Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • 2:0
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • 2:1
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • -:-
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 0 0
2 Kanada 0 0
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 0 0
2 Avstraliya 0 0
3 Paragvay 0 0
4 Turkiya 0 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya

Navbatdagi o'yinlar.

12/06/26 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06/26 AQSh - Paragvay
13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Stiven Jerrard: «Maqsadim – o‘zimni ko‘rsatish, sovrinlar yutish va o‘sish»

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Rossiyalik jurnalist Yevgeniy Savin Glazgoga tashrif buyurib, Stiven Jerrard bilan suhbat uyushtirdi. Xabaringiz bor, «Liverpul»ning sobiq futbolchisi ayni paytda «Reynjers» klubini boshqarmoqda.

- Joriy mavsumda «Seltik»dan bor-yo‘g‘i 11 ochko ortda qoldinglar. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 39 ochkoni tashkil qilgan. Kelasi mavsumda «Seltik»ni mahv eta olasizlarmi?

- «Seltik» - juda yaxshi jamoa. Ular ko‘p yillardan buyon yetakchilik qilishmoqda. Shunday ekan, bu biz uchun qaysidir ma’noda chaqiruv. «Reynjers» asta-sekinlik bilan o‘rtadagi farqni qisqartirib bormoqda. Shu ishni tezroq amalga oshirishni istaymiz. Bu biz uchun jiddiy va qiyin vazifa. Aynan shuning uchun bu yerdaman. Biz «Reynjers»ning oldingi obro‘sini tiklash uchun kurashishda davom etamiz. Maqsadimiz - birinchi bo‘lish. Hali qiladigan ishlarimiz ko‘p bo‘lsada, o‘z kuchimizga ishonamiz.

- Futbolchi sifatida Chempionlar Ligasida g‘olib chiqish qiyinmi yoki yosh murabbiy sifatida Yevropa Ligasida o‘ynashmi?

- Menimcha, bu ikki vazifa ham mushkul. YECHLda g‘olib chiqish futbolchi uchun eng qiyini bo‘lsa kerak. Ayniqsa, oxirgi o‘yinlar - yarim final va finalda. Jamoalardagi futbolchilar darajasi juda yuqori. Shunday ekan, futbol uchun qiyin bo‘lishi turgan gap. Agar murabbiylik haqida gapiradigan bo‘lsam, bu yerda ham shunga o‘xshash holat, ehtiros va hissiyotlar guvohiga aylanasiz.

- «Monako»dagi Aleksandr Golovinning aytishicha, Tyerri Anri o‘zidagi futbolchi shaxsini «o‘ldira olmagan» ekan. Siz-chi, o‘zingizdagi futbolchini «o‘ldirganmisiz»?

- Tyerri Anrini futbolchi, shaxs va inson sifatida juda hurmat qilaman. O‘zim haqimda gapiradigan bo‘lsam, men endi futbolchi emasman. Balki mashg‘ulotlar jarayonida qandaydir hissiyotlar uyg‘onar, lekin endilikda futbol murabbiyiman. Shunday ekan, murabbiydek o‘ylashim kerak. O‘yinchilarga o‘sishda, oldinga qadam tashlashda yordam berishim lozim. Bir so‘z bilan aytganda, futbolchi Jerrard endi yo‘q.

- Qaysi obro‘li murabbiylarga qo‘ng‘iroq qilib, ish borasida maslahatlashishingiz mumkin?

- O‘zim bilan ishlagan hamma murabbiylarga qo‘ng‘iroq qilaveraman. Bular - Rafa Benites, Jerar UlYE. Brendan Rojers «Seltik»dan ketdi. Endi unga ham qo‘ng‘iroq qilishim mumkin. To‘g‘risi, ko‘plab murabbiylar bilan munosabatim yaxshi. Ularning ko‘pchiligiga murojaat etib, maslahatlar olganman. Hattoki, Yurgen Klopp bilan ham do‘stona munosabatdamiz. U qiziquvchan inson va meni qo‘llab-quvvatlaydi.

- Yevropa Ligasida «Spartak»ka imkoniyatni boy berdinglar. Raqib jamoa safida sizga yoqqan futbolchilarning ismlarini eslab qoldingizmi?

- Ha, menga qarshi o‘ynaganlarni yaxshi eslayman. «Spartak» munosib raqib. Moskvadagi stadionda atmosfera ajoyib bo‘ldi. O‘ylaymanki, o‘shanda ancha saviyali jamoaga qarshi bahs olib bordik. Garchi mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsakda, jamoam bilan faxrlanaman. «Spartak» tarkibida qimmatbaho futbolchilar bor. Shulardan biri - Ze Luish. U ajoyib iqtidor sohibi.

- Mavsum yakunlanganidan so‘ng sizga «Zenit» yoki «Spartak»dan taklif tushsa, «10 million funt sterling maosh beramiz» deyishsa, Rossiyaga borarmidingiz?

- Gap pulda emas. Murabbiy sifatida pulni ko‘paytirish yo‘llarini izlamayman. Maqsadim - o‘zimni ko‘rsatish, sovrinlar yutish va o‘sish. Hozirda Glazgoda ekanligimdan xursandman. Bu katta klub. «Reynjers»ni bosh-qarayotganimdan faxrlanaman. Murabbiylik sohasida 10, 15, 20 yil ishlamoqchiman. Kelajakda nima bo‘lishini bilmaymiz. Nima qilganda ham pul uchun yangi chaqiruvlarni qabul qilmayman. Men uchun eng asosiysi - g‘alabaga chanqoqlik.

- Angliyaning barcha top klublarida rossiyalik futbolchilar o‘ynagan. Nima uchun «Liverpul»da biror-bir rossiyalik futbolchi to‘p surmagan? Qaysi rossiyalik futbolchini «Liverpul»ga olgan bo‘lardingiz?

- Menimcha, hozir nafaqat rossiyalik, balki har qanday futbolchi uchun «Liverpul» safiga qo‘shilish qiyin. Jamoa tarkibiga nazar soling. Biroq Rossiyada iqtidorli futbolchilar ko‘pligiga shubha qilmayman. «Liverpul» yoshlari bilan Moskvaga borganimda, juda ko‘p iqtidorli futbolchilarni ko‘rdim. Kelajakda «Liverpul»da rossiyalik futbolchi o‘ynashiga shubha qilmayman.

- Rossiyada sizni nima ajablantirdi? Plyus va minuslar haqida gapiring.

- Plyuslardan - muxlislik ishtiyoqi. Stadion ancha shovqinli, barcha intensiv tarzda muxlislik qiladi, ajo-yib muhit yuzaga keladi. Men bilan Rossiyada yuz bergan minuslardan biri - rasizm. Yosh futbolchilarimdan biriga nisbatan haqoratli qichqiriqlarni eshitdim. Menimcha, shu jihat Rossiya futbolining zarariga ishlayapti.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 09:54, 22.05.2019. O'qildi: 3380 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Мексика Xulian Kinyones 1
2 Мексика Santyago Ximenes 1
3 Чехия Ladislav Kreychi 1
4 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
5 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик