Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 01.03.2026 00:45
      • Inter
      • 2:0
      • Jenoa
      • 01.03.2026 16:30
      • Cremonese
      • 0:2
      • Milan
      • 01.03.2026 19:00
      • Sassuolo
      • 2:1
      • Atalanta
      • 01.03.2026 22:00
      • Torino
      • 2:0
      • Lasio
      • 02.03.2026 00:45
      • Roma
      • 3:3
      • Yuventus
      • 02.03.2026 22:30
      • Piza
      • -:-
      • Bolonya
      • 03.03.2026 00:45
      • Udineze
      • -:-
      • Fiorentina
  • La-liga
      • 01.03.2026 01:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Atletiko
      • 01.03.2026 18:00
      • Elche
      • 2:2
      • Espanyol
      • 01.03.2026 20:15
      • Valensiya
      • 1:0
      • Osasuna
      • 01.03.2026 22:30
      • Betis
      • 2:2
      • Sevilya
      • 02.03.2026 01:00
      • Jirona
      • 1:2
      • Selta
      • 03.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Xetafe
  • Superliga
      • 01.03.2026 19:00
      • OKMK
      • 0:1
      • Bunyodkor
      • 01.03.2026 19:15
      • Nasaf
      • 1:0
      • Xorazm
  • APL
      • 01.03.2026 19:00
      • Fulhem
      • 2:1
      • Tottenhem
      • 01.03.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • 2:1
      • Kristal Pelas
      • 01.03.2026 19:00
      • Brayton
      • 2:1
      • Nottingem Forest
      • 01.03.2026 21:30
      • Arsenal
      • 2:1
      • Chelsi
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 26 64
2 Real Madrid 25 60
3 Atletiko 26 51
4 Vilyarreal 26 51
5 Betis 26 43
6 Selta 26 40
7 Espanyol 26 36
8 Real Sosyedad 26 35
9 Atletik Bilbao 26 35
10 Osasuna 26 33
11 Sevilya 26 30
12 Jirona 26 30
13 Xetafe 25 29
14 Valensiya 26 29
15 Rayo Valyekano 25 27
16 Alaves 26 27
17 Elche 26 26
18 Malyorka 26 24
19 Levante 26 21
20 Real Ovyedo 25 17

O'tgan o'yinlar.

26-тур Levante 2-0 Alaves
26-тур Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
26-тур Barselona 4-1 Vilyarreal
26-тур Malyorka 0-1 Real Sosyedad
26-тур Real Ovyedo 0-1 Atletiko
26-тур Elche 2-2 Espanyol
26-тур Valensiya 1-0 Osasuna
26-тур Betis 2-2 Sevilya
26-тур Jirona 1-2 Selta

Navbatdagi o'yinlar.

04/03/26 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Imkoniyatni chamalash mavridi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Dushanba kuni o‘tkazilgan «Surxon» - «Andijon» bahsi bilan 6-tur o‘yinlariga ham yakun yasaldi.

Mazkur bellashuv Samarqandda o‘tgan «Dinamo» - «Navbahor» qarama-qarshiligiga ters o‘laroq, o‘ta mazmunsiz o‘tgan bo‘lishiga qaramay, muxlislarning ayni paytdagi Coca-Cola Superligaga bo‘lgan qiziqishlari hozircha binoyidek. Ayniqsa, musobaqa jadvalidagi jamoalarning o‘ta tig‘iz joylashuvi barchani mamnun qilmoqda...

HAMMASI RISOLADAGIDEK...

Hozircha chempionat bahslari oldindan ma’lum bo‘lgan ssenariy bo‘­yicha ketmoqda. Kuchsizlangan, aksari yosh yigitchalardan tarkib topgan «Bunyodkor»ning dastlabki ikki turdagi 0 ochkosidan so‘ng keyingi 4 uchrashuvda 10 ochkoni qo‘lga kiritgani va «Metallurg» bilan birga 3-4-o‘rinlarni bo‘lishib turgani biroz «sensasion» ekani hisobga olinmasa, chempionatda hozircha aytarli alohida voqelik yo‘q. «Navbahor»ning dastlabki 3 turdagi kutilmagan muvaffaqiyatsizliklari ham ortda qolib, jamoa yo‘qotilgan ochkolar o‘rnini to‘ldirib oldi. Biz oldindan taxmin qilgan yetakchilar orasida hozircha faqatgina AGMK oqsamoqda...

«SURXON» TAKTIKASI

Janub viloyati jamoasi ko‘rsatayotgan natijalarni «Navbahor»dan qabul qilib olingan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan va o‘z maydonida «Andijon» bilan bo‘lgan o‘yindagi durangdan so‘ng ham ancha ijobiy deyish mumkin. 6 uchrashuvda 9 ochko va 5-o‘ringa joylashish Superligaga so‘nggi lahzalarda qo‘shilgan klub uchun aslida juda zo‘r natija. Shunga qaramay, jamoa ko‘rsatayotgan o‘yin­lar ba’zi muxlislarning ayovsiz tanqidiga uchramoqda. Men buni ko‘proq internetdagi muxlislar fikrlari yozilgan manbalarda ko‘p uchratdim. Aksariyat tarmoq foydalanuvchilari «Paxtakor» va «Navbahor»ga qarshi o‘yinlarda «Surxon» «antifutbol» namoyish etganini ta’kidlaganlar.

Ortga qaytib shuni ta’kidlash kerakki, Miklyayev shogirdlari «Paxtakor»ga qarshi uy uchrashuvida nima qilib bo‘lsada durang qayd etishni uddalashdi. Lekin «Navbahor»ga kelganda bu harakatlar «ish bermadi». To 75-daqiqagacha surxondaryoliklar o‘zlari mo‘ljallagan natijani qayd etib turishdi. Lekin Kanchelskis shogirdlari bunday futbol uchun «Surxon»ni jazolashdi - mehmon futbolchilarning «yotib olishlari» va ayniqsa, darvozabon Asilbek Omonovning ochiq-oydin vaqt cho‘zishiga jamoa uchrashuv so‘ngida 3ta gol bilan javob qaytardi.

Hattoki, ayrim «Surxon» fanatlari ham Andrey Miklyayevdan bunday futboldan voz kechishni, aksincha, halol va hujumkor o‘yin namoyish etishni talab qilishmoqda. Lekin tanganing ikkinchi tarafi ham borki, «Paxtakor»ga jamoa kuchi borasida ta’rif berish ortiqcha, bunga qo‘shimcha ravishda «Navbahor» ham biz o‘ylagandan ancha kuchliroq jamoaga aylanib ulgurmoqda, shu kunlarda. Aftidan, bu faktlarni Miklyayev hisobga olgan. Ikkala jamoa bilan ham ochiq futbol namoyish etish xavfli ekanini sezgan janubliklar murabbiyi bu ikki o‘yinda ana shunday qo‘shimcha «qurol»larni ishlatishga majbur bo‘lgan.

«Qaytar dunyo» deganlaridek, yuqoridagi ikki o‘yinda «Surxon» qo‘llagan taktikani 6-turda «Andijon» mazkur jamoaning o‘ziga qarshi ishlatdi. Ya’ni, nima qilib bo‘lsa ham Surxondaryodan ochko olib ketish ilinjida bo‘lgan andijonliklar o‘yinning shu darajada mazmunsiz o‘tishiga sababchi bo‘ldilar. Aksiga olib, «Surxon» maydoni ham jamoalarning chiroyli futbol namoyish etishlariga xalaqit bermoqda.

APLdagi O‘YIN KABI...

6-turda Samarqandda o‘tgan «Dinamo» - «Navbahor» bellashuvi shu darajada tezkor, voqealarga boy tarzda kechdiki, juda ko‘pchilik tomonidan «APLdagi o‘yin kabi» deya ta’rif oldi. Ikkala jamoaga cheksiz hurmatimizni saqlagan holda o‘sha o‘yin haqida biroz fikr bildirsak. Rosti, o‘sha kuni hisob 6:6 ham, 7:7 ham bo‘lishi mumkin edi. Jamoalar shu darajada ko‘p vaziyatlar sodir etishdiki, bitta holatni kuzatib ulgurmasimizdan qarama-qarshi darvoza tomon zarbalar berildi. Ikkala jamoada ham yarim himoya va hujum vakillari o‘ta faol o‘ynashdi, o‘sha oqshom. Shunga qaramay, vaziyatlardan foydalanish darajasining o‘ta pastligi kishini o‘yga toldiradi. Futbolchilar bolalarcha xatoga yo‘l qo‘yishmoqda. Ikkinchi tomondan, himoya vakillarining o‘ta sust o‘yini ko‘zga tashlanib turibdi. Hujumdan ortga qaytib, pozisiya tanlashdagi yirik xatolar ko‘p marta qimmatga tushishi mumkin edi, lekin raqib jamoaning old chiziq vakillari bundan-da ko‘proq xatolarga yo‘l qo‘yishdi.

Buni o‘yindan so‘ng «Navbahor» bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis ham alohida e’tirof etdi. Jumladan, «Muxlislar mazza qilib ko‘radigan futbol bo‘ldi, lekin jamoamning o‘yinidan umuman qoniqqanim yo‘q», dedi mehmonlar bosh murabbiyi.

Bu gaplar sog‘lom fikrlaydigan kishini quvontirmasdan qo‘ymaydi, albatta. Gap shundaki, ko‘p yillar dunyo darajasidagi futbol ichida yashagan Kanchelskis bunday o‘yindan albatta qoniqmasligi aniq, bu holat o‘z futbolchilariga yanada ko‘proq talab qo‘yishiga olib keladi. Rostdan ham, «Navbahor» o‘tgan yilgiga nisbatan 200 foizga o‘zgargan, xilma-xil va mazmunli kombinasiyalar, turli xil sxemalar va hokazolar Kanchelskisning jamoaga nimadir bera olganini yaqqol ifodalab turibdi.

Lekin jamoadagi ijrochilar uning «chizgan chizig‘i»dan chiqayotgani ham bor gap. O‘sha kungi o‘yindan keyin Kanchelskis yosh Oston O‘runovni o‘zbilarmonlik qilgani uchun almashtirganini aytib o‘tgandi. Bunga qo‘shimcha qilib shuni aytish mumkinki, jamoa o‘yinini buzgan futbolchilardan yana biri Abbos G‘ulomov bo‘ldi. Chunonchi, u 1-bo‘limda ikkita qulay vaziyatni yo‘qqa chiqardi - to‘pni o‘zidan-da qulayroq turgan sheriklariga oshirish o‘rniga o‘zi darvoza tomon zarba berdi. Buni bizdan ham ko‘ra ko‘proq Kanchelskis payqagan bo‘lsa ajab emas. Faqatgina o‘yindan keyin bu haqda to‘xtalmadi.

TIG‘IZ JADVAL

Ayni payt Superligada musobaqa jadvali chindan ham shu darajada «zich» ko‘rinishdaki, 4 ochko bilan so‘nggi pog‘onani band etib turgan AGMK klubi yoxud undan bittagina ko‘p ochko jamg‘argan «Qo‘qon-1912» va «Qizilqum» jamoalarini keyingi 3ta turdan so‘ng bemalol 5-6-pog‘onalarda ko‘rishimiz mumkin. Qiziq holat: 3-o‘rindan to o‘sha oxirgi pog‘onadagi AGMKgacha bo‘lgan jamoalar atigi bir ochkodan farq bilan joylashishgan.

«Metallurg» va «Bunyodkor»da 10, «Surxon»da 9, «Navbahor» va «Dinamo»da 8, «Nasaf»da 7, «Buxoro», «Andijon» va «So‘g‘diyona»da 6, «Qizil­qum» va «Qo‘qon»da 5, AGMKda - 4. Ya’niki, erinmasdan sanab chiqishga arziydigan darajadagi ketma-ketlik...

Butun 12 klub orasidagi farq - atigi 6 ochko!

Shunga qaramay, bu farq yana 3-4 turdan so‘ng ancha kattalashishi hech gap emas. Xo‘sh, keyingi turlarda qaysi jamoalarda ochko yig‘ish imkoniyatlari ko‘prog‘-u, qaysilarida nisbatan chegaralangan?

«MINUSCHILAR»

1. «So‘g‘diyona» va «Qo‘qon-1912»

Quyiroqda ketayotganlari yetmaganidek, mazkur ikki jamoada ochko yig‘ish borasida ham imkoniyatlar ancha kam. Jizzax jamoasini 7 va 9-turlarda mehmonda «Navbahor» va ­AGMKga qarshi o‘ta qiyin ikkita bahs kutib turgan bo‘lsa, qo‘qonliklar «Loko»ga qarshi jiddiy sinovdan o‘tishadi. Keyingi turda «Bunyodkor»ga qarshi kechadigan bahs ham No‘’mon Hasanov shogirdlari uchun yana bir bor ochkolar yo‘qotish o‘yiniga aylanishi mumkin (rosti, chempionat boshlanishidan oldin Abramov shogirdlariga deyarli hech kim jiddiy raqib sifatida qaramagandi).

2. «Metallurg» va «Surxon»

Ayni payt ancha yuqoridan o‘rin olgan mazkur ikki klub yana 3 turdan so‘ng qayerga joylashishi mumkinligi judayam qiziq mavzu. Gap shundaki, Bekobod jamoasining «Paxtakor», «Lokomotiv» va «Navbahor» uchligiga qarshi bahslardan qanaqa holatda chiqib ketishi Andrey Shipilov shogirdlarining o‘sha uchta o‘yinda qabul qilinajak zarbalarga qay tarzda dosh bera olishlariga bog‘liq. Hozirgacha o‘ziga ancha yetarli ochkolarni yig‘ib olgan bo‘lishiga qaramay, «Metallurg» 9-turdan so‘ng musobaqa jadvalining o‘rtalaridan yoki undan-da quyiroqdan o‘rin olishini kutish mumkin.

Janubiy sarhadlarimiz vakili «Surxon»ni ham 7 va 9-turlarda mehmonda ikkita ancha qiyin o‘yin kutib turibdi: dastlab AGMK, keyin «Qizilqum»ga qarshi bahs. Oradagi turda o‘z maydonida «Buxoro» bilan o‘ynashiga qaramay, Baxtiyor Ashurmatov shogirdlarini ham oson yengib bo‘lmasligini oldingi turlar orqali ko‘rdik. Shu fikrlar, basharti to‘g‘ri chiqadigan bo‘lsa, «Surxon» ham 9-turdan so‘ng ancha quyiga sho‘ng‘ishi aniq.

3. Bundan tashqari, «Dinamo» va «Nasaf» jamoalari ham keyingi 3ta o‘yindan 2tasini mehmonda o‘tkazishadi. Qarshi jamoasi avval «Buxoro», keyin 9-turda «Qo‘qon-1912» mehmoni bo‘ladi. Samarqandliklar esa avval Andijonga, keyinroq Buxoroga borishadi.

«PLYUSCHILAR»

Ochko oluvchilarning eng boshida har doimgidek «Paxtakor» bilan «Lokomotiv» bo‘ladi. Bu ikki jamoa qayerda, kimga qarshi o‘ynashidan qat’iy nazar, chempionat yakuniga qadar istalgan raqibga jiddiy xavf solib turishini kutish mumkin. Ularning ortidan quvib kelayotganlardan faqatgina «Navbahor» biroz yaxshi imkoniyatga ega. Andrey Kanchelskis shogird­lari keyingi 4ta uchrashuvning 3tasini o‘z maydonlarida o‘tkazishadi. 7-tur. «So‘g‘diyona», 9-tur «Metallurg», 10-tur «Andijon».

Mazkur uchta bahs Namangandagi maydoni qayta tiklangan stadionda o‘tishini hisobga olsak, jamoaning o‘sha 10-turdan keyin ancha yuqorilashini kutsa bo‘ladi. Hattoki, 8-turda mehmonda «Paxtakor»dan mag‘lubiyatga uchragan taqdirlarida ham yuqoridagi uch o‘yindagi ehtimoliy muvaffaqiyatlar jamoani ancha yuqoriga olib chiqib qo‘yishi mumkin.

Va nihoyat, kutilmagan «sho‘ng‘ish» sohibi AGMK haqida. Garchi, ayni payt jadvalning so‘nggi pog‘onasiga joylashgan bo‘lishiga qaramay, Mirjalol Qosimov shogirdlarida hali ham katta potensial bor. Hammasi mana shuni o‘z vaqtida amalga oshirishga bog‘liq. Olmaliq jamoasi ke­yingi uchta turdan ikkitasini o‘z maydonida o‘tkazadi va aynan mana shu o‘yinlarda jamoa oldingi bahslarda yo‘qotilgan ochkolarni qaytarib olishi ehtimoli juda katta. Avvaliga 7-turda «Surxon»ni, keyinroq 9-turda «So‘g‘diyona»ni o‘z maydonida qabul qilajak AGMK oradagi turda mehmonda «Dinamo»dan ham ochko olib qaytishi mumkin. Tabiiyki, juda tang ahvolda qolgan Qosimov o‘z jamoasini mazkur inqirozdan olib chiqib ketish payida bo‘ladi.

Fikrlarni shu yerga kelganda to‘xtatamiz, kecha «Paxtakor» - «Metallurg» o‘yini orqali ochib berilgan 7-tur o‘yinlari ertaga bo‘lib o‘tadigan ikki uchrashuv orqali davom ettiriladi. Yuqorida bildirgan munosabatlarimiz o‘zini qay darajada oqlaydi, buni may oyi oxirlarida bilib olamiz.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 18:31, 03.05.2019. O'qildi: 3041 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Lamin Yamal 13
4 Барселона Ferran Torres 12
5 Осасуна Ante Budimir 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.