Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba.

  • Superliga
      • 15.08.2025 19:00
      • Paxtakor
      • 2:0
      • So‘g‘diyona
      • 16.08.2025 18:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Neftchi
      • 16.08.2025 19:00
      • Dinamo
      • -:-
      • OKMK
      • 16.08.2025 20:15
      • Nasaf
      • -:-
      • Sho‘rtan
      • 17.08.2025 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Surxon
      • 17.08.2025 19:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Andijon
      • 17.08.2025 20:15
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Buxoro
  • La-liga
      • 15.08.2025 22:00
      • Jirona
      • 1:3
      • Rayo Valyekano
      • 16.08.2025 00:30
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 16.08.2025 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Barselona
      • 17.08.2025 00:30
      • Alaves
      • -:-
      • Levante
      • 17.08.2025 00:30
      • Valensiya
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 17.08.2025 20:00
      • Selta
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.08.2025 22:30
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Sevilya
  • APL
      • 16.08.2025 00:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Bornmut
      • 16.08.2025 16:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Nyukasl
      • 16.08.2025 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Fulhem
      • 16.08.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Vest Xem
      • 16.08.2025 19:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Byornli
      • 16.08.2025 21:30
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 17.08.2025 18:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.08.2025 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Brentford
      • 17.08.2025 20:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 18 37
2 Neftchi 18 36
3 OKMK 18 34
4 Dinamo 18 34
5 Paxtakor 19 33
6 Navbahor 18 31
7 Bunyodkor 18 31
8 Surxon 18 23
9 Qizilqum 18 22
10 Andijon 18 21
11 So‘g‘diyona 19 20
12 Xorazm 18 19
13 Qo‘qon-1912 18 15
14 Mash’al 18 15
15 Buxoro 18 14
16 Sho‘rtan 18 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Paxtakor 2-0 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

16/08/25 Navbahor - Neftchi

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1345 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 536 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 16.08.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сеара".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Сантос".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Фатих Карагюмрюк".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Коринтианс".
      14:05 Новости футбола.
      14:10 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Коджаэлиспор".
      16:10 Новости футбола.
      16:15 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Фатих Карагюмрюк".
      18:15 Новости футбола.
      18:20 Чемпионат Бразилии. "Форталеза" - "Ботафого".
      20:20 Новости футбола.
      20:25 Д/ф "Марадона. Лучший в истории".
      21:20 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Фатих Карагюмрюк".
      23:25 LIVE Чемпионат Турции. "Гёзтепе" - "Фенербахче". Прямая трансляция.
      01:30 Новости футбола.
      01:35 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Фатих Карагюмрюк".
      03:35 Новости футбола.
      03:40 Д/ф "Манчестер Юнайтед". Вперёд к славе".
      04:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Баия". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 16.08.2025

      05:15 Борьба. Международный турнир в Венгрии.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве.
      09:40 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Команды. Техническая программа. Финал.
      11:25 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Дуэты. Произвольная программа.
      13:15 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 11 в Лондоне, Великобритания.
      15:20 LIVE Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1. Прямая трансляция.
      16:15 "Культовые".
      16:40 "Формула-1. Гаснут огни".
      17:05 "Страна спортивная".
      17:20 LIVE Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 3 на автодроме "Moscow Raceway". Прямая трансляция.
      23:50 "Тайны звёзд спорта".
      00:20 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Дуэты. Произвольная программа.
      02:05 "Культовые".
      02:35 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      03:15 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Смешанные дуэты. Техническая программа. Финал.
      04:55 "Что за спорт?". "Экстрим".
  • MATCH-TV
    • Sana: 16.08.2025

      05:00 Д/ф "Пеле. Король футбола".
      06:00 Новости.
      06:05 Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины.
      08:00 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Этап 5 на автодроме "Красное кольцо".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 М/с "Чемпионы".
      11:25 "Формула-1. Гаснут огни".
      11:55 LIVE Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Прямая трансляция.
      14:25 LIVE Футбол. Лига Пари. "Уфа" - "Родина" (Москва). Прямая трансляция.
      16:30 Футбол. Fonbet Кубок России. Обзор.
      17:35 Новости.
      17:40 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:30 LIVE Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. 5-й тур. "Спартак" (Москва) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      21:30 После футбола с Георгием Черданцевым.
      22:25 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Мальорка" - "Барселона". Прямая трансляция.
      00:25 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Валенсия" - "Реал Сосьедад". Прямая трансляция.
      02:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      04:00 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 16.08.2025

      05:15 Велоспорт. Тур Дании. Этап 4.
      06:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/2 финала.
      08:00 Велоспорт. Тур Чехии. Этап 2.
      09:00 Велоспорт. Тур Дании. Этап 4.
      10:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/2 финала.
      11:30 Велоспорт. Тур Чехии. Этап 2.
      12:15 Велоспорт. Тур Дании. Этап 4.
      13:00 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 4 в Лондоне, Великобритания. Обзор.
      14:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/2 финала.
      15:00 LIVE Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал. Прямая трансляция.
      18:00 Мотоспорт. FIM EWC. Этап 3. "8 часов Судзуки" в Японии. Лучшие моменты.
      20:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      21:30 LIVE Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал. Прямая трансляция.
      00:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 8. Sierre Zinal Trail в Вале, Швейцария. Обзор.
      01:00 Велоспорт. Тур Дании. Этап 5.
      02:00 Велоспорт. Тур Чехии. Этап 3.
      03:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      04:30 Велоспорт. Тур Дании. Этап 5.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Baxtiyor Tolipov: «Hech kimning haqqi «Qo‘qon-1912»da qolib ketmagan»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Qo‘qon-1912» vakillari barcha o‘tkazadigan tadbirlarga taklif etib kelishadi. Bu safar 2-tur uchrashuvlari boshlanishi arafasida yangi o‘yinchilarni tanishtirish marosimiga tashrif buyurdik.

Qo‘qondagi “Markaziy” stadionda marosim chiroyli o‘tdi. Ayniqsa, mahalliy ishqibozlar jiddiy tayyorgarlik ko‘rishgan ekan. Bitta sektorni to‘ldirib o‘tirishib, bayroq hilpiratishlari o‘ziga xos tarzda chiqdi. Yakuniy qismda klub mutasaddilari va ishqibozlar o‘rtasida savol-javob o‘tkazildi. Yangi mavsumda klub oldida turgan vazifa, amalga oshirilayotgan ishlar haqida bilish uchun klub prezidenti Baxtiyor akaga murojaat qildik.

– «Qo‘qon-1912» klubining boshqalar andoza olishga arziydigan ishlarini gazetamiz orqali keng targ‘ib qilib kelamiz. Ammo, o‘tgan yili biroz sustlashgandek tasavvur uyg‘otdinglar. Yangi g‘oyalar haqida deyarli eshitmay qo‘ydik. Futboldan ko‘ngil sovugani yo‘qmi?

– Bunday bo‘lishi mumkin emas. Avvalo gazetanglar haqida ayrim kuzatuvlarimni bildirib o‘tmoqchi edim. Darhaqiqat, ancha yillardan buyon iliq munosabat o‘rnatganligimizni e’tirof etishi mumkin. Barcha tadbirlarga taklif qilib turamiz. Ko‘proq tahliliy maqolalarga e’tibor qaratishinglar tarafdorimiz. Bizga nisbatan tanqidiy munosabatlar bildirilganda ham o‘rinli bo‘lsa, to‘g‘ri qabul qilamiz va holatni o‘nglash uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz. Gazeta o‘quvchilari soni yanada ortib borishiga tilakdoshman. Darhaqiqat siz bilan suhbat qilganimizda asosan amalga oshirgan ishlarimiz haqida gapirib o‘taman. Birgalikda yo‘lga qo‘yilayotgan yangiliklar bilan tanishtirardim. O‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlash borasida mamlakatimizdagi yagona klub sifatida tilga olinardik. Endilikda bundaylar soni ortib borayotganligi quvonarli holdir. Farqli tomoni, xususiy klub degani bilan ortlarida baquvvat mulkdorlar turganligini e’tirof etish darkor. Biz hamon o‘zimizning ichki imkoniyatlarga tayanib kelmoqdamiz. Ishlab chiqarish korxonalari, avtovokzal, istirohat bog‘idagi olib kelib o‘rnatilgan attraksionlar. Shulardan tushgan daromadlarni klub ehtiyoji uchun sarflamoqdamiz. Birgina korxonada 250 ga yaqin ishchi o‘rin yaratilgan. Poyabzal ishlab chiqarib, asosan Rossiyaga eksport qilinmoqda. Yonida mix, simto‘rlar ishlab chiqarish korxonasi faoliyat yuritmoqda. Toshkentlik sarmoyadorlarni jalb qilish hisobiga erishdik. Yanvar oyidan boshlab dastlabki mahsulotlarni yetishtirmoqdamiz. Bularning barisi klub qoshida amalga oshirilayotganligi quvonarli holdir. O‘tgan yili Gollandiyaga safar uyushtirib, «Ayaks» akademiyasining faoliyati bilan yaqindan tanishib qaytgandim. Kelganimdan so‘ng butun o‘y-xayollarim mustahkam poydevor haqida bo‘lib qoldi. Bu borada o‘zimizda ham jiddiy ishlarni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Qolaversa, PFLning talablariga monand ravishda faoliyat yuritishimiz kerak bo‘ladi. Umuman, O‘FA, PFL tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar barchaga birdek ma’qul tushaverayotgan bo‘lmasligi mumkin. Ikkinchi tomondan, shu bahona klublardagi faoliyatlarni takomillashtirib, tartibga solinmoqda. O‘tgan yili qo‘yilayotgan talab bo‘yicha biz ham  dastlab ikkilangandik. Mablag‘imiz yetmaydi degan bahona bilan stadion tribunalarini oqlab, o‘rindiqlarni bo‘yab qo‘yish bilan cheklanishimiz mumkin edi. O‘zimiz uchun foydali ekanligini o‘yladik. Bankdan kredit olib, katta hajmdagi ta’mirlash ishlarini amalga oshirdik. Yil davomida kreditni ham to‘lashga ulgurib, qarzlardan batamom qutildik. Mana endi stadionimiz ham chiroyli holatga kelganligidan quvonib yuribmiz. Endilikda maydon chimini batamom yangilashimiz kerakligini tushundik. Mazkur masalani ijobiy hal etish maqsadida xorijning turli firmalari bilan aloqaga chiqdik. Narxi va sifati qoniqtirishi mumkin bo‘lganlari bilan muzokaraga kirishdik. Mana 10 kun bo‘ldi, chimlarni olib kelib, yotqizib chiqdik.

 

– Keltirilgan chimlar qaysi firmaga qarashli?

– «Nasaf» maydonini qilgan Igor ismli yigitning xizmatlariga tayanib kelyapmiz. Koreys millatiga mansub insonlar Toshkent viloyatida maxsus chimlarni ekishib, iqlimimizga mos tushish-tushmasligi borasida tajriba o‘tkazishibdi. To‘g‘ri kelganligini ta’kidlashdi. Urug‘ni AQSHdan olib kelindi. Sug‘orish tizimi avtomatlashtirilgan holda amalga oshirildi. Mutaxassislar holatni to‘liq nazorat qilishib, yana ikki oydan so‘ng bemalol maydonimizdan foydalanishimiz mumkinligini DSC_8333 kopiyaaytishdi. May oyi oxiri yoki iyundan bemalol uy uchrashuvlarini “Markaziy” stadionimizda o‘tkazaveramiz. Mana shu ishlarning amalga oshib qolganligi ham klubning foydasiga xizmat qiladi. Shuningdek, navbatdagi rasmiy bellashuvlar boshlangunga qadar talabda qo‘yilgan navbatdagi ishni amalga oshirmoqchimiz. Stadion yoritqichlari 1200 lyuksga teng edi. Endi shuni 1500 ga chiqarishimiz kerak. O‘rinbosarlarni tayyorlash borasida yuqorida to‘xtalganimdek bir qator rejalar tuzib qo‘yganmiz, g‘oyalar ustida ishlayapmiz. Gollandiyada to‘rt kun mobaynida seminarda ishtirok etdim va bizga asqotishi mumkin bo‘lgan jihatlarni qog‘ozga tushirib qo‘yganman. Ko‘zlagan maqsadimizga erishsak, Qo‘qon xalqi uchun o‘ziga xos esdalik bo‘lishi turgan gap. Kelasi yili ishga tushishi ko‘zda tutilmoqda. Xuddi «Nasaf», «Bunyodkor» akademiyalari bilan bir qatorda turadigan darajaga chiqishimiz darkor. Eng asosiysi, murabbiy va futbolchilarning maosh, mukofot pullari vaqtida to‘lab kelinmoqda. Qo‘qon viloyat markazi emas. Yirik korxonalar hududimizda faoliyat ko‘rsatmaydi. Shunday bo‘lsa-da, superliga talablariga mos tuvshish uchun barcha harakatlarni amalga oshirib kelmoqdamiz.

– Klub misqollab pul topayotganligi rost. Superligada eng kam yillik byudjetga ega bo‘la turib, barchasiga ulguryapsizlar, imkon topyapsizlar. Pulni tejab, o‘rnida sarflasa, imkonni qilsa bo‘lar ekan-da! Qo‘yilayotgan talablar ham o‘rnida bajarilmoqda. Omilkorlikda ish ko‘rilsa, barchasiga erishish mumkinligini amalda isbotlab qo‘ymoqdasizlar.

– Shunday. Bir qator superliga klublarining smetalari bilan tanishib chiqish jarayonida, iqtisodiy imkoniyatlari bizda bo‘lganida, bemalol chempionlik uchun kurasha olgan bo‘lardik, deya o‘ylanib qolaman. Hatto Osiyo chempionlar ligasida muvaffaqiyatli to‘p surishni ta’minlash mumkin bo‘ladi. Mana beshinchi mavsumdirki, yuqori divizionda to‘p surib kelmoqdamiz. Shu kungacha birorta murabbiy yoki futbolchining haqqi qolib ketgani yo‘q. Ustimizdan shikoyat qilib, boshqa tashkilotlarga borishlari uchun asos qoldirmaymiz. Hammasini imkoniyatimiz darajasida amalga oshirib kelamiz. Yo‘q joydan katta va’dalarni berib yubormaymiz. Bu yil bizga yordam berishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilarning birortasi ketmoqchi ekanligini izhor etishmadi. Demak, to‘g‘ri yo‘ldan borayotganligimizning isbotidir.

DSC_8341

– Javohir Siddiqovning «Paxtakor»ga ijaraga berilishini mahalliy muxlislar hazm qilishi qiyin bo‘lmoqda…

– Reja bo‘yicha Javohir xorij klublaridan biriga yo‘l olish kerak edi. Lekin ayrim sabablarga ko‘ra amalga oshmay qoldi. O‘yinchilik darajasi jamoamiznikidan  ancha o‘sganligi rost. Klub bilan tuzgan shartnomasi yakuniga yetgan bo‘lsa-da, biz bilan yangi bitim tuzib, Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etayotgan «Paxtakor» safiga ijara asosida borib qo‘shildi. Yanada darajasi ortib, yaxshi saviyadagi o‘yinchilar qatorida turishini xohladik. Keyinchalik legionerga aylansa, bizga ham iqtisodiy jihatdan katta foyda keltiradi. O‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta’minlaydigan klub uchun bu tashlangan jiddiy qadam hisoblanadi. «Qo‘qon-1912» klubiga o‘ziga xos munosabatini izhor etgan yigitdan minnatdormiz. Shartnomasini ikki yilga cho‘zdirdi. Yaxshi bilasiz, «Paxtakor»dan uni o‘z vaqtida tekinga olgandik.

– Siddiqovning iqtisodiy jihatdan klub uchun o‘ta foydali futbolchiga aylanganligi quvonarli holdir.

– «Paxtakor»ga ijaraga o‘tishi ham tekinga amalga oshmadi. Hisob-raqamimizga yaxshigina miqdorda pul o‘tkazib berishdi. Umuman, Javohir uchun amalga oshirgan barcha sarf-harajatlarimiz to‘liq o‘zini oqladi. Asosiysi, hamon o‘zimizga qarashli va xorij klubiga o‘tadigan bo‘lsa, «Qo‘qon-1912» orqali transfer qilinadi.

– Baza masalasi ijobiy hal etilmayotganligi ham biroz tushunarsizdir. Jamoa a’zolari hamon Dang‘aradagi mehmonxonada istiqomat qilayotganliklarini qanday tushunish mumkin?

– Dastlab akademiya uchun bino barpo etishimiz muhim masalalardan biriga aylangan. Klub bazasi ham mana shu hududda qad ko‘taradi. O‘zimizning uyimizda oyoqni bemalol uzatib o‘tirganga nima yetsin! Birinchi galda holatning iqtisodiy tomonlarini inobatga olamiz. Ortiqcha sarf-harajatlarga yo‘l qo‘ymaymiz. Shu nuqtai nazardan Dang‘aradagi mehmonxonada istiqomat qilish klub uchun iqtisodiy tomondan ancha arzonga tushayotganligini ta’kidlashim kerak. Bitta bazani ushlab turish uchun hisob-kitoblarga murojaat qilsak, 20 ta shtat joriy qilinadi. Har biriga o‘rtacha 1 milliondan maosh to‘lansa, umumiy miqdor 20 million so‘mni tashkil etadi. Bu bir oylik ishlatiladigan mablag‘lar. Soliq uchun to‘lanadigan qo‘shimcha 10 millionnni yoniga qo‘shib qo‘ying. Qolaversa, kommunal to‘lovlar har oyda amalga oshiriladi. Bu ham o‘z-o‘zidan qo‘shimcha sarf-harajatga olib keladi. Hozirgi kunda mehmonxonada 20 ga yaqin a’zoyimiz istiqomat qilishadi. O‘tgan yili har biri uchun kuniga 65 ming so‘mdan to‘lanardi. Hozirda miqdor 5 yoki 10 ming so‘mga ortgan bo‘lishi kerak. Kuniga 1,5 million so‘m ishlatarkanmiz. Oyning yarmini safarda o‘tkazishimni hisobga kiritadigan bo‘lsak, zarar qilayotganimiz yo‘q. Qisqasi har oyda 50 ning o‘rniga 20 million so‘m sarflanmoqda. Mana bu oddiy arifmetikadir. O‘zimiz topadigan mablag‘larni sarflashda nihoyatda ehtiyotkor ekanligimizga isbotdir.

IMG_0810

– Baza deganda faqat istiqomat qilinadigan joy tushunilmaydi? Mashg‘ulot o‘tkaziladigan maydon, trinajyor zallar, basseyn, sauna singari qulayliklar nazarda tutiladi.

– Siz sanab o‘tgan qulayliklarning barchasi akademiya barpo etilishi bilan birgalikda amalga oshiriladi. Hozir boshqa joyda ishni boshlab qo‘ysak, bir-biridan uzoqlashib qolishi maqsadga muvofiq emas.

– «Qo‘qonspirt» AJ korxonasi ichidan yer ajratilib, shu joyda maydonlar qurish ishlari boshlangandi?..

– Qurganmiz, turibdi. Korxona rahbari bilan jamoa a’zolarining mashg‘ulotlarni o‘tkazib turishlari yuzasidan gaplashdim. Hozircha Farg‘onadagi stadionda to‘p suramiz va maydon o‘sha tomondan topiladi. Klub uchun birinchi galda mablag‘ni o‘z o‘rniga sarflash turadi. Biz 1,5-2 milliard so‘mga avtobus sotib olishning mavridi emas degan qarorga keldik. O‘z «Isuzi» avtobusimiz bor va Toshkentga borganimizda ijara asosida boshqasidan foydalanishimizga to‘g‘ri keladi. Iqtisodiy jihatdan bu variant hozircha ma’qul emas. «Mersedes» avtobusidan ijara asosida foydalanib turibmiz. Iqtisodiy imkoniyatlarimiz yuqori darajaga chiqsin, sarflarni dadil qilaveramiz.

– Jamoa o‘tgan mavsumda bir joyda qotib qolgandek tasavvur uyg‘otdi. Bosh murabbiyning faoliyatidan qoniqyapsizmi?

– Kuchli oltitalikka kirishimizga qattiq ishonib yuborgandik. Birinchi bosqichning oxirgi o‘yinlarida yigitlarning harakatlari biroz o‘xshamay qoldi. Shundan keyin ma’lum fursat sustlashib qoldik. Ruhshunos jalb qilishimizga to‘g‘ri keldi. Natijada so‘nggi oltita bahsning to‘rttasida g‘alaba qozonib, ikkitasini durang bilan yakunladik. Vaholangki, tayyorgarlik chakki emasdi. Savolingizning ikkinchi qismiga kelsak, No‘’mon Hasanovning ishi qoniqtirayotganligi uchun bu yil ham hamkorlikni davom ettirmoqdamiz.

– Endilikda talab qilishga haqqingiz bor. Munosib sharoitlar yaratilib, aytilgan o‘yinchilar olib berildi.

– Qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari davomida murabbiylar qaysi futbolchilarni aytgan bo‘lishsa, taklif qildik. Jamoaning hozirgi holati yomon emas. Omadga bog‘liq ekanligini ham unutmaylik.

– Qishda xorij yig‘inlariga chiqilmaganligini murabbiylar keyinchalik ro‘kach qilishmaydimi?

– O‘zingiz ta’kidlaganingizdek, pulni misqollab topmoqdamiz. Yanvarda Osiyo chempionati o‘yinlarini ko‘rish uchun safarga ketgandim. Toshkentning «Lokomotiv»i Moskvaning «Spartak»i bilan nazorat-sinov uchrashuvida maydonga tushishini eshitib, bir qator ishqibozlar bilan borishga qaror qildik. O‘yinlardan bo‘sh kun edi. Dubaydan chiqib ketishda cho‘lning o‘rtasida barpo etilgan maydon ekan. O‘shalar yaratib qo‘ygan sharoitni endilikda o‘zimizda ham topsa bo‘ladi. Balki kuchli sparring raqiblar borasida xorij safari foydali hisoblanar. Lekin qulayliklar tomonidan aytadigan bo‘lsak, katta farqni ko‘rmadim. O‘zbekistonda futbol infratuzilmalarini tartibga keltirish borasida katta ishlar amalga oshirildi. Hozirda Tojikiston, Qirg‘iziston jamoalari yurtimizga kelishib, yig‘inlar o‘tkazishmoqda. Ortiqcha sarf-harajatga hojat yo‘q. Sifatli maydonlar soni ham asta-sekin ko‘payib bormoqda.

– Bu yil qanday natijalar ko‘zlanmoqda?

– Niyatimiz ko‘plab g‘alabalarni qo‘lga kiritib, muxlislarimizni xursand qilishdir. Yutuqlar kelib tursa, albatta yuqori o‘rinlarga da’vogarlik qilasiz. Sizni xabardor etgan 5 yilga mo‘ljallangan rejamizda Osiyo chempionlar ligasiga beriladigan yo‘llanmalardan birini qo‘lga kiritish bor edi. Hozirda rejaning oxirgi yili va ajab emas niyatlarimiz ijobat bo‘lsa.

Manba: “Футбол экспресс”
Kiritildi: 18:43, 03.04.2019. O'qildi: 3653 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Насаф Husayn Norchayev 9
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 8
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Андижон Rustam Turdimurodov 5
10 Нефтчи Zoran Marushich 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.