Bugun 15 yanvar, 2026 yil, payshanba.

  • AFC U-23
      • 14.01.2026 16:30
      • Iroq
      • 1:2
      • Avstraliya
      • 14.01.2026 16:30
      • Tailand
      • 0:0
      • Xitoy
      • 16.01.2026 16:30
      • Yaponiya
      • -:-
      • Iordaniya
      • 16.01.2026 20:30
      • Vyetnam
      • -:-
      • BAA
  • «A» Seriya
      • 14.01.2026 22:30
      • Napoli
      • 0:0
      • Parma
      • 15.01.2026 00:45
      • Inter
      • 1:0
      • Lechche
      • 15.01.2026 22:30
      • Verona
      • -:-
      • Bolonya
      • 16.01.2026 00:45
      • Komo
      • -:-
      • Milan
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 20 46
2 Milan 19 40
3 Napoli 20 40
4 Yuventus 20 39
5 Roma 20 39
6 Komo 19 34
7 Atalanta 20 31
8 Lasio 20 28
9 Bolonya 19 27
10 Udineze 20 26
11 Sassuolo 20 23
12 Torino 20 23
13 Cremonese 20 22
14 Parma 20 22
15 Jenoa 20 19
16 Kalyari 20 19
17 Lechche 20 17
18 Fiorentina 20 14
19 Piza 20 13
20 Verona 19 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Udineze 2-2 Piza
20-тур Komo 1-1 Bolonya
20-тур Roma 2-0 Sassuolo
20-тур Atalanta 2-0 Torino
20-тур Lechche 1-2 Parma
20-тур Fiorentina 1-1 Milan
20-тур Verona 0-1 Lasio
20-тур Inter 2-2 Napoli
20-тур Jenoa 3-0 Kalyari
20-тур Yuventus 5-0 Cremonese

Navbatdagi o'yinlar.

15/01/26 Verona - Bolonya
16/01/26 Komo - Milan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

I xalqaro Toshkent yarim marafoni qanday natija berdi?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xabaringiz bor, shu yilning 24 mart kuni poytaxtimizda Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab I xalqaro Toshkent yarim marafoni o‘tkazildi.

Mazkur marafonda erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va marafon haqida xalqaro ekspertlar qanday fikrda ekanligini bilish maqsadida O‘zA muxbiri O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev bilan suhbatlashdi. 

– Dilmurod Habibullayevich, bahor fasli yurtimiz sporti uchun barakali boshlandi, deyishga asos bor. Ilk bor Toshkentda yarim marafon bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirdan ko‘nglingiz to‘ldimi?

– Umuman olganda, ha. Marafon saviyada yaxshi o‘tdi. Professional va havaskor sportchilarning ishtiroki marafonning qizg‘in o‘tishida muhim ahamiyat kasb etdi. Ular qatorida 5 kilometr masofada o‘tgan musobaqada biz ham o‘z kuchimizni sinab ko‘rdik. Yurtimizning chekka hududlaridan ham turli yosh toifasidagi oddiy insonlar qiziqish bildirib, ishtirok etgani, ayniqsa, quvonarli bo‘ldi. Eng muhimi O‘zbekiston har qanday nufuzli musobaqani o‘tkazishga qodirligini yana bir bor namoyon etdik.

 

– Marafon haqida xalqaro ekspertlarning fikri qanday?

– Tadbirda Xorvatiya va Turkiya kabi yengil atletika yaxshi rivojlangan bir qator davlatlardan tashrif buyurgan 10 nafar xalqaro toifadagi hakam ishtirok etdi. Xalqaro yengil atletika federasiyasi a’zolari mazkur tadbirga juda yuqori baho berishdi. Ular O‘zbekistonda sport, jumladan, Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan yengil atletikani rivojlantirishga doimiy e’tibor qaratilayotgani, mamlakatimizning nufuzli sport anjumanlarini yuqori saviyada o‘tkazish borasidagi boy tajribasi hamda zamonaviy sport infratuzilmasi mavjudligini inobatga olib, yurtimiz bir qator nufuzli musobaqalarni o‘tkazishga tayyor ekanini ta’kidlab o‘tdi. 

Biz bu kabi marafonlarni an’anaviy tarzda o‘tkazib, Xalqaro yengil atletika federasiyalari uyushmasining (IAAF) “Brilliant liga” marafonlariga kiritilishiga erishishni maqsad qilganmiz. Xalqaro ekspertlarning fikricha, yilning aynan shu faslida uzoqqa yugurish uchun Toshkent shahri eng yaxshi, deb topildi, shuningdek, ko‘rsatilgan natijalar marafon o‘tgan yo‘l yuguruvchilar tili bilan aytganda “tez trassa” degan nomni oldi.

 – Marafonni o‘tkazish jarayonida kamchiliklar ham ko‘zga tashlandimi?

– Ushbu tadbirni tashkillashtirish jarayonida juda ko‘p va katta muammolar yuzaga keldi. Biroq vazirligimiz, O‘zbekiston yengil atletika federasiyasi bir qator tashkilotchilar tomonidan barcha muammolar o‘z vaqtida hal etildi. Musobaqada federasiyaning 100 dan ortiq hakami, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 300 dan ortiq ko‘ngillilari qatnashdi hamda yuzaga kelgan kamchiliklar bartaraf qilindi. Birincha marta o‘tkazilayotgan marafondan o‘zimizga kerakli xulosa chiqardik, kamchiliklarimizni bilib oldik. Kelgusida ro‘yxatdan o‘tish jarayonini yanada soddalashtirish, ijtimoiy tarmoqlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanib, ishtirok etish shartlari haqida yanada kengroq ma’lumot berib borishimiz lozim bo‘ladi.

– Bu borada jahon tajribasi haqida nima deysiz?

– Albatta, jahon tajribasidan o‘rganishimiz lozim bo‘lgan jihatlar ko‘p. Hozirda tajribamiz biroz kam, lekin istiqbolda biz marafon o‘tkazish bo‘yicha direksiya ochishni reja qilayapmiz. Eng avvalo O‘zbekiston mutaxassislarining xalqaro marafonlarda hakam sifatida ishtiroki ta’minlanadi. Bundan tashqari, xalqaro federasiya tomonidan o‘tkaziladigan seminarlar, master-klasslarda hakamlarimizning tajriba orttirishi, malakasini oshirishni rejalashtirganmiz. 

– Marafonda ishtirok etgan sportchilarimizning natijalari qoniqarli bo‘ldimi?

– Marafonchilarimizda 2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan olimpiadaga lisenziya olish uchun yanada ko‘proq umid uyg‘ondi. Eng asosiysi, biz marafonni tashkillashtirayotganimizda 70 ga yaqin sportchi ishtirokini rejalashtirgan edik, lekin musobaqa kuni ularning coni 600 dan ortiq bo‘ldi. Bu esa mamlakatimizda mazkur sport turining ommalashishi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganining yana bir isbotidir.

Manba: Minsport
Kiritildi: 18:45, 03.04.2019. O'qildi: 1483 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Ювентус Kenan Yildiz 7
4 Милан Rafael Leau 7
5 Интер Xakan Chalxanoglu 7
6 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6
7 Наполи Rasmus Xeylund 6
8 Рома Matias Soule 6
9 Интер Markus Tyuram 6
10 Комо Niko Pas 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.