Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Aston Villa

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekistonda Markaziy Osiyoda muqobili yo‘q Sport reabilitasiya markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan yurtimizda yoshlarni erta davrdan boshlab ularning fiziologik va psixologik imkoniyatlaridan kelib chiqib sport turlariga yo‘naltirish, sportchilarni tanlab olish va baholash bo‘yicha ishonchli tizimni joriy etish, qolaversa, sportni fan sifatida o‘rganish tizimini yaratishga imkon beruvchi Sport reabilitasiya markazi faoliyati yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. 

Vazirlik tomonidan bu borada rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribalari tahlil qilinib, sohaga xorijiy investisiyalarni jalb etish imkoniyatlari o‘rganildi. 

Shu yilning fevral oyida ishchi tashrif bilan Xitoyda bo‘lgan vazirlik delegasiyasiO‘zbekistonda Sport reabilitasiya markazini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazib, xitoylik mutaxassislar tomonidan yurtimizda mavjud sharoit va imkoniyatlar o‘rganildi. Ikkala tomon ushbu markazni tashkil etish bo‘yicha hamkorlikda loyiha ishlab chiqishdi. 

Kecha, 26 aprel kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga Xitoy Xalq Respublikasining “AVIC INTL” kompaniyasi direktori o‘rinbosari Qin Vei boshchiligidagi delegasiya bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Sport reabilitasiya markazini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. 

Xorijiy loyiha injenering kompaniyasi vakillari Sport reabilitasiya markazi vazifalari va imkoniyatlari haqida vazirlik mas’ullariga taqdimot o‘tkazishdi. 

Xalqaro talablarga javob beradigan ushbu markazning tashkil etilishi yoshlarni erta davrdan boshlab ularning fiziologik va psixologik imkoniyatlaridan kelib chiqib sport turlariga yo‘naltirish, sportchilarni tanlab olish va baholash bo‘yicha ishonchli tizim yaratish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida sportdagi natijalarimizning sezilarli darajada yaxshilashga xizmat qiladi. 

Bundan tashqari Markazda jarohat olgan sportchilarimizning qayta tiklanishlari uchun jahon talablariga javob beradigan sharoitlar yaratiladi. 

Tadbirda shuningdek, markaz joylashadigan hudud masalasi ham muhokama qilinib, taklif etilgan inshootlar orasidan Chirchiq shahrida joylashgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hududi ancha qulay ekanligi ta’kidlandi.

Respublikaning to‘rtta hududida Markaz filiallarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

 

Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev mehmonlarga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirar ekan, shunday dedi:

 

“Shu kabi markaz faoliyati bilan yurtingizga qilgan xizmat safarimiz davomida tanishib, o‘zimizda ham shunday zamonaviy markaz faoliyatini tashkil qilishni rejalashtirgan edik. Qisqa davrda ushbu yo‘nalishdagi ishlarimizda amaliy harakatlar boshlangani ham o‘zaro ishonchli hamkorlikning yaqqol ifodasi deb bilamiz. Yangi markaz faoliyatini tez va samarali yo‘lga qo‘yish uchun barcha imkoniyatni ishga solamiz”. 

Markaz tashkil etilishi bir necha bosqichda amalga oshirilib, dastlab sport reabilitasiya, jismoniy tayyorgarlik, ommaviy salomatlikni nazorat qilish, yosh iqtidorlarni seleksiya qilish markazlari va o‘quv platformasi auditoriyasi yaratiladi. 

Keyingi bosqichlarda esa sportni fan sohasida rivojlantirishga qaratilgan bir qancha laboratoriyalar va ixtisoslashgan markazlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan. 

Bundan tashqari, markazda sportchilarning jismoniy va ruhiy holatini doimiy monitoring qiladigan tizim yo‘lga qo‘yilib, ularni musobaqalarga tez va sifatli tayyorlashga yordam ko‘rsatiladi. 

Ma’lumot uchun, “AVIC INTL” kompaniyasi 1979 yilda tashkil etilib, dunyodagi eng yirik 500 ta kompaniyalardan biri hisoblanadi. 65 ta davlatda 148 vakolatxonasi bo‘lgan kompaniyaning bir yillik mablag‘ aylanmasi 25 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi.

Manba: Minsport
Kiritildi: 12:01, 29.04.2019. O'qildi: 3578 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик