Bugun 13 noyabr, 2025 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 9977 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3096 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yana kubok va chempionlik tortishuvlari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Statistikalar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ortda qolgan dam olish oqshomlarida britaniyaliklar Angliya kubogi ilinjida maydonga tushgan jamoalar bellashuvlarini tomosha qilishdi. Yetakchi beshlikning qolgan vakillari esa o‘z ligalarida navbatdagi tur doirasida kuch sinashishdi.

Angliya. Saviya o‘z so‘zini aytdi

«Ko‘r» qur’aning antiqa tabiatiga ko‘ra shakllangan juftliklar orasida «Chelsi» va «MYU» muxlislari holati havas qiladigan darajada emasdi. Buni tushunish qiyinmas, chunki nufuzli sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lgan grandlar nimchorak finalda orani ochiq qilishga majbur bo‘ldilar. «Stemford Brij»dagi bellashuv teng kurashlar ostida o‘tdi, ayrim jihatlar bo‘yicha maydon egalari, boshqalarida mehmonlar ustunlik qilishdi. Oxir-oqibat, Ander Errera va Pol Pogbaning bosh bilan yo‘llagan ikkita aniq zarbasi «qizil iblislar»ga chorak final yo‘llanmasini taqdim etdi.

Qatorasiga ikkinchi marta chempionlikni ko‘zlayotgan «Manchester Siti» uchun bu bosqich «Shalke»ga qarshi muhim uchrashuv arafasida o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini o‘tadi. Chunki Gvardiola bir qator zaxira o‘yin­chilarini sinovdan o‘tkazib oldi. To‘rtinchi divizion vakili bo‘lmish «Nyuport» o‘z muxlislari guvohligida imkoni boricha nomdor raqibi hujumlariga dosh berdi. Lekin yakunda saviya borasidagi tafovut o‘z so‘zini aytdi - 1:4.

O‘z uyida «Brentford»ni qabul qilgan «Suonsi» ham «Siti» kabi yirik g‘alabani rasmiylashtirdi. Ammo yutuqqa erishish oson bo‘lmadi - birinchi bo‘lim quyi liga vakilining 1:0 hisobidagi ustunligi bilan yakunlangandi. Tanaffusdan keyin muxlislar adolat tantanasiga guvoh bo‘lishdi - mehmonlar darvozasi 4 marta zabt etildi.

Albatta, qolgan uchrashuvlarda elita namoyandalari jiddiy qarshilikka duch keldilar. Masalan, «Uotford» safarda «KPR»dan, «Vulverxempton» «Bristol Siti»dan, «Brayton» esa «Derbi Kaunti»dan kichik farq bilan ustun kelishdi. «Kristal Pelas» «Donkaster» darvozasiga 2ta javobsiz gol urdi.

Ispaniya. Ramosning antirekordi

La Liganing navbatdagi turi ham kutilmagan natijalardan xoli bo‘lmadi. Yaqinda «Vanda Metropolitano»da «Atletiko»dan 2-o‘rin va 3 ochkoni tortib olgan «Real» o‘z mavqeini mustahkamlash o‘rniga autsayderlarga qo‘shni bo‘lgan «Jirona»ga imkoniyatni boy berdi. Vaholanki, uchrashuv «Qirollik klubi»ning faolligi bilan boshlangan va Kazemironing aniq zarbasi evaziga oldinga chiqib olgandi. Boz ustiga, bir kun avval «Rayo Valyekano»ni katta qiyinchilik bilan mahv etgan (1:0) «matraschilar» yana «Real»dan o‘zib ketishgandi. Ammo tanaffusdan keyin mahalliy muxlislar va mutaxassislarning umidlari chippakka chiqdi - Kataloniyaning kamtarin klubi Tibo Kurtuani o‘z darvozasidan ikki marta to‘p olib chiqishga majbur etdi. Mehmonlarning hisobni tenglashtiruvchi golida Serxio Ramos asosiy «qahramon» rolini bajardi, darvozaga yo‘llangan to‘pni sardor qo‘li bilan to‘sib qolgandi. «Jirona» to‘purari Kristian Stuani «nuqta»dan zarba yo‘llashda xatoga yo‘l qo‘ymadi. Shundan keyin tashabbus mehmonlar tomoniga o‘tdi va 10 daqiqadan keyin ular oldinga chiqib oldilar. Bu safar Stuanining adashi - Portuges Kurtuani dog‘da qoldirdi. Maydon egalari esa mag‘lubiyatdan qutulib qolish yo‘lini topa olishmadi. Qo‘shimchasiga, Ramos yana bitta sariq kartochka olib, maydonni tark etdi. Shu tariqa «Qirollik klubi» sardori La Liga doirasidagi 20-qizil kartochkasini rasmiylashtirib, antirekord sohibiga aylandi.

Turnir peshqadami «Kamp-Nou»da «Valyadolid» ustidan kamtarona g‘alaba bilan kifoyalandi. Uch ochko keltirgan yagona golni to‘purarlar yetakchisi Lionel Messi amalga oshirdi. Mehmonlarning uyushqoqlik bilan himoyalanishgani va darvozabon mahorati hisobning yiriklashishiga imkon bermadi. Aslida, Kataloniya grandi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Jordi Matip bir qator «seyv»lardan tashqari, «o‘zga sayyoralik» merganning ikkinchi penaltisini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

«Qora» guruhdan ko‘tarilishga intilayotgan «Vilyarreal» mehmoni bo‘lgan «Sevilya» safardan yirik (0:3) mag‘lubiyat bilan qaytdi. Andalusiya klubining «Lasio»­ga qarshi bahsda (1:0) toliqib qolganligi o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Lekin «Sevilya» kuchli kvartetdagi o‘rnini saqlab qoldi. Boisi, eng yaqin ta’qibchisi - «Xetafe» Eybarda jangovar durangga (2:2) imzo chekkan va qimmatli ikki ochkoni boy bergandi.

Germaniya. «Borussiya»lar «Bavariya»ga birdam!

Ha, futbol olami g‘aroyib, ba’zan mantiqqa zid voqealarga to‘la. Bundesliga peshqadami va 3-pog‘onada borayotgan nomdoshlar bu turdagi natijalari bilan «Bavariya» muxlislarini xursand qilishdi. O‘z navbatida, Bundesliga grandi autsayderlarga qo‘shni bo‘lishdan o‘zga chorasi qolmagan «Augsburg» maydonidan irodali g‘alaba (3:2) bilan qaytdi. Natijada peshqadamga yanada yaqinlashib oldi.

Bundesliganing nomdosh jamoalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, dortmundliklar Nyurnbergda nursiz durangga imzo chekib, ham mahalliy ishqibozlarni, ham myunxenliklarni mamnun etishdi. Menxengladbax jamoasi esa Frankfurtdagi bahsning so‘nggi daqiqalarida mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Lekin «Bavariya» bilan farq 5 ochkoga yetdi. Aks holda, «Ayntraxt» 5-o‘ringa ko‘tarilib olardi.

Darvoqe, aynan shu pog‘onani band etgan «Bayer»ning zafarli seriyasi 5taga yetdi. Safarda «Shtutgart»ni mahv etgan «RB Leypsig» esa yetakchi uchlikka yaqinlashib oldi.

Italiya. 6 daqiqada 3ta gol

«A» seriyaning 24-turini ochib bergan «Yuventus» - «Frozinone» bellashuvi natijasini avvaldan taxmin qilish qiyin emasdi. Kutilganidek, karvonboshi grandlarga xos salobat bilan avval tezkor golni amalga oshirdi, keyin farqni 2taga yetkazdi. Tanaffusdan keyin esa yana bitta gol urib, o‘yinni xotirjamlik bilan tugatdi. To‘purarlar yetakchisi Ronaldu bitta aniq zarbasi bilan gollari sonini 19taga yetkazib oldi.

Lekin «Milan»ning qishki mavsumdagi qimmatbaho xaridi - Kshishtof Pentek ham bo‘sh kelmayapti. Polshalik hujumchi Bergamoda anchayin raqiblarini cho‘chitib qo‘ygan sermahsul «Atalanta» darvozasini ikki bor ishg‘ol etib, «rossoneri»ning muhim g‘alabasiga munosib ulush qo‘shdi. O‘zi esa Krishtiga yaqinlashib oldi.

«Milan»ning yon qo‘shnisi «Inter» o‘z maydonida jiddiy raqib - «Sampdoriya»ni yengdi. Teng kurashlar ostidagi bellashuv qiziqarli va murosasiz tarzda kechib, g‘olib nomi 6 daqiqa ichida urilgan 3ta goldan keyin ma’lum bo‘ldi. Avvaliga mezbonlar 73-daqiqada hisobni ochdilar, 3 daqiqadan so‘ng muvozanat tiklandi, Nainggolanning goli esa 78-daqiqada amalga oshirildi.

«Atalanta»ning mag‘lubiyatidan unumli foydalangan «Roma» «Milan»ga maksimal darajada yaqinlashib oldi. «Bo‘rilar» Rimda «Bolonya»ni kichik ustunlik (2:1) bilan mahv etishdi.

«Napoli» bu turda yana ochko yo‘qotdi - Karlo Anchelotti shogirdlari «Torino» darvozasiga yo‘l topa olmadilar va endi yetakchidan 13 ochkoga ortda borishmoqda. «Inter» bilan o‘rtadagi farq esa 7 ochkoni tashkil etmoqda.

Fransiya. «Monako» «botqoq»dan chiqdi

Manchesterdan ko‘tarinki kayfiyatda qaytgan «PSJ» Sent-Etyendagi bellashuvni tejamkorlik rejimida o‘tkazdi. Maydon egalari grand tomonidan uyushtirilgan hujumlardan ishonchli tarzda himoyalanishdi. Biroq o‘yin nihoyasiga yaqinlashayotgan pallada Kilian Mbappening aniq zarbasi muvozanatni buzdi.

Ikkinchi o‘rinni egallab turgan «Lill» esa o‘z maydonida «Monpelye»ni yenga olmadi - 0:0. Natijada asosiy ta’qibchilari - «Lion» hamda «Marsel»ga yaqinlashib olish imkoniyatini hadya etdi. Raqiblar bu tuhfaning zoye ketishiga yo‘l qo‘yishmadi. «Lion» «Gengam»dan 2:1, «Marsel» esa «Amyen»dan 2:0 hisobida ustun keldi.

Nihoyat, mavsum boshidan beri quyi pog‘onalardan ko‘tarila olmayotgan «Monako» o‘z maydonida «Nant» ustidan orziqib kutilgan g‘alabaga erishib, autsayderlar safini tark etdi. Chunki bu turda «Dijon» safarda «Nim»ga imkoniyatni boy berdi - 0:2. Monegasklarga oltin bahosidagi 3 ochkoni taqdim etgan yagona golni 13-daqiqada Jelson Martinsh amalga oshirdi. Knyazlik klubini oldinda o‘ta jiddiy sinov kutmoqda - 24 fevral oqshomida jamoa o‘z maydonida «Lion»ga qarshi bahsga kirishadi.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 20:17, 21.02.2019. O'qildi: 3614 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.