Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida joylashgan Osiyo futbol konfederasiyasi shtab-kvartirasida 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoalari uchun Osiyo chempionati saralash bahslariga qur’a tashlandi.
Unga ko‘ra O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi saralash bahslarining “B” guruhida Hindiston, Bahrayn va Turkmanistonga qarshi bahs olib borsa, Otabek G‘ulomxo‘jayev boshchiligidagi U-19 terma jamoamiz saralash bahslarini “F” guruhida Saudiya Arabistoni, Hindiston va Afg‘oniston terma jamoalariga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi.
O‘smirlar o‘rtasidagi saralash o‘yinlari shu yilning sentyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadi. 11ta guruhda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoalar qatorida 4ta eng yaxshi ko‘rsatkichga ega ikkinchi o‘rin sohiblari ham Osiyo chempionati final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Yoshlar o‘rtasidagi saralash o‘yinlari esa shu yilning noyabr oyida Saudiya Arabistonida tashkil etiladi.
Qur’a natijalari:
O‘smirlar (U-16) terma jamoalari (Janubiy mintaqa):
“A” guruhi – Tojikiston, Iordaniya, Nepal, Shri-Lanka, Kuvayt
“V” guruhi – Hindiston, O‘zbekiston, Bahrayn, Turkmaniston
“S” guruhi – Eron, Afg‘oniston, Falastin, Maldiv orollari.
“D” guruhi – Ummon, Saudiya Arabistoni, Suriya, Pokiston
“E” guruhi – Yaman, Bangladesh, Qatar, Butan
“G‘” guruhi – Iroq, Qirg‘iziston, Livan, BAA.
Shuningdek, Sharqiy mintaqada 5ta guruhda 22ta jamoa o‘zaro kuch sinashadi.
Yoshlar (U-19) terma jamoalari:
“A” guruhi – Iroq, Ummon, Falastin, Kuvayt, Pokiston
“V” guruhi – Qatar, Yaman, Turkmaniston, Shri-Lanka
“S” guruhi – Tojikiston, Suriya, Livan, Maldiv orollari.
“D” guruhi – BAA, Eron, Qirg‘iziston, Nepal
“E” guruhi – Iordaniya, Bahrayn, Bangladesh, Butan
“G‘” guruhi – S.Arabistoni, O‘zbekiston, Hindiston, Afg‘oniston.