Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Brentford

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yarim final uchun kimda imkoniyat ko‘proq?

Baho:
+1 | -1
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Saralash pley-offlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ajoyib kambeklarga boy bo‘lgan nimchorak final uchrashuvlaridan so‘ng bizni undanda qiziqroq o‘tishi aniq bo‘lgan uchrashuvlar kutib turibdi. Bu klublarning qay biri yarim finalga yo‘l oladi degan savolga javob qidirib ko‘ramiz.

“Ayaks“ 40% : 60% “Yuventus“

“Ayaks“ klubi “Real Mardid“ni qanday mag‘lub etganini hamma ko‘rdi.  O‘rtacha yoshi 21 ni tashkil etuvchi klub chorak finaldagi eng ko‘p pressing qiluvchi jamoa sanaladi. Bu ham “Yuventus“ga anchagina muammolar tug‘dirishi aniq. Shunga qaramasdan, Alegrining ajoyib taktik ekanligini hisobga olsak, u  bu muammoga ham yechim topishining ehtimoli yuqori. Hozirda “Yuve“ bor e’tiborini YECHLga qaratgani hech kimga sir emas. Sababi, klub yevro kubokdagi g‘alabani juda istamoqda. Yangi asrning o‘zida bir necha bor finalgacha yetib kelgan klubga ispanlar  to‘sqinlik qilgan bo‘lsa, asr boshida “Milan“ alamli tarzda kubokdan mahrum qilgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagandir.

Ronalduning harid qilinishi zamirida ham ayna shu istakni amalga oshirish yotganini futbolni yaxshi tushunadigan muxlislar darrov sezishgan bo‘lsa kerak. “Yuventus“ ushbu to‘qnashuvda katta qiyinchilikka uchrashi aniq, ammo katta ehtimol bilan yarim finalga yo‘l oladi. “Ayaks“ futbolchilarining iqtidorlariga gap-so‘z bo‘lishi mumkinmas, ammo doira toraygani sari tajribaliroq jamoalar o‘z so‘zlarini ayta boshlashadi.

“Manchester Siti“ 55% : 45% “Tottenhem“

Bir qarashda “shaharliklar“ fovoritdek ko‘rinishlari mumkin, ammo ichki chempionatda katta bosim ostida qolgan Gvardiola YECHLga bor kuchini tashlay olmaydi. “Liverpul“ning ta’qibi futbolchilarni ruhan va jismonan toliqtirishi aniq. Shayxlarning badavlat klubi ham mavsum oxirlagani sari kadrlar borasida muammolarga uchrashi aniq, birgina Agueroning yo‘qligi jamoaga qanday ta’sir qilishini hammamiz ko‘rdik...

“Tottenhem“ esa chempionlik va kubokdan ayrilib bo‘ldi. Ularda faqat bitagina kuzer karta qoldi, u ham bo‘lsa - YECHL. Pochetino bor kuchi bilan mavsumdagi so‘nggi imkoniyat uchun harakat qilshi aniq. “Shporlar“ o‘yini chiqib qolsa, “Barselona“ni mehmonda ham yenga oladigan qudratga ega. Argentinalik murabbiy bir necha yildan beri APL da bo‘lgani uchun ushbu chempionatdagi har bir klub bilan qanday o‘ynash mumkinligini juda yaxshi biladi. To‘g‘ri, klub anchadan beri APL poygasida kichik byudjet sabab birinchi bo‘la olmayapti, lekin bu ularning kuchsizligini bildirmaydi. Umumiy qilib aytganda, bu juftlikda hech narsa oydin emas va bu juftlik o‘rtasidagi uchrashuvlarda ikki taktik murabbiylarning o‘zaro dueliga ham guvoh bo‘lamiz

“Liverpul“ 75% : 25% “Portu“

Yuqoridagi uchrashuvlarga qaraganda anchagina kichik auditoriyaga mo‘ljallangan uchrashuv qolganlaridan zerikarliroq o‘tadigandek ko‘rinsada, aslida kurashlarga boy bo‘lishi aniq. Portugaliya klubi uyda yaxsh o‘yin ko‘rsatadigan klublar sirasiga kiradi. Shunga qaramay Klopp shogirdlari bu uchrashuvda yaqqol fovorit sanaladi.  “Liverpul“ klubi bu mavsumda YECHL uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi va bu juftliklikda ham katta ehtimol bilan ular yarim finalga yo‘l olsa, ajab emas.

“Barselona“60% : 40%  “Manchester Yunayted“

Hozirda Messisi bor “Barselona“ “qizil iblislar“dan biroz saviyaliroq ko‘rinmoqda. Kataloniyaliklar bu mavsumda himoyada juda ishonchli o‘ynashmoqda va Ispaniya chempionligini deyarli naqd qilib ulgurishdi. Agar, klub yetakchilari o‘yinga qadar jarohatlarsiz yetib kelishsa, “Manchester Yunayted“da keyingi bosqich uchun imkoniyat juda ham kam. “Barselona“ so‘nggi mavsumlarda dunyo miqoyisida o‘z obro‘sini biroz yo‘qotgani hech kimga sir emas. Aynan YECHLdagi g‘alaba klubni yana dunyo reytingida 1-pog‘onaga olib chiqadi. Bu esa o‘z navbatida klub biznesi va imidjining ko‘tarilishini ta’minlaydi.

“Manchester Yunayted“ esa Parijda raqib xatolaridan unumli foydalandi va minimal imkoniyatdan maksimum foyda chiqara oldi. Sulsher shogirdlari “Barselona“ga qarshi bor imkoniyatlarini ishga solishadi va raqib xatosini kutishadi. To‘g‘ri, Sulsher kelgach, jamoa anchagina ijobiy tomonga siljidi, biroq hali “Barsa“ darajasiga chiqa olganicha yo‘q. Shunga qaramasdan bu juftlikda inglizlarda ham imkoniyat yo‘q emas. G‘oliblik uchun bexato o‘ynash va raqib xatosidan maksimum foyda chiqarish talab etiladi.

Bu hech qanday bashorat, yoki oldindan taxmin qilish  emas. Shunchaki, klublarning hozirgi imkoniyatlaridan kelib chiqib yozilgan kichik maqola. Bu juftliklar to‘qnashuviga qadar kichkinagina detallar ham vaziyatni batamom o‘zgartirirb yuborishi hech gap emas. Shunday ekan, uchrashuvlarni sabrsizlik bilan kutib qolamiz!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:45, 21.03.2019. O'qildi: 17844 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик