Bugun 25 aprel, 2026 yil, shanba.

  • La-liga
      • 24.04.2026 00:30
      • Real Ovyedo
      • 1:1
      • Vilyarreal
      • 25.04.2026 00:00
      • Betis
      • 0:0
      • Real Madrid
      • 25.04.2026 17:00
      • Alaves
      • 2:1
      • Malyorka
      • 25.04.2026 19:15
      • Xetafe
      • -:-
      • Barselona
      • 25.04.2026 21:30
      • Valensiya
      • -:-
      • Jirona
      • 26.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 26.04.2026 17:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 26.04.2026 19:15
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Elche
      • 26.04.2026 21:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Sevilya
      • 27.04.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Selta
  • Superliga
      • 24.04.2026 19:00
      • Xorazm
      • 0:2
      • Neftchi
      • 24.04.2026 19:00
      • Qizilqum
      • 2:1
      • Qo‘qon-1912
      • 24.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • 1:3
      • Andijon
  • «A» Seriya
      • 24.04.2026 23:45
      • Napoli
      • 0:0
      • Cremonese
      • 25.04.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Piza
      • 25.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Roma
      • 25.04.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Lechche
      • 26.04.2026 15:30
      • Fiorentina
      • -:-
      • Sassuolo
      • 26.04.2026 18:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Komo
      • 26.04.2026 21:00
      • Torino
      • -:-
      • Inter
      • 26.04.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Yuventus
  • APL
      • 25.04.2026 00:00
      • Sanderlend
      • 0:5
      • Nottingem Forest
      • 25.04.2026 16:30
      • Fulhem
      • -:-
      • Aston Villa
      • 25.04.2026 19:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 25.04.2026 19:00
      • Vest Xem
      • 0:0
      • Everton
      • 25.04.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 0:0
      • Tottenhem
      • 25.04.2026 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Nyukasl
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 33 85
2 Real Madrid 33 74
3 Vilyarreal 32 62
4 Atletiko 32 57
5 Betis 33 50
6 Selta 32 44
7 Xetafe 33 44
8 Real Sosyedad 32 42
9 Atletik Bilbao 32 41
10 Osasuna 32 39
11 Rayo Valyekano 32 38
12 Espanyol 32 38
13 Jirona 32 38
14 Alaves 33 36
15 Valensiya 32 36
16 Elche 32 35
17 Malyorka 33 35
18 Sevilya 32 34
19 Levante 32 32
20 Real Ovyedo 32 28

O'tgan o'yinlar.

33-тур Atletik Bilbao 1-0 Osasuna
33-тур Malyorka 0-0 Valensiya
33-тур Real Madrid 0-0 Alaves
33-тур Jirona 2-3 Betis
33-тур Elche 0-0 Atletiko
33-тур Real Sosyedad 0-1 Xetafe
33-тур Barselona 1-0 Selta
33-тур Levante 2-0 Sevilya
33-тур Rayo Valyekano 0-0 Espanyol
33-тур Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Betis - Espanyol

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

VAR – futbol kushandasi...mi?

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Zamonaviy futbol dunyosiga VAR (referi videoassistenti) tushunchasi kirib kelganidan so‘ng mazkur texnologiya borasida juda ko‘p fikrlar yangradi.

Kimdir VARni futbol uchun foydali deb hisoblasa, yana kimlardir mazkur yangilik futboldagi hissiyotlarni yo‘qqa chiqaradigan «kushanda» ekanini ta’kidlamoqda. Bu mavzuda eng qiziq holat «Tottenxem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoda kuzatildi. Chunonchi, argentinalik mutaxassis shu paytga qadar VARni faqatgina yomonlab kelardi. Ammo aynan shu tizim tufayli YECHL chorak finalida «shporlar» «Manchester Siti» to‘sig‘idan o‘tib, yarim finalga chiqishdi. Bu o‘yinda gap Rahim Sterling tomonidan so‘nggi daqiqalarda urilgan, ammo Junayd Chaqir VAR yordamidan so‘ng bekor qilgan gol haqida bormoqda. Soccer.ru portali xodimlari esa mazkur voqea bahona yangi tizimning futbolga nima berishi-yu, nimadan mahrum qilishi borasida maqola tayyorlashdi. 

Maurisio Pochettino (2018 yil 1 mart, Angliya kubogi o‘yinidan so‘ng): «O‘ylashimcha, videotakrorlar tizimi tufayli o‘yinning o‘ziga bo‘lgan e’tibor pasayib ketyapti. Men har doim ingliz hakamlarini Yevropaning eng yaxshilari sifatida hurmat qilganman, ehtimol, ular dunyoning eng kuchlilaridir. Ammo ularga mazkur tizim yordamlashyaptimi yoki ishlariga xalal beryaptimi, bunisini aniq aytolmayman. Futbol - bu hissiyotlarga boy sport turi. Agar biz emosiyalarimizni yo‘q qilmoqchi bo‘lsak, unda VAR ayni muddao va futbol butunlay boshqa qiyofaga kiradi. Hakamlik borgan sari qiyinlashyapti, ularga achinaman. Undan ham ko‘proq futbol ishqibozlariga achinaman, chunki bunday holatlarga ko‘nikish oson bo‘lmayapti».

Maurisio Pochettino (2019 yil 24 yanvar): «Angliyaga VAR tizimini tatbiq etmaslik - yaxshi g‘oya. Modomiki, bizda hali to‘liq ma’lumot yo‘q ekan, bir yil yoxud undan-da ko‘proq sabr qilib turganimiz ma’qul. O‘zgarishlar tufayli futbol muxlislarni g‘azablantira boshlashidan tashvishdaman. Birgina qaror qabul qilish uchun besh daqiqa vaqt sarflansa, bu paytda ishqibozlar nima qilishadi?! Yevropadagi istalgan o‘yinni oling: hech kim VARdan rozi emas».

Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalidagi «Manchester Siti»ga qarshi umumiy g‘alabadan so‘ng Pochettinoga hazil tariqasida VAR tizimidan uzr so‘rash taklif etildi. Biroq argentinalik mutaxassis bu mavzuda gapirishni istamadi va «Tottenxem»ni taqdirning o‘zi mukofotlagani xususida fikr bildirdi. Holbuki, Pochettino videotakrorlarning doimiy «dushmani» sifatida VAR «Manchester Siti» va uning muxlislaridan quvonch­li hissiyotlarni tortib olgani sababli tizimga minnatdorchilik bildirib qo‘ysa bo‘laverardi...

Shunisi ma’lumki, keyingi safar VAR «Tottenxem» zarariga qaror chiqarsa, Pochettino yana tizim ustidan nolishni boshlaydi. Bu nisbat birgina argentinalik mutaxassis emas, VARning boshqa «dushmanlari»ga ham tegishli: bunday kishilar qaror o‘zlarining foydalariga bo‘lsa, indashmaydi, bordi-yu buning aksi ro‘y bersa: «VAR - hissiyotlar kushandasi!» deb ayyuhannos solishadi. Mana shu nuqtai nazardan olib qaralsa, Xosep Gvardiola - chinakam mard inson. Chunonchi, u har qanday holatda ham, o‘z fikrida qat’iy turadi.

Xosep Gvardiola (2018 yil 3 dekabr): «APL o‘yinlariga videotakrorning jalb qilinmagani meni hayron qoldirdi. Zero, VAR tizimi - zamonaviy futbol uchun zarur texnologiya. To‘g‘ri, bugun Angliya yangilikdan yuz buryapti, ammo ertami-kech, bu tizim APLga kirib keladi».

Xosep Gvardiola (2019 yil 21 fevral. Himoyachi Otamendi chetlatilgan va «Siti» darvozasiga ikki marta penalti belgilangan «Shalke»ga qarshi o‘yindan so‘ng): «Men har doim VARning tarafdori bo‘lib kelganman. Rostdan ham, har ikki vaziyatda penaltiga asos bor edi. Qizil kartochka xususida ham aslo hakamga e’tirozim yo‘q».

Xosep Gvardiola (2019 yil 19 aprel. VAR tizimi tufayli «Tottenxem» darvozasiga urilgan gol bekor qilindi va «Manchester Siti» YECHLdagi ishtirokini to‘xtatdi): «Shubhasiz, Chempionlar Ligasidan chiqib ketganimiz juda alamli bo‘ldi. Vaholanki, biz chiroyli o‘yin ko‘rsatib, ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratgandik. VAR hakamlarga bog‘liq xatolarni kamaytirish uchun o‘ylab topilgan. Bu texnologiyaning futbolda qo‘llanilishini muntazam yoqlab kelganman va shunday bo‘lib qolaveradi».

Xo‘sh, YECHL «pley-off» bahslarida qatnashgan va bevosita VAR bilan to‘qnashgan boshqa murabbiylarning tizim haqidagi fikrlari qanday?

Deylik, Yurgen Klopp shu paytgacha VARni yoqlab yoki uni yomonlab, biror-bir keskin fikr bildirmagan. Aniqrog‘i, mutaxassis shu paytgacha tizim borasida ikki martagina gapirdi, xolos. Ularning birinchisi kuz faslida, Angliya Liga kubogining «Chelsi»ga qarshi o‘inidan so‘ng yangragandi. Bu o‘yinda hakamlar «Chelsi»ning o‘yindan tashqari holatdan urilgan golini (hatto videotakrordan keyin ham) inobatga olishgandi.

Yurgen Klopp (2018 yil 27 sentyabr): «Standartdan to‘p uzatilayotgan paytda «Chelsi»ning bir yo‘la ikki o‘yinchisi «ofsayd»da turgandi. To‘g‘ri, bu futbolchilar to‘pga tegishmadi, ammo ular mening shogirdlarim yo‘lini to‘sib qo‘yishdi. Agar standartlar vaqtida o‘yindan tashqari holatda turgan o‘yinchilarga raqib yo‘lini to‘sishga ruxsat berilsa, futbol butunlay o‘zgarib ketadi. Shuningdek, birinchi zarbani yo‘llagan Barkli ham «ofsayd»da edi. Ehtimol, bu oddiy ko‘zga sezilmagandir, ammo hakamlar buni videotakrorlar orqali yaqqol sezishgandi. Ana endi menga aytinglar-chi, agar hakamlar qaror qabul qilishga cho‘chishsa, VARning nima keragi bor?»

Ikkinchi safar esa Klopp «Manchester Siti» - «Tottenxem» o‘yinidan so‘ng VAR borasida so‘z ochib, ispaniyalik hamkasbiga hamdardlik yo‘lladi. Kloppning fikricha, u «Manchester Siti»dagi o‘sha noxush vaziyatni «o‘z tanasida yaqqol his qilgan» va haligacha qanday qilib hakamlar Rahim Sterlingning golini inobatga olishmaganini tushuna olmayotganini ta’kidlagan.

«Yuventus» klubi bosh murabbiyi Massilimilano Allegri ham YECHL guruh bosqichining «Valensiya»ga qarshi o‘yinidan so‘ng VAR haqida ijobiy fikr bildirdi. Yodingizda bo‘lsa, o‘sha uchrashuvda Ronaldu maydondan chetlatilgandi. Allegrining fikricha, o‘shanda hujumchiga qizil kartochka ko‘rsatilmasa ham bo‘lardi.

Massimiliano Allegri (2018 yil 20 sentyabr): «Shuni aniq ayta olamanki, VAR bu vaziyatda hakamga katta yordam bergan bo‘lardi. Bunday holatdan keyin YECHL o‘yinida kamchilik bo‘lib qolish juda qiyin. Buning natijasida biz mag‘lub bo‘lishimiz ham hech gap emasdi. Ayonki, keyingi o‘yinlarda Ronalduning o‘rni bilinadi».

VAR haqidagi fikrlar «Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverdeda ham bor. APLdan farqli ravishda, La Liga allaqachon referi videoassistenti xizmatidan foydalanishni yo‘lga qo‘ygan va Ernesto boshchiligidagi «Barsa» VAR bilan nafaqat CHL, balki ichki chempionatda ham bir necha marta to‘qnash keldi.

Ernesto Valverde: «VAR va boshqa yangi texnologiyalar futbolning chinakam qoidalar asosida, halol o‘tishi uchun yordam beradi, deb umid qilaman. Ammo bu yangiliklarning bevosita o‘yinga ta’siri haqida hozircha yakuniy xulosalarni bildirmay turgan ma’qul. Deylik, shaxsan men VAR tufayli futbolda shiddatga putur yetishini xohlamayman, chunki futbol o‘z shiddati bilan jozibali. Shubhasiz, ba’zida hakamlarga tashqi yordam kerak, lekin biz o‘sha yordamni ideal tarzda bera olamizmikan, degan savol tug‘iladi. Bas, shunday ekan, men ham xuddi sizlar kabi, bularning oxiri nima bilan yakunlanishini kutganim afzal».

«Ayaks» ustozi Erik ten Xag hozircha tizim haqida umuman og‘iz ochmayotgandi, ammo «Ayaks»ning «Real»ga qarshi birinchi o‘yindagi goli bekor qilingach, o‘zini tutib tura olmadi: «Bu sharmandalik. Bizning «toza» golimiz inobatga olinmadi. Hakamlar esa tinmay o‘sha vaziyatda Tadich raqib darvozaboniga xalal berganini ta’kidlashmoqda. Videotakrorlarni o‘zim ham ko‘rdim, lekin golni bekor qilish uchun ular aytgan «jiddiy sabab»ni topa olmadim».

Murabbiylardan so‘ng VAR tizimi bo‘yicha rus sharhlovchisi Vasiliy Utkin ham o‘z fikrlarini quyidagicha bayon qiladi: «Ilm-fan va texnika taraqqiyoti insonga qarshi bo‘lolmaydi. VAR shu paytgacha futbolga jiddiy ziyon keltirmadi. Meni aytdi deysiz, hali VAR muxlislarga shunday quvonch tuyg‘ularini olib keladiki, bunaqasini hatto tasavvur ham qila olmaysiz».

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 13:29, 28.04.2019. O'qildi: 2397 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Барселона Lamin Yamal 16
4 Осасуна Ante Budimir 16
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 13
7 Барселона Robert Levandovski 12
8 Алавес Lukas Boye 12
9 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
10 Алавес Toni Martines 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик