Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 01.03.2026 00:45
      • Inter
      • 2:0
      • Jenoa
      • 01.03.2026 16:30
      • Cremonese
      • 0:2
      • Milan
      • 01.03.2026 19:00
      • Sassuolo
      • 2:1
      • Atalanta
      • 01.03.2026 22:00
      • Torino
      • 2:0
      • Lasio
      • 02.03.2026 00:45
      • Roma
      • 3:3
      • Yuventus
      • 02.03.2026 22:30
      • Piza
      • -:-
      • Bolonya
      • 03.03.2026 00:45
      • Udineze
      • -:-
      • Fiorentina
  • La-liga
      • 01.03.2026 01:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Atletiko
      • 01.03.2026 18:00
      • Elche
      • 2:2
      • Espanyol
      • 01.03.2026 20:15
      • Valensiya
      • 1:0
      • Osasuna
      • 01.03.2026 22:30
      • Betis
      • 2:2
      • Sevilya
      • 02.03.2026 01:00
      • Jirona
      • 1:2
      • Selta
      • 03.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Xetafe
  • Superliga
      • 01.03.2026 19:00
      • OKMK
      • 0:1
      • Bunyodkor
      • 01.03.2026 19:15
      • Nasaf
      • 1:0
      • Xorazm
  • APL
      • 01.03.2026 19:00
      • Fulhem
      • 2:1
      • Tottenhem
      • 01.03.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • 2:1
      • Kristal Pelas
      • 01.03.2026 19:00
      • Brayton
      • 2:1
      • Nottingem Forest
      • 01.03.2026 21:30
      • Arsenal
      • 2:1
      • Chelsi
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 26 64
2 Real Madrid 25 60
3 Atletiko 26 51
4 Vilyarreal 26 51
5 Betis 26 43
6 Selta 26 40
7 Espanyol 26 36
8 Real Sosyedad 26 35
9 Atletik Bilbao 26 35
10 Osasuna 26 33
11 Sevilya 26 30
12 Jirona 26 30
13 Xetafe 25 29
14 Valensiya 26 29
15 Rayo Valyekano 25 27
16 Alaves 26 27
17 Elche 26 26
18 Malyorka 26 24
19 Levante 26 21
20 Real Ovyedo 25 17

O'tgan o'yinlar.

26-тур Levante 2-0 Alaves
26-тур Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
26-тур Barselona 4-1 Vilyarreal
26-тур Malyorka 0-1 Real Sosyedad
26-тур Real Ovyedo 0-1 Atletiko
26-тур Elche 2-2 Espanyol
26-тур Valensiya 1-0 Osasuna
26-тур Betis 2-2 Sevilya
26-тур Jirona 1-2 Selta

Navbatdagi o'yinlar.

04/03/26 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sportchilar innovasion texnologiyalar asosida tayyorlanadi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A
Yangi innovasion g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi tasarrufidagi Namangan shahar o‘quv-sport klubi foydalanishga topshirildi.   Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashi, Namangan viloyati hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari, mudofaa, ichki ishlar boshqarmalari rahbariyati, Milliy gvardiya va harbiy qismlar askarlari, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari, yoshlar ishtirok etdi.   Tadbirda mamlakatimizda yoshlarning ma’naviy va jismoniy kamoloti yo‘lida yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularni sog‘lom turmush tarzi va vatanparvarlik tamoyillari asosida tarbiyalash, bu borada adabiyot, san’at, sport kabi ommaviy vositalardan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.   – Innovasion texnologiyalar joriy etilgan mazkur o‘quv-sport klubi harbiy vatanparvarlik tarbiyasi bilan birga Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusni o‘z ichiga olgan, – deydi O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashi raisining o‘rinbosari M.Umarov. – Muassasada yoshlarni intellektual va jismonan kamol toptirish, ularning qiziqishini oshirish va bu boradagi qobiliyatini rivojlantirish uchun barcha sharoit yaratilgan.   5-faqat saytga..jpg   Ushbu o‘quv-sport klubi davlatimiz rahbarining 2018 yil 12 dekabrdagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq barpo etildi.    Klub majmuasi 17 ta nazariy o‘quv xonasi, 2 ta laboratoriya – amaliy o‘quv mashg‘ulotlari xonasi, ma’naviyat va ma’rifat xonasi, ishchi va xizmatchilar, o‘quvchilarning madaniy dam olish xonalari, o‘quv mashqi maydoni (avtodrom), texnik nazorat maskani va boshqa ko‘plab zarur texnik-xo‘jalik inshootlarini o‘z ichiga olgan. Har biri 25 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan o‘quv xonalari innovasion g‘oya va texnologiyalar asosida jihozlangan. So‘nggi rusumdagi axborot-kommunikasiya texnologiyalari, “Smart Board M-600” interaktiv animasion doskasi, interaktiv doska, harakatlanuvchi “Lasetti” avtomobilining qirqimli maketi, svetoforlar va aholi yashaydigan hudud maketlari, ikkita avtotrenajyor nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uyg‘unlikda olib borilishini ta’minlaydi. O‘quv xonalari, xususan, yakuniy imtihon olish xonasiga o‘rnatilgan audio-video kuzatuv qurilmalari o‘zaro jamoatchilik nazorati tamoyili sifatida o‘quv jarayoni shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi.   Barcha o‘quv-amaliy mashg‘ulot xonalaridagi yo‘l harakati xavfsizligiga oid yo‘l belgilari, panno va boshqa ko‘rgazmali vositalar elektron tizimda ishlaydi. Yengil va yuk avtomobillarining ichki mexanizmlari, qirqilgan maketlari har bir detalning tuzilishi va vazifasi haqida o‘quvchining to‘liq tasavvur asosida bilimi va tajribasini boyitishga xizmat qiladi. 3,5x5,5 metr o‘lchamdagi ko‘chma shaharcha maketi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlashda qo‘l keladi.   – O‘quv xonalarini jihozlashda o‘qituvchilar, instruktorlar o‘rtasida o‘ziga xos tanlov e’lon qilindi, – deydi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi raisi A.A’laxo‘jayev. – Bu har bir o‘qituvchining o‘quv xonasini o‘zi maroq bilan ishlaydigan, o‘quvchi ishtiyoq bilan bilim oladigan xonaga aylantirishi uchun ilmiy, amaliy, ijodiy yondashuv bilan jihozlashga turtki bo‘ldi.    Klub hovlisi markazida barpo etilgan rangli favvora muassasa hududida musaffo mikroiqlim hosil qilishda, xodimlar va o‘quvchilarning estetik tarbiyasida ham muhim rol o‘ynaydi.   12.jpg   Tantanali tadbirdan so‘ng ishtirokchilar Namangan shahar o‘quv-sport klubida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.   Tadbirda “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi tasarrufidagi o‘quv sport klublari jamoalarining avtomotosport, aviamodel, raketamodel kabi sportning texnik va amaliy turlari, harbiy xizmatchilarning jangovar san’at turlari bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.   O‘quv-sport klubining ochilishi “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab Namangan Yoshlar markazida “Yoshlarning harbiy vatanparvarlik tarbiyasi” nomli kitob taqdimoti, “Barkamol avlod” yoshlar sport majmuasida o‘tkazilgan “Biz vatanparvarlarmiz!” shiori ostidagi harbiy vatanparvarlik va sport festivaliga ulanib ketdi.   Tadbir doirasida, shuningdek, xizmat burchini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar xodimlari yodga olinib, ularning oilalariga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Manba: UZA
Kiritildi: 23:55, 02.05.2019. O'qildi: 2147 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Lamin Yamal 13
4 Барселона Ferran Torres 12
5 Осасуна Ante Budimir 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.