga qaratdi. Xullas, 2017 yilning qishida hamma yigitchaga kattalar jamoasida imkoniyat taqdim etish zarurligini tushunib yetdi.

Yangi va noodatiy amplua. De Yong avvaliga ancha kam o‘ynadi, lekin vaqt o‘tishi bilan joyi asosiy tarkibda ekanligini isbotladi. Aytish joiz, Marsel Kayzer undagi yangi qirralarni mutlaqo tasodifan kashf etdi. Binobarin, Frenki 26 noyabr kuni «Roda»ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushib, 1:1 hisobini 4:1ga aylanishida bosh rolni bajardi. Ya’ni gollandiyalik iqtidor 3ta golga hammualliflik qilishdan tashqari, raqiblarni rosa qiynagandi. «Ayaks»ning keyingi bosh murabbiyi Erik ten Xag esa Frenkini tarkibdagi almashtirilmas o‘yinchilar qatoriga olib chiqdi. U bunda de Yongga xos universallikdan unumli foydalandi. Xullas, yoshlar jamoalarida hujumkor yarim himoyachi rolida gavdalangan de Yong yangi murabbiy qo‘l ostida tayanch zonasining chin qiroliga aylandi-qo‘ydi. U ba’zida hattoki, himoya markazida Matteys de Ligt bilan hamkorlik qildi.

De Yong serqirra harakatlari va o‘yin uslubi bilan Serxio Busketsga o‘xshaydi, maydondagi joylashuviga qarasangiz, beixtiyor afsonaviy Frans  Bekkenbauer yodingizga tushadi. Chunonchi, Frenki yuqori texnik salohiyati hisobiga bir necha raqibni xotirjam holda ortda qoldirishi va hujumga faol qo‘shilib, har qanday masofadan kuchli zarba yo‘llashi mumkin. Umuman, texnikasi va maydonni ko‘rish qobiliyati evaziga maydonning xohlagan nuqtasida jamoasiga son ustunligini ta’minlashga qodir. Eden Azar, Jorjinyo va David Silva kabi usta ijrochilarning eng yaxshi xislatlarini o‘zida mujassamlashtirgan futbolchini tasavvur qiling - bu aynan Frenki de Yong.

Malumot uchun! Frenki de YONG

Amplua bo‘yicha: yarim himoyachi

Tug‘ilgan sanasi va manzili: 1997 yil 12 may, Arkele (Gollandiya)

Faoliyati: «Valveyk», «Villem II» (2005-2015), «Ayaks» (2016-...), «Barselona» (2019-...)

Gollandiya terma jamoasi safida 5 marta maydonga tushgan

 

DARVOQE

 

Agar Frenki «Barselona» qolib, boshqa klubga rozilik berganida, ko‘pchilik yengil «shok» holatiga tushardi qaysidir ma’noda. Chunonchi, «Ayaks» va Kataloniya klubi o‘rtasida qalin rishtalar bor: Amsterdam - Barselona yo‘nalishiga asos solinganiga ko‘p bo‘ldi. Faktlar asosida aytsak, Frenki de Yong «Ayaks»dan to‘g‘ri «Barsa» safiga qo‘shilgan 8-futbolchidir.

 «Ayaks» - «Barselona» yo‘nalishi bo‘yicha

harakatlangan futbolchilar

№  Futbolchi                    Ampluasi                     Yillar

 

1.   Yoxan Kroyff            Hujumchi                       1973-1978

2.   Yoxan Neskens             Yarim himoyachi              1974-1979

3.   Rixard Vitsche            Yarim himoyachi              1991-1993

4.   Xordi Kroyff           Yarim himoyachi              1992-1996

5.   Ronald de Bur            Yarim himoyachi              1998-2000

6.   Frank de Bur              Himoyachi                       1998-2003

7.   Yasper Sillessen        Darvozabon                  2016-...

8. Frenki de Yong           Yarim himoyachi 2019 (yoz)-...

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 23:38, 03.02.2019. O'qildi: 5514 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.