Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 13.01.2026 00:45
      • Yuventus
      • 5:0
      • Cremonese
      • 14.01.2026 22:30
      • Napoli
      • -:-
      • Parma
      • 15.01.2026 00:45
      • Inter
      • -:-
      • Lechche
      • 15.01.2026 22:30
      • Verona
      • -:-
      • Bolonya
  • La-liga
      • 13.01.2026 01:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Selta
  • AFC U-23
      • 13.01.2026 16:30
      • O‘zbekiston
      • 2:0
      • Janubiy Koreya
      • 13.01.2026 16:30
      • Eron
      • 0:1
      • Livan
      • 13.01.2026 21:30
      • Yaponiya
      • 2:0
      • Qatar
      • 13.01.2026 21:30
      • BAA
      • 1:1
      • Suriya
      • 14.01.2026 16:30
      • Iroq
      • -:-
      • Avstraliya
      • 14.01.2026 16:30
      • Tailand
      • -:-
      • Xitoy
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Vyetnam 3 9
2 Iordaniya 3 6
3 Saudiya Arabistoni 3 3
4 Qirg‘iziston 3 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Yaponiya 3 9
2 BAA 3 4
3 Suriya 3 4
4 Qatar 3 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 O‘zbekiston 3 7
2 Janubiy Koreya 3 4
3 Livan 3 3
4 Eron 3 2

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Xitoy 2 4
2 Avstraliya 2 3
3 Iroq 2 2
4 Tailand 2 1

O'tgan o'yinlar.

3-тур Saudiya Arabistoni 0-1 Vyetnam
3-тур Iordaniya 1-0 Qirg‘iziston
3-тур O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
3-тур Eron 0-1 Livan
3-тур Yaponiya 2-0 Qatar
3-тур BAA 1-1 Suriya

Navbatdagi o'yinlar.

14/01/26 Iroq - Avstraliya
14/01/26 Tailand - Xitoy

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Markus Rashford: «Ikki oy avval «MYU»ga ko‘pchilik ishonmayotgandi»

Baho:
+1 | -
YEVROPA
Rukn: Intervyular
A A A

U 21 yoshida «MYU»ning asosiy tarkib futbolchisiga aylandi, Angliya termasi a’zosi sifatida Garet Sautgeyt e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Bu forvard haqida Ole-Gunnar Sulsher ham faqat iliq fikrlar bildiradi. Angliya futbolining bugungi kundagi eng iqtidorli yosh hujumchilaridan biri Markus Rashford sobiq futbolchi Jermeyn Jenasga intervyu berib, qiziqarli savollarga atroflicha javob qaytardi.

- Sulsher haqida gaplashish niyatim bor edi. Tabiiyki, u bosh murabbiylikka tayinlanganidan so‘ng ko‘pchilikka manzur bo‘lgan natijalarga erishdi. Shaxsan o‘zingiz «MYU»ning o‘tmishdagi yorqin hujumchisi, bugungi kunda sizga ustozlik qilayotgan shaxs haqida nima deya olasiz?

- O‘ylashimcha, uning kelishi ichki muhitni tubdan o‘zgartirdi. Hattoki, ro‘yxatga olish bo‘limidagi qiz - Ketda ham o‘zgarishlar sezildi. Sulsherning hozirgi paytda qaytishi ajoyib bo‘ldi. O‘yinimiz yaxshilandi, bundan ham yuqoriroq saviyada o‘ynay olishimizga ishonaman. Ayni payt barcha futbolchilar buni juda yaxshi tushunib turishibdi. Ole klubdagi qisqa murabbiylik faoliyatida ko‘p ish qilishga ulgurdi. Hamon Chempionlar Ligasida qatnashyapmiz, vaholanki, ikki oy avval bunday bo‘lishiga hech kim ishonmagandi. Shunday ekan, muvaffaqiyatni davom ettirib, yanada yuksakroq natijalar qayd etish asnosida kelgusi mavsumga o‘zgacha kayfiyatda kirib borish niyatimiz bor.

- Muntazam ravishda omma e’tiborida bo‘lib turganingizni sezasizmi? Ba’zi paytlarda o‘ng va chap qanotda to‘p surdingiz, shunday paytlarda gol urolmaganingizda odamlar hali yosh ekanligingizni unutib, tanqid qilishdi. Joriy mavsumda esa gollaringiz ham ko‘payib qoldi. Bunday xursandmisiz?

- Albatta, quvonarli hol. Avvallari, taxminan 16-17 yoshimda gollarning bu qadar yoqimli bo‘lishini tushunmaganman. Qanotlarda, hujumchi ortida o‘ynaganimda, muayyan vazifalarga tayanish kuzatilmaydi. Asosiy jamoa safiga qo‘shilishdan avval hammasini hisob-kitob qilganman. So‘nggi ikki yilda o‘z ustimda ishlarkanman, butun diqqat-e’tiborim har qanday holatda ham jamoamga foyda keltirishga qaratilgandi. Umuman olganda, qanotlarda o‘ynaganda biroz qiynalaman. Hozir ham, o‘yinga kirishishdan oldin eng muhimi jamoa manfaati ekanini tushunib turaman. Bugungi «MYU»ning o‘yini hujumkorlik va uyushtirilayotgan hujumlardan imkon qadar ko‘proq naf chiqarishga asoslangan.

- Angliya Premyer-ligasi haqidagi maqsadlar haqida gapirarkansiz, chempionatda siz havas qiladigan hujumchilar bormi?

- Menimcha, eng serqirra markaziy hujumchi - bu Serxio Aguero. Dam olish kunlari ham har qanday raqib darvozasini uch-to‘rt marta ishg‘ol qilishi mumkin. Bu forvardlar uchun juda muhim jihat. O‘yiningiz unchalik yaxshi chiqmasligi mumkin, ammo gollar uraverasiz. Bu ko‘nikmalar mahsulidir. Shuningdek, Garri Keyn haqida ham iliq fikrlar bildiraman. Uning xatti-harakatlari, to‘g‘ri joy tanlashi aqlli futbolchi ekanidan dalolat. Qolaversa, Pyer-Emerik Obameyangning o‘yini ham yoqadi.

- «MYU» to‘g‘risida nima deysiz? Bolaligingizdan shu klubni qo‘llab-quvvatlagansiz, uning tarkibida to‘p surgansiz, hozir ham o‘ynayapsiz. Avvallari kimlarni o‘zingiz uchun qahramon deb bilgansiz?

- Rayan Giggz, Nikki Batt, Pol Skoulz, Gari Nevill - ular «MYU»ga befarq bo‘lmagan har kimning e’tirofiga sabab bo‘lishgan. «Yunayted» akademiyasidagi har bir futbolchi ulardan ibrat olishga intiladi. Mening paytimda esa Ueyn Runi, Krishtianu Ronaldu, Ruud van Nistelroy singarilar ajoyib o‘yinlari bilan ko‘ngillardan joy olishgan.

- Sizdagi eng yaxshi jihatlardan biri - og‘ir-bosiqligingiz. O‘z ishingizni bajarasiz, nimalarga qodirligingizni faqat yashil maydonda isbotlashga urinasiz. Ijtimoiy tarmoqlarga unchalik qiziqmaysiz. Umuman, qandaydir xobbilaringiz bormi?

- Imkon qadar haqiqatgo‘y bo‘lishga intilaman, chunki ayni payt ro‘y berayotgan ko‘plab voqealar futbolga taalluqli bo‘lmasada, o‘yinimizga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Shulardan uzoqroq yurishga harakat qilaman. Ijtimoiy tarmoqlardan xoli bo‘lganingizda ko‘proq vaqtingizni oilangiz, do‘stlaringiz davrasida o‘tkazish imkoni tug‘iladi. Hordiq chiqarasiz, butun dunyo bo‘ylab sayohat uyushtirasiz. To‘g‘ri, ijtimoiy tarmoqlarni yomon ko‘raman deyolmayman, ammo buning kim uchundir asosiy yo‘nalish sifatida tanlanishini ma’qullamayman. Ko‘pchilik internetdagi sahifalardan qandaydir manfaat borligi uchun foydalanishadi. Buning ham o‘ziga yarasha ustunliklari bor, ayniqsa, yosh avlod vakillari uchun. Qandaydir ijobiy ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar orqali tarqatish imkoni bor ekan, nega endi undan foydalanmaslik kerak?

 

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 10:02, 27.03.2019. O'qildi: 5503 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Ливан Leonardo Shahin 4
2 Иордания Ali Azayzeh 3
3 Япония Ryunosike Sato 3
4 БАА Ali al-Memariy 2
5 Япония Ozeki 2
6 Саудия Арабистони Rakan al-G‘amdiy 2
7 Вьетнам Nguyen Din Bak 2
8 Ўзбекистон Sardorbek Bahromov 1
9 Ўзбекистон Ravshan Xayrullayev 1
10 Ўзбекистон Amirbek Saidov 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.