Yevropa chempionlar ligasining 1/8 final bosqich javob uchrashuvida aqlbovar qilmas fantastika sodir bo‘ldi. Dastlabki o‘yinda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan “Manchester Yunayted” javob bahsining 92-daqiqasida penaltidan gol urib, PSJni Parijga ko‘mib qo‘ydi.
Hakam Damir Skomina 92-daqiqadagi bahsli vaziyatdan keyin VAR yordamiga oshiqdi va sovuqqonlik bilan PSJ darvozasiga penalti belgiladi.
Damir Skomina mezbonlar himoyachi Presnel Kimpembening tirsagi bilan qaytargan to‘pi jarima maydonchasida sodir bo‘lganligin qayd etdi, VAR yordamida o‘yinni 180 gradusga o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan qarorni qabul qildi.
“Qizil iblislar”ning hal qiluvchi goliga Markus Reshford mualliflik qildi. Shu tariqa, “Manchester Yunayted” kuchsiz tarkib bilan Parijda PSJni qon yig‘latib chorak finalga yo‘llanma oldi.
YECHL, 1/8 final. Javob uchrashuvi.
PSJ – “Manchester Yunayted”1:3.
Gollar: Bernat (12) – Lukaku (2, 30), Reshford (90, penalti).
PSJ – Buffon, Kimpembe, Tiago Silva, Markinyos, Dani Alves (Kavani, 90), Di Mariya, Verratti, Kerer (Paredes, 70), Draksler (MenYE, 70), Bernat, Mbappe.
Manchester Yunayted – De Xea, Bayi (Diogu Dalot, 36), Lindelef, Shou, Smolling, Maktomini, Fred, Pereyra (Chong, 80), Yang (Grinvud, 87), Lukaku, Reshford.
Ogohlantirishlar:Di Mariya (34), Paredes (75), Shou (90).