Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Azar «Chelsi»dan ketsa, o‘rnini kim egallaydi?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Belgiyalik futbolchining «Real Madrid» safiga borib qo‘shilishi tobora aniqlashib bormoqda. Futbolchining o‘rnini bosa oladigan futbolchi qidirishni boshlab yuborishdi. «Goal 24» nashri Azarning o‘rnini egalash ehtimoli yuqori bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bugun aynan shunday futbolchilar to‘g‘risida so‘z boradi.

Vilfid Zaha

«Billur mehmonhona» deya yuritiladigan jamoaning o‘yinini so‘nggi yillarda sezilarli darajada kuchaytirgan futbolchi ayni damda grand klubga o‘tishga har doimgidanda tayyor. Uning kariyerasi o‘zining pik nuqtasiga yaqinlashib kelmoqda. Zaha ikkala qanotda ham birdek kuchli o‘yin ko‘rsata oladi. Futbolchi ayniqsa, so‘nggi 2 mavsumni ajoyib o‘tkamoqda va uning o‘zi ham kuchli klubga o‘tish istagida.

Antoni Marsial

«Manchester Yunayted» safiga kelib qo‘shilgandan beri futbolchini omadsizliklar quvib yuribdi. U goh zahirida qolib ketsa, gohida jarohatlar girdobiga tushib qolmoqda. Sulsher jamoa postiga kelgach, vaziyat o‘zgarishi kutilgandi, ammo  yana ayrim muammolar sababli Marsial asosiy tarkibdan joy ola bilmayapti. Futbolchining o‘zi ham boshqa klub safiga o‘tishga qarshi emas, chunki uni «Manchester Yunayted» o‘tgan mavsumda 90 million evaziga sotmoqchi ekanligini e’lon qilgan edi.
«Manchester Yunayted» Sulsherning  falsafasiga mos tushadigan futbolchilarni keyingi mavsumda harid qilishga urunib ko‘radi. Marsial esa keyingi mavsumda ham asosiy tarkibda maydonga tushishi so‘roq ostida turgan jamoada qolishdan ko‘ra «Chelsi»ga o‘tib ketsa, ajab emas. Azarning pozisiyasi Marsialniki bilan bir hil ekanligini hisobga olsak, fransuz «Chelsi»ga tezda moslashib ketishi aniq.

Beyl

Uelslik futbolchi uchun APL o‘z uyidek gap. Zidan ochiqchasiga Beylning kelajakdagi rejalarida yo‘q ekanligini aytgach, futbolchining agenti hozirda bir nechta klublarga mijozini tavsiya qilmoqda. Bu jamoalar orasida «Chelsi» ham mavjud.
«Chelsi» Beyl transferi orqali o‘z imidjini ushlab qolishning uddasidan chiqadi. Uelslik futbolchining yoshi biroz o‘tgan bo‘lsada, uning darajasi baland. U Madridda hamma sovrinlarni qo‘lga kiritib bo‘ldi. Bundan tashqari «Real Madrid» yangi shartnoma taklif qilgan taqdirda ham maosho oldingidan anchagina kichikroq summani tashkil etishi aniq. «Chelsi» esa futbolchiga kattagina maosh belgilangan shartnoma taklif qilishga qurbi yetadigan klub. Shunday ekan, ikki tomon ham bu kelishuvdan yaxshigina manfaatdor bo‘ladi.

Irving Losano

Bu futbolchi Rossiya yashil maydonlarida o‘tgan JCH da Meksika termasi safida Germaniya  darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritgani bilan ko‘pchilkning yodida qolgan. Hozirda Gollandiyaning «PSV» klubi sharafini himoya qilayotgan futbolchi ajoyib o‘yinlari bilan ko‘plab grandlar e’tibor markazida turibdi. Futbolchiga shunindek «Yuventus» va «Arsenal» ham katta qiziqish bildirmoqda. Eng qizig‘i shundaki, Losanoning o‘yin uslubi Azarniki bilan bir hil. U ikkala qanotda ham, hujumchi ortida ham, xatto markaziy hujumchi pozisiyasida ham o‘ynay oladi. Bu Edenning o‘rnini to‘liq bosa oladi degani. Bundan tashqari, anchagina yosh bo‘lgan futbolchi «Chelsi» tarkibida yildan-yilga o‘z o‘yinini kuchaytirib bora oladigan darajda iqtidorli.

Eden Azar ketadigan bo‘lsa, uning o‘rnini darrov to‘ldirish talab etiladi. Aks xolda, Ronaldu va «Real Madrid» voqeasi takrorlanishi mumkin. To‘g‘ri, klub muxlislari Pulishich Azarning o‘rnini egallashidan umidvor bo‘lmoqda. Pulishichning iqtidoriga shubhamiz yo‘q, ammo APL da jamoani yelkasida ko‘tarib yurish uchun u xali biroz yoshlik qiladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:51, 04.04.2019. O'qildi: 8989 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик