Joriy haftada o‘zbek tennischilari Fransiya, Tojikiston va Qozog‘istonda o‘tadigan xalqaro turnirlarda mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.
Tojikistonning Dushanbe shahri mezbonlik qiladigan o‘smirlar o‘rtasidagi "J5" musobaqasida Aziz Dadaboyev, Maksim Shin, Berdiyor Mavlonov, Samandar Abdumalikov, Abdusamad Usmonov, Said Akbarov, Isfandiyor Mahmudov va Lazizbek Qurbonov kortga chiqadi. Qizlar o‘rtasida esa Sevil Yuldosheva, Setora Normurodova, Anjelina Fols, Mohinur Sharipova, Darya Kornilova va Farida Marimova kabi tennischilar o‘z omadini sinab ko‘radi.
Qozog‘istonning Chimkent shahrida boshlangan "Chellenjer" turnirida esa Sanjar Fayziyev, Humoyun Sultonov va Sergey Fomin kabi tennischilarimiz bosh sovrin uchun yakkalik va juftlik bahslarida kortga chiqadi. Unda Sergey misrlik Karim Muhammad Maamun bilan kuch sinashsa, Humoyun vengriyalik Zombor Pirosni sinovdan o‘tkazadi. Sanjarning ilk uchrashuvi hindistonlik Arjun Kadega bilan bo‘ladi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin esa Fransiyadagi "Chellenjer" turnirida o‘z ishtirokini to‘g‘ridan-to‘ri ikkinchi davradan boshlaydi.