Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • 3:2
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • 1:1
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • 2:1
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • 0:1
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • -:-
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Jirona
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • 1:1
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • 0:1
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • 3:0
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Brentford
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • -:-
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Arsenal
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Lids
  • «A» Seriya
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • 0:2
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • 0:3
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Yuventus
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • -:-
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • -:-
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Bolonya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 35 48
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ronaldu: «Eng yaxshi ekanligingni to‘xtovsiz isbotlash zarurati g‘azablantiradi va...»

Baho:
+1 | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Portugaliyalik yulduz yaqinda yangi biznesga qo‘l urdi. U Insparya Group bilan hamkorlikda Madridda soch ko‘chirib o‘tkazish klinikasini ochdi.

Ushbu kompaniyada Portugaliyaning o‘zida 10ta shunday klinikasi bor. Marca nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Ispaniya poytaxtidagi klinikada davolanish 4-7 ming yevroga tushadi. Ronalduning aytishicha, u bu biznesga Ispaniya iqtisodiyoti va mamlakat aholisiga yordam berish ilinjida qo‘shildi: «Maqsadim bitta - ispanlarga ba’zi muammolardan forig‘ bo‘lishda ko‘mak berish. Ular o‘zlarining tashqi qiyofalaridan sira uyalmasliklari kerak.

Shaxsan men ushbu loyihamiz muvaffaqitli chiqishi va Ispaniya iqtisodiyotiga naf keltirishiga ishonaman». Krish yangi loyiha taqdimoti doirasida El Pais nashriga tegishli ICON jurnalining maxsus fotosessiyada qatnashishdan tashqari, alohida intervyu ham berdi.

Biznes

- O‘ylashimcha, biznes tanlash klub klub tanlashdan osonroq. Zero, klub masalasida ko‘plab mayda-chuyda jihatlarga duch kelasiz va bu borada oldindan ko‘p bosh qotirishingiz talab etiladi. Biznes esa mohiyatan harakatdagi jarayon hisoblanadi. Asosiysi, bunda hammasini 100 foiz nazorat ostiga olish imkoniyati bor. To‘g‘ri, loyihalarga sarmoya kiritishda ham, yangi klub topishda ham bir guruh kishilarga ishonch bildiraman: oilam va yaqinlarimga. Ha, farzandlarim maslahat beradigan yoshda emaslar. Hattoki, kichik Krishtianu ham o‘z fikrini aytsada, hali juda yosh, baribir. Demoqchimanki, nafaqat faoliyatim, balki biznesimni yo‘lga qo‘yishda yaqindan ko‘maklovchi alohida jamoam bor. Kimdir meni futboldan ko‘ra, biznes haqida ko‘proq o‘ylayotganlikda ayblashi mumkin. Lekin haqiqat shuki, bugun biznes masalalarini hal qilsam, ertaga sport zalida bo‘laman va bor e’tiborimni mashg‘ulotlar, bo‘lajak o‘yinga qarataman. Xullas, futboldan tashqaridagi ishlarga sira chalg‘imayman, negaki, shaxsiy jamoam tarkibida tajribali odamlar jamlanishgan. Bilasiz, barcha fubolchilar ham klinika, mehmonxonalar tarmog‘i va sport zallariga egaligi bilan maqtanolmaydi. Muvaffaqiyat tabiiyki, osmondan tushmaydi, buning uchun astoydil ishlash kerak.

Yangi loyiha

- Soch to‘kilishi - real muammo. Oramizda shu tufayli o‘zlarini noxush sezadigan odamlar ko‘p. Ha, ayrimlar ajablanishdi: «To‘xta, senda bu borada hammasi joyida-ku!» To‘g‘ri, lekin bir kuni o‘zim ham shu muammo bilan to‘qnash kelishim mumkin. Genetik tomondan qarasak, oilamizda hech kim taqirbosh emas, biroq hayotda hammasi doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Ruhiy zo‘riqishlar, nomuvofiq ovqatlanish... Umuman, bu masalada oldinga qadam tashlash vaqti allaqachon keldi.

Futbol bosimi

- Yashirmayman, har yili juda yaxshi holatda ekanligimni isbotlashga to‘g‘ri kelayotgani gohida jig‘imga tegadi, charchatadi. Bu qiyin. Axir nimalarga qodirligingni faqat o‘zing emas, butun jamoatchilikka ko‘rsatishing kerak. Shu jumladan, yaqinlaringga ham. Oilam, onam, o‘g‘limning talabi sira o‘zgarmaydi: «Krish, sen ertaga g‘alaba qozonishing shart». Bir tomondan qarasak, bunday munosabat o‘laroq, yanada qat’iyatli bo‘lasan. Natijada mashg‘ulotlarda bor kuchingni sarflaysan, mukammallikka intilasan. Ammo shunday vaqt ham keladiki, beixtiyor qo‘l siltaysan: «Bo‘ldi, meni tinch qo‘yinglar...». Bolaligimdanoq hamisha bosimni yaqqol his qilganman. Keyin «Madrid» safiga tarixdagi eng qimmatbaho futbolchi sifatida qo‘shildim. Manchesterda 23 yoshimda «Oltin to‘p»ni yutganimdayoq hamma o‘ylay boshladi: «Qarang, bu yigit eng kuchli bo‘lishi kerak». Oxirgi 10-12 yildan buyon ayni shu bosim menga hamroh.

Futbolga yondashuv

- Shaxsan men futbolga alohida missiya sifatida qarayman. Majburiyatim tayin - maydonga tushish, g‘alaba qozonish, natija berish. Vaqtida ba’zan maydonga bitta xayol bilan tushardim: «Shunchaki, to‘pni menga beringlar, qolganini ko‘ringlar!» Rostini aytaman, endi bunday emas. Axir me’yoridan ortiqcha bosim har qanday kishini toliqtiradi. Odamlar har yili bir gapni takrorlashadi: «Tamom, u tugadi. Yoshi 33..., 34..., 35... Barchasi o‘tmishda qoldi». Shunda darhol odamlar adashayotganlarini isbotlaging keladi.

Robot maQomi

- Hamma ham robot ekanligimga ishonmasa kerak. Lekin meni hech qanday muammosi yo‘q odamdek ko‘rishlari ayni haqiqat. Go‘yoki, men g‘am nimaligini bilmayman, qayg‘urishdan ham yiroqman. Ochiqroq aytganda, hamma faqat muvaffaqiyatlarim va pulim haqida o‘ylaydi, muammolarim qiziq emas. Bunda ko‘pchilik bitta taxminiy tushunchaga yopishib oladi: «Millionlarga ega kishi qanaqasiga g‘am va xafagarchilikni his etadi?» Biroq ular sen uddalayotgan ishlarni nega bajarolmasliklari haqida o‘ylab ham ko‘rishmaydi. Yana sen qanday kunlarni boshingdan o‘tkazganingni bilish yoki tushunishni ham istashmaydi. Chunki ularga hammasi osondek tuyuladi. Men esa barchasini teran tushunaman. Deylik, penaltidan foydalanolmasam yoki hal qiluvchi o‘yinda yaxshi harakatlanolmasam, har qanday lahzada meni otib tashlashga tayyor turuvchi kishilar topilishini ham bilaman. Bu - futbolchi hayotining bir qismi. Demak, hamisha shunday munosabatga tayyor turishim kerak. Axir ko‘p yillardan buyon aynan shu muhit ichidaman. Qo‘shimchasiga butun oilam uchun qalqon bo‘lishni istayman. Demak, muammolarimni yo‘l-yo‘lakay o‘zim hal qilib borishim kerak. Buning og‘ir tomoni shuki, jahonga mashhur kishi bo‘lsang, ommadan hech narsani yashirolmaysan. Krishtianu kimgadir yoqadi, boshqa birov uni yoqtirmaydi. Qancha yuqorilasang, seni pastga tortadiganlar safi shunchalik kengayadi. Doimo aytadigan gapim shu - professional tanqidga e’tibor qaratmayman. Futbol mening ishim hisoblanadi, shuning barobarida shaxsiy hayotim ham bor: qallig‘im, farzandlarim, onam, aka-ukalarim, do‘stlarim... Uyga borib, qaysidir voqea yuzasidan shunchaki, yig‘lab o‘tirishim mumkin emas. Muammo tug‘ildimi - o‘zim hal qilaman. Bu hayotda faqat o‘limga chora yo‘q.

Madrid, Ispaniya soliQ tizimi

- Ispaniya poytaxtida 9 yil yashadim, farzandlarim shu shaharda dunyoga kelishdi. Bularni unutish mumkinmi? Madrid menga juda ko‘p narsa berdi, shuning uchun yangi biznesni ayni shu joyda yo‘lga qo‘yishni xohladim. Asosiysi, Madridda hamon menga ajoyib munosabatda bo‘lishadi. Qisqasi, shahardagi kishilarga ozgina ish joyi yaratishni xohladim. Ha, bu yerda soliq qonunchiligiga bog‘liq katta muammolarga uchraganman. Lekin bunisi boshqa masala. Axir jamoat kishisiman, hayotim hamisha - ochib qo‘yilgan kitob. Asosiysi, Madrid bo‘ylab, boshimni baland ko‘tarib yurishga haqliman. Chunki shaharda meni juda yaxshi ko‘rishlarini bilaman. Shunisi juda muhim. Ko‘chada  «Krish, uyingga qayt» qabilidagi luqmalarni eshitish naqadar yoqimli.

Futboldagi do‘stlik

- «Real» va «Yuventus» kiyinish xonasidagi holat bir-biriga o‘xshash: yigitlar asosan futbol haqida gapirishadi. Ha, albatta, ayrim futbolchilar bilan o‘rtamizda juda yaxshi munosabatlar shakllangan. Biroq do‘stlik haqida gapirish ortiqcha. Bu modeldan o‘z hamkasblari orasida do‘sti bor-yo‘qligini so‘rash bilan barobar... U savolingizga «Ha», deya javob beradi, aslida esa hattoki, uyida qaysidir model bilan uchrashishi yoki birga tushlik qilishiga ham ishonish qiyin. Menda ham shunday.

Futboldan keyin

- Murabbiylikka qo‘l urishim ehtimoli borligini inkor etmayman. Biroq Barselona plyajlariga dam olish uchun bormasligim aniq. Bu meni ko‘rishdan quvonadigan shahar emas. Har holda, Kataloniya plyajlarida bir-ikki marta bo‘lganman va u yerda Krishtianuni uncha yoqtirmasliklarini yaqqol his qilganman. To‘g‘ri, bu tabiiy hol - hammasi futboldagi raqobat tufayli. Demak, dahshatli tomoni yo‘q.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 09:49, 14.05.2019. O'qildi: 9196 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик