Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 16 8 10 34
2 AQSh 9 12 6 27
3 Italiya 9 5 12 26
4 Fransiya 6 8 5 19
5 Niderlandiya 6 7 3 16
6 Shvesiya 6 6 3 15
7 Shveysariya 6 4 4 14
8 Germaniya 5 8 8 21
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Davrimiz Qahramoni yoki yana Pochetino haqida...

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Maurisio Pochettino birinchi ustozi Marselo Byelsadan falsafani, Fergyusondan menejerlik iqtidori, Vengerdan o‘yin romantikasi, Anchelottidan shogirdlari bilan to‘g‘ri munosabat o‘rnatishni, Kontedan olovli hissiyotlarni o‘rgandi. Ayni dam Pochettinoni jahonning eng yaxshi murabiiyi deyish mumkin. Bu biroz balandparvoz e’tirof deysizmi? Barchasini faktlar isbotlab turibdi. Maurisio haqiqiy titan kabi ishlamoqda. U chiroyli futbol timsoli. E’tiborlisi, kamtarona moliyaviy imkoniyatlardan ham unumli foydalanmoqda. Yana qanday paytda - millionlar o‘yinida yirik mablag‘lar aylanayotgan bir davrda-ya!

Spartancha sharoitda

Pochettinoning «qoni» 2018 yilning 31 yanvarida «tozalandi». Ya’ni 28 million yevroga Lukas Moura sotib olindi. Bunga qadar 2017 yil yozida Serj Orye (25 mln.) hamda Fernando Lyorente (8 mln.) tarkibga qo‘shilgandi. APL klublari transferlarga ertaknamo summalarni sarf­lashayotgan bir pallada, Pochettino bir yarim yil mobaynida rahbarlardan sariq chaqa ham olmadi!

Ishonish qiyin: shunga qaramay, jamoa chiroyli va sifatli futbol ko‘rsatmoqda, muntazam ravishda Chempionlar Ligasida qatnashmoqda, APL­da kumush va bronza medallariga ega chiqmoqda. Faqatgina bir muammo bor: zaxira o‘rindig‘ining nochorligi o‘ta mas’uliyatli damda pand bermoqda.

Konte va Ranyerining chempionlikka erishishganini Pochettino alam bilan kuzatdi. Vaholanki, o‘sha mavsumlarda «Tottenxem» boshqa mavsumlarda «oltin» uchun yetarli bo‘ladigan darajada ko‘p ochko to‘plagandi. 2016|2017 yillar mavsumida «shporlar» 86 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni egallashdi. Bir yil avval xuddi shunday ko‘rsatkich bilan chempionlikka erishish mumkin edi, biroq nogahon yuksaklikka ko‘tarilgan «Lester» ularga xalal berdi. Aynan shu 86 ochko ikki yil avval, futbol kosmik darajadagi pullar og‘ushiga burkanib ulgurmagan paytlarda ham chempionlik uchun yetarli bo‘lardi.

Pochettino erishayotgan yutuqlarga qarab bir maqolning haqiqat ekanini tushunasiz: barqarorlik - mahorat belgisi. Maurisio ixtiyoridagi futbolchilardan 150 foiz foydalandi. Faqat ayrim pallalarda omad yetishmadi.

U misoli o‘z «Oskar»ini kutayotgan aktyordek, lekin ko‘pincha o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli mukofotdan chetda qolyapti.

 

Shogirdlari haQida

Argentinalik mutaxassis Dele Allidek iqtidor sohibini kashf etdi. Aynan Pochettino qo‘l ostida Eriksen top darajadagi pleymeykerga aylandi. Maurisioning sa’y-harakatlari bilan «Tottenxem» Ang­liya termasi bazasi bo‘ldi. Darvoqe, Klopp ham argentinalik hamkasbidan qaysidir ma’noda qarzdor: Pochettino «Sautgempton»da ishlagan kezlari Deyan Lovren va Sadio Maneni tarbiyaladi. Keyinchalik Gvardiola uchun Kayl Uokerni tayyorlab berdi.

Va albatta, Pochettinoning personal tarzda yaratgan zumradi - Garri Keyn. «Zumrad» so‘zini ham balandparvoz so‘z demang. Ayni payt Keynning narxi - 150 mln. yevro. Maurisio qo‘l ostida u bir o‘yinda darvoza tomon 5tadan kam zarba yo‘llamagan. Garri gol urish uchun 10 zarba yo‘llashi shartmas (Krishtianu kabi). Bir o‘yinda 3,7ta zarba kifoya. U har mavsum o‘rtacha 25ta gol urmoqda. Xg (kutilayotgan gollar) ko‘rsatkichida 20ta gol qayd etilgan payt Keyn kiritgan to‘plar soni 29taga yetgandi (mavsum-2017|2018 statistikasi). Bu yuqori mahoratdan darak. Garri darhaqiqat iste’dodli hujumchi: har ikki oyog‘ida yaxshi o‘ynaydi, boshi bilan beradigan zarbalariga gap bo‘lishi mumkinmas. Pochettino qo‘l ostida u barcha jabhada o‘sishga erishdi: hujumga biroz orqaroqdan kirishish, sheriklariga ko‘maklashish, «o‘nlik» pozisiyasida o‘ynash. U tez-tez trenajyor zallarida ishlaydi, toki murabbiy kelib u yerdan haydamaguncha. Keyn bosh murabbiyning himoyasida.

 

O‘zaro munosabatlar

Ittifoqo, Angliya termasi va «Tottenxem» himoyachisi Denni Rouz tog‘asining o‘limidan xabar topdi. Qayg‘u va motam holatida birinchi bo‘lib... murabbiyga qo‘ng‘iroq qildi. Pochettino taskin berish maqsadida darhol shogirdining yoniga shoshdi. Bu - murabbiy va futbolchi o‘rtasidagi ishonchli va yaqin munosabatdan, argentinalik mutaxassisning ushbu masaladagi salohiyatidan darak. Bosh­qa futbolchilar ham uni yaxshi ko‘rishadi.

«Biz murabbiyimiz uchun kurashishga hamisha tayyormiz», - deydi Keyn.

Pochettino uchun hattoki, liboslar yuviladigan kukun hidi ham muhim: yechinish xonasida o‘yinchilarni yoqimli is bilan ta’minlash kerak. Mayda-chuydalarga bu qadar e’tibor qaratishga nima deysiz?

Shuningdek, «Espanyol»da ishlagan kezlari Pochettino fitnes bo‘­yicha murabbiyni ishdan bo‘shatdi, vaholanki, o‘sha mutaxassis birodari edi. Bu ham argentinalikning nechog‘li talabchan murabbiy ekanidan dalolat. Mazkur holatda uni Fergyusonga qiyoslash mumkin. Aytgancha, Maurisioning shotlandiyalik hamkasbiga ixlosi baland. Ularning bir-biriga o‘xshash jihatlari ko‘p: ikkisi ham ajoyib taktik, qo‘l ostidagi futbolchilar bilan iliq munosabat o‘rnatishgan, butun boshli sulola asoschilari.

«Tottenxem»da 20 yil faoliyat yuritmoqchiman», - deydi Pochettino. Agar argentinalik mutaxassis ham Aleks Fergyusonning yo‘lidan borib, murabbiylar sexining yetuk namoyandasiga aylansa, ajoyib bo‘lardi.

 

To‘siQlar haQida

Biroq bir «lekin» bor: Daniyel Levi, «shporlar» prezidenti. Levi ishga shu taxlit yondashishda davom etsa, Vengerning taqdiri Pochettinoning boshiga tushishi hech gap emas. Aniqroq aytganda, jamoa chiroyli futbol ko‘rsataveradi, ammo har gal sovrinlardan quruq qolaveradi. Hozir haqiqatni tan olish vaqti. Pochettino 47 yoshda, ammo jamg‘armasida birorta sovrin yo‘q. Argentinalik mutaxassis bu faktni ich-ichidan his qilayotgan bo‘lsa, ajabmas: u «Tottenxem» darajasidan o‘zib ketgan. U «shporlar»ga yuragi va mehrini tuhfa etdi. Endi kelajagi haqida o‘ylashi kerak. «Santyago Bernabeu»ga ko‘chib o‘tish qoldirildi, u yerda yana Zizu hukmronlik o‘rnatdi. «MYU» Sulsherga imkoniyat berishni lozim topdi. «Yuventus»? Balki, lekin ehtimoli kam. Unda nima qilish kerak?

«Shporlar»ning endi yangi stadioni bor. Ta’bir joiz bo‘lsa, yangi arena - yangi hayot. Bunday pallada murabbiydan ayrilish noto‘g‘ri. Pochettinoning londonliklar ustozi sifatida qolishini ko‘pchilik xohlamoqda. To‘g‘ri, turg‘unlik davrini boshidan kechirayotgan joyda ishlash qiyin, ammo chidash kerak. Fergyuson ham yulduzli onlarini uzoq kutgan.

Umuman, Chempionlar Ligasining joriy mavsumini «Tottenxem» juda yaxshi o‘tkazmoqda, yarim finalga chiqish uchun dastlabki qadamni ham tashlab ulgurdi. Yozda klub rahbarlarining sustkashlik qilishga haqqilari yo‘q. O‘rtamiyona klubni top darajaga olib chiqish uchun bundan yaxshi imkoniyat bo‘lmasligi ham mumkin. Janob Levi tarkibni biror-bir futbolchi bilan boyitishi shart. Shartli ravishda aytganda, «Ayaks»dan De Ligt, Van de Bek yoki Tadich sotib olinsa, yomon bo‘lmasdi. Gap-so‘zlarga qaraganda «shporlar» «Fiorentino» a’zosi Federiko Kyeza uchun 50 million yevro ajratishga tayyor ekanlar. Nima ham derdik, Maurisioga yoqadigan xabar.

«Tottenxem» bunday murabbiyni qo‘ldan chiqarmasligi kerak. Pochettinoning o‘zi ham bu klubga bog‘lanib qolgan. Ushbu mutaxassisdan Vengerning emas, Fergyusonning yo‘lini takrorlashini kutib qolamiz.

«Bu murabbiy menga - «shporlar» ishqiboziga faxrlanishga arziydigan ko‘plab sabablarni berdi. O‘n yoshli o‘g‘lim maktabda o‘zini erkin his qiladi, zero biz muxlislik qiladigan klub safida Dele Alli, Kristian Eriksen va Garri Keyn singari har hafta Premyer-ligadagi istalgan klubga dars bera oladigan darajadagi futbolchilar bor», - deydi Britaniyaning nufuzli jurnalistlaridan biri Nixal Artanayke.

Maurisio Londonda qolishi kerak, ayniqsa, «Real»ga o‘tish ishtiyoqi so‘ngan bir pallada. Pochettino - davrimiz qahramoni, mehnat qilishda haqiqiy tiran. Bir kun kelib, kelajak avlod undan namuna olishadi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 01:01, 24.04.2019. O'qildi: 2072 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.