Bugun 18 aprel, 2026 yil, shanba.

  • Superliga
      • 17.04.2026 18:00
      • Lokomotiv
      • 0:2
      • Navbahor
      • 17.04.2026 19:00
      • OKMK
      • 3:2
      • Buxoro
      • 17.04.2026 20:15
      • Surxon
      • 0:1
      • Qizilqum
      • 18.04.2026 18:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Nasaf
      • 18.04.2026 19:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Xorazm
      • 18.04.2026 20:15
      • Paxtakor
      • -:-
      • Dinamo
      • 19.04.2026 16:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 19.04.2026 18:15
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Andijon
  • «A» Seriya
      • 17.04.2026 21:30
      • Sassuolo
      • -:-
      • Komo
      • 17.04.2026 23:45
      • Inter
      • -:-
      • Kalyari
      • 18.04.2026 18:00
      • Udineze
      • -:-
      • Parma
      • 18.04.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Lasio
      • 18.04.2026 23:45
      • Roma
      • -:-
      • Atalanta
      • 19.04.2026 15:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Torino
      • 19.04.2026 18:00
      • Verona
      • -:-
      • Milan
      • 19.04.2026 21:00
      • Piza
      • -:-
      • Jenoa
      • 19.04.2026 23:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Bolonya
  • APL
      • 18.04.2026 16:30
      • Brentford
      • -:-
      • Fulhem
      • 18.04.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 18.04.2026 19:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Bornmut
      • 18.04.2026 21:30
      • Tottenhem
      • -:-
      • Brayton
      • 19.04.2026 00:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 19.04.2026 18:00
      • Everton
      • -:-
      • Liverpul
      • 19.04.2026 18:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Sanderlend
      • 19.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Byornli
      • 19.04.2026 20:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Navbahor 8 18
2 Paxtakor 7 18
3 Neftchi 7 18
4 Buxoro 8 14
5 Bunyodkor 7 13
6 Nasaf 7 12
7 OKMK 8 11
8 Lokomotiv 8 11
9 Xorazm 7 9
10 Qizilqum 8 9
11 Surxon 8 8
12 Qo‘qon-1912 7 7
13 Dinamo 7 7
14 Andijon 7 6
15 So‘g‘diyona 7 5
16 Mash’al 7 0

O'tgan o'yinlar.

8-тур Lokomotiv 0-2 Navbahor
8-тур OKMK 3-2 Buxoro
8-тур Surxon 0-1 Qizilqum

Navbatdagi o'yinlar.

18/04/26 Neftchi - Nasaf
18/04/26 Mash’al - Xorazm
18/04/26 Paxtakor - Dinamo
19/04/26 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04/26 Qo‘qon-1912 - Andijon

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Fozil Musayev: «Izlanishdan to‘xtamasam, terma jamoaga qaytaman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

Ektor Kuper Xitoydagi China Cup turniri arafasida yakuniy tarkibni e’lon qilganida, birinchi navbatda, legionerlarga e’tibor qaratdim: tajribali mutaxassis bu yig‘inga xorijda to‘p surayotgan besh nafar futbolchini taklif qildi. Ayni vaqtda yigirmadan ortiq vakillarimiz chet elda to‘p surayotganini inobatga olsak, bu juda kam. Tabiiyki, ushbu mavzu yuzasidan matbuot anjumanida ham savol berildi. Lekin Kuper nima qilayotganini juda yaxshi biladi, shogirdlarining holatidan aynan u xabardor... Bu safar terma jamoa tarkibiga kiritilmaganlar orasida ayni payt Yaponiyada faoliyat yuritayotgan Fozil Musayev ham bor. Yaqinda mahoratli yarim himoyachi bilan suhbat uyushtirib, o‘zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.

- Ayni damda ahvolingiz qanday?

- Juda yaxshi, Xudoga shukur. Qiyin kunlar ortda qoldi, deb o‘ylayman. Jarohatdan butkul forig‘ bo‘lishga intilyapman, murabbiyimiz ham ayrim o‘yinlarda o‘zimni ko‘rsatishimga imkoniyat bermoqda. Bundan xursandman.

- Endi yetishib chiqayotgan yosh futbolchilarga bu borada qanday maslahat berasiz?

- Jarohat muayyan bir yosh toifasidagi futbolchida kuzatiladi, deb bo‘lmaydi. U kutilmaganda kimnidir murakkab ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Bu borada oldindan nimadir deyish mushkul.

- Terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper sizni galdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga chaqirmadi. Bundan ranjimadingizmi?

- Yo‘q, aslo xafa emasman. Murabbiy shuni xohladi, uning har qanday qarorini hurmat qilish kerak. Balki buning o‘ziga yarasha sabablari bordir, ehtimol, mening o‘rnimda boshqa biror futbolchini sinab ko‘rgisi kelgandir. O‘z ustimizda ko‘proq ishlab, mashg‘ulotlarda astoydil harakat qilsak, keyingi o‘rtoqlik uchrashuvlariga jalb qilishi shubhasiz. Mening vazifam - o‘z jamoamda yaxshi o‘ynab, o‘zimni ko‘rsatish. Qolaversa, murabbiy aytganidek, terma eshiklari hamma uchun ochiq. Izlanishda davom etsam, albatta, milliy jamoaga qaytaman.

- Sharqiy Osiyo terma jamoalarining Osiyo kubogida ko‘ngildagidek ishtirok etolmagani avlodlar almashinuvi bilan bog‘liqmi?

- Shunday desa ham bo‘ladi. Avlodlar almashinuvi birdaniga amalga oshadigan jarayon emas, buning uchun ma’lum vaqtga ehtiyoj tug‘iladi. Agar yoshlar orasidan iqtidorli futbolchilar chiqib, o‘zlarini ko‘rsatishsa, albatta, terma jamoa murabbiyi ularga e’tibor qaratadi.

- «Jubilo Ivata»ga tezda moslashdingiz, jamoada o‘z o‘rningizga egasiz. Bunga qanday erishdingiz?

- Barchasini ichki muhit bilan bog‘lagan bo‘lardim. Yaponiya klubiga ilk kelgan kunimdanoq menga juda iliq munosabatda bo‘lishdi, begona joyda ekanligimni bildirishmadi. Jamoadoshlarim bari ahil, bir oiladekmiz. Bu yerda hamma narsa meni qoniqtiradi.

- 2011 yil faoliyatingizdagi eng esda qolarli yil bo‘lgani tabiiy.

- Albatta, o‘sha mavsum men uchun ham, butun Qashqadaryo ahli va O‘zbekiston uchun unutilmas onlarni taqdim etgan. «Nasaf» safida OFK kubogini boshimiz uzra baland ko‘targanmiz. O‘sha damlardagi hissiyotlarni so‘z bilan ifodalab berolmayman, buni faqat o‘sha jarayonda qatnashgan odamgina tushunadi.

- Olimpiyachilarimiz poytaxtimizda o‘tgan saralash bahslarida muvaffaqiyatli qatnashib, Tailandda o‘tadigan Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Siz ham o‘z vaqtida bu jamoada o‘ynagansiz. O‘sha BAAga qarshi kechgan hal qiluvchi o‘yinda hammasi bir bo‘lim ichida o‘zgarib ketgandi. Vaholanki, jamoamiz Olimpiada yo‘llanmasini deyarli qo‘lga kiritib ulgurgandi...

- Albatta, London Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun kechgan oxirgi o‘yin men va jamoadoshlarim uchun juda alamli va esda qolarli tarzda o‘tgan, desam yanglishmayman. Tayyorgarlik yaxshi bo‘lgandi, ruhan va jismonan tetik edik. Og‘ir o‘yin bo‘lishini barchamiz his qilib turardik. Qandaydir soniyalar barchasini o‘zgartirib yuborgan. 2:0 hisobida oldinda borayotgandik, g‘alabaga ishonch bor edi. Biroq o‘sha kuni raqibni yengib, yirik musobaqaga yo‘l olish nasib qilmagan ekan.

- Angliya klublaridan farqli ravishda, Germaniya jamoalarining xalqaro maydonda ishlari yurishmayapti. Buning sababi nimada?

- Ochig‘i, bilmadim. Deylik, «Bavariya» ichki chempionatda ancha holatini o‘nglab oldi. Ammo YECHL nimchorak finalidayoq «Liverpul»dek kuchli klubga duch keldi. Mersisaydliklar ayni payt ajoyib sport formasida, ularni to‘xtatish qiyin bo‘lyapti. Umuman, myunxenliklar Angliya klublarining tajovuzkor o‘yiniga dosh bera olishmadi.

- Mazmunli suhbat uchun tashakkur. Keyingi faoliyatingizda omad va zafarlar Sizga hamroh bo‘lishini tilab qolamiz!

- Rahmat. Men ham o‘z o‘yinlarim bilan o‘zbekistonlik ishqibozlarni quvontirishga astoydil harakat qilaman.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 07:31, 02.04.2019. O'qildi: 2329 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
5 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 3
6 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 3
7 Нефтчи Alisher Odilov 3
8 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
9 Нефтчи Zoran Marushich 3
10 Бухоро Sherzod Esanov 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик