Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 7 18
2 Neftchi 7 18
3 Navbahor 7 15
4 Buxoro 7 14
5 Bunyodkor 7 13
6 Nasaf 7 12
7 Lokomotiv 7 11
8 Xorazm 7 9
9 Surxon 7 8
10 OKMK 7 8
11 Qo‘qon-1912 7 7
12 Dinamo 7 7
13 Qizilqum 7 6
14 Andijon 7 6
15 So‘g‘diyona 7 5
16 Mash’al 7 0

O'tgan o'yinlar.

7-тур Navbahor 2-0 Surxon
7-тур Dinamo 1-2 Lokomotiv
7-тур Andijon 1-2 OKMK
7-тур Nasaf 1-1 Buxoro
7-тур Paxtakor 2-1 Mash’al
7-тур Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
7-тур Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
7-тур Bunyodkor 0-1 Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Umid Ahmadjonov: «Nasib qilsa, Tokio Olimpiadasida ot sporti bo‘yicha ham ishtirok etamiz»

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun, 11 fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasining hududiy bo‘limlari vakillari, murabbiylar, hakamlar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Sir emaski, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ot sportiga bo‘lgan e’tibor oshdi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha «O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori ham imzolangan. Shu sababdan ham chavandozlarimizdan yuqori natijalar kutishga haqlimiz. Bugun o‘tkazilgan hisobot-saylov Konferensiyasi kun tartibidan o‘rin olgan eng asosiy masala federasiyaga yangi rahbar saylashdan iborat edi.

Shu munosabat bilan ushbu lavozimga Abdullayev Feruz Tal’atovich nomzodi taklif etildi. Ishtirokchilar bir ovozdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatladilar. Shu tariqa, Feruz Abdullayev O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasining yangi raisiga aylandi. Ma’lumot uchun, Feruz Abdullayev 1976 yilda Samarqandda tavallud topgan. Tadbirkor.

Konferensiya davomida MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov so‘zga chiqar ekan, O‘zbekiston Tokio Olimpiadasida ot sporti bo‘yicha ham ishtirok etmoqchi ekanligi haqida gapirdi.

«Bungacha rahbariyat katta hajmdagi ishni olib borgan. Buni yaxshi bilamiz. Nasib qilsa, Tokio Olimpiadasida ot sporti bo‘yicha ham ishtirok etamiz. Federasiyaning yangi rahbari ham MOQ ijroiya qo‘mitasi a’zoligidan joy oladi. Sport rivoji yo‘lida barchamiz bir oila sifatida ish olib boramiz», – dedi Umid Ahmadjonov.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:53, 11.02.2019. O'qildi: 2626 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
5 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 3
6 Нефтчи Alisher Odilov 3
7 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
8 Нефтчи Zoran Marushich 3
9 Пахтакор Flamarion 3
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик