Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 12.01.2026 00:45
      • Inter
      • 2:2
      • Napoli
      • 12.01.2026 22:30
      • Jenoa
      • 3:0
      • Kalyari
      • 13.01.2026 00:45
      • Yuventus
      • 5:0
      • Cremonese
      • 14.01.2026 22:30
      • Napoli
      • -:-
      • Parma
  • AFC U-23
      • 12.01.2026 21:30
      • Saudiya Arabistoni
      • -:-
      • Vyetnam
      • 12.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Qirg‘iziston
      • 13.01.2026 16:30
      • O‘zbekiston
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 13.01.2026 16:30
      • Eron
      • -:-
      • Livan
      • 13.01.2026 21:30
      • Yaponiya
      • -:-
      • Qatar
      • 13.01.2026 21:30
      • BAA
      • -:-
      • Suriya
      • 14.01.2026 16:30
      • Iroq
      • -:-
      • Avstraliya
      • 14.01.2026 16:30
      • Tailand
      • -:-
      • Xitoy
  • La-liga
      • 13.01.2026 01:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Selta
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 19 43
2 Milan 19 40
3 Yuventus 20 39
4 Napoli 19 39
5 Roma 20 39
6 Komo 19 34
7 Atalanta 20 31
8 Lasio 20 28
9 Bolonya 19 27
10 Udineze 20 26
11 Sassuolo 20 23
12 Torino 20 23
13 Cremonese 20 22
14 Parma 19 21
15 Jenoa 20 19
16 Kalyari 20 19
17 Lechche 19 17
18 Fiorentina 20 14
19 Piza 20 13
20 Verona 19 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Udineze 2-2 Piza
20-тур Komo 1-1 Bolonya
20-тур Roma 2-0 Sassuolo
20-тур Atalanta 2-0 Torino
20-тур Lechche 1-2 Parma
20-тур Fiorentina 1-1 Milan
20-тур Verona 0-1 Lasio
20-тур Inter 2-2 Napoli
20-тур Jenoa 3-0 Kalyari
20-тур Yuventus 5-0 Cremonese

Navbatdagi o'yinlar.

14/01/26 Napoli - Parma
15/01/26 Inter - Lechche
15/01/26 Verona - Bolonya
16/01/26 Komo - Milan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zgacha yondashuv kerak…YOki Yaponiya Olimpiya yo‘lida

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Avvalgi hafta kelasi yil taqvimiga kiritilgan U-23 toifasidagi Osiyo chempionati-2020 ishtirokchilari tarkibi to‘liq holga keldi.

Ya’ni hisob bo‘yicha 4-qit’a birinchiligi saralash rundiga yakun yasaldi. To‘g‘risini aytish kerak, kvalifikasion o‘yinlardan yaxshi taassurot qolgani yo‘q. 12ta guruhda tashkil etilgan saralash bosqichi yakuniga qarab, beixtiyor o‘ylab qolasan, Osiyo futboli shu ketishda qachon haqiqiy rivojlanish yo‘liga o‘tadi?

Falastin - Shri-Lanka - 9:0, Shri-Lanka - Bahrayn - 0:9, J.Koreya - Xitoy Taypeyi - 8:0, Yaponiya - Makao - 8:0, Filippin - Xitoy - 0:8, Bruney - Tailand - 0:8 - bular Osiyo chempionati saralashining dastlabki 2ta turida qayd etilgan o‘ta yirik yirik hisoblarning ayrimlari, xolos.

Mayli, jamoalar saviyasi o‘rtasidagi katta farq ham o‘z yo‘liga, saralash tizimi va taqvimi ham bir qator savollarni keltirib chiqardi. Diqqat qiling, 12ta guruhdan 10tasida 2-turdan keyin bir xil holat yuzaga keldi: 2tadan jamoa 6 ochko va ajo­yib to‘plar nisbatiga ega bo‘ldi, qolganlar kurashdan chetga chiqdi.

Qolaversa, katta ehtimolki, O‘zbekiston termasi joy olgan guruhda ham shunday manzara shakllanardi, agarda pokistonliklar saralashga kelishganida. Qisqasi, 3-tur oldidan atigi 1ta kvartetda 3ta jamoa yo‘llanma olish imkoniyatini saqlab qoldi, 11ta guruhda esa naq 21ta ishtirokchi Tailand chempionatiga borishdan umid uzdi. Chunki OFK tuzgan taqvimga ko‘ra, guruhlar favoritlari avvaliga 2tadan kuchsiz raqib bilan o‘ynashdi, keyin o‘zaro bahsda maydonga tushishdi.

Bu hali hammasi emas.

Dilni xufton qilgan voqelik aynan 3-turda kuzatildi. Ya’ni kvartetlarda 1-o‘rin masalasini hal qiladigan 7ta o‘yin durang natija bilan tugadi. Bu nimadan dalolat? Dastlabki ikki turda yaxshigina to‘plar nisbati hosil qilgan jamoalar g‘alabaga intilmaganidan emasmi? Chunonchi, kvartetlarda 2-o‘rinni band etgan jamoalardan yaxshiroq natijaga ega 3tasiga ham OCH-2020 chiptasi nasib etardi.

Kamida 3ta o‘yindagi durang har ikki tomonni to‘liq qanoatlantirardi va buni oldindan bilgan raqiblar yakunda murosa yo‘lini tanlab qo‘ya qolishdi. Bu holatni futbol ustidan kulish sifatida baholagan taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayev ayniqsa, Iordaniya va Suriya olimpiyachilari o‘rtasidagi bahsga e’tibor qaratdi.

Gap shundaki, bu o‘yinda hisob 79-daqiqada iordaniyaliklar tomonidan ochildi, lekin oradan  ko‘p o‘tmay, suriyaliklar muvozanatni tiklashdi - 1:1. Shu tariqa har ikki jamoa turnirning final raundiga yo‘l ochdi.

Tojikiston va Malayziya termalari esa alamli tarzda «bort» ortida qoldi. Shu o‘rinda Nikimbayev fikrlaridan iqtibos keltiramiz: «Kechagi voqealar OFK rahbariyatini tashkilot xodimlari qur’a tashlash jarayonini shubhali tarzda olib borishayotganiga nihoyat, e’tibor qaratishga majburlasa, ajabmas. Negaki, u yerda yangilar yo‘q. Agar mutasaddilar shunda ham o‘z ishlaridagi kamchiliklarni ko‘rmasalar, unda nimadandir umid qilish qiyin».

Ma’lumot uchun aytib o‘tamiz, Qatar, O‘zbekiston, Bahrayn, Iroq, BAA, Iordaniya, KXDR, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy va Vyetnam olimpiya jamoalari qit’a chempio­natiga 1-o‘rin orqali chiqdi. Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Eron va Suriya termalari esa 2-o‘rin sohiblari reytingida ustun keldi. Tailand jamoa turnirda mezbon sifatida ishtirok etadi. Yaponiya mezbonlik qiladigan Olimpiada-2020 yo‘llanmalari taqdiriga oydinlik kiritib beruvchi Osiyo chempionati kelasi yilning 8-26 yanvar kunlari Tailandda o‘tkaziladi. Bo‘lajak turnirning muhimligi ham shunda. OFKga Olimpiadaning 4ta yo‘llanmasi ajratilgan. Shundan biri mezbon - Yaponiya termasiga nasib etadi. Demak, qit’a birinchiligida kuchli uchlikka kirgan jamoaga olimp lisenziyasi beriladi. Agar yaponlar Tailandda yarim finalga chiqishsa, unda bu bosqichning barcha ishtirokchilari Olimpiada chiptasini oladi. OFK bo‘lajak qit’a birinchiligiga qachon qur’a tashlanishini keyinroq ma’lum qiladi. O‘zbekiston olimpiya termasi turnirning amaldagi chempioni sifatida qur’a jarayonida 1-savatchaga qo‘yiladi. OFKning savatchalarni oxirgi qit’a birinchiligi natijalari asosida shakllantirishi ham g‘alati. Deylik, 1-savatchada bizning jamoadan tashqari, Tailand (mezbon), Vyetnam (OCH-2018 finalchisi) va Qatar (OCH-2018ning 3-jamoasi) termalari bor. Qit’aning azaliy kuchli drujinalari (Yaponiya, J.Koreya, Eron...) esa keyingi savatchalarda. Deylik, forslar oxirgi - 4-savatchada. Aslida savatchalar tarkibi 3-4 yilgi natijalarni o‘z ichiga olgan qandaydir reyting yordamida aniqlanishi kerak emasmi...?

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 08:52, 05.04.2019. O'qildi: 1680 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Ювентус Kenan Yildiz 7
4 Милан Rafael Leau 7
5 Интер Xakan Chalxanoglu 7
6 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6
7 Наполи Rasmus Xeylund 6
8 Рома Matias Soule 6
9 Интер Markus Tyuram 6
10 Комо Niko Pas 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.