Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • 3:3
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 81
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 62
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 56
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 48
15 Nottingem Forest 38 46
16 Kristal Pelas 38 45
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 37
19 Vulverhempton 38 22
20 Byornli 38 21

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Umid Ahmadjonov: «Uzbek Tigers» WSBning yangi mavsumida ishtirok etadi»

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular
A A A

Fevral oyiga kelib, o‘tgan yilning xuddi shu vaqtida kuzatilgani kabi, «Uzbek Tigers» jamoasining kelgusidagi taqdiri borasida turli gap-so‘zlar tarqala boshladi. OAVda O‘zbekiston boks federasiyasi jamoani moliyalashtirishni to‘xtatishga qaror qilgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Kun.uz muxbiri ayni masalaga aniqlik kiritish uchun Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovga bir nechta savollar bilan murojaat qildi.

— Oxirgi uch mavsumda Butunjahon boks seriyasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan «Uzbek Tigers» jamoasi o‘tgan haftada tarqatib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu ma’lumot qanchalik to‘g‘ri?

— Avvalo, shuni ta’kidlashni istardimki, Butunjahon boks seriyasi (WSB) musobaqasining o‘zbek boksi taraqqiyotida tutgan o‘rni juda muhimdir. Ma’lumki, ushbu turnir orqali yangi nomlar kashf etiladi, kuchli bokschilar saralanadi. Shuningdek, mazkur musobaqa bokschilarimiz uchun Osiyo va jahon chempionatlari, Olimpiya va Osiyo o‘yinlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish vazifasini bajarishi bilan ham ahamiyatlidir. Chunki turnirda Kuba, Rossiya, Qozog‘iston kabi boks olamidagi yetakchi mamlakatlarning charm qo‘lqop ustalari ham ishtirok etadilar va bokschilarimiz ularga qarshi janglar orqali o‘z mahoratlarini toblab boradilar.

Bevosita savolingizga kelsak, «Uzbek Tigers» musobaqaning yangi mavsumida ham bahslarda qatnashadi. O‘zbek boksi muxlislariga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida yurtimiz mezbonlik qiladigan janglar respublikamizning eng yirik va muhtasham arenalarida tashkil etiladi. Jumladan, kelasi oyda foydalanishga topshiriladigan «Humo» ko‘p tarmoqli arenasi, shuningdek, «Milliy» stadionida ham minglab muxlislar bokschilarimizning mahoratlariga bevosita guvoh bo‘lishlari mumkin.

O‘z navbatida, Milliy olimpiya qo‘mitasi «O‘zbek yo‘lbarslari»ning samarali faoliyat olib borishi uchun mamlakat boks federasiyasiga kerakli yordamni ko‘rsatishga va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Jamoaga barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi.

— WSB`ning yangi mavsumida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda? Turnir fevral oyida start olardi, lekin 9-mavsum haligacha boshlanmagani sabab go‘yo AIBA bu turnirni to‘xtatishi haqida mish-mishlar tarqalmoqda.

— AIBA bu yildan boshlab WSB turniri formatiga o‘zgartirish kiritishni maqsad qilgan. Xabaringiz bor, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida erkaklar o‘rtasidagi bahslarda vazn toifalari soni 10tadan 8taga tushirildi va shuning hisobiga ayollar vazn toifasi 5taga oshirildi. Shundan kelib chiqqan holda Butunjahon boks seriyasida ham vazn toifalari 8taga tushirilib, ikkita ligaga ajratilmoqda. Ya’ni yengil (52, 57, 63, 69 kg) hamda og‘ir (75, 81, 91, 91+ kg) vaznlar. Musobaqada ishtirok etuvchi mamlakat har ikkila ligaga ham o‘z jamoasini qo‘yishi mumkin.

Bu safargi musobaqa Tokio–2020 Olimpiya o‘yinlariga lisenziya berishi bois, AIBA jamoaviy bellashuvlarni 2019 yilning oktyabridan boshlab, 2020 yilning fevraliga qadar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. 2020 yilning 29 may — 6 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan musobaqada esa WSB lisenzion turniri va yakka tartibdagi finallar bo‘lib o‘tishi kerak. Mazkur musobaqa orqali Olimpiadada ishtirok etuvchi so‘nggi 16 yo‘llanma egasi aniqlanadi. Shunday ekan, AIBA bu musobaqani to‘xtatish emas, aksincha uni yanada rivojlantirish choralari haqida o‘ylayapti.

— 2019 yilda o‘zbekistonlik bokschilar oldida turgan eng muhim musobaqalar qaysilar? Yulduzli tarkib a’zolarining aksariyati professional boksga o‘tgani natijalarga qanchalik ta’sir etishi mumkin?

— Joriy yilda bokschilarimiz biryo‘la ikkita yirik va nufuzli musobaqada ishtirok etishadi. Aprel oyida Tailand poytaxti Bangkok shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tsa, Rossiyaning Yekaterinburg shahri sentyabr oyida jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Hozirda terma jamoamiz a’zolari uzluksiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari orqali mazkur muhim musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Yekaterinburgdagi jahon chempionatida Tokio–2020 Olimpiya o‘yinlari uchun dastlabki lisenziyalar o‘ynaladi. AIBA jahon chempionatida lisenziya ola bilmagan davlatlar uchun keyinchalik mintaviy lisenzion turnirlar ham tashkil etishni rejalashtirgan. Osiyo va Okeaniya mintaqasi uchun ana shunday lisenzion turnir esa kelasi yili bahorda bo‘lib o‘tadi.

Shuni alohida ta’kidlashni xohlardimki, O‘zbekiston boks bo‘yicha jahonning eng qudratli derjavalaridan hisoblanadi. Rio-2016 Olimpiadasida o‘zbekistonlik bokschilar umujamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashgani ham fikrimizni isbotlab turibdi. Shunday ekan, Tokio Olimpiadasida ham o‘zbek charm qo‘lqop ustalari eng yuqori o‘rinlar uchun kurash olib borishlariga ishonchim komil.

Savolingizni ikkinchi qismiga kelsak, ba’zi sportchilarimizning professional boksga o‘tib ketgani terma jamoamiz tarkibini kuchsizlantiradi, degan fikrdan yiroqman. Chunki o‘zbek boksida juda kuchli raqobat yuzaga kelgan. Har bir iqtidorli va kuchli bokschiga zaxira variantlari mavjud. Lekin shunga qaramay biz Osiyo chempionatining ba’zi vazn toifalariga prof boksda faoliyat olib borayotgan yurtdoshlarimizni ham jalb qilishimiz mumkin. Masalan -75 kg va +91 kg vazn toifalarida Isroil Madrimov va Bahodir Jalolovlarni Bangkokdagi musobaqada terma jamoamiz tarkibida ko‘rishingiz mumkin.

Bu, birinchidan, terma jamoamiz tarkibida raqobatni yanada kuchaytirsa, ikkinchidan murabbiylar uchun lisenzion musobaqa sanalgan jahon chempionati oldidan professional ringda shug‘ullanayotgan bokschilarimizning jismoniy va funksional holati, ruhiy tayyorgarligini yana bir bor sinovdan o‘tkazib olish imkonini beradi.

Biz Tokio–2020 Olimpiya o‘yinlarida professional boksda faoliyat olib borayotgan hamyurtlarimiz xizmatidan ham foydalana olamiz; albatta, agar ularning tayyorgarligi talabga javob bersa.

Ma’lumot uchun, «Uzbek Tigers» ushbu musobaqada ilk marotaba 2016 yilda (VI mavsum) ishtirok etgan. O‘shanda jamoa guruh bosqichida Puerto-Riko, Ozarbayjon va Qozog‘iston jamoalaridan ustun kelgan. Chorak finalda Rossiya vakillari mag‘lub etilgan. Yarim finalda esa kubalik charm qo‘lqop ustalariga imkoniyat boy berilib, bokschilarimiz 3-o‘rin bilan cheklanishgan.

2017 yilda (VII mavsum) jamoa Xitoy, Qozog‘iston va Rossiya sharafini himoya qiluvchi bokschilarga qarshi bahs o‘tkazib, guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan. Chorak finalda esa yana Kuba bokschilariga mag‘lub bo‘lgan.

2018 yilgi (VIII mavsum) bahslarda esa guruh bosqichini Amerika guruhida boshlagan bokschilarimiz Kuba, Venesuela va Kolumbiya vakillariga qarshi ringga chiqib, ikkinchi o‘rinni egallashgan. Biroq, tashkilotchilar qoidalarga o‘zgartirish kiritib, chorak final bahslarini bekor qilishgan. Shu sababli «Uzbek Tigers» ishtirokini erta yakunlagandi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 21:05, 18.02.2019. O'qildi: 4006 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Челси Joao Pedro 15
5 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
6 Астон Вилла Olli Uotkins 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик