Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 15 33
2 Neftchi 15 30
3 Dinamo 15 29
4 Bunyodkor 15 27
5 OKMK 15 27
6 Paxtakor 15 26
7 Navbahor 15 26
8 Surxon 15 18
9 Andijon 15 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 15 15
13 Xorazm 15 14
14 Buxoro 15 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

15-тур Sho‘rtan 1-2 Qizilqum
15-тур So‘g‘diyona 2-1 Qo‘qon-1912
15-тур Surxon 0-0 Buxoro
15-тур Andijon 0-1 Bunyodkor
15-тур Mash’al 0-1 OKMK
15-тур Paxtakor 2-0 Navbahor
15-тур Dinamo 2-2 Nasaf
15-тур Neftchi 2-0 Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Abdujamol Isroilov: «Navbahor»da o‘ynayotganimdan faxrlanaman»

Baho:
+ | -
Rukn: Yangiliklar
A A A

Coca Cola Superliga 11-turi doirasidagi AGMK – “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning dastlabki daqiqalaridayoq jamoamizning mahoratli yarim himoyachisi Abdujamol Isroilov oyog‘idan jiddiy jarohat olib, maydonni erta tark etishga majbur bo‘lgandi. Isroilov kuni kecha poytaxtimizdagi shifoxonalardan birida jarrohlik stoliga yotdi va amaliyot muvaffaqiyatli yakunlandi. Jarrohlik amaliyotidan so‘ng, biz Abdujamol Isroilovdan klubimiz rasmiy sayti uchun qisqacha intervyu oldik.   

Abdujamol, ahvollar qanday, og‘riq bezovta qilmayaptimi?

Xudoga shukr, jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli kechib, og‘riqlar ancha bosildi. Fursatdan foydalanib, meni shunday qiyin holatda qo‘llab-quvvatlayotgan “Navbahor” klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, jamoadoshlarim va muxlislarga o‘zim hamda oilamiz nomidan o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ular har kuni qo‘ng‘iroq qilib, ahvolimdan xabardor bo‘lib turishibdi, kamchilik yo‘qmi, deb so‘rashyapti. Qisqasi, doimo holimdan xabar olib, yolg‘iz qo‘yishmayapti. Aytish joizki, mamlakatimizda o‘z nomi va obro‘siga ega, shuningdek, mehribon, g‘amxo‘r rahbarlari bor, futbolchilari ahil-inoq bo‘lgan  “Navbahor” jamoasida o‘ynayotganimdan faxrlanaman hamda bundan xursandman. Garchi endi maydonga tusholmasamda, “lochinlar”ning o‘yinlarini televizor orqali tomosha qilib, jamoamizni g‘oyibona qo‘llab-quvvatlab turaman va “Navbahor”ga keyingi bahslarda omad yor bo‘lishini tilayman.

Ko‘pchilik muxlislarni qachon yashil maydonga qaytishingiz qiziqtiradi...

Shifokorlarning xulosalariga ko‘ra, 2 oydan so‘ng, mashg‘ulotlarda ishtirok eta olarkanman. O‘zim ham tezroq jarohatimdan forig‘ bo‘lib, “Navbahor”ning g‘alabalariga munosib hissamni qo‘shish umididaman.

“Lochinlar” so‘nggi 4ta bahsda durang natijani qayd etishdi. “Paxtakor”ga qarshi kechgan o‘yindagi durangni tushunsa bo‘ladi, ammo keyingi 3ta uchrashuvdagi natijalar borasida nima deya olasiz?

O‘z maydonimizdagi “Metallurg” va “Andijon” klublariga qarshi kechgan bahslarda yaxshi o‘yin namoyish etdik. Biroq yuzaga kelgan vaziyatlardan samarali tarzda foydalana olmadik. Bundan tashqari, mazkur jamoalar klubimizga munosib qarshilik ko‘rsatishdi. Natijada har ikki o‘yinda ham durangga imzo chekishga majbur bo‘ldik.

Olmaliqdagi uchrashuvda esa o‘zingizga ma’lum, jarohat  olganligim  bois, maydonni erta tark etishga majbur bo‘ldim. O‘sha o‘yinda jamoamiz 1:0 hisobida g‘alaba qozonayotib, qo‘shimcha vaqtda o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yuborib, yutuqni qo‘ldan boy berganligi alamli bo‘ldi, albatta.

Muxlislarga shuni ta’kidlamoqchimanki, “Navbahor”ning oldiga joriy mavsumda yuksak maqsad qo‘yilgan. Shu bois, biz har bir bahsda maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushamiz. Lekin ayrim o‘yinlarda imkoniyatlardan unumli foydalana olmayotganimiz, shuningdek, omadimiz kelmayotganligi bois, zafar qucha olmayapmiz. Umid qilamanki, “Buxoro”ga qarshi kechadigan uchrashuvda ushbu noxush an’ana, duranglar seriyasi o‘z yakuniga yetadi hamda jamoamiz g‘alabali odimini boshlaydi. Bo‘lajak bahsda ta’kidlaganimdek, men ham “Navbahor”ni g‘oyibona qo‘llab-quvvatlab, zafar  quchishini tilab qolaman.

Navbahor So‘g‘diyona 12

Jarohat to‘p uchun kurashda yuz berdimi yoki raqib futbolchisi sizga nisbatan atayin qo‘pollik ishlatdimi?

Jarohat olgan vaziyatda AGMK himoyachisi Sardor Rahmonov menga nisbatan atayin qo‘pollik ishlatmadi, menimcha. Shunchaki, to‘p uchun kurashda shunday holat yuz berdi. Futbolda esa bunday holatlar tez-tez yuz berib turadi. Sardor o‘yindan so‘ng, oldimga kelib, bilmay jarohat yetkazgani uchun afsuslanib, kechirim so‘radi. Shuningdek, shifoxonaga ham kelib, holimdan xabar oldi.

Jarohat – futbolning ajralmas qismi. Shuning uchun Sardor Rahmonovdan xafa emasman. Niyatim - jarohatimdan tezroq forig‘ bo‘lib, jamoa tarkibiga qaytish hamda “lochinlar”ning g‘alabalariga munosib hissa qo‘shish.

Biz ham sizning jarohatingizdan tezroq forig‘ bo‘lishingizni Allohdan tilab qolamiz...

Ezgu niyatlar uchun rahmat. So‘zim yakunida jamoamizga bo‘lajak o‘yinlarda omad yor bo‘lishi va muxlislarga o‘z yutuqlari bilan quvonch ulashishini tilab qolamiz. Menga Yaratgandan shifo tilayotgan barchaga katta rahmat, hammalari sog‘-salomat bo‘lishsin!

          “Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Kiritildi: 17:13, 23.06.2019. O'qildi: 2270 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 11
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
3 Бунёдкор Luis Kachorri 8
4 Насаф Husayn Norchayev 8
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Нефтчи Zoran Marushich 5
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.