Bugun 1 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 01.05.2026 23:45
      • Piza
      • -:-
      • Lechche
      • 02.05.2026 18:00
      • Udineze
      • -:-
      • Torino
      • 02.05.2026 21:00
      • Komo
      • -:-
      • Napoli
      • 02.05.2026 23:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Jenoa
  • APL
      • 02.05.2026 00:00
      • Lids
      • -:-
      • Byornli
      • 02.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 02.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Vest Xem
      • 02.05.2026 19:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Brayton
      • 02.05.2026 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Fulhem
  • La-liga
      • 02.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Malyorka
      • 02.05.2026 17:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Levante
      • 02.05.2026 19:15
      • Valensiya
      • -:-
      • Atletiko
      • 02.05.2026 21:30
      • Alaves
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 03.05.2026 00:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Barselona
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Barselona» nima uchun «Real Madrid»ni yomon ko‘radi?! (Tarixiy faktlar asosida )

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Zamonaviy futbol olamida «El-Klassiko» atamasi shu qadar ommalashib ketgan-ki, bu futbolning ajralmas bir bo‘lagiga aylanib ulgurgan. Aslida, bu ikki buyuk klubning bu qadar ziddiyatli to‘qnashuvlarining sababi nimada? Bugun shu mavzu asosida tarixga kichkinagina sayohat uyushtiramiz

Kataloniya nafrati?!

Bu jamoalar o‘rtasidagi ilk uchrashuv 1902 – yilda bo‘lib o‘tgan ekan. O‘shanda «Kataloniya» (Hozirgi Barselona klubining avvalgi nomi) FC Madrid (Hozirgi Real Madridning avvalgi nomi) jamoasini 2 : 1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. Bu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvlar 1938 -yilgacha ortiqcha shov-shuvsiz, sokin tarzda kechgan. Yengilgan jamoa yenggan jamoani olqishlab maydonni kulgancha tark etganiga ishonish qiyin bo‘lsada, bu fakt. Afsuski, 1939-yilda davlat boshiga kelgan Diktator Franko futbol olamidagi abadiy qarama-qarshilikning sababchisi bo‘ldi. U o‘sha yilning o‘zidayoq Kataloniya xalqini o‘z bayrog‘i va tilidan mahrum qildi. Qarshilik ko‘rsatishga urunganlarni, ochiqchasiga ta’qib qilishni boshlashdi. Franko haqida tarixchilardan biri shunday yozadi : Franko Kataloniya xalqini burchakka siqib qo‘ydi. Ularning huquqlarini to‘liqligicha o‘z qo‘liga oldi va Davlat sifatida tan olmasligini bir necha bor e’lon qildi. Oqibatda qiynoq va qatliomdan cho‘chigan Kataloniyaliklar uning shartlariga ko‘nishga majbur bo‘lishdi…

Darhaqiqat, Kataloniyaliklar ispanlarga qarshilik ko‘rsatishga ojiz edilar. Diktator Franko esa ularning yerlarini to‘liq Ispaniyaga tegishli ekanligini bildiruvchi hujjatni imzolaydi.

Kataloniyaning ezilgan xalqi hukumatga qarshi futbol orqali javob bera boshladi. «Barselona»ning «Real Madrid» (Klub boshqaruvi Ispaniya qiroliga o‘tgach, jamoa nomi o‘zgartiriladi) ga qarshi uydagi uchrashuvlarida muxlislar doim Kataloniya madhiyasini baqirib, ko‘zlarida jiqqa yosh bilan kuylashar, ozodlik uchun kurashgan jangchilardek butun vujudi bilan o‘yinga muxlislik qilishardi. Xalqning hukumatga qarshi yagona quroli, aynan, «Barselona» edi. «El-Klassiko» vaqtida nafaqat stadion, balki, Kataloniya ko‘chalari ham muxlislarning hayqirig‘i bilan jumbushga kelar, xalq hamma ichida yig‘ilib yotgan alam va sitamlarini aynan shunday o‘yinlar orqali to‘kib sochardi. futbolchilar ham kimga qarshi maydonga tushganini bilishar, (Avvalari asosan mahalliy futbolchilardan tuzilgan jamoa edi) g‘alaba uchun maydonda o‘limga ham tayyor turishar edi.

Transfer bozoridagi to‘qnashuvlar

1950-yillarga kelib legioner atamasi futbolda keng yoyildi. O‘sha yili birdaniga ikki klub Alfredo Di Stefano uchun kurashga kirishadi.

Argentinalik futbolchi avvaliga «Barselona»ni tanlaydi va hatto 3 ta o‘rtoqlik uchrashuvida ham maydonga tushadi. Shartnoma tuzishga kelganda esa, futbolchi o‘zgarib qoladi va «Barsa» uchun o‘sha paytlari ilojsiz bo‘lgan summani so‘raydi. Oqibatda, janjal chiqadi va Di Stefano «qaymoqranglilar» safiga o‘tib ketadi. Bu transfer ortida Qirol oilasi turgan deya taxminga borgan Kataloniya, hukumat va «Real Madrid»dan nafratlana boshlaydi. Transfer bozoridagi bunday voqealar, bir necha yillar mobaynida ko‘p bor takrorlanadi…

«Real Madrid» muxlislarining raddiyasi

«Real» fanatlari ispanlar va klublari sha’niga aytilayotgan hunuk so‘zlarga indamay qarab o‘tirishmagani odatiy xolat. «Real Madrid» muxlislari doim bu uchrashuvni shunchaki sport, bunda hech qanday siyosiy narsa yo‘qligini ko‘p bor ta’kidlashlariga qaramasdan, raqib tomon muxlislari bu uchrashuvni doimo siyosiy darajaga olib chiqishlari, ularning ham g‘ashlarini keltira boshlaydi. 1960-yillarda hatto ayrim jurnalistlar ikki klub muxlislarini yarashtirib qo‘yish ilinjida harakatlar olib borishgan ekan. «Real Madrid» muxlislari bu g‘oyani yoqlab chiqishgan, «Barsa» fanatlari keskin qarshilik bilan bu g‘oyadan voz kechishgan. Raqib tomonning bu qadar tajovuzkor va shafqatsiz xati-harakatlari, tinmay ispanlarni haqorat qilishlari o‘z navbatida «qaymoqranglilar» muxlislarida ham negativ hislar uyg‘ota boshlaydi va abadiy nafratga ulanib ketadi…

Xulosa o‘rnida…

Zamonaviy futbol olamida ko‘plab azaliy raqiblar mavjud. Lekin hech qaysi bahs «Real Madrid» va «Barselona» qarama-qarshiligiga teng kela olmaydi. Qariyib bir asrdan beri davom etayotgan futbolning durdona asari bo‘lmish «El-Klassiko» muxlislarni yuqori sifatli futbol bilan ta’minlab kelmoqda. Bu ikki buyuk klublar futbol olamida o‘z o‘rni va hurmatiga ega jamoalar. Bu klublarning Yer shari bo‘ylab millionlab muxlislari mavjud. Balki shu sabab «El-Klassiko» boshlangan chog‘ Yer shari ikkiga bo‘linsa kerak.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:12, 06.02.2019. O'qildi: 19242 marta. Fikrlar: 48 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Нефтчи Zoran Marushich 4
9 Бухоро Sherzod Esanov 4
10 Пахтакор Flamarion 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик