"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola YECHL 1/8 finalining birinchi o‘yinida "Shalke-04" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (3:2) fikrlarini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" darvozasiga har ikki gol penaltidan kiritildi, ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida angliyaliklar himoyachisi Nikolas Otamendi chetlashtirildi.
"Men VAR'ning ashaddiy muxlisiman. U yerda penalti bor edi, ikkinchi vaziyatda ham, ofsaydda ham. Qizil kartochka ham haqli ko‘rsatildi.
Bu yaxshi natija, ammo hali hech narsa hal bo‘lgani yo‘q. Javob uchrashuvida muxlislarimiz bizga yordam beradilar degan umiddaman. O‘zimiz ham yaxshi o‘yin ko‘rsatamiz deb umid qilaman", - deydi Gvardiola.
"Manchester Siti" - "Shalke" o‘rtasida javob o‘yini 12 mart kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadi.