Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma.

  • Superliga
      • 17.04.2026 18:00
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Navbahor
      • 17.04.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Buxoro
      • 17.04.2026 20:15
      • Surxon
      • -:-
      • Qizilqum
      • 18.04.2026 18:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Nasaf
      • 18.04.2026 19:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Xorazm
      • 18.04.2026 20:15
      • Paxtakor
      • -:-
      • Dinamo
  • «A» Seriya
      • 17.04.2026 21:30
      • Sassuolo
      • -:-
      • Komo
      • 17.04.2026 23:45
      • Inter
      • -:-
      • Kalyari
      • 18.04.2026 18:00
      • Udineze
      • -:-
      • Parma
      • 18.04.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Lasio
      • 18.04.2026 23:45
      • Roma
      • -:-
      • Atalanta
  • APL
      • 18.04.2026 16:30
      • Brentford
      • -:-
      • Fulhem
      • 18.04.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 18.04.2026 19:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Bornmut
      • 18.04.2026 21:30
      • Tottenhem
      • -:-
      • Brayton
      • 19.04.2026 00:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Man. Yunayted
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 7 18
2 Neftchi 7 18
3 Navbahor 7 15
4 Buxoro 7 14
5 Bunyodkor 7 13
6 Nasaf 7 12
7 Lokomotiv 7 11
8 Xorazm 7 9
9 Surxon 7 8
10 OKMK 7 8
11 Qo‘qon-1912 7 7
12 Dinamo 7 7
13 Qizilqum 7 6
14 Andijon 7 6
15 So‘g‘diyona 7 5
16 Mash’al 7 0

O'tgan o'yinlar.

7-тур Navbahor 2-0 Surxon
7-тур Dinamo 1-2 Lokomotiv
7-тур Andijon 1-2 OKMK
7-тур Nasaf 1-1 Buxoro
7-тур Paxtakor 2-1 Mash’al
7-тур Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
7-тур Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
7-тур Bunyodkor 0-1 Neftchi

Navbatdagi o'yinlar.

17/04/26 Lokomotiv - Navbahor
17/04/26 OKMK - Buxoro
17/04/26 Surxon - Qizilqum
18/04/26 Neftchi - Nasaf
18/04/26 Mash’al - Xorazm
18/04/26 Paxtakor - Dinamo
19/04/26 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04/26 Qo‘qon-1912 - Andijon

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Akobir To‘rayev: «Katta jamoalarda o‘ynashdan umid uzganim yo‘q»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

Bu futbolchi 2012 yili Eronda o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan, yaqin kelajakda milliy termamiz uchun ajoyib hujumchi yetishib chiqayotgandek tuyulgandi, ko‘pchilikka. Biroq ke-yinchalik uning faoliyatida pasayish sezildi, gol u yoqda tursin, hattoki, o‘yin amaliyoti ham kamayib ketdi. Bugungi kunda «Buxoro» sharafini himoya qilayotgan Akobir To‘rayev klubida ham kam ko‘rinish bermoqda. Coca Cola Superliga 6-turi doirasidagi «Bunyodkor»ga qarshi kechgan bahs (2:2)dan so‘ng ushbu futbolchini suhbatga chorlab, unga o‘zimizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdik.

- Akobir, sizni 2012 yili Eronda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati orqali kashf etdik. Esimizda, o‘sha musobaqada juda yaxshi o‘yin namoyish etgan edingiz... Ammo katta futboldagi faoliyatingiz biz o‘ylagandek chiqmadi.

- To‘g‘ri aytasiz, o‘sha chempionatda qariyb barchamiz yuqori saviyali futbol ko‘rsatib, yakunda g‘alabani tantana qilganmiz. O‘zim haqimda to‘xtaladigan bo‘lsam, xarakterim sabab o‘z jamoamda o‘rnimni topishim qiyin bo‘ldi. Boz ustiga, hozirga qadar «Buxoro»ni ko‘plab murabbiylar boshqardi, har birining o‘ziga yarasha prinsiplari, taktik uslublari bo‘ladi. Tabiiyki, o‘z yondashuviga mos keladigan boshqa futbolchilarni tarkibga jalb etadi. Men esa doim xulq-atvorim tufayli chetda qolib ketdim.

- Tengdoshlaringizning aksariyati «Bunyodkor» va «Paxtakor» akademiyalari tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi. Ayting-chi, sizda ham poytaxt klublarida to‘p surish imkoni bo‘lganmi?

- Hammasi o‘z qo‘limda edi. 2012 yilgi Osiyo chempionatidan keyin «Paxtakor»ga o‘tish g‘oyasi paydo bo‘lgan, biroq ma’lum sabablarga ko‘ra bu ish amalga oshmay qolgandi. Shunga qaramay, 2016 yil boshida murabbiy No‘’mon Hasanov meni «Paxtakor»ga taklif qildi, bir davra yomon harakat qilmadim. Imkoniyat berganliklari uchun ularga rahmat aytaman. O‘yin amaliyoti kam bo‘lgani bois ikkinchi davrada ortga qaytdim. O‘sha vaqtda «Buxoro»da Tachmurat Agamuratov faoliyat yuritardi, Jamshid Saidov uning yordamchisi edi. Ayrim bahslarda hatto asosiy tarkibda maydonga tushdim. Hali katta jamoalarda o‘ynashdan umidimni uzganim yo‘q. Xudo xohlasa, top-klublarda muvaffaqiyatli to‘p suraman.

- Dilshod Nuraliyev termamiz uchun chempionlik bilan yakunlangan Osiyo chempionati final bahsidan oldin nima degandi?

- Raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar, ulardan kuchli ekanligimizni takidlagandi. Maydonda ham bir bosh ustunligimizni his qilib o‘ynash kerakligini aytgandi. Finalda mag‘lub bo‘lishga haqqimiz yo‘q edi, chunki avvalgi qit’a birinchiligida qatnashgan jamoa finalda KXDRga imkoniyatni boy bergandi. Shuning uchun ham ikki hissa kuch bilan o‘ynashimizga to‘g‘ri kelgandi. Sarvar Karimovning penaltilar seriyasidagi qahramonligi hali ko‘p eslanadi.

- «Bunyodkor» bilan o‘yinda mensimaslik holati kuzatilmadimi? Har holda, ular tarkib jihatidan juda yosh...

- Qanday qilib ularni mensimaslik mumkin? Murabbiylar shtabidan tortib, futbolchilargacha uchrashuvga jiddiy tarzda yondashdik. «Bunyodkor»da aslo tarkib bilan bog‘liq muammolar kuzatilmaydi. Chunki ularda akademiya faol ishlamoqda. Ketma-ket yaxshi futbolchilarni yetishtirib berishga qodir. Xorijda o‘ynayotgan legionerlarimizga nazar solaylik: Otabek Shukurov, Rustam Ashurmatov, Zabihillo O‘rinboyev, Eldor Shomurodov - bularning bari klub akademiyasining mahsulidir.

- «Bunyodkor»ning asosiy ustun taraflarini sanab bera olasizmi?

- Birinchi navbatda, to‘p bilan yaxshi muomala qila olishadi, taktik taraflama mukammal shakllangan. Qolaversa, iste’dodli futbolchilarning ko‘p ekanini ham alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Jumladan, birinchi gol Xurshid G‘iyosovning mahorati sababli yuzaga keldi.

- Umuman, mazkur uchrashuvda darvozalarning bir-biridan chiroyli tarzda ishg‘ol qilinganini ko‘rdik. Sizningcha, bunday gollar qanday omillar hisobiga tug‘iladi?

- Marko van Bastenning ajoyib gapi bor: «Chiroyli gollar tavakkalchilik evaziga paydo bo‘ladi». Shuningdek mashg‘ulotlar jarayonida turli nuqtalardan zarbalar berish bo‘yicha ishlanadi. Tajriba ham muhim, ammo buni istalgan futbolchi bajara olishini joriy mavsumda ko‘rdik.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 10:17, 10.05.2019. O'qildi: 3020 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
5 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 3
6 Нефтчи Alisher Odilov 3
7 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
8 Нефтчи Zoran Marushich 3
9 Пахтакор Flamarion 3
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик