“Inter” klubi afsonasi hamda Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Kristian Vyeri “Yuventus”dagi dastlabki mavsumdan keyin Krishtianu Ronalduga munosib baho bera olmasligini aytdi.
“Chempionlar ligasida 120 dan ortiq va, umuman 600 dan ziyod gol urgan hamda 5 marta Chempionlar Ligasi kubogini qo‘lga kiritgan insonga qanday baho bera olaman?Krishtianu A Seriyani tanlagani uchun barcha italiyalik futbolni sevuvchilar unga minnatdorchilik bildirishi kerak. Bugun Ronaldu tufayli butun dunyo bizni kuzatyapti. U bizning imijimizni oshirmoqda.Men sizga bir narsani aytaman: Ronaldu va Messi futboldan ketgandan so‘ng, televizorimni derazadan uloqtiraman. Keyin esa kinoteatrga boraman”, - degan Vyeri La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot o‘rnida, Kristian Vyeri asr boshida “Lasio”dan “Inter” safiga 48,5 mln. yevro evaziga o‘tib, Italiya transferlari bozorida yangi asr evolyusiyasini boshlab bergan futbolchi sanaladi.