Bugun 28 noyabr, 2025 yil, juma.

  • ECHL
      • 27.11.2025 01:00
      • Arsenal
      • 3:1
      • Bavariya
      • 27.11.2025 01:00
      • Atletiko
      • 2:1
      • Inter
      • 27.11.2025 01:00
      • Ayntraxt F
      • 0:3
      • Atalanta
      • 27.11.2025 01:00
      • Liverpul
      • 1:4
      • PSV
      • 27.11.2025 01:00
      • Olimpiakos
      • 3:4
      • Real Madrid
      • 27.11.2025 01:00
      • PSJ
      • 5:3
      • Tottenhem
      • 27.11.2025 01:00
      • Sporting
      • 3:0
      • Bryugge
  • OChL-2
      • 27.11.2025 12:45
      • Makartur
      • 2:1
      • Tay Po
      • 27.11.2025 15:00
      • Istern
      • 0:5
      • Gamba Osaka
      • 27.11.2025 15:00
      • Ratchaburi
      • 2:0
      • Tep Han Nam Din
      • 27.11.2025 15:00
      • Poxang Stilers
      • 2:0
      • Pathum Yunayted
      • 27.11.2025 17:15
      • Kongan Hanoi
      • 2:1
      • Beyjing Guoan
      • 27.11.2025 17:15
      • Tampines Rovers
      • 5:3
      • Kaya–Iloilo
  • «A» Seriya
      • 29.11.2025 00:45
      • Komo
      • -:-
      • Sassuolo
      • 29.11.2025 19:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Verona
      • 29.11.2025 19:00
      • Parma
      • -:-
      • Udineze
      • 29.11.2025 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 29.11.2025 01:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Elche
      • 29.11.2025 18:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Osasuna
      • 29.11.2025 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Alaves
      • 29.11.2025 22:30
      • Levante
      • -:-
      • Atletik Bilbao
  • Superliga
      • 29.11.2025 15:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Dinamo
      • 29.11.2025 15:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Paxtakor
      • 29.11.2025 15:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Sho‘rtan
  • APL
      • 29.11.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Byornli
      • 29.11.2025 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Lids
      • 29.11.2025 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Bornmut
      • 29.11.2025 22:30
      • Everton
      • -:-
      • Nyukasl
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 13 32
2 Barselona 13 31
3 Vilyarreal 13 29
4 Atletiko 13 28
5 Betis 13 21
6 Espanyol 13 21
7 Xetafe 13 17
8 Atletik Bilbao 13 17
9 Real Sosyedad 13 16
10 Elche 13 16
11 Sevilya 13 16
12 Selta 13 16
13 Rayo Valyekano 13 16
14 Alaves 13 15
15 Valensiya 13 13
16 Malyorka 13 12
17 Osasuna 13 11
18 Jirona 13 11
19 Levante 13 9
20 Real Ovyedo 13 9

O'tgan o'yinlar.

13-тур Valensiya 1-0 Levante
13-тур Alaves 0-1 Selta
13-тур Barselona 4-0 Atletik Bilbao
13-тур Osasuna 1-3 Real Sosyedad
13-тур Vilyarreal 2-1 Malyorka
13-тур Real Ovyedo 0-0 Rayo Valyekano
13-тур Betis 1-1 Jirona
13-тур Xetafe 0-1 Atletiko
13-тур Elche 2-2 Real Madrid
13-тур Espanyol 2-1 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

29/11/25 Xetafe - Elche
29/11/25 Malyorka - Osasuna
29/11/25 Barselona - Alaves
29/11/25 Levante - Atletik Bilbao
30/11/25 Atletiko - Real Ovyedo
30/11/25 Rayo Valyekano - Valensiya
30/11/25 Real Sosyedad - Vilyarreal
30/11/25 Sevilya - Betis
30/11/25 Selta - Espanyol
01/12/25 Jirona - Real Madrid

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Nivaldo: «Yana O‘zbekistonda to‘p surish niyatim bor»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Avvalgi mavsumlarda Toshkentning «Lokomotiv» klubida bir qator kuchli legionerlar to‘p surishgan. Nemanya Yanichich, Muhammad Kone, Benito Muyiva, Gnore Krizo, Nivaldo... Ushbu ro‘yxatni istagancha davom ettirish mumkin.

Bu futbolchilarning ayrimlari ajoyib o‘yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan bo‘lsalar, ba’zilari klubda uzoq qolishmadi. Jumladan, braziliya hujumchi Nivaldo ham «temiryo‘lchilar» safida qisqa muddat o‘ynagan bo‘lsada, esda qolarli lahzalarni taqdim etdi. Yaqinda Nivaldo bilan ijtimoiy tarmoq orqali bog‘lanib suhbatlashdik. U suhbat jarayonida poytaxt klubida to‘p surganidan xursandligini yashirmadi.

- Nivaldo, ayni damda qaysi jamoada to‘p suryapsiz? Rosti, «Lokomotiv»ni tark etishingiz kutganimizdan erta ro‘y berdi...

- O‘tgan mavsum boshida «Lokomotiv»dan taklif oldim, ma’lum muddat ko‘rikda bo‘ldim, so‘ng shartnoma imzoladik. Huquqiy jihatdan «Dinamo Brest»ga tegishli edim, ular istalgan vaqtda meni ortga qaytarishlari mumkin edi. «Lokomotiv»dek klubning bir qismi bo‘lganimdan juda xursandman. Xohish-ixtiyor o‘zimda bo‘lganida, mavsum oxiriga qadar qolardim. Biroq taqdir taqozosi bilan ortga qaytdim. Hozir Belorussiyaning «Gomel» jamoasi sharafini himoya qilyapman. Mazkur klub qarorgohi menga «Lokomotiv» stadioni va bazasini eslatib yuboradi.

- Toshkentdagi qisqa faoliyatingiz mobaynida o‘zingiz uchun nimalarnidir o‘zlashtirdingizmi?

- Mamlakatingizda hayotim va keyingi faoliyatim uchun ulkan tajriba orttirdim. Avvalo, qanday vaziyatda bo‘lishdan qat’iy nazar, bosiqlik bilan hal qilishni, o‘zim va jamoamni qiyin ahvolda qoldirish noto‘g‘ri ekanligini tushunib yetdim. Umuman aytganda, «Loko» men uchun katta maktab vazifasini o‘tadi.

- «Qo‘qon-1912»ga qarshi kechgan uchrashuvda ro‘y bergan mojaroli holatga nima sabab bo‘lgandi?

- O‘sha vaziyat bo‘yicha batafsil ma’lumot berishni istamayman. Men xatolarimdan to‘g‘ri xulosa chiqardim, o‘yindagi nojo‘ya qiliqlarni boshqa takrorlamaslikka ahd qildim. Uchrashuv murosasiz, yuqori tempda o‘tayotgan vaqtda ko‘pincha asablarni jilovlash qiyin kechadi. Raqib darvozaboni bilan o‘sha zahotiyoq kelishib olganmiz, bu borada hech qanday muammo yo‘q. Harakatlarimga yarasha jazolandim.

- O‘zbekiston chempionatida to‘p surgan legioner sifatida sizda iliq taassurot qoldirgan biror-bir o‘zbek futbolchisini ajratib ko‘rsata olasizmi?

- Mamlakatingizda bunday futbolchilar bisyor, ulardan qaysidir birini alohida e’tirof etolmayman. Ammo Superliga bahslarini kuzatib boraman, «Lokomotiv»ning «Instagram»dagi sahifasiga a’zoman, barcha yangiliklardan xabarim bor.

- «Temiryo‘lchilar» Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan chiqish uchun kurash olib borishmoqda. Siz xam bu jamoa bilan qit’a miqyosidagi nufuzli musobaqada ishtirok etgansiz...

- Ha, ajoyib turnir. Bunday musobaqada kuchli raqiblarga raqobat tug‘dirmoqchi bo‘lgan klubning moliyaviy imkoniyatlari yuqori bo‘lishi lozim, zero tarkibni mahoratli futbolchilar bilan kuchaytirish ehtiyoji tug‘iladi. Aks holda, g‘oliblik haqida o‘ylamasa ham bo‘laveradi. Men ham OCHLda to‘p surish baxtiga erishdim, debyut o‘yinimdayoq raqib darvozasini ishg‘ol qildim. Qaysidir ma’noda, klubga yordamim tegdi, desam ham bo‘ladi.

- «Temiryo‘lchilar» OCHL so‘nggi tur uchrashuvidan keyin guruhdan chiqish imkoniyatini pasaytirib yuborishdi. Bunga sabab nimada deb o‘ylaysiz?

- «Lokomotiv» har doim oxirgacha kurashgan, hozir ham kichik bo‘lsada imkoniyat saqlanib qolgan. Keyingi o‘yinlarda ular faqat g‘alaba qozongan holda, ijobiy natijaga erishishadi, degan umiddaman.

- Sobiq jamoadoshingiz Sardor Rashidov Portugaliyaga yo‘l oldi. Buni kutganmidingiz?

- Rashidov - yuksak iqtidor egasi, serqirra futbolchi. Hujum va yarim himoyada birdek barqaror o‘ynay oladi. Eshitishimcha, u «Loko»ni mavsum oxirida tark etib, «Nasyonal» tarkibiga qo‘shilgan. Sardor yetarlicha tajribaga ega. Endi esa, Yevropa futboli havosidan bahra olgan holda, bilim-ko‘nikmalarini yanada oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

- Hozirgi klubingiz «Gomel» o‘z oldiga qanday maqsad qo‘ygan?

- Vazifamiz - eng yaxshi to‘rt jamoadan biri bo‘lish. Albatta, buni uddalashimizga ishonaman. Bugungi klubimda mendan tashqari yana bir qancha xorijlik futbolchilar bor. To‘g‘risi, chempionat bahslari og‘ir kechdi, oson uchrashuvning o‘zi yo‘q. Shunga qaramay, barcha futbolchilar birdamlikda to‘p sursak, yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritishimizga ishonaman.

- Nivaldo, samimiy suhbat uchun rahmat. Keyingi faoliyatingizga omad va zafarlar tilab qolamiz.

- Rahmat. Imkon tug‘ilsa, yana O‘zbekistonda to‘p surish niyatim bor.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 11:33, 29.04.2019. O'qildi: 5575 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 8
3 Барселона Ferran Torres 7
4 Атлетико Xulian Alvares 7
5 Леванте Karl Etta-Eyong 6
6 Мальорка Vedat Muriki 6
7 Эспаньол Pere Milya 5
8 Бетис Kucho Ernandes 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Сельта Borxa Iglesias 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.