Bugun 28 noyabr, 2025 yil, juma.

  • ECHL
      • 27.11.2025 01:00
      • Arsenal
      • 3:1
      • Bavariya
      • 27.11.2025 01:00
      • Atletiko
      • 2:1
      • Inter
      • 27.11.2025 01:00
      • Ayntraxt F
      • 0:3
      • Atalanta
      • 27.11.2025 01:00
      • Liverpul
      • 1:4
      • PSV
      • 27.11.2025 01:00
      • Olimpiakos
      • 3:4
      • Real Madrid
      • 27.11.2025 01:00
      • PSJ
      • 5:3
      • Tottenhem
      • 27.11.2025 01:00
      • Sporting
      • 3:0
      • Bryugge
  • OChL-2
      • 27.11.2025 12:45
      • Makartur
      • 2:1
      • Tay Po
      • 27.11.2025 15:00
      • Istern
      • 0:5
      • Gamba Osaka
      • 27.11.2025 15:00
      • Ratchaburi
      • 2:0
      • Tep Han Nam Din
      • 27.11.2025 15:00
      • Poxang Stilers
      • 2:0
      • Pathum Yunayted
      • 27.11.2025 17:15
      • Kongan Hanoi
      • 2:1
      • Beyjing Guoan
      • 27.11.2025 17:15
      • Tampines Rovers
      • 5:3
      • Kaya–Iloilo
  • «A» Seriya
      • 29.11.2025 00:45
      • Komo
      • -:-
      • Sassuolo
      • 29.11.2025 19:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Verona
      • 29.11.2025 19:00
      • Parma
      • -:-
      • Udineze
      • 29.11.2025 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 29.11.2025 01:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Elche
      • 29.11.2025 18:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Osasuna
      • 29.11.2025 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Alaves
      • 29.11.2025 22:30
      • Levante
      • -:-
      • Atletik Bilbao
  • Superliga
      • 29.11.2025 15:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Dinamo
      • 29.11.2025 15:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Paxtakor
      • 29.11.2025 15:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Sho‘rtan
  • APL
      • 29.11.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Byornli
      • 29.11.2025 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Lids
      • 29.11.2025 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Bornmut
      • 29.11.2025 22:30
      • Everton
      • -:-
      • Nyukasl
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 13 32
2 Barselona 13 31
3 Vilyarreal 13 29
4 Atletiko 13 28
5 Betis 13 21
6 Espanyol 13 21
7 Xetafe 13 17
8 Atletik Bilbao 13 17
9 Real Sosyedad 13 16
10 Elche 13 16
11 Sevilya 13 16
12 Selta 13 16
13 Rayo Valyekano 13 16
14 Alaves 13 15
15 Valensiya 13 13
16 Malyorka 13 12
17 Osasuna 13 11
18 Jirona 13 11
19 Levante 13 9
20 Real Ovyedo 13 9

O'tgan o'yinlar.

13-тур Valensiya 1-0 Levante
13-тур Alaves 0-1 Selta
13-тур Barselona 4-0 Atletik Bilbao
13-тур Osasuna 1-3 Real Sosyedad
13-тур Vilyarreal 2-1 Malyorka
13-тур Real Ovyedo 0-0 Rayo Valyekano
13-тур Betis 1-1 Jirona
13-тур Xetafe 0-1 Atletiko
13-тур Elche 2-2 Real Madrid
13-тур Espanyol 2-1 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

29/11/25 Xetafe - Elche
29/11/25 Malyorka - Osasuna
29/11/25 Barselona - Alaves
29/11/25 Levante - Atletik Bilbao
30/11/25 Atletiko - Real Ovyedo
30/11/25 Rayo Valyekano - Valensiya
30/11/25 Real Sosyedad - Vilyarreal
30/11/25 Sevilya - Betis
30/11/25 Selta - Espanyol
01/12/25 Jirona - Real Madrid

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Ilk g‘alaba oqimi» yoxud «Surxon» ham o‘ziga o‘xshamadi...

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Navbahor» - «Surxon» o‘yinida hisob 3:0ga yetgach, sharhlovchi Abdulla Nurmonov «Mana sizga futbol!» - dedi chiroyli o‘yin zavqidan. O‘yin yakunlanishi bilan pult tugmachasi «Futbol 1» telekanalini topdi. O, «Everton» - «MYU» uchrashuvida hisob bundan-da yaxshiroq ko‘rinish olibdi - 4:0! Farg‘onadagi uchrashuv tanaffusida «Everton» 2:0 hisobida oldinga chiqib olganini bilgandik. Darhol «MYU» muxlislari va Doniyorbekni esladik. Ular ardoqli shoirimiz Rauf Parpining quyidagi misralarini takrorlayotgan bo‘lishsa, neajab?

Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar,

Tomchilar  tomchilab sochimga.

Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar,

Ham qayg‘um, ham quvonchimga...

Tushunsa bo‘ladi. Bu yoqda «lochinlar» g‘alaba qozonishdi, u yoqda «qizil iblislar» mag‘lub...

Yuqoridagi so‘zlarni qog‘ozga tushurib ulgurmasimizdan «So‘g‘diyona» -«Metallurg» uchrashuvini sharhlayotgan Xayrullo Hamidov hayqirdi: «Shohruz Norxonovdan ajoyib gol! Parash­yut uslubida! Van Basten aytganidek, chiroyli gol - tavakkalchilik mahsuli!»

 

Muhtaram muxlis! O‘tgan hafta nihoyasidagi o‘yinlar hayajonini ataylab yana bir bor yodingizga soldik. Bilamiz, gollar va «intriga»ga boy uchrashuvlar hamon xayolingizda. Qarang, «Ayaks» birdan ko‘pchilikning erkatoy jamoasiga aylandi. Shu boismi, ayrimlar «Bunyodkor»ni «O‘zimizning «Ayaks», deb suyushmoqda. Gollandiyalik yosh Matteys de Ligt yevroarenada doston, Jasur Jaloliddinov mamlakatimiz futbol muhitida mashhur. Andijondagi bayram esa hammaning og‘zida. Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov maosh olishmasa-da, g‘ayrat bilan to‘p surayotgan «qaldirg‘ochlar» havasini keltirib, «Andijon»ning har bir futbolchisini 10 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirladi. Xalqqa quvonch ulashishni istagan va albatta, o‘z sha’nini ham o‘ylagan viloyat rahbariga xos muhim fazilat bu! Aslida u ham «Futbolni qo‘ya tur, shuncha ish qarab turibdi»,- desa bo‘lardi. U holda o‘tgan mavsum oxirida dramatik kechgan «Andijon» - «Istiqlol» uchrashuvidagi qiyin va bahs­li g‘alabaning ahamiyati qolmasdi. Andijonda katta futbol kelajagiga ishonch yo‘qolardi. Xullas, viloyat hokimi «Andijon»ning g‘alabasi uchun nima qilsa qildi - pul berdi, mashina topshirdi, futbolchilar bilan o‘ynadi. Ha, g‘alaba uchun hokim o‘ynadi!

Uzr! Yana Xayrullo hayqirmoqda. Shohruz Norxonov ishini endi Elyor Orifov takrorladi. Qoyil! Lekin «Metallurg»ning uyg‘onmayotgani g‘alati. Axir Bekobod jamoasi safarda bo‘lsada, «So‘g‘diyona»ga bosim o‘tkazishga qodir kuchli tarkibga ega. Biroz tortinish bordek «Metallurg»da. Mehmonlar Ulug‘bek Baqoyevni ayashdimi?! Yo‘q, xayriyat, Bahodir Pardayev gol urdi.

Yana avvalgi mavzuga qaytamiz. Negaki, hokimlarning futbolga munosabatlari Superligani qizitmoqda. Ana, Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorovning dastlabki 3ta turdan so‘ng atigi 1 ochko bilan turnir jadvali quyisiga joylashgan «Navbahor» bilan shaxsan shug‘ullangani samara keltirdi. Qarshidagi g‘alaba - ko‘proq Namangan viloyati hokimi sa’y-harakatlari mahsuli. «Lochinlar» Farg‘onada ham «Surxon»ga qarshi shukuh bilan o‘ynashdi. Andrey Kanchelskisning mahorati masalasi o‘z yo‘liga. Bizningcha, g‘alabada muxlislarning chinakam qo‘llab-quvvatlashlari va rahbar oldidagi mas’uliyat hissasi katta. Qolaversa, «Surxon» ham o‘ziga o‘xshamadi. Andrey Miklyayev nimalarni o‘ylagani bizga qorong‘i. Anig‘i shuki, voha jamoasida g‘alabaga ishtiyoq sezilmadi. Jizzaxdagi o‘yin haqida ham shunga yaqin mulohaza bildirish mumkin. Farqi shundaki, «Metallurg» «quruq» mag‘lubiyatni istamadi. Yo‘q, mag‘lubiyatni istamagani tayin, lekin uni tan oldi...

O‘yin tugagach, yana «Futbol 1» sari shoshdik. Buni qarang, Aleksandr Yelaginning ehtirosli ovozi yangramoqda: «Odin - nol! Tretiy gol Jorjinyo Veynalduma v APL!» «Siti» va «Liverpul» «quvdi-quvdi»si avjida! Mayli, APL o‘z yo‘lida davom etaversin. Biz uchun hozircha Superliga taassurotlari muhimroq. «Navbahor» va «Andijon» ilk g‘alabani nishonlagach, muxlislar ochiqdan-ochiq gapirishdi: «Qarab turasizlar, «Qo‘qon-1912» ham safarda «Qizilqum»ni yengadi. G‘alaba qozonmagan yolg‘iz jamoa bo‘lib qolishni xohlamaydi!» Oxir-oqibat, shu ishonch oqlandi. Ofarin! Muxlislar Superligada ko‘zga tashlanayotgan «ilk g‘alaba zarurati» oqimini payqashdi. Shunday qilib, Superliga turnir jadvalida jamoalar bir-biridan ko‘ngli qolmaydigan holatda. Go‘yo «Har bir klub - o‘zi va boshqalar uchun!» shiori hukm surayotgandek. Shu farazga asoslansak, g‘alaba qozonish navbati endi «Nasaf»da.

Mulohazalarimiz nihoyasida Jasur Jaloliddinov kabi 10-sinfda o‘qiyotgan Nurmuhammad Masharifxo‘jayevning bir she’rini e’tiboringizga havola etamiz. Futbol poeziyasida G‘ulomjon Hamidov kabi o‘z o‘rnini topishni istayotgan yosh iste’dod egasiga omad tilaymiz.

 

Shaffoflikni yo‘qotma, futbol

Maydonlarga muxlis shod kelsin desang,

Stadion muxlis bilan to‘lsin desang.

Nihollar ham ko‘kka bo‘y cho‘zsin desang,

Shaffoflikni yo‘qotma, futbol!

 

Ko‘chaga chiq, qara ko‘pdir iqtidor,

Lekin hammasiga yetmas e’tibor.

Kuz kabi to‘kilma, bo‘l yashil bahor,

Shaffoflikni yo‘qotma, futbol!

Futbolchi futbolga jonini bersa,

Maydonda izlagan o‘yinin ko‘rsa.

Fanatlarning baxti ochiqlik bilsang,

Shaffoflikni yo‘qotma, futbol!

 

Futbolga borini beradi fanat,

Mudramagin, bo‘ldi, olamni yashnat!

Muxlislarga ko‘rsat toza muhabbat,

Shaffoflikni yo‘qotma, futbol!

Boshlarni og‘ritar «mayda-chuydalar»,

Bil, bekorchi gaplar vaqtingni olar.

Ochiq o‘yin muxlis qalbida qolar,

Shaffoflikni yo‘qotma, futbol!

 

Quyoshga qarayman, jim turgani yo‘q,

Lekin yerga tushib ham yurgani yo‘q.

Tiriklik yerda bor, quyoshda-chi yo‘q,

Shaffoflikni yo‘qotma, futbol!

Ishqingda kuyganlar ko‘p milliondan,

Seni aziz bilar, tandagi jondan.

Insof qilgin, sen ham chiqma iymondan,

Shaffoflikni yo‘qotma, futbol!

 

Dillarda yashnaydi futbol degan nom,

Dum-dumaloq to‘p-u, yam-yashil maydon.

So‘zimning oxirida xullasi kalom,

Shaffoflikni yo‘qotma, futbol!

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 21:35, 25.04.2019. O'qildi: 2854 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 8
3 Барселона Ferran Torres 7
4 Атлетико Xulian Alvares 7
5 Леванте Karl Etta-Eyong 6
6 Мальорка Vedat Muriki 6
7 Эспаньол Pere Milya 5
8 Бетис Kucho Ernandes 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Сельта Borxa Iglesias 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.