Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 6 11
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 5 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

OCHL. «Lokomotiv» – «Al Ittihod» bilan uchinchi marta kuch sinashadi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

9 aprel kuni “Lokomotiv” Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-tur uchrashuvini o‘tkazadi.

“Temiryo‘lchilar” Saudiya Arabistonining Jidda shahrida “Al Ittihod” mehmoni bo‘lishadi. “Qirol Abdulloh” stadionida kechadigan bahs mahalliy vaqt bilan 20:45da boshlanadi.

Bu har ikki jamoaning o‘zaro uchinchi to‘qnashuvi bo‘ladi. Ma’lumki, 2016 yil o‘tkazilgan Osiyo chempionlar ligasida ham “Lokomotiv” va “Al Ittihod” bitta guruhdan joy olgan va o‘shanda ikkala uchrashuv durang natija (1:1) bilan yakun topgandi.

23 fevral kuni o‘tkazilgan Toshkentdagi bahsda Sardor Mirzayev gol muallifi bo‘lgan. Mehmonlar safida Gelmin Rivas to‘p kiritgan. Oradan bir hafta o‘tib Jidda shahrida javob uchrashuvi o‘tkazilgan va bu o‘yin ham 1:1 hisobida yakun topgan.

O‘shanda Salli Muntarining goliga zaxiradan maydonga tushgan Temurxo‘ja Abduxoliqov penaltidan to‘p kiritib javob bergandi. Shundan beri oradan vaqt o‘tdi va mana endi Osiyo chempionlar ligasining uchinchi mavsumiga kelib jamoalar yana bir guruhdan o‘rin olishdi.

O‘tgan vaqt mobaynida “Loko” safida bir qator o‘zgarishlar ro‘y berdi. 2016 yil “Al Ittihod”ga qarshi maydonga tushganlardan Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Server Jeparov, Nemanya Yanichich, Sanjar Shoahmedov, Sherzod Fayziyev, Marat Bikmayev, Ikrom Aliboyev, Sadriddin Abdullayev, Quvondiq Ro‘ziyev, Jasur Hasanov kabi futbolchilar “temiryo‘lchilar” safini tark etishdi. Jamoa sardori sifatida harakat qilgan Timur Kapadze futbolchilik faoliyatiga yakun yasab murabbiylik kasbini boshladi.

Endi ertaga jamoalar uchinchi marta o‘zaro kuch sinab ko‘rishadi. Shuni aytish lozim, ertangi o‘yinga muxlislar kiritilmaydi. Chunki “Al Ittihod” stadioni OFK tomonidan ikkita o‘yinga diskvalifikasiya qilingan. “Qirol Abdulloh” stadionida bo‘lib o‘tgan “Al Ittihod” – “Al Rayan” bellashuviga ishqibozlar kiritilmadi. Ertangi uchrashuv ham shunday tarzda kechadi. Toshkentda bo‘lib o‘tadigan javob bellashuvi esa 22 aprelga belgilangan.

Quyida 2016 yil Toshkentda va Jiddada o‘tkazilgan “Lokomotiv” – “Al Ittihod” bahsini fotosuratlar yordamida esga olamiz.

photo_2016-02-23_20-47-17photo_2016-02-23_20-47-24photo_2016-03-02_17-54-30photo_2016-03-02_17-54-42photo_2016-03-02_17-54-21

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 22:54, 08.04.2019. O'qildi: 2361 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Сурхон Chinedu Stefan 4
3 Пахтакор Doston Hamdamov 3
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик