Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba.

  • «A» Seriya
      • 07.01.2026 00:45
      • Sassuolo
      • 0:3
      • Yuventus
      • 07.01.2026 22:30
      • Bolonya
      • 0:2
      • Atalanta
      • 07.01.2026 22:30
      • Napoli
      • 2:2
      • Verona
      • 08.01.2026 00:45
      • Parma
      • 0:2
      • Inter
      • 08.01.2026 00:45
      • Torino
      • 1:2
      • Udineze
      • 08.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:2
      • Fiorentina
      • 08.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Kalyari
      • 09.01.2026 00:45
      • Milan
      • -:-
      • Jenoa
  • APL
      • 07.01.2026 01:00
      • Vest Xem
      • 1:2
      • Nottingem Forest
      • 08.01.2026 00:30
      • Bornmut
      • 3:2
      • Tottenhem
      • 08.01.2026 00:30
      • Brentford
      • 3:0
      • Sanderlend
      • 08.01.2026 00:30
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Aston Villa
      • 08.01.2026 00:30
      • Everton
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 08.01.2026 00:30
      • Fulhem
      • 2:1
      • Chelsi
      • 08.01.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • 1:1
      • Brayton
      • 08.01.2026 01:15
      • Byornli
      • 2:2
      • Man. Yunayted
      • 08.01.2026 01:15
      • Nyukasl
      • 4:3
      • Lids
      • 09.01.2026 01:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Liverpul
  • AFC U-23
      • 07.01.2026 16:30
      • Yaponiya
      • 5:0
      • Suriya
      • 07.01.2026 16:30
      • Janubiy Koreya
      • 0:0
      • Eron
      • 07.01.2026 19:00
      • O‘zbekiston
      • 3:2
      • Livan
      • 07.01.2026 21:30
      • Qatar
      • 0:2
      • BAA
      • 08.01.2026 16:30
      • Avstraliya
      • 2:1
      • Tailand
      • 08.01.2026 19:00
      • Iroq
      • 0:0
      • Xitoy
      • 09.01.2026 19:00
      • Qirg‘iziston
      • -:-
      • Vyetnam
      • 09.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Saudiya Arabistoni
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 20 48
2 Manchester Siti 21 43
3 Aston Villa 21 43
4 Liverpul 20 34
5 Brentford 21 33
6 Nyukasl 21 32
7 Man. Yunayted 21 32
8 Chelsi 21 31
9 Fulhem 21 31
10 Sanderlend 21 30
11 Brayton 21 29
12 Everton 21 29
13 Kristal Pelas 21 28
14 Tottenhem 21 27
15 Bornmut 21 26
16 Lids 21 22
17 Nottingem Forest 21 21
18 Vest Xem 21 14
19 Byornli 21 13
20 Vulverhempton 21 7

O'tgan o'yinlar.

21-тур Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
21-тур Bornmut 3-2 Tottenhem
21-тур Brentford 3-0 Sanderlend
21-тур Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
21-тур Everton 1-1 Vulverhempton
21-тур Fulhem 2-1 Chelsi
21-тур Manchester Siti 1-1 Brayton
21-тур Byornli 2-2 Man. Yunayted
21-тур Nyukasl 4-3 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

09/01/26 Arsenal - Liverpul

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Umid Ahmadjonov: «Osiyo o‘yinlarini O‘zbekistonda o‘tkazishda Hukumat ko‘magiga muhtojmiz»

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Intervyular
A A A

Kecha, 24 fevral kuni Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti  Shayx Ahmad Al-Fahad As-Saboh boshchiligida delegasiya Toshkentga kelgani haqida xabar bergan edik.

Martabali mehmonlar bilan ikki kun davomida o‘tkazilgan uchrashuvlarda O‘zbekistonning 2030 yilgi Osiyo o‘yinlari mezbonligi uchun imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Mahalliy OAV muxbiri mazkur muzokaralar yakunlari, nufuzli turnir mezbonligining qo‘lga kiritilishi ehtimoli va mavzuga doir boshqa savollar bilan Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovga murojaat qildi.

– Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti Shayx Ahmad Al-Fahad As-Sabohning tashrifi O‘zbekistonning Osiyo o‘yinlari mezbonligi uchun kurashdagi katta qadami bo‘la oldimi? Dastlabki muzokaralar qanday kechdi, kutilgan ishlar bo‘ldimi, bu harakatlarning davomi qanday bo‘ladi?

– Avvalo shuni ta’kidlab o‘tishni hohlardimki, davlat rahbari, muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomalarida O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratgandilar.

Shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini o‘tkaza olishga qodir mamlakat ekanligi ham alohida qayd etib o‘tilgandi.

Keyinchalik Milliy olimpiya qo‘mitasi bu borada amaliy ishlarni boshlab yubordi. Eng avvalo, imkoniyatlarimizni chamalab ko‘rib, Osiyo Olimpiya Kengashiga 2030 yilgi XXI Osiyo o‘yinlari mezbonligiga ariza yo‘lladik. Chunki 2022 yilgi Osiyo o‘yinlari Xitoyning Hanchjou, 2026 yilgi o‘yinlar esa Yaponiyaning Nagoya shaharlarida bo‘lib o‘tishi aniq bo‘lib ulgurgandi. Shu boisdan biz 2030 yilgi musobaqani qabul qilish bo‘yicha Osiyo Olimpiya Kengashiga ariza yo‘lladik.

Bizdan tashqari mazkur musobaqa mezbonligi uchun Hindiston, Qatar va Filippin mamlakatlari kurash olib boradi. Shayx Ahmad Al-Fahad As-Sabohning O‘zbekistonga tashrifi ancha samarali o‘tdi, desak noto‘g‘ri bo‘lmaydi.

Osiyo Olimpiya Kengashi rahbari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida 2030 yilgi Osiyo o‘yinlarini O‘zbekistonning Toshkent hamda Samarqand shaharlarida o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qildik.

Shuningdek, yirik kompleks musobaqa uchun yangi sport inshootlari va Olimpiya shaharchasini qurish, logistika, qulay transport marshruti, yuqori saviyadagi tadbirlarni tashkil qila olish mexanizmi, o‘yinlar translyasiyasi va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekistonga tashrifi davomida shayx As-Sabohga hamrohlik qilgan Xalqaro Kurash Assosiasiyasi prezidenti, OOK Osiyo o‘yinlari departamenti direktori Haydar Farmon bilan uchrashuvda esa milliy sportimiz kurashning kelajagiga oid muhim kelishuvga erishildi.

Xabaringiz bor, 2018 yilgi Osiyo o‘yinlarida ilk marotaba musobaqa dasturidan o‘rin olgan kurash bo‘yicha  7 vazn toifasida (erkaklar 4ta, ayollar 3ta) bellashuvlar o‘tkazilgan.

Musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan 14 sportchidan 12 nafari medallarga sazovor bo‘lgandi. Bugungi uchrashuv yakunlariga ko‘ra, 2022 yilgi Osiyo o‘yinlaridan boshlab kurash bo‘yicha bahslar 15 vazn toifasida (erkaklar 7ta, ayollar 8ta) tashkil etilishiga kelishib olindi.

Shuningdek, erkaklar va ayollar o‘rtasida jamoaviy bellashuvlar ham o‘yinlar dasturidan o‘rin oladi. Shu tariqa, milliy sportimiz nufuzi Osiyo o‘yinlarida yanada ko‘tariladi va kurash bellashuvlarida umumiy hisobda 17 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi. Buni o‘zbek milliy sportining ulkan yutug‘i deb bilaman.

– O‘zbekiston 2030 yilgi turnir mezbonligi uchun da’vogarlik qiladigan bo‘lsa, raqobatchilarni – Qatar, Hindiston va Filippinni qanday omillar evaziga ortda qoldirishi mumkin? As-Sabohning dastlabki taassurotlari va xulosalari qanday bo‘ldi?

– Janob Saboh uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston mazkur o‘yinlarni qabul qilish bo‘yicha yaxshigina ustunliklarga ega ekanligini aytib o‘tdi. Gap shundaki, musobaqa mezbonligiga da’vogarlik qilayotgan to‘rt mamlakat ichida faqatgina O‘zbekistonda Osiyo o‘yinlari o‘tkazilmagan. U kishi suhbatda mazkur jihat musobaqa geografiyasini oshirishga xizmat qilishi va ushbu kurashda O‘zbekistonning imkoniyatlarini yaxshigina oshirishini aytdi.

Shuningdek, As-Saboh O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatda olib borilayotgan islohotlar, sportga qaratilayotgan e’tibor bu borada muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib o‘tdi. Musobaqani qabul qila olsak, bu eng avvalo O‘zbekistonning xalqaro imijini yuksaltiradi.

Bu nafaqat sport rivojiga, balki turizm sohasining taraqqiyotiga ham o‘zining katta hissasini qo‘shadi. Musobaqalar vaqtida O‘zbekistonga 10 mingdan ziyod sportchi va murabbiylar, sayyohlar keladi. Qisqa qilib aytadigan bo‘lsak, bu orqali O‘zbekistonda sayyohlik industriyasi ham yaxshigina rivojlanadi.

– Agar O‘zbekiston ilk bor shunday xalqaro turnir mezbonligi uchun kurashsa, kerakli infratuzilmani, stadionlarni va mehmonxonalarni tayyorlash harakatlarini boshlash kerak bo‘ladi. Bu borada qanday ishlar rejalashtirilmoqda?

– Ayni paytda o‘yinlarni qabul qilish bo‘yicha taqdimot rejasi ishlab chiqilgan. Bunda nafaqat sport inshootlari, balki yirik Olimpiya stadionini ham qurish lozim bo‘ladi. Bundan tashqari, rejaga ko‘ra, O‘zbekistonda zamonaviy chim ustida xokkey arenasi ham qad rostlaydi.

Hukumat tomonidan sportga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Muhtaram yurtboshimiz ham bu borada bizni qo‘llab-quvvatlamoqdalar. Umid qilamanki, bu borada hukumatimiz o‘z yordamini ayamaydi. Chunki bu orqali nafaqat sportimiz, balki qayd etib o‘tganimdek, mamlakatimiz imiji ham yuksaladi.

– Osiyo o‘yinlari uchun ikki shahar – Toshkent va Samarqand nomzodi ko‘rsatilishini nazarda tutgan holda yana qanday ishlar amalga oshirilishi kerak bo‘ladi?

– O‘yinlarni o‘tkazish uchun bejizga Toshkent va Samarqand shaharlari tanlangani yo‘q. Har ikki shaharda ham sayyohlik imkoniyatlari yuqori. Asosiy sport turlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Samarqandda esa asosan suv sporti turlari, eshkak eshish bo‘yicha bellashuvlar tashkil etiladi.

Ko‘hna Samarqand shahrini butun dunyoda bilishadi. Qolaversa, u yerda yetarli darajada sport infratuzilmasi mavjud. Ya’ni Samarqandda eshkak eshish bo‘yicha kanal bor. Biz mazkur kanalni tubdan modernizasiya qilishimiz kerak bo‘ladi va bu borada hukumat ko‘magiga muhtojmiz.

Biz Osiyo o‘yinlari vaqtida bunday inshootdan samarali foydalanamiz. Umuman, hozirga qadar qaysi sport turlari qaysi inshootlarda o‘tkazilishi bo‘yicha reja ishlab chiqib bo‘lingan.

O‘yinlarni o‘tkazish uchun Toshkent va Samarqand shaharlaridan tashqari, Toshkent viloyatidagi bir necha ob’ektlar jalb qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, 2018 yilgi Osiyo o‘yinlari Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tdi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 01:03, 26.02.2019. O'qildi: 3747 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 20
2 Брентфорд Igor Tiago 16
3 Борнмут Antuan Semenyo 10
4 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 9
5 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
6 Ньюкасл Bruno Gimaraes 8
7 Брайтон Denni Uelbek 8
8 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
9 Астон Вилла Olli Uotkins 7
10 Астон Вилла Morgan Rodjers 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.